ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ta’lim tizimida korrupsiyani bartaraf etishda ustuvor yo‘nalishlar

Arabov Baxtiyor Isomiddinovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

YALPI MAJLIS

TAʼLIM TIZIMIDA KORRUPSIYANI BARTARAF ETISHDA USTUVOR
YOʻNALISHLAR

https://zenodo.org/records/17726879

Arabov Baxtiyor Isomiddinovich,
Oriental universiteti Yoshlar masalalari va
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori

baxtiyorarabov5@gmail.com

Annotatsiya. Korrupsiya muammosi bugungi kunda nafaqat Oʻzbekiston, balki
jahonning barcha mamlakatlari uchun dolzarb masalaga aylangan. Bu illatga qarshi
kurashda davlat va jamiyat institutlari hamkorligining ahamiyati beqiyosdir. Ushbu
maqolada taʼlim tizimida siyosiy madaniyatning korrupsiyaga qarshi kurashdagi oʻrni
atroflicha oʻrganilgan. Siyosiy madaniyat – bu jamiyatda shakllangan siyosiy
qarashlar, eʼtiqodlar, anʼanalar va xulq-atvor qoidalari tizimi boʻlib, u korrupsiyaga
qarshi kurashda birlashtiruvchi kuch sifatida namoyon boʻladi. Maqolada siyosiy
madaniyatning fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish,
davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda
korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining samaradorligini oshirish borasidagi
roli tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar: korrupsiyaviylik, siyosiy madaniyat, siyosiy ong, murosasizlik,
mansab vakolati, axloq meʼyorlari, jinoyat, uyushgan jinoyatchilik, poraxoʻrlik,
imtiyoz, manfaat, javobgarlik.

Abstract. The problem of corruption has become an urgent issue not only for
Uzbekistan, but also for all countries of the world. The importance of cooperation
between state and public institutions in the fight against this evil is incomparable. This
article comprehensively studies the role of political culture in the fight against
corruption in the educational system. Political culture is a system of political views,
beliefs, traditions and rules of conduct formed in society, which is manifested as a
unifying force in the fight against corruption. The study analyzes the role of political
culture in creating an atmosphere of intolerance towards corruption among citizens,
strengthening cooperation between state and civil society institutions, and increasing
the effectiveness of anti-corruption mechanisms.

Keywords: corruption, political culture, political consciousness, intolerance,
official authority, moral standards, crime, organized crime, bribery, privilege, benefit,
responsibility.

Korrupsiya muammosi dunyoning barcha davlatlarida turli darajalarda mavjud
boʻlib, unga qarshi kurashish tizimli yondashuvni talab etadi. Korrupsiyaga qarshi
kurashishda faqatgina qonunchilik va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish
bilan chegaralanib qolmasdan, jamiyatdagi siyosiy madaniyatni rivojlantirish orqali

korrupsiyaning oldini olish va uni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy
madaniyat – bu jamiyatning siyosiy tizimga, siyosiy institutlarga, siyosiy jarayonlarga
boʻlgan munosabatlari, qadriyatlari va qarashlari tizimidir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamiyatning siyosiy madaniyatini
yuksaltirishda taʼlim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Taʼlim tizimi orqali yoshlarda
korrupsiyaga nisbatan salbiy munosabat shakllantirilishi mumkin. Bu yoʻnalishda
quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Sh.Mavlyanov taʼkidlaganidek: «Yoshlar globallashuv jarayonida zamon
talablarini ilgʻash va ularni amalga oshirish, turli soha va tashabbuslarni olgʻa surishda
katta tayanch, bebaho xazina va kuchdir. Shunday ekan, bugun biz fuqarolik jamiyati
shakillantirish jarayonida turar ekanmiz, aholining, ayniqsa, yoshlarning siyosiyxukukiy savodxonligi va madaniyati mustahkamlash katta axamiyat kasb etadi.
Yoshlarning siyosiy-xukukiy savodxonligi fukarolik oʻzligini anglashining asosiy
mezonidir»1. Zero, tadqiqotchilarning fikricha «“Halollik vaksinasi” inson ongi va
qalbida shakllanadigan korrupsiyaga qarshi nafrat tuygʻusi va faol qarshiligida
namoyon boʻladi. Har qanday inson ongiga “halollik vaksinasi” yoshligidan singdirib
borilmogʻi lozim. U tarbiya va taʼlim koʻrinishida amalga oshiriladi. Demak, har bir
odam oʻz ishini halol, davlat xizmatini xolis bajarsa, u “hallollik vaksinasi” bilan
emlangan boʻladi. Ana shunday immunitetni shakllantirish vazifasi, avvalo, ota-onalar,
maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari, turli darajadagi
rahbarlar, shuningdek, xalqimizning ziyoli, maʼnaviyatli qismi zimmasiga
yuklanadi»2.

Shunday ekan, taʼlim tizimining oʻzini korrupsiyadan holi etish ham dolzarb
masala hisoblanadi. «Xalq taʼlimi sohasidagi korrupsiyani oʻz vaqtida oldini olmaslik
mamlakatning ertangi taqdirini tamomila barbod boʻlishiga olib keladi, deb yozadi
M.Abdullaeva - Sifatsiz taʼlim berilishi oqibatida bilimsiz kadrlar shakllanib, eng
yomoni taʼlim sohasi esa rivojlanmay korrupsiyaning botqogʻiga botishiga sabab
boʻladi”3. Taʼlim tizimida korrupsiyaning oldini olish uchun imtihon jarayonlarini
shaffof tashkil etish, taʼlim muassasalariga qabul qilish tizimini takomillashtirish,
oʻqituvchilar va professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlarini oshirish kabi choratadbirlarni amalga oshirish lozim, deyu hisoblaymiz.

Oʻzbekistonda taʼlim tizimi orqali korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha
quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1. Maktabgacha taʼlim muassasalaridan boshlab korrupsiyaga qarshi tarbiya
berish. Yosh avlodga halollik, adolat, oʻzgalar huquqlarini hurmat qilish kabi axloqiy
qadriyatlarni singdirish orqali korrupsiyaning oldini olish.

2. Oʻrta va oliy taʼlim tizimida «Korrupsiyaga qarshi kurashish» va «Siyosiy
madaniyat» fanlarini joriy etish. Bu fanlar doirasida talabalarga korrupsiyaning jamiyat
rivojiga salbiy taʼsiri, uning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlari haqida bilimlar
berilishi lozim.

1 Mavlyanov Sh. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish omili sifatida, mamlakat yoshlarining siyosiy va huquqiy
madaniyatini yanada oshirishning o‘ziga xos jihatlari// Academic Research In Educational Sciences, Volume 2 | Issue 5 |
2021. -B.987-994.
2 Korrupsiyaga qarshi kurashish.// Mas’ul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: – Toshkent: “Akademiya”, 2022. – B.34 b.
3 Abdullaeva M. Xalq ta’limi sohasida korrupsiyaning oldini olish tushunchasi, maqsad va vazifalari// Jamiyat va
innovatsiyalar – Obщestvo i innovatsii – Society and innovations. Special Issue – 06 (2023).-B.211-221.

3. Oʻqituvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish.
Pedagoglarning bu sohada bilim va koʻnikmalarini takomillashtirish uchun maxsus
treninglar tashkil etish.

4. Taʼlim muassasalarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash. Imtihonlar
jarayonini shaffof oʻtkazish, baholash tizimini takomillashtirish orqali korrupsiyani
kamaytirish.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, korrupsiyaga qarshi taʼlim dasturlari joriy etilgan
mamlakatlarda yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga murosasiz munosabat shakllangan.
Bunday dasturlar orqali yoshlar nafaqat korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida bilim
oladilar, balki korrupsiyaga qarshi kurashish usullari bilan ham tanishadilar.
Masalaning yana bir muhim jihati shundaki, xalqaro tajriba korrupsiyaga qarshi taʼlim
va tarbiya sohasida samarali natijalarga erishish uchun uzoq muddatli va tizimli
yondashuv lozimligini koʻrsatmoqda. Bu borada taʼlimning roli faqatgina nazariy
bilimlar berishdan iborat emas, balki amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan ham
iborat. Yoshlarga korrupsiyaning oqibatlarini tushuntirish bilan birga, korrupsiyaga
duch kelganda qanday harakat qilish kerakligi haqida ham bilim berish lozim.

Taʼlim tizimida siyosiy madaniyatni rivojlantirish va korrupsiyaga qarshi
kurashish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va ularning ijobiy
jihatlarini Oʻzbekiston sharoitida amaliyotga joriy etish katta ahamiyatga ega. Bugungi
kunda demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish
maqsadida taʼlim muassasalarida yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish
talab etiladi. Xususan, boshqa mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, erta
yoshdan fuqarolik taʼlimiga alohida eʼtibor qaratilgan jamiyatlarda korrupsiyaga qarshi
immunitet kuchli boʻladi, aholida xolislik, ochiqlik va masʼuliyat kabi fazilatlar
shakllanadi.

Bu nuqtai nazarni AQShlik tadiqotchilar O.Dincher va M.Jonstonlar oʻz
tadqiqotlarida quyidagicha taʼkidlaydi: «Taʼlim fuqarolik ongi va korrupsiyaga
bardoshli siyosiy madaniyatni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Agar jamiyatda
fuqarolik taʼlimi bolalikdan boshlansa va halollik, oshkoralik va hisobot berish kabi
qoidalarga alohida eʼtibor berilsa, fuqarolarda korrupsiyaga qarshi ustuvor qadriyatlar
shakllanadi va ular butun umrgi faoliyatida shu qadriyatlarga amal qiladi»1.

Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari hukumat faoliyatini nazorat qilish,
jamoatchilik fikrini shakllantirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol
oʻynaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini
oshirish uchun quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni amalga oshirish zarur. fuqarolik
jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli haqida D.Xolmanova
quyidagilarni taʼkidlaydi: «Korrupsiyaga qarshi samarali kurashishda nafaqat davlat
organlarining oʻzi balki fuqarolik jamiyati institutlari ham oʻziga xos oʻringa ega. Zero,
bunday institutlarning keng qamrovli faoliyati “ijroiya hokimiyati organlari ustidan
jamoatchilik nazoratining oʻrnatilishini taʼminlash korrupsiya va boshqa byurokratik
illatlarni barham topishiga imkon yaratadi»2.

1 Dincer O. & Johnston M. Political Culture and Corruption Issues in State Politics: A New Measure of Corruption Issues
and a Test of Relationships to Political Culture.// Publius: The Journal of Federalism. 2016. – Р.47.
2 Xolmanova D. Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmining tashkiliy-huquqiy
asoslari// O‘zbekiston qonunchiligi tahlili. 2016 №3.-B.9-11.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari korrupsiyaga qarshi kurashishda kuchli
qurol hisoblanadi. Ular korrupsiya holatlarini fosh etish, jamoatchilik fikrini
shakllantirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim rol oʻynaydilar. Bu
borada jurnalistlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularga korrupsiya holatlarini
yoritishda erkinlik berish lozim.

Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy va umuminsoniy
qadriyatlardan samarali foydalanish jamiyatimizda ushbu illatga qarshi kurashning
muhim maʼnaviy asosini tashkil etadi. Tarixan oʻzbek xalqi adolat, halollik, poklik,
mehr-oqibat, vijdonlilik kabi yuksak axloqiy qadriyatlarni eʼzozlab kelgan. Bu
qadriyatlar xalqimizning mental xususiyatlariga chuqur singib ketgan boʻlib, asrlar
davomida avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda.

Adabiyotlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga
qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF–4947-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “Korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PF–6013-son Farmoni.
3. Mavlyanov Sh. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish omili sifatida, mamlakat
yoshlarining siyosiy va huquqiy madaniyatini yanada oshirishning oʻziga xos jihatlari//
Academic Research In Educational Sciences, Volume 2 | Issue 5 | 2021. -B.987-994.
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish.// Masʼul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: –
Toshkent: “Akademiya”, 2022. – B.34 b.
5. Abdullaeva M. Xalq taʼlimi sohasida korrupsiyaning oldini olish tushunchasi,
maqsad va vazifalari// Jamiyat va innovatsiyalar – Obщestvo i innovatsii – Society and
innovations. Special Issue – 06 (2023).-B.211-221.
6. Алмонд Г., Верба С. Гражданская культура. Политические установки и
демократия в пяти странах. — М.: Мысль, 1992. — 416 с.
7. Хантингтон С. Политический порядок в меняющихся обществах. — М.:
Прогресс, 2004. - 480 с.
8. Dincer O. & Johnston M. Political Culture and Corruption Issues in State Politics:
A New Measure of Corruption Issues and a Test of Relationships to Political Culture.//
Publius: The Journal of Federalism. 2016. – Р.47.
9. Xolmanova D. Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish
mexanizmining tashkiliy-huquqiy asoslari// Oʻzbekiston qonunchiligi tahlili. 2016
№3.-B.9-11.