ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘smirlarda sog‘lom e’tiqodni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari

Mamanazarov Uchqun Burxon o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘SMIRLARDA SOG’LOM E’TIQODNI SHAKLLANTIRISHNING
PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

Mamanazarov Uchqun Burxon o‘g‘li
Oriental Universiteti, “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi

katta o‘qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqola e'tiqodning ko‘p qirrali tushunchasini o‘rganadi,
uning psixologik, falsafiy va pedagogik jihatlarini yoritadi. Unda mustaqillikdan keyin
e'tiqod talqinining o‘zgarishi, tor ateistik qarashlardan kengroq, qadriyatlarga
asoslangan tushunchalarga o‘tish muhokama qilinadi. O‘smirlarning e'tiqodini
shakllantirishda tarbiya, tengdoshlar va ijtimoiy institutlarning roliga alohida e'tibor
beriladi. Tadqiqotda yoshlarni buzg‘unchi mafkuralardan asrashda sog‘lom e’tiqodni
shakllantirishda oila, maktab, mahalla va ommaviy axborot vositalarining ahamiyati
ta’kidlangan. Maqolada milliy-ma’naviy qadriyatlarni ta’lim-tarbiyaga singdirish,
o‘smirlarni shaxs sifatida e’tirof etish ularning ma’naviy-axloqiy va shaxsiy
kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi, degan xulosaga keldi.

Tayanch so‘zlar. E'tiqod, tarbiya, o‘smirlik, ma'naviyat, qadriyatlar, ta'lim
Annotation. This article explores the multifaceted concept of faith, highlighting
its psychological, philosophical, and pedagogical dimensions. It discusses the
transformation of faith’s interpretation after independence, moving away from narrow
atheistic views toward broader, value-based understandings. Special attention is given
to the role of upbringing, peers, and social institutions in shaping adolescents’ beliefs.
The study emphasizes the importance of family, school, community, and media in
fostering healthy faith while protecting youth from destructive ideologies. The article
concludes that integrating national and spiritual values into education and recognizing
adolescents as individuals are vital for their moral and personal development.
Key words. Faith, upbringing, adolescence, spirituality, values, education

Ilmiy adabiyotlarda ko‘pqirrali, murakkab “E’tiqod” tushunchasining ta’rifi,
mazmuni masalasida yakdil xulosalarni uchratish qiyin. E’tiqodning asl mohiyatini
anglash uchun uning etimologiyasiga murojaat qilish bilan birga din niqobi ostida
taqdim etilayotgan turli g’arazli talqinlar tahliliga e’tibor berish lozim. Mustaqillik
yillarida ilmiy adabiyotlarda e’tiqodning tor sinfiy, ateistik talqinidan voz kechildi,
uning yangi qirralari kashf etildi. Shu bilan birga tarbiya natijasida shakllanishiga
alohida urg’u berila boshlandi.

E’tiqodning mohiyatini tushunishda, uning psixologik, falsafiy talqinlari muhim
ahamiyatga ega. E’tiqod muayyan g’oya, dunyoqarashga his-hayajonli yondashuv
ma’nosida iymonga yaqin turadi. Ammo e’tiqod tushunchasida faqat ijobiy
jihatlarnigina ko‘rish to‘g’ri emas. Ijobiy va salbiy mazmunga ega e’tiqod shakllari
o‘rtasida yana bir ma’naviy-ruhiy hodisa - e’tiqodsizlikning ham mavjudligini e’tirof
etish lozim.

Masalaga pedagogik nuqtai nazardan yondashilganda iymon ham, vatanparvarlig-

433

u milliy g’urur ham tug’ma emasligi, ularning qanday tushuntirilishi va qanday
tushunilishiga, sodda qilib aytganda, turli shakllarda amalga oshiriladigan tarbiyaga
bog’liq ekanini unutmaslik shart. “E’tiqod bu - shaxsni o‘z qadriyatlari tizimidan kelib
chiqib harakatga qo‘zg’atadigan anglangan ehtiyoj”. E’tiqod ishonch bilan qarash, til
va dil bilan iqror qilish shaklida ham talqin qilindi. Qur’onda: “Inson mukarram zot”
degan oyat bor. Uni to‘laligicha keltiradigan bo‘lsak, u shundaydir. “Biz inson zotini
mukarram qilib yaratdik va uni yer yuzida, suvda pok narsalardan rizqlantirdik, yerda,
suvda yuradigan qilib vaqtlarini yaratib berdik va o‘zimiz ham qilgan ko‘pgina
narsalarimizdan afzal qilib qo‘ydik [1; 18-19-b.].

O‘smirlarda sog’lom e’tiqodning shakllanishida tengdosh, sinfdosh, yangi
orttirilgan o‘rtoqlarning ta’siri sezilarli bo‘ladi. E’tiqod bolalarning o‘zlariga nisbatan
baholi munosabatlarida ham ko‘rinadi.

O‘smirlar ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirish, sog’lom e’tiqodni
shakllantirish mahalla, maktab, ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, radio,
televideniya, Internet), “Kamolot” yoshlar tashkiloti, xotin-qizlar qo‘mitalari, nodavlat
tashkilotlari hamda din, urf-odat, marosim, an’analar orqali olib boriladi. Bunda
ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlar (bolalarning yoshi, jinsi, millati, ma’lumoti va
boshqalar)ga ko‘ra samarali uslub va shakllar tanlanishi kerak.

Bugungi kunda islom omiliga nisbatan jahon hamjamiyatining qiziqishi katta. Ilm
ham, imon ham maqsad emas, balki, vositadir. Unday bo‘lsa, maqsad nima?
Dunyodagi jamiki narsalar insonga qurbon, hammaning yuzi Ka’baga o‘girilgan.
Ka’bani olib qo‘ysak, ma’lum bo‘ladikim, insonlar bir-birlarining qalbiga sig’inurlar.
Birining qalbi boshqalar uchun sajdagohdir [4; 34-b.].

Ota-onalarninig o‘smirlar ruhiyatini yaxshi bilmasligi oilada o‘z farzandlarini
erkalatib o‘stirishlari hamda ularni haddan tashqari asrab avaylab ardoqlashi oilada
bola hulqini buzilishiga olib keladigan omillardandir.

Bunday tarbiyalangan bolalar va o‘smirlarda xulq o‘zgarishi ko‘rinishlari tez
shakllanib mustaqil fikr yuritish va moslanuvchanlik qobiliyatlari yaxshi
rivojlanmaganligi tufayli ular unchalik murakkab bo‘lmagan oddiy nizoli
vaziyatlardayoq o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadi. Shaxsning ichki ma’naviy dunyosi
ma’naviy ehtyoj, ma’naviy qiziqish va faoliyat, ma’naviy qadriyat kabi asosiy belgilar
tizimidan iboratdir [3; 47-b.].

O‘smir yoshidagi yoshlarni buzg’unchi g’oyalardan himoya qilish uchun avvalo
ularda sog’lom e’tiqodni shakllantirmog’imiz lozim. Bunda oila ta’lim muassasasi,
mahalla hamkorligida to‘la tushintirish, suhbat va boshqa usullardan foydalanib
kurashish ilmiy-pedagogik, psixologik asosga qurilgan bo‘lishi kerak.

Yoshlarsiz har qanday mafkura g’oyalar bir qadam siljimay qoladi. G’oyalarni
kuchaytiruvchi, to‘ldiruvchi va ularga qalb beruvchi yoshlardir. Shuning uchun barcha
zamonlarda jamiyat va davlat, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan guruh, jamoa, oqim, mazxab
va sektalar birinchi navbatda yoshlarning ongini egallashga harakat qiladi [2; 57-b.].

Xulosa qilib shuni aytish joizki, o‘smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda
milliy va ma’naviy qadryatlardan fodalanish yaxshi samara beradi. Tarbiya masalasiga
jiddiy yondashib, uning barcha mos turlarini integratsiyalash, ota-onalarning tajribasi
va hamkorlik madaniyatidan unumli foydalanishlari, diniy bilimlarga egaligi
o‘smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.

434

O‘smirlarimizni shaxs sifatida tan ola bilsak, ular yuqori cho‘qqilarni albatta zabt
etadilar. Zero, o‘smirning o‘qishi jamoat ishida ishtiroki va xulqi–atvori, yurish- turishi
va xatti-harakati birgalikda olib qaralgandagina o‘smir shaxsiga har tomonlama
yondashilgan bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘smirni shaxs sifatida tan olish juda
muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.Avloniy. turkiy guliston yohud axloq. – T.: O‘qituvchi. 47-b.
2. Musulmonova O. Oila ma’naviyati-milliy g‘urur. – T.: “O‘qituvchi”. 1999 yil.
220-b.
3. Shoumarov G.B. “Muhabbat va oila”. – T.: Ibn Sino. 1994 yil 300-b.
4. Yaxshilik urug'lari. Sharq allomalari bisotidan. Farg’ona. 1991 yil. 200-b.

435