OʻQUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
https://zenodo.org/records/17731536
Shomurodov Jаmshid Olimboy oʻgʻli,
Orientаl universiteti Uzluksiz tаʼlim pedаgogikаsi kаfedrаsi
dotsent v.b. p.f.f.d., PhD
jamshidshomurodov@772gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini
rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, kitobxonlik madaniyati shaxsning bilim
doirasi, intellektual salohiyati va mustaqil fikrlashini shakllantiruvchi muhim omil
sifatida talqin qilinishi haqidagi biliblar yoritilgan. Shuning bilan bir qatorda
oʻquvchilarda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish, oʻqilgan matndan toʻgʻri
xulosa chiqarish, oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish orqali ularda
maʼnaviy dunyoqarashni tarkib toptirishga oid fikrlar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar: kitobxonlik madaniyati, pedagogik imkoniyatlar, shaxs, oʻquvchi,
maʼnaviy tarbiya, taʼlim jarayoni, yoshlar maʼnaviyati, idrok.
Annotation. This article covers the knowledge of the pedagogical possibilities of
the development of the culture of reading in readers, the interpretation of the culture of
reading as an important factor forming the circle of knowledge, intellectual potential
and independent thinking of the individual. In addition to this, readers have views on
the formation of a spiritual worldview by increasing interest in reading books, drawing
accurate conclusions from the text read, developing a reading culture in readers.
Keywords: reading culture, pedagogical opportunities, personality, reader,
spiritual education, educational process, youth spirituality, perception.
Bugungi kunda yoshlarimizning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va
rivojlantirish orqali ularning maʼnaviy olamini boyitishda kitob ulkan taʼsirga ega
ekanligi mamlakatimiz prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning fikrida yaqqol namoyon
boʻladi: “Men shunga aminman, kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib
boʻlmaydi. Kitob oʻqimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yoʻq... Otabobolarimizdan qolgan yaxshi anʼanalarni davom ettirib, navoiyxonlik, boburxonlik,
mashrabxonlik kechalari oʻtkazsak, kerak boʻlsa, badiiy asarlarni televidenie orqali
oʻqitishni yoʻlga qoʻysak”1 Bugungi shiddatli va murakkab globallashuv davrida
yuzaga kelayotgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda yoshlarning
kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish eng muhim masaladir. Vatanimizning
barqaror taraqqiyoti uchun yoshlarning mavjud intellektual salohiyatini kuchaytirishga
ongli yondashuvni shakllantirish, ularning shaxsiy masʼuliyati va tashabbuskorligini
jadallashtirish katta ahamiyatga egadir. Insonning shaxsiy masʼuliyati,
1 Мирзиёев Ш.М. Мамлакатимизнинг жавоҳир хазинаси Унинг ўзи. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб
халқимиз билан бирга қурамиз.-Т.: Ўзбекистон, 2017.-Б.114.
tashabbuskorligi hamda fidoiylik fazilatlari esa Vatanni chin dildan sevishdan,
vatanparvarlikdan kuch oladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Har qanday davlat
siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi. Vatanparvarlikning
harakatlantiruvchi kuchi esa odamlarning maʼnaviy dunyosi, intellektual salohiyati,
kitob mutolaasi ularning hayotida qanchalik muhim oʻrin tutishi bilan oʻlchanadi” deya
taʼkidlagan.
Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar orasida
kitobxonlikga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirish uchun barcha imkoniyatlar, shartsharoitlar yaratilgan. Shu jumladan, “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning
boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida ilgari
surilgan gʻoyalarida ham kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni
amalga oshirish vazifalari belgilanib, yoshlarni internet manbalaridagi zararli
xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʻrgatish
masalalariga ham alohida ahamiyat qaratilgan.
Inson kitob oʻqisa u koʻp maʼlumotlarga ega boʻladi. Kitob xamisha insoniyat
uchun maʼnaviy boylik, qudrat timsoli boʻlib kelgan. Kitoblar biz uchun eng katta
maʼnaviy meros, porloq kelajak sari eltuvchi yoʻl xisoblanadi. Kitob oʻqishdan
toʻxtagan har bir inson albatta toʻgʻri fikirlashdan xam toʻxtaydi. Lekin ming afsuski
bugungi kunda koʻp yoshlarimizni kitobga boʻlgan qiziqishi juda ham sust. Sababi
yoshlarning aksariyati global axborot oqimi manbalaridan meʼyordan ortiq
foydalanishida namoyon boʻlmoqda.
Turli davrlarda yashab ijod qilgan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlardagi
hayotiy xaqiqatlar, pand-u nasihatlar yoshlar uchun tarbiyaviy vosita sifatida xizmat
qilib kelmoqda. Bu xaqiqatlar kitobdagi matn orqali oʻquvchi-yoshlar ongiga yetib
boradi. Masalan, maqollar, rivoyatlar katta pedagogik imkoniyatlarga ega boʻlib,
yoshlarni salbiy hatti-harakatlardan saqlanishga undaydi. Aynan xalq maqollari
ezgulikning ahamiyatini loʻnda qilib ifodalab berishga xizmat qiladi. Shuning uchun
ham maqollarda ifodalangan pedagogik fikrlar tarbiyaviy qadriyat sifatida yosh
avlodni xalq donishmandligi maxsuli bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilib
kelmoqda. Obrazli ifodalar yordamida yomonlik va yovuzlikni kitobxon koʻz oʻngida
gavdalantiradi. Masalan, “Qozonga yaqinlashsang, qorasi yuqar, yomonga
yaqinlashsang – balosi”. Bu kabi oʻquv materiallarini oʻqib oʻrganish orqali
kitobxonlik madaniyatining shakllanishi natijasida oʻquvchilarda matnni oʻqib, idrok
qilish layoqati rivojlanadi.
Kitobxonlik madaniyati bu insonning kitob oʻqishga boʻlgan munosabati,
kitoblardan toʻgʻri va samarali foydalanish, uni tushunib idrok eta olishi, oʻqish odati
va saviyasini anglatadi. Kitobni tushunib, uning mazmun mohiyatini anglab oʻqish
muhim ahamiyatga ega. Kitobxonlik madaniyati oʻqimishlilikning muhim belgisi
hisoblanadi1. Har qanday kitobni tushunib, anglab oʻqish esa oʻqimishlilik va
umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishga koʻmaklashadi. Kitobxonlik
madaniy-intellektual rivojlanish omili boʻlish bilan bir qatorda xordiq chiqarish, asarda
aks etgan voqelikdan zavqlanish manbai hamdir. Shu maʼnoda kitob insonni estetik
1 Shomurodov J. PROSPECTS FOR THE USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF
STUDENTS'COGNITIVE THINKING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B9. – С. 71-75.
tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Kitobxon boʻlish uchun u yoki bu kasb egasi boʻlish
shart emas. Har bir inson kitob bilan muloqotga kirisha olishi lozim. Kundalik
xayotning muayyan qismini kitob mutolaasiga sarflash orqali inson oʻzi va
farzandlarining maʼnaviy-intellektual salohiyatini rivojlantirishga muvaffaq boʻladi.
Koʻpincha, insonlar duch kelgan kitobni oʻqiyveradilar. Uning mazmun mohiyati esa
kishilar, ayniqsa yoshlar ruxiyati, xulq-atvoriga turlicha taʼsir koʻrsatadi. Ota-onalar va
pedagoglar birinchi navbatda oʻquvchi va talaba-yoshlarda kitob oʻqish madaniyatini
toʻgʻri shakllantirishlari kerak.
Oʻquvchilarda kitobga boʻlgan qiziqish aslida oiladan boshlanishi kerak. Insonda
kitobga boʻlgan mehr oilada ota-ona, bobo-buvilarning farzandlariga kitob oʻqishga
oʻrgatishi va birgalikda kitobni mutoala qilish yordamida qiziqishlari yuzaga keladi.
Oʻquvchilarni kitobxonlikka oʻrgatish nafaqat ota-onalar, pedagoglar, balki
jamiyatimizning barcha ziyolilari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Buning
uchun yoshlar ongiga kitob har bir insonning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltiruvchi
asosiy vosita ekanligini yetkazish lozim.
Har bir kitobxon uchun kitobdan olingan bilimlar kelajakda uning hayot yoʻlini
toʻgʻri tanlashiga, uchraydigan qiyinchiliklarni yengib oʻtishida katta yordam beradi1.
Kitob oʻqigan inson odamlar bilan muloqot qilishga, bilimdonlikga, maqsad sari
harakat qilishga va albatta muvaffaqiyatlarga erishishiga, soʻz boyligi oshishiga, toʻgʻri
fikrlashga hamda har qanday uchraydigan qiyin vaziyatlarda yechimni topishga
yordam beradi.
Taniqli adib Herman Hessi kitob mutolaasi haqida quyidagi fikrlarni keltiradi:
«oʻqimishli boʻlish haqida qaygʻurgan, hordiq chiqarish, vaqt oʻtkazishni istagan
kitobxon undagi qalbni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir nomaʼlum bir
kuchni his qiladi. Biroq bu kuchni aniq tasavvur etib baholay olmaydi. Bunday
kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga oʻxshaydi, yaʼni aynan qaysi dori
kerakligini tushunmasdan, har bir qutichadagidan tatib koʻra boshlaydi2.
Faylasuf Lebbon esa: «Ota-bobolarimiz kitob topishga qiynalar edilar, hozir esa
biz kitob tanlashga qiynalamiz. Kitob oʻqish, mutolaa qilish uchun juda ziyrak boʻlmoq
kerak» deb taʼkidlaydi. Uzluksiz taʼlimning har bir bosqichida oʻquvchi-yoshlarning
yoshi, psixologik xususiyatlari, oʻzlashtirish imkoniyatlarini inobatga olib, oʻquv
predmetlarining xususiyatidan kelib chiqib, oʻquvchilarning qalbi va ongini turli
zararli gʻoya va mafkuralar taʼsiridan ximoya qilish, shuningdek, ilmiy-ommabop,
badiiy-gʻoyaviy mazmunga ega boʻlgan asarlarni oʻqishga qiziqishlarini muntazam
oshirib borish maqsadida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng
targʻib qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Shuning uchun ham barcha
ziyolilar oʻz faoliyatlari davomida kitobni madaniy ehtiyojlarni qondiruvchi asosiy
vosita sifatida targʻib qilishga intilishlari talab qilinadi.
Oʻquvchilarda kitob oʻqish madaniyatini shakllantirishda ularning yosh
xususiyatlari, dunyoqarashi, maʼnaviy rivojlanish extiyojlarini alohida hisobga olish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Misol uchun umumiy oʻrta taʼlimning boshlangʻich
sinf oʻquvchilarida kitob oʻqish madaniyatini shakllantirishda tavsiya etiladigan milliy,
1 Абдулла Авлоний танланган асарлар 2 жилдлик, 2-жилд Тошкент “Маънавият”-1998.
2 Herman Hesse Cho‘l bo‘risi (Der Steppenwolf) Yangi Asr Avlodi 2023-yil. 256 bet.
badiiy-gʻoyaviy mazmunga boy boʻlgan asarlarni oʻqishga, ularning mazmun
mohiyatini idrok etishga oʻrgatish kitob oʻqish madaniyatini tarkib toptirish bilan bir
qatorda oʻquvchilarning maʼnaviy hamda estetik tarbiyasini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Ushbu jarayonda quyidagilarga tayaniladi:
- xalq ogʻzaki ijodi namunalari: ertak, masal, rivoyat, dostonlarda aks etgan milliy
va umuminsoniy qadriyatlar, hamjihatlik, bagʻrikenglik, mardlik tushunchalari aks
ettirilgan qaxramonlar qiyofasi orqali ularda insoniylik tushunchalarni singdirish;
- milliy ertak qahramonlari orqali halollik, rostgoʻylik, vijdonlilik,
mexnatsevarlik, odamiylik kabi fazilatlarni shakllantirish;
- oʻquvchilarni kitob oʻqishga oʻrgatish orqali goʻzallikka muhabbat uygʻotish,
undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuygʻusi rivojlanadi. Bu orqali
oʻquvchilarda nafosat tarbiyasi tarkib topadi.
Oʻquvchilarning tanlangan badiy asar yoki ilmiy-nazariy oʻquv materiallarining
matn mazmunini oʻzlashtirganlik darajalarini aniqlash uchun oʻqituvchilar yetarli
bilim va pedagogik tajribaga ega boʻlishlari kerak. Pedagoglar oʻquvchilarning
kitoblardagi mavzu matnini mutolaa qilishlariga yaqindan koʻmaklashishlari zarur.
Buning uchun birinchi navbatda ular oʻquvchilar mutolaa qilayotgan kitoblarning
mazmun mohiyati bilan tanish boʻlishlari talab qilinadi.
Xulosa qilib aytganda oʻquvchi-yoshlarning hayot bilan uygʻunlashuvini
taʼminlashda kitobxonlik madaniyati muhim ahamiyatga egadir. Kitobni oʻqib
zavqlanish orqali hayot maʼnosini teran anglash hamda tushunib yetish mumkin.
Kitobning bizga oʻrgatadigan eng ulkan sabogʻi toʻgri soʻzlikdir. Kitob – insonni
moʻjizaga chorlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Мирзиёев Ш.М. Мамлакатимизнинг жавоҳир хазинаси Унинг ўзи. Буюк
келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз.-Т.:
Ўзбекистон, 2017.-Б.114.
2. Абдулла Авлоний танланган асарлар 2 жилдлик, 2-жилд Тошкент
“Маънавият”-1998.
3. Herman Hesse Choʻl boʻrisi (Der Steppenwolf) Yangi Asr Avlodi 2023-yil. 256 bet.
4. Shomurodov J. PROSPECTS FOR THE USING PEDAGOGICAL
TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTSʼCOGNITIVE
THINKING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B9. – С. 71-75.
5. Shomurodov J. O. POSSIBILITIES OF COGNITIVE TECHNOLOGIES IN
PROVIDING STUDENTS WITH ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATIONAL
MATERIALS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2022. –
Т. 3. – №. 02. – С. 9-12.
6. Shomurodov J. O. POSSIBILITIES OF COGNITIVE TECHNOLOGIES IN
PROVIDING STUDENTS WITH ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATIONAL
MATERIALS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2022. –
Т. 3. – №. 02. – С. 9-12.
BIRINCHI KENGASH. TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
“NUZHATU-T-TARF FI IʼLMI-S-SARF” ASARIDA ISMLAR TALQINI
https://zenodo.org/records/17731560
Yakubova Feruza Rashidovna,
Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi katta oʻqituvchisi
Annotatsiya. Maqolada Ahmad Maydoniyning «Nuzhatu-t-tarf fi iʼlmi-s-sarf»
asarida ismlarning talqini hamda ularning morfologik tuzilishi tahlil qilingan. Muallif
asarda sarf ilmi faqat feʼllar emas, balki ismlar tizimini ham oʻz ichiga olishini
taʼkidlaydi. Tadqiqotda ismning «mujarrad» va «mazid» turlari, ularning uch, toʻrt va
besh harfli vaznlari, shuningdek, ishlatilmaydigan qoliplarning sabablari izohlangan.
Maydoniyning qarashlari Ibn Usfur, Ibn Hojib va Ahmad al-Hamlaviy kabi grammatik
olimlarning fikrlari bilan solishtirilib, sarf ilmidagi izchillik va ilmiy uzviylik
yoritilgan. Maqolada ismlarning turlari, ularning qoʻllanish chegaralari hamda qadimgi
arab tilshunosligidagi fonetik va morfologik yondashuvlarning oʻzaro bogʻliqligi ilmiy
asosda ochib berilgan.
Kalit soʻzlar: arab tili, sarf, ism, vazn, mujarrad, mazid, Maydoniy, Ibn Usfur,
Ibn Hojib, Hamlaviy, morfologiya.
Abstract. The article analyzes the interpretation and morphological structure of
nouns in Ahmad al-Maydaniʼs work Nuzhatu-t-tarf fi ʿIlmi-s-Sarf. The author
emphasizes that the science of morphology (sarf) applies not only to verbs but also to
nouns. The study explores the two types of nouns—al-ism al-mujarrad (root form) and
al-ism al-mazid (derived form)—and explains their three-, four-, and five-letter
patterns, as well as the reasons why some patterns fell out of use. Maydaniʼs views are
compared with those of classical grammarians such as Ibn Usfur, Ibn Hajib, and
Ahmad al-Hamlawi, highlighting the consistency and continuity of morphological
thought in Arabic grammar. The paper presents a detailed examination of noun forms,
their usage, and the phonological and morphological interrelations in classical Arabic
linguistics.
Keywords: Arabic language, morphology, noun, pattern, mujarrad, mazid,
Maydani, Ibn Usfur, Ibn Hajib, Hamlawi, linguistic structure.
Arab tilida soʻz turkumlari uchga: “feʼl”, “ism” va “harf” larga boʻlinib, ism
kelishikda turlanadigan, zamonga ishora qilmaydigan soʻz turkumidir. Ism guruhiga
oʻzbek tilidagi ot, sifat, son kabi soʻz turkumlari hamda sifatdosh shakli kiradi. Arab
tilida morofologik usul bilan soʻz yasashning affiksal turi eng sermahsul soʻz
yasovchilardan biridir. Ismlar tarkibida affiks vazifasida keluvchi oʻnta harfning
mavjud yoki mavjud emasligiga koʻra ikki turi bor: 1) tarkibida affiks sifatida qayd
etilgan oʻnta harf boʻlmagan ism ( الاسم المجردal-ism al-mujarrad( – tub soʻz; 2) oʻzak
morfemaga ushbu harflarning qoʻshilishi orqali yasalgan soʻzlar ( الاسم المزيدal-ism al-