ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘quvchilarda integrativ bilimlarni shakllantirishda matematik modellashtirishning roli

Jumaniyozov Qudrat Sapoyevich, Safoeva Kamola

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OLTINCHI KENGASH.
MATEMATIKA VA TABIIY FANLAR HAMDA ZAMONAVIY AXBOROT

TEXNOLOGIYALARINI OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI

OʻQUVCHILARDA INTEGRATIV BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHDA
MATEMATIK MODELLASHTIRISHNING ROLI

Qudrat Jumaniyozov,
Oriental universiteti “Matematika va axborot texnologiyalari”

kafedrasi professori v.b.

Kamola Safoeva,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim

metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi
https://zenodo.org/records/17341298

Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻquvchilarda integrativ bilimlarning va
usullarning turli oʻquv predmetlarga bunday oʻzaro singishi fan rivojlanishining
zamonaviy tendensiyalarini akslantirish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun
qulay sharoitlar yaratish xaqida fikrlar keltirilgan. Oʻquvchilar ongida paydo
boʻladigan tasavvurlar matematik faoliyatning asosiy muhim jixatlarini aks ettiradigan
qilib, shu hisobda matematik amallarni aqliy modellashtirish vositasida matematik
taʼlim jarayonini tashkil qilish aktual muammo sifatida keltirilgan. Modelning tayanch
sifatlarini shakllantirish taʼlim integratsiyasining barcha bosqichlarini amalga oshirish,
bunday yondashuv xotiraning neyrofiziologik mexanizmlariga va idrok qilish
psixologiyasiga tayanib idrok etiladigan obʼektni modellashtirish haqida takliflar
nazarda tutilgan.

Kalit soʻzlar: integrativ bilimlar, integratsiya, matematika taʼlimi, sintez,
analitik fikrlash, mulohaza, matematik modellar, taʼlimda innovatsiyalar, metodik
qoʻllanmalar, matematik obyektlar.

Abstract. This article presents ideas on how students integrate integrative
knowledge and methods into various subjects, reflecting modern trends in the
development of science and creating favorable conditions for the formation of a
scientific worldview. In this regard, the organization of the process of mathematical
education by means of mental modeling of mathematical operations is presented as an
urgent problem, so that the ideas that arise in the minds of students reflect the main
important aspects of mathematical activity. The formation of the basic qualities of the
model implies the implementation of all stages of educational integration, such an
approach provides for proposals for modeling the perceived object based on the
neurophysiological mechanisms of memory and the psychology of perception.

Keywords: integrative knowledge, integration, mathematical education,
synthesis, analytical thinking, reasoning, mathematical models, innovations in
education, methodological manuals, mathematical objects.

Matematika matematik modellar haqidagi bilimlar majmuini ifodalaydi.
Matematik mazmunning rivojlanish dinamikasi matematik obʼektlarning konkret
xossalaridan ichki muhim oʻzaro aloqalarini anglashga oʻtish bilan xarakterlanadi. Bu
bosqichda masalalar turli xayoliy sxemalar bilan bajariladi, ularda matematik obʼektlar
va amallarning muhim parametrlari yaqqol tasvirlanadi. Oʻquvchilar ongida paydo
boʻladigan tasavvurlar matematik faoliyatning asosiy muhim jixatlarini aks ettiradigan
qilib, shu hisobda matematik amallarni aqliy modellashtirish vositasida matematik
taʼlim jarayonini tashkil qilish aktual muammodir. Modelning tayanch sifatlarini
shakllantirish taʼlim integratsiyasining barcha bosqichlarini amalga oshirish
mohiyatini tashkil etadi. Bunday yondashuv xotiraning neyrofiziologik
mexanizmlariga va idrok qilish psixologiyasiga tayanib idrok etiladigan obʼektni
modellashtirishni nazarda tutadi. Xususan, yaxlitlik, strukturalilik, onglilik kabi
psixofiziologik xarakteristikalarga katta eʼtibor ajratiladi. Bunda matematik amallar
tartibini belgilaydigan modellar muhim ahamiyat kasb etadi. Modellashtirish jarayoni,
mustahkam birikmani izlash, idrok etish, mosligini tekshirish insonning zamonaviy
izlanishlariga jiddiy kirib borishni nazarda tutadi.

“Model” termini lotincha “modulus”, “modus” dan kelib chiqib, oʻlchov, shakl,
usul maʼnosini anglatadi. Odatda u etalon maʼnosida ishlatiladi. Falsafiy nuqtai
nazardan ilmiy model bu-obʼektiv olamni bilish vositasi va shakli.

Model deganda keng maʼnoda voqelikning qandaydir qismini soddalashtirilgan
va koʻrgazmali shaklda tiklaydigan hayoliy yoki amaliy hosil qilingan struktura
tushuniladi. Bu maʼnoda model voqelikning soddalashtirilgan ideallashtirilgan
nusʼhasi sifatida namoyon boʻladi garchi soddalashtirishning model kiritadigan
xarakteri va darajasi vaqti oʻtib oʻzgarishi mumkin. Tor maʼnoda model berilishi biror
hodisalar sohasini yaxshiroq oʻrganilgan, osonroq tushiniladigan boshqa soxa bilan
tasvirlashni istaganda qoʻllaniladi.

Shunday qilib model deganda oʻrganilayotgan obʼekt real xossalarini
akslantiradigan konkret obraz yoki oʻrganilayotgan obʼekt bilan bir qatorda real
mavjud va u bilan baʼzi xossalari strukturali xususiyatlari bilan oʻxshash boʻlgan
boshqa obʼekt tushiniladi. Bu maʼnoda model-nazariya emas, berilgan nazariya
tasvirlaydigan predmet. “Matematik model-tashqi olamning xodisalar sinfini
matematik simvolika yordamida taxminiy tasviri.”

Oʻquvchilarni real olamning xodisalari va ularning matematik modellari orasidagi
munosabatlari bilan tanishtirish, hayotda uchraydigan vaziyatlar uchun matematik
modellarni amalda qurish mohiyatni chuqurroq anglash imkonini beradi.

Oʻqitish amaliyotida koʻp qoʻllaniladigan tushuntirish takrorlash jarayoni
oʻquvchilarning ijodiy izlanishiga, tekshirishga, ixtirochilik qilishga imkon bermaydi.
Ushbu masalani modellashtirish elementlari bilan kichik tadqiqotlarni qoʻllab hal etish
mumkin.

Maʼlumki modellashtirish bu-qandaydir hodisalarni, jarayonlarni yoki obʼektlar
sistemasini ularning modellarini qurish yoʻli bilan tekshirish. Modellashtirish gʻoyasi
mohiyati real obʼektni idealga oʻtkazishdan va u bilan ishlashdan iborat. Matematik
modellashtirish deganda berilgan real obʼektga matematik model deb ataladigan biror

matematik obʼektni mosligini oʻtkazish jarayoni va bu modelni koʻrib chiqilayotgan
real obʼekt xarakteristikalarini olish imkonini beruvchi tekshirish jarayoni tushiniladi.

Matematik modellashtirishni qoʻllash masalaning yechilish jarayonini aniq
etaplarga ajratadi. (oʻrganilayotgan hodisaning tahlili nazariy natijalarni chiqarish,
modelning amaliyot mezonlariga mos kelishini aniqlash, oʻrganilayotgan hodisalar
haqida yigʻilgan maʼlumotlarga bogʻliq ravishda tahlili).

Bunday modelning qudrati va uning ustunligi quyidagicha: u koʻrgazmali
(ravshan, aniq), uni tuzishda barcha kerak boʻlmagan xossalar tashlanadi va u yoki bu
xodisani tushunish uchun zarurlari ajratiladi. Bundan tashqari turli modellar
aniqlikning turli darajasiga va qoʻllanilishning turli chegaralariga ega boʻlishi mumkin.
Oʻquvchilarning qoʻshimcha savollarining qoʻyilishi tekshiriladigan xodisa va
jarayonni chuqurroq oʻrganish imkonini beradi, hosil qilingan modelni real obʼektga
yaqinlashtirish imkonini beradi. Mavzuni keyingi oʻrganishda unga yana qaytish
mumkin. Bunday ish jarayonida oʻquvchilar oʻzlari qoʻygan muammoni hal etishda
faol qatnashadi, ularda ishtirokchilik faoliyatiga boʻlgan qobiliyat rivojlanadi.

Modellashtirish jarayoniga oʻquvchilarni jalb etish-oʻquv materialini
oʻzlashtirishni osonlashtiradi, chunki bu narsa oʻz bilimlarini mustaqil egallash va
chuqurlashtirish, “ilmiy” ishlash va fikrlash imkonini beruvchi ilmiy anglash
usullaridan biridir. Bu metodika masalalarni yechish koʻnikmasini shakllantirishga
yordam beradi. Oʻquv faoliyati ijodiy faoliyatga aylanadi. Modellashtirish koʻnikmasi
muvaffaqiyatli umumiy taʼlim uchun baza yaratadi.

Matematik modelni hosil qilish va tekshirish jarayoni ilmiy anglashning
ideallashtirish, mavhumlashtirish, deduksiya, formalizatsiya kabi usullarni oʻz ichiga
oladi. Ushbu usul koʻplab ilmiy tadqiqotlar sohalariga kirib borganligi uchun, uni
oʻquvchilar tushunishi integratsion ahamiyat kasb etadi.

Oʻrganilayotgan real jarayonlar matematik modellarini qurish va tahlil qilish buzamonaviy matematikada keng qoʻllaniladigan voqelikni anglashning samarali
usulidir. Maʼlumki modellashtirishning asosiy gʻoyalarini oʻquvchilar oʻrta maktabda
oʻzlashtirishlari kerak. Matematik modellashtirishni oʻqitilishi matematikani
oʻqitishning matematikaning fanlararo va fan ichidagi aloqalarning qarashlar majmuini
shakllantirishning amaliy yoʻnaltirilganligini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar
yaratadi.

Matematik modellashtirishni oʻqitish amaliy masalalarni puxta tanlashni talab
etadi, bu masalalar yordamida bu usulning mohiyati va asosiy gʻoyalari ochiladi.

Ijtimoiy jarayonlarning jihatlarini ochib beruvchi amaliy masalalar konkret
matematik malakalarni shakllantiribgina qolmasdan reallikni anglashning matematik
usullarining roli va oʻrni haqida tasavvurlarni, ilmiy dunyoqarashni kengaytiradi.
Bunday masalalar oldin oʻrganilgan material asosida yangi bilimlarni olish uchun
samarali vositalardan biri hisoblanadi va ilm asoslarini tushunishga hamda ilmiy
anglash usullarini egallashga yordam beradi.

Taʼlim jarayonida oʻquvchilar oʻzlari bilmagan holda matematik modellar bilan
ishlaydilar. Matematik model tushunchasining fanlararo xarakterini inobatga olib,
uning shakllanishi tabiiy sikl fanlarini oʻqitish jarayonida integratsion ishni talab etadi.
Matematik taʼlim integratsiyasining biz ajratgan strukturasi, matematik

modellashtirishni uni amalga oshirishning barcha koʻrinishlarida, turlarida va
bosqichlarida qoʻllash imkonini beradi.

Modellashtirish jarayoni litseylarning II-III bosqichida alohida ahamiyatga ega,
bu yerda modellar yaxlit fanni oʻrganish vositasi sifatida va materialning
umumlashtirish va sistemalashtirish masalalarini yechish sifatida koʻriladi.

Amaliy masalalarni matematik modellashtirish propedevtikasi uchun yuqori
imkoniyatlar litsey matematikasida ochiladi. Matematik modellashtirish metodi
kishilarning amaliy va oʻquv faoliyatida keng qoʻllaniladigan moddiy obʼektlarni
modellashtirishning abstrakt formasi boʻlib hisoblanadi.

Oʻquvchilariga matematik modellashtirishning uch bosqichli sxemasini aniq
maʼlum qilish kerak, har bir bosqichni amalga oshirishning baʼzi xususiyatlari
tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan birinchi bosqichning mohiyatini
ochishda oʻquvchilar eʼtiborini matematik modelni tuzishda oʻrganilayotgan hodisa
yoki ishlab chiqarish jarayoniga taʼsir qiluvchi muhim faktorlarni ajratish zarurligiga;
har bir matematik model maʼlum xatoliklarga ega boʻlishiga va bu xatoliklarni u eng
sodda vositalar yordamida baholay olish koʻnikmasining muhimligiga qaratish zarur.
Ikkinchi bosqichda bitta matematik model ikkinchisiga oʻtish, masala yechimini tahlil
qilish, yechimning eng maʼqul yoʻlini aniqlash koʻnikmalari muhimdir. Uchinchi
bosqichda masalani matematik yechimini toʻgʻri izohlash, xususiy yechimlari
mohiyatini ochib berish, olingan yechimni tekshirishning amaliy usullarini topish,
olingan natijani tekshirish koʻnikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Amaliy masalalarni matematik modellashtirish propedevtikasi uchun oʻziga xos
imkoniyatlar differensial va integral hisob elementlarini oʻrganishda, geometrik
masalarni yechishda ochiladi. Bu yerda integrativ mazmundagi masalalarni qoʻllash
maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR
1. Браже Т.Г. Интеграция предметов в современной школе //
Литература в школе. 1996. №5.
2. Jumaev E.M, Eshonqulova M. Boshlangʻich taʼlimda integratsiyaning
maqsad va mohiyati toʻgʻrisida // Pedagogika. 1988. №7. S. 8-11.
3. Mamadazimov M. Taʼlimda integratsiya-davr talabi.// T.N.Qori Niyoziy
nomli OʻzPFITI. “Umumiy oʻrta taʼlim tizimini rivojlantirish istiqbollari” Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2006.
4. Раемов М. Формиравание прикладных умений учащихся VII-IX
классов общеобразовательных школ. Диссертация.УзНИИПИ им.Т.Н.Кары-
Ниязова. 2018.
5. Nosirova M.E, Shamsiev A. Differensial hisobni oʻrganishda fanlararo
aloqadorlik // Pedagogika. 1988. №7. S. 8-11.