ELEMENTAR QUVURDA GAZ BOSIMI VA CHIQISH SARFINING VAQT
BOʻYICHA OʻZGARISHINI MODELLASHTIRISH
Xayotjon Aminov,
Oriental universiteti dotsenti, PhD
https://zenodo.org/records/17341308
Annotatsiya. Ushbu ishda gazni uzatish jarayonining eng oddiy sxemasi –
kompressor – quvur – isteʼmolchi tizimida koʻrib chiqilgan. Gaz sarfiga muvofiq quvur
diametri yoki parallel quvurlar soni va oʻlchami tanlanishi asoslab berilgan. Gazni
qayta ishlash zavodidan isteʼmolchigacha boʻlgan masofa kichik hollarda yagona bosh
kompressor stansiyasi yetarli boʻlishi taʼkidlanadi. Masofa kattalashganda esa
qoʻshimcha siquvchi kompressor stansiyalarini joylashtirish zarurligi koʻrsatilgan. Gaz
isteʼmolchiga standart bosim va sarfda yetib borishi uchun gazni siqish darajalari,
kompressorlarning joylashishi hamda stansiya sexlarini tanlash talab etilishi ilmiy
asosda yoritilgan.
Kalit soʻzlar: gaz tashish, kompressor stansiyasi, quvur diametri, gaz sarfi, siqish
darajasi, qoʻshimcha kompressor, bosim, isteʼmolchi.
Abstract. This work examines the simplest scheme of gas transportation
represented by the compressor–pipeline–consumer system. The selection of pipeline
diameter or the number and size of parallel pipelines is determined according to the
required gas flow rate. When the distance between the gas processing plant and the
consumer is short, the operation of a single main compressor station is sufficient,
whereas for longer distances additional booster compressor stations are required. To
ensure that the gas reaches the consumer with pressure and flow rate not lower than
standard values, the compression levels, the arrangement of compressors, and the
configuration of the compressor station units are carefully selected.
Keywords: gas transportation, compressor station, pipeline diameter, gas flow
rate, compression level, additional compressor, pressure, consumer.
Quyida l uzunlikdagi va D diametrli gorizontal quvur qismining kirish bosimi
0( p) (t) ni taʼminlaydigan kompressor va 0(М ) (t) ( кг с ) jadallik bilan gazni isteʼmol
qiladigan isteʼmolchidan tashkil topgan oddiy gaz quvuri sxemasi koʻrib chiqiladi.
Bosimning p0(x) va gaz tezligi w0(x) ning dastlabki taqsimoti berilgan.
Quvurning qisqa ekanligini, bosim va massa sarfining chegara qiymatlarining
oʻzgarishi ahamiyatli ekanligini nazarda tutib, D {(x,t) : 0 x l, 0 t T} sohadagi
yechimni chegaraviy shartlariga mos ravishda topish talab etiladi.
Jarayonni modellashtirish uchun impuls koʻchishi va saqlanishining qisqa quvur
yondashuviga mos kvazi-bir oʻlchovli tenglamasi
p w 0 (1)
x t
va gaz uzluksizligi tenglamasi
w 0 (2)
t x
qoʻllanildi. Bu yerda p(x,t), (x,t), w(x,t) – t vaqtda x masofadagi gazning
bosimi, zichligi va tezligining oʻrtacha qiymatlari. (1) va (2) tenglamalar sistemasi
haqiqiy gazning holat tenglamasi bilan toʻldirildi:
p(x,t) c2 (x,t), (3)
bu yerda c ZRT gaz kichik qoʻzgʻalishlarining tarqalish tezligi; Z ,Т oʻta
siqiluvchanlik koeffitsiyenti va haroratning oʻrtacha qiymatlari; R keltirilgan gaz
doimiysi. Masalani yechish uchun xarakteristikalar usulidan foydalanildi. (1)–(3)
tenglamalarda gazning massa sarfini kiritamiz:
M (x,t) f (x,t) w(x,t),
(bu yerda f D2 4 – quvurning koʻndalang kesim yuzasi) va chiziqli
tenglamalar sistemasiga kelamiz:
p 1 M 0, p c2 M 0. (4)
x f t t f x
Ular uchun boshlangʻich shartlar
p(x,0) p0(x) , М (x,0) М0(x), (5)
chegaraviy shartlar
p(0, t ) ( p) (t ), M (l, t ) (M ) (t ). (6)
0 0
Boshlangʻich shartlarda x 0 va x l chegaralar oraligʻida qiymatlarning
uzluksizligi taʼminlanadi, deb hisoblaymiz.
(4) va (5) sistemada izlanuvchi funksiyalarni almashtiramiz:
u(x,t) p(x,t) c M (x,t), v(x,t) p(x,t) c M (x,t) . (7)
f f
Dastlabki nomaʼlum funksiyalarga oʻtish quyidagi formulalar orqali amalga
oshiriladi:
p(x,t) 1 u(x,t) v(x,t), M (x,t) f u(x,t) v(x,t) . (8)
2 2c
Bu tenglamalarni hadlab qoʻshish va ayirish orqali quyidagi tenglamalar
sistemasiga kelamiz:
u c u 0, v c v 0.
t x t x
boshlangʻich shartlar:
u(x, 0) p0 (x) c M0 (x) 0u (x), (9)
f
v(x, 0) p0 (x) c M0 (x) 0v (x) (10)
f
chegaraviy shartlar
u(0, t ) v(0, t ) 2 ( p ) (t ), (11)
0
u(l,t) v(l,t) 2с 0(M ) (t). (12)
f
Masalaning yechimi sohasini D (x,t) : 0 x l, 0 x T vaqt boʻyicha bir xil
oraliqlarga ajratamiz, bu yerda oraliqlar chegaralari orasidagi vaqt masshtabi l c ga
mos keladi.
Dastlab biz birinchi vaqt t 0, l c oraligʻi uchun masalani yechamiz, soʻngra
keyingi vaqt oraliqlari uchun masalani yechishning algoritmini tuzamiz.
Xarakteristikalar tizimi x ct const
tenglamalarga muvofiq tuziladi, bu yerda oʻzgarmas qiymat har bir vaqt qadami
uchun alohida tanlanadi. Jumladan, birinchi oraliq uchun alohida xarakteristikalar
x ct 0 va x ct l shaklga ega. Bu xarakteristikalar burchak (0, 0) va (l, 0) nuqtalari
orqali oʻtib, birinchi vaqt oraligʻini D1, D2, D3 va D4 qism ostilarga ajratadi (1-rasm).
1-rasm. Hisoblash maydonining oraliqlari va qism ostilari
D1 D2 qism ostilarida x ct const xarakteristika boʻylab v(x,t) funksiya oʻz
qiymatini saqlab qoladi va bu t 0 uchun birinchi boshlangʻich shartdan aniqlanadi:
v(x,t) v(x ct, 0) 0(v) (x ct).
Xuddi shuningdek, D1 D3 qism ostilarida x ct const xarakteristika boʻylab
u(x,t) funksiya t 0 uchun ikkinchi boshlangʻich shart bilan belgilangan oʻz
qiymatini saqlab qoladi:
u(x,t) u(x ct, 0) 0(u) (x ct).
D2 D4 qism ostilardan oʻtuvchi x ct const xarakteristika boʻylab chegaraviy
shart (2.15) oʻz kuchini saqlab qoladi:
x (p) x x
u(x,t) u 0,t 2 0 t v 0,t .
c c c
x ct const xarakteristika boʻylab v(x,t) v(x ct,0), tenglik oʻrinli boʻlgani
uchun
x x (v)
v 0,t v 0 c t , 0 v(ct x, 0) 0 (ct x).
c c
Shunga koʻra, D2 D4 qism ostilarda birinchi yordamchi funksiya uchun biz
quyidagi formulaga ega boʻlamiz:
( p) x (v)
u(x,t) 2 0 t 0 (c t x).
c
x ct const xarakteristika boʻylab birinchi vaqt oraligʻining D3 D4 qism
ostilarida 0(M ) (t) li chegaraviy shart soʻzsiz bajariladi. Shuning uchun
l x l x 2c (M ) l x
v(x,t) v l,t u l,t 0 t .
c c f c
D1 qism osti uchun
pn (x, t) 1 n1 (u) n1 (v) pn1, M n (x, t) f n1 (u) n1 (v) M n1; (13)
2 2c
D2 qism osti uchun
pn (x, t) 1 2 ( p) ( p) , M n (x, t) M n1 f ( p) pn1 ; (14)
2 c
D3 qism osti uchun
pn (x, t) pn1 c M n1 (M ) , M n (x, t) (M ); (15)
f
D4 qism osti uchun
pn (x, t) ( p) c M n1 (M ) , M n (x, t) (M ) f ( p) pn1 . (16)
f c
(13)–(16) formulalar ishtirokida D 1.0 м, l 5000 м, с 359.80 м / с uchun
olingan sonli natijalarga murojat qilaylik.
Dastlab gazning kirish bosimi va chiqishdagi massa sarfi oʻzining boshlangʻich
qiymatini saqlagan hollarni koʻrib chiqaylik.
Hisoblashning birinchi variantida dastlabki berilganlar p0 ( p) 5 МПа,
М0 300 кг / с, (M ) 0 кг / с koʻrinishida olingan. Boshlangʻich vaqt quvur qismi
300 кг / с massa sarfi bilan ishladi, 0,l uchastka uzunligi boʻylab 5 МПа bosim
oʻrnatildi. t 0 da kirish bosimi 5 МПа tarzida qoldirildi va quvur oxirgi kesimi keskin
yopildi.
Quvur oxiri keskin yopilganda gazning kinetik energiyasi gazning siqilish
potensial energiyasiga oʻtadi va quvur oxiridagi bosim p0 cM0 / f boʻladi. Dastlabki
oqimga qarshi harakatlana boshlaydigan bosim sakrashi hosil boʻldi. 0 t l / c vaqt
oraligʻidagi bosim grafigi uchta boʻgʻindan iborat. Quvur boshidan x* ct gacha oqim
buzilmagan va bosim p0 ni saqlab qolgan. x* ct da bosim darhol ( p) ga oshadi va
keyin bu qiymatda qoladi.
2-rasmda vaqt masshtabi l / c toʻrt baravariga teng vaqt oraligʻi uchun
boʻlaklardagi diskret bosim qiymatlari koʻrsatilgan.
5,2
p, MPa 5
4,8
1 2 3 4
4,6 13,897 27,793 41,69 t, sek 55,587
0
2-rasm. Vaqt masshtabi ning toʻrt qadamida D1 (1), D2 (2), D3 (3) va D4 (4)
qism ostilaridagi bosim qiymatlarining diskret oʻzgarishi с 359.80 м / с .
D 1.0 м, l 5000 м, p0 ( p) 5 МПа, М0 300 кг / с, (M ) 0 кг / с
ADABIYOTLAR
1. Будак Б.М., Самарский А.А., Тихонов А.Н. Сборник задач по
математической физике. - М.: Наука, 1972. – 678 с.
2. Аствацатурьян Р. Е., Кочарян Е. В. Моделирование движения газа в
газопроводах с учетом сил инерции потока // Электронный научный журнал:
Нефтьегазовое дело, 2007. http://www.ogbus.ru
3. Бобровский С. А., Щербаков С. Г., Гусейн-заде М. А. Движение газа в
газопроводах с путевым отбором. – М.: Наука, 1972. – 193 с.
4. Бозоров О. Ш., Маматкулов М. М. Аналитические исследования
нелинейных гидродинамических явлений в средах с медленно меняющимися
параметрами. – Ташкент, ТИТЛП, 2015. – 96 с.