ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Matematika va boshqa fanlar integratsiyasi orqali talabalari savodxonligini oshirish

Elmurodov Jamshid Asatillayevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MATEMATIKA VA BOSHQA FANLAR INTEGRATSIYASI ORQALI
TALABALARI SAVODXONLIGINI OSHIRISH

Jamshid Elmurodov,
Oriental universiteti “Matematika va axborot texnologiyalari”

kafedrasi dotsenti
https://zenodo.org/records/17341317

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy oliy taʼlim tizimida matematika fanini
boshqa fanlar bilan integratsiyalash orqali talabalar savodxonligini oshirish masalalari
yoritilgan. Fanlararo integratsiyaning nazariy asoslari, ularning oʻquv jarayoniga
taʼsiri, amaliy qoʻllanilishi va natijalari tahlil qilingan. Ayniqsa, matematika fanining
iqtisod, informatika, fizika, biologiya va ijtimoiy fanlar bilan integratsiyasi orqali
talabalar analitik fikrlashi, muammo yechish qobiliyati va funksional savodxonligi
qanday rivojlanishi koʻrsatib berilgan. Shuningdek, integratsion yondashuvni joriy
etishdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari, hamda amaliy takliflar bayon
etilgan.

Kalit soʻzlar: fanlararo integratsiya, matematika taʼlimi, funksional savodxonlik,
oliy taʼlim, analitik fikrlash, integratsiyalashgan yondashuv, muammo yechish
koʻnikmalari, taʼlimda innovatsiyalar, metodik qoʻllanmalar, fanlararo loyiha.

Abstract. This article discusses the issues of improving studentsʼ literacy through
the integration of mathematics with other disciplines in the context of modern higher
education. It examines the theoretical foundations of interdisciplinary integration, its
impact on the educational process, practical application, and outcomes. Special
attention is given to how the integration of mathematics with economics, computer
science, physics, biology, and social sciences enhances studentsʼ analytical thinking,
problem-solving skills, and functional literacy. The article also analyzes the existing
challenges in implementing the integrative approach and provides practical
recommendations.

Keywords: interdisciplinary integration, mathematics education, functional
literacy, higher education, analytical thinking, integrated approach, problem-solving
skills, educational innovations, methodological materials, interdisciplinary project.

Zamonaviy oliy taʼlim tizimida talabalar faqat nazariy bilim emas, balki ularni
amaliyotda qoʻllay olish koʻnikmalarini ham egallashlari zarur. Ayniqsa, matematika
kabi fundamental fanlarning boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliqligini anglash va ularni
integratsiyalashgan holda oʻqitish talabaning analitik fikrlashi, muammo yechish
qobiliyati va funktsional savodxonligini oshiradi. Bugungi kunda fanlararo integratsiya
taʼlimda muhim innovatsion yondashuv sifatida qaralmoqda.

Fanlararo integratsiya — bu bir nechta fanlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni ochib
beruvchi, bilimlarni yagona mazmuniy kontekstda taqdim etish usulidir. Bu yondashuv
orqali talabalar oʻzlashtirayotgan bilimlarini real hayotiy holatlarga tadbiq etishga
oʻrganadilar.

421

Matematika koʻplab sohalar — fizika, iqtisod, informatika, texnika, biologiya va
hatto ijtimoiy fanlar bilan uzviy bogʻliq. Shu sababli matematika boshqa fanlar uchun
asos boʻlib xizmat qiladi.

OTMlarda matematika fanini quyidagi yoʻnalishlar bilan integratsiyalash
samarali natija beradi:

 Matematika + Iqtisod: iqtisodiy modellar, foiz, statistik tahlil,
optimallashtirish masalalari.

 Matematika + Informatika: algoritmlar, mantiqiy tuzilmalar, maʼlumotlar
tuzilmasi, kodlash nazariyasi.

 Matematika + Fizika: tenglamalar orqali harakatni ifodalash, grafik tahlil,
fizik qonunlarning matematik ifodasi.

 Matematika + Biologiya: populyatsiya modellari, DNK tahlilida ehtimollar,
statistik tahlil.

 Matematika + Ijtimoiy fanlar: sotsiologik tadqiqotlarda statistik metodlar,
demografik tahlil.

Integratsiyalashgan yondashuv quyidagi natijalarga olib keladi:
 Talabalar murakkab muammolarni koʻp qirrali tahlil qilishni oʻrganadi.
 Amaliy fikrlash, tahlil qilish, model yaratish koʻnikmalari rivojlanadi.
 Taʼlim hayotga yaqinlashadi, abstrakt bilimlar real muammolarga tatbiq
qilinadi.
 Talabalarda oʻzaro fanlararo bogʻliqlikni anglash orqali bilimga boʻlgan qiziqish
ortadi.
Matematika fanini boshqa fanlarda qoʻllanilishi:
 Iqtisodiy taʼlim yoʻnalishida oʻqiydigan talabalarga “chegaraviy foyda”
tushunchasini hosila orqali tushuntirish.
 Informatika yoʻnalishidagi talabalar uchun matematik mantiq va boʻlinish
algoritmlarini dasturlashga tatbiq etish.
 Biologiya yoʻnalishida populyatsiya oʻsish modelini differensial tenglama orqali
modellashtirish.

Muammolar va ularning yechimlari

Muammo Yechim

Fanlararo aloqadorlikni Oʻqituvchilar malakasini oshirish, metodik

yetarlicha tushunmaslik qoʻllanmalar ishlab chiqish

Oʻquv dasturlarining uzviy Integratsiyalashgan oʻquv reja va fan dasturlarini

emasligi ishlab chiqish

Texnik jihozlarning Raqamli texnologiyalar, onlayn resurslar va ochiq
yetishmasligi platformalardan foydalanish

Talabalarning sust ishtiroki Amaliy loyihalar, muammoli vazifalar va jamoaviy
ishlarga jalb qilish

Matematika va boshqa fanlar integratsiyasi orqali OTM talabalarining
savodxonligini oshirish — bu nafaqat zamonaviy taʼlimning talabi, balki

422