ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan xoreografiya mashqlarini qo‘llashning pedagogik va amaliy xususiyatlari

Rahmanova Dilfuza Abdibannayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN XOREOGRAFIYA
MASHQLARINI QO‘LLASHNING PEDAGOGIK VA AMALIY
XUSUSIYATLARI

Rahmanova Dilfuza Abdibannayevna
Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat”

kafedrasi o‘qituvchisi
raxmonova2205@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
xoreografiya mashqlarini qo‘llashning pedagogik asoslari va amaliy ahamiyati tahlil
qilinadi. Shuningdek, xoreografiya mashqlarining jismoniy madaniyat, ijodiy fikrlash,
musiqiy savodxonlik va estetik tarbiyaga ta’siri ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: xoreografiya, maktabgacha yosh, pedagogika, jismoniy tarbiya,
estetik tarbiya, gimnastika.

Abstract: The article analyzes the pedagogical foundations and practical
significance of the use of choreographic exercises with preschool children, and also
examines the influence of choreographic exercises on physical education, creative
thinking, musical literacy and aesthetic education.

Key words: choreography, preschool age, pedagogy, physical education,
aesthetic education, gymnastics.

Maqolaning dolzarbligi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning
jismoniy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashda xoreografiya mashqlarini qo‘llash
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ushbu davr bolaning psixo-fiziologik
xususiyatlari shakllanishida eng muhim bosqich hisoblanadi. Xoreografiya mashqlari
orqali bolalarda nafaqat jismoniy faollik, balki estetik did, musiqiylik, ijodiy fikrlash
va emotsional ifoda ko‘nikmalari ham rivojlanadi.
Shuningdek, jismoniy tarbiya jarayoniga xoreografiya elementlarini kiritish bolalarda
to‘g‘ri qaddi-qomatni shakllantirish, koordinatsiya va muvozanatni mustahkamlash,
hamda madaniyatli harakat ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini beradi.

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qabul
qilingan davlat dasturlari ham mazkur mavzuning dolzarbligini yanada oshirmoqda.
Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalar bilan xoreografiya mashqlarini qo‘llash
metodikasini ilmiy asoslash va amaliyotga keng joriy etishni talab etadi.

Adabiyotlar tahlili (Literature review). So‘nggi o‘n yilliklarda xoreografiya
pedagogikasini tadqiq etishda muayyan natijalarga erishildi: ommaviy
xoreografiyaning mohiyati va tuzilishi aniqlandi (S.V. Akishev, N.A. Yevstratova,
Ye.N. Mixaylov); pedagog-o‘quvchi o‘zaro ta’siri jarayoni ko‘rib chiqildi (Ye.A.
Bodina, A.V. Dolgopolova, T.G. Sevastyanixina); xoreografiyaning boshqa san’at
turlari bilan aloqasi, shuningdek bolaning shaxsi, ehtiyojlari va qiziqishlari bilan
bog‘liqligi o‘rganildi (A.I. Burov, T.G. Sevastyanixina, L.P. Pechko, B.P. Yusov). Shu
bilan birga, amaliyotda raqs san’ati bo‘yicha adabiyotlar ko‘proq, xoreografiyaning
pedagogik uslublari esa yetarlicha ishlab chiqilmagan.

I.N.Shugareva, T.V.Zauchuk, D.A.Semeniv olib borgan tadqiqotlarida asosan,
kichik maktab yoshidagi bolalarda xoreografiya mashqlarini qo‘llash samaradorligi,
N.V.Yarseva, I.S.Bushenovalarning tadqiqotlarida bo‘lajak o‘qituvchilar faoliyatida
xoreografiya mashqlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Maktabgacha
yoshdagi bolalar mashg‘ulotlarida xoreografiya mashqlarini qo‘llashga yetarli
darajada ahamiyat berilmagan.

Birinchi bolalik chegaralarini (maktabgacha yoshdagi) aniqlash uchun asosan
bolalarning psixo-fiziologik xususiyatlari e’tirof etilib, ular mashg‘ulotlarni tashkil
qilishda e’tiborga olinishi kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash amaliyoti uchun mushakskelet tizimining yoshga oid xususiyatlari, mushak tizimidagi, qon aylanish organlari,
nafas olish, markaziy asab tizimi va ichki sekretsiya bezlarining morfologik va
funksional rivojlanishining yoshga oid o‘zgarishlari muhim ahamiyatga ega.

Bolaning organizmining rivojlanishi bir xil emas: tezlashtirilgan o‘sish davrlari
uning sekinlashuv davrlari bilan almashtiriladi, uning davomida tana to‘qimalari
farqlanadi, ya’ni to‘qimalar turli vaqtlarda o‘sadi va rivojlanadi.

Uch yoshga kelib, asab tizimi shu qadar pishib yetadiki, bola izchil nutq va asosiy
harakatlarni o‘rganadi. Avvalgi davrda optimal rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ona
bilan doimiy aloqada bo‘lish zarurati tengdoshlar bilan muloqot qilish zarurati bilan
almashtiriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bolaning tanasida juda muhim morfologik va
funksional o‘zgarishlar (aql, jismoniy kuch va chaqqonlik, skeletning ossifikatsiyasi,
tishlash) mavjud bo‘lib, natijada bola hayotining yettinchi yilida jismoniy va ruhiy
jihatdan maktabga tayyor bo‘lishi kerak.

Sportda xoreografiya - yangi va katta guruhdagi mohir sportchining
tayyorgarligidagi ajralmas tarkibiy qismidir. Sport turida madaniyatli harakatni
namoyon qiladigan, yuqori texnik elementlarni o‘rganishni osonlashtiradigan, maxsus
sifatli harakatlarni rivojlanishiga yordam beradigan va shuningdek, texnik murakkab
mashqlarni oson, erkin va ma’noli bajarishga yo‘l beradigan xoreografik harakatlarni
ishlatish mumkin.

Shuni ma’lum qilish joizki, xoreografiya bilan shug‘ullanadigan sportchilarda
shaxsiy latiflik, harakat amplitudasi va go‘zallik yorqin namoyon bo‘lib turadi.

Xoreografiya sport sohasida yuqori saviyali ustalarni tayyorlashning samarali
vositasi sifatida tan olingan. Uning yordamida musobaqalar maydoniga olib
chiqadigan kompozitsiyalarni yanada yorqin, betakror, ifodali, ko‘rimli bo‘lishi
ta’minlanadi. “Xoreografiya” atamasi raqs tuzish bilan birga raqs va mimika
san’atining barcha turlarini mujassam etadi. Aynan xoreografiya bilan shug‘ullanish
jarayonida gimnastikachilar san’atga hammadan ko‘ra ko‘prok, oshno buladilar.
Umuman, san’at deganda nafislikni obrazlar orqali ask ettirishni tushunamiz. Raqs
san’ati esa bu obrazni tana harakatlari va mimika (ya’ni, yuz ifodasi) orqali
yetkazishdir. Shu bois xoreografiya bilan shug‘ullanuvchi gimnastikachilar tana
harakatlari orqali muayyan emotsional holatlarni aks ettirish, turli kayfiyatlarni
ifodalash ko‘nikmalari, shuningdek yorqin va esda qolarli obrazni shakllantirish
qobiliyatlari rivojlanadi.

Bundan tashqari, xoreografiya bilan shug‘ullanish jarayonida buriluvchanlik
egiluvchanlik, koordinatsiya, barqarorlik, yengil va baland sakrash kabi xususiyatlar

paydo bo‘ladi; to‘g‘ri qaddi-qomat shakllanadi; tayanch-harakat apparati
mustahkamlanadi va nihoyat, harakatlanish madaniyati va ijodiy fikrlash qobiliyati
shakllanadi, bu esa juda muhim xususiyatdir.

Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, xoreografiya ma’lumotlari bir qator
umumta’lim vazifalarini hal qilishga xizmat qiladi. Jumladan, xalq, tarixiy-maishiy va
zamonaviy bal raqslarining qo‘llanilishi sportchi qizlarni turli xalqlar madaniy
me’rosiga oshno etadi. Darslar jarayonida musiqadan foydalanish musiqiy savodxonlik
asoslari, turli bastakorlarning asarlari bilan tanishtiradi, musiqiylik xususiyatini
tarbiyalaydi va pirovardida badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchilarning intellektual
qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Badiiy gimnastikadagi xoreografik tayyorgarlik to‘rtta raqs tizimi elementlarini
o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bular quyidagicha:

- klassik (mumtoz);
- xalqona;
- tarixiy-maishiy;
- zamonaviy.
Xoreografik tayyorgarlik klassik, xalqona va zamonaviy mazmundagi darslar
shaklida amalga oshiriladi, shuningdek raqs va sport-raqs kombinatsiyalarini o‘rganish
orqali olib boriladi. Shuningdek badiiy gimnastikadagi xoreografik tayyorgarlik bir
qator o‘ziga xos jihatlarga egaki, ular haqida aytib o‘tmay iloj yo‘q. Mazkur o‘ziga xos
tomonlar asosida, avvalam bor, sportchilar va balet ustalari oldida turadigan maqsad
va vazifalarning farqi mujassamdir.
Xoreografiya mashqlarini musiqa jurligi ostida bajarish davomida sportchining
eshitish va sezish qobiliyati rivojlanadi, bunda murakkab elementlarni ritmik tuzilmasi
samarador egallanadi.
Klassik raqs maktablaridagi vositalar gimnastika, badiiy gimnastika, akrobatika,
figurali uchish, sinxron so‘zish, suvda sakrash va shunga o‘xshash sport turlariga kirib
keldi.
So‘ngi vaqtlarda sportda xoreografik tayyorgarlik turli mumtoz va xalq
raqslaridan tashqari, zamonaviy yo‘nalishdagi raqslarni erkin plastikada qo‘llashni
boshlashdi.
Yildan yilga gimnastikani rivojlanib borishi, musobaqalarni qoidalarini o‘zgarishi
va mashqlarga talablarni oshib borishi gimnastikachilarni boshlang‘ich davridan
boshlab xoreografiya mashqlarini mashg‘ulot jarayoniga kiritilishini talab qiladi.
Xoreografiya mashqlari vositalarini qo‘llanilish zichligi, o‘rgatish ketma-ketligi va
rejalashtirishi dolzarb masalalardan biridir.
T.S.Lisiskaya ta’kidlab o‘tganidek, sportda xoreografiya ma’lum bir tayyorgarlik
metodi singari juda uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinadi, sprotchilarning tayyorgarligi
oliy toifali bo‘lishida, biron natijaga erishishda madaniyatli harakatlar muhim o‘rin
tutadi. Xoreografik tayyorgarlik ta’sirida, sportchilarda musiqiy yondoshuvni,
harakatni toza ijro etishni, bashanglikni o‘rganish tarbiyalanadi. Xoreografiya
mashqlari yordamida sportchilarni qaddi qomati shakllanadi, “vaziyatni his qilish”
qobilyatini egallaydi.
Xoreografik tayyorgarlik jarayonida mashq tizimini va uning ta’siridagi metodni
yo‘naltirish, madaniyatni va harakatni ifodaliligini tarbiyalash lozim. Xoreografiya

tushunchasi xalqaro, milliy, klassik, zamonaviy raqs san’atiga bog‘lanib, hamma
narsani qamrab oladi.

Babenkova R.D. aytib o‘tganidek, hozirgi vaqtda gimnastikada xoreografik
tayyorgarlikni ahvoli keng qamrovli bo‘lib, bevosita xoreografik qismdan, erkin plastik
harakatlardan tashqari, o‘ziga xoslik, sakrashlar, burilishlar, gimnastikada-djaz
elementlari va xokazo. Sport turlaridagi madaniyatli harakatlarni namoyon qilish
sezilarli darajada xoreografik tayyorgarlikni arsenalini rivojlanishi, madaniyatli raqs
maktablarida qiyinchiliklardan qochishga izn berdi.

Lekin, gimnastikada xoreografiya haqida gap ketganda, avvalo - balet san’at
maktabi, ortiqcha narsalarsiz, tasodiflarsiz, keraksiz bo‘lmagan yuz yillik ijod, maktab
ko‘z oldimizga keladi. Klassik harakatlarning barcha vositasida tananing aniq harakati,
sistemetik tayyorlov va pog‘onama-pog‘ona murakkab mashqlar beriladi, natijada
amalga oshirish vaqtida tana yengil, egiluvchan, bo‘ysunadigan, harakat esa latif,
plastik va estetik ko‘rinishda bo‘ladi.

Gimnastikada xoreografik tayyorgarlikning ayrim xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz:
Xoreogrof-trener xoreografik mashqlarni o‘rgatish va takomillashtirish
jarayonida doim vaqtning yetishmovchiligiga to‘qnash keladi. Xoreografik
mashg‘ulotlarga 30-60 daqiqa ajratiladi.
Shuni yodda tutish joizki saralangan usul va uslublarda gimnastikadagi
xoreografik tayyorgarlik jarayonini sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar qancha erta
boshlasa, shuncha erta mohirlikka erishadi. Balet artisti 18-19 yoshida o‘ziga kerakli
mavqega erishsa, bu davrda ko‘pgina gimnastlar o‘z mavqelarini tugatadilar yoki
mohirlikka erishgan bo‘ladilar.
Xoreografiyaning o‘quv qo‘llanmasi gimnastika talabiga yaqin bo‘lishi lozim.
Masalan raqs maktablarida turli xil qadam harakatlar qo‘llaniladi. Ushbu zarur
mashqlarni gimnastikaning tipik harakatlariga o‘zgartirish mumkin, masalan, silkitish
amplitudasiga biriktirilgan qarshilik, egiluvchanchanlik va xokazo. Ayniqsa bu oyoq
harakat aniqligini egallagan katta yoshlardagi sportchilarga taalluqli.
Gimnastika uslubining o‘ziga yarasha usuli harakat texnikasiga ta’sir o‘tkazadi.
Masalan: xoreografiya maktabida aylanish holatiga rioya qilmasdan oyoq holatini
qo‘llash kerakli natijani bermaydi. Baletda oyoqni qayrilishidagi joylashishi anatomik
va estetik sabablarga bog‘liq. Oyoqni baland ko‘tarishdagi suyak qarshiligini
yo‘qotishga tos va boldir uchun ishlangan maxsus patak orqali erishiladi. Faqat
oyoqlarning aylanma harakati orqali estetik qoidalarga javob beruvchi klassik raqsni
chizmasi va ko‘rinishi kelib chiqadi. Erkin mashqlarda yoki yakkacho‘pdagi
mashqlarda xoreografiyada qabul qilingan oyoqning to‘g‘ri joylashishi sport uslubida
aksi bo‘lib chiqadi. Gimnastikada hap doim ham oyoqning birinchi holati maqsadga
muvofiq bo‘lmaydi. Ko‘pgina gimnastik va akrobatik mashqlarda oyoqning tashqariga
qaramagan holati, parallel va yoki ketma-ket (birin ketin bir chiziqda) holda qo‘yiladi.
Oyoq panjalarining bunday joylashishi yakkacho‘p ustidagi ko‘pgina mashqlarda
ishlatiladi.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Shuni aytish joizki,
gimnastikada xoreografik tayyorgarlik turli xil maqsad va vazifalar bilan bog‘liq
maxsus tayyorgarlikni, shuningdek balet va gimnastikadagi ayrim xoreografik
elementlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun gimnastikachilarning xoreografik

tayyorgarlik sistemasi hamma usul va uslublarni klassik ekzersisda yangi (toza)
o‘zgartirilmagan ko‘rinishda olib borish tavsiya etilmaydi.

Gimnastikadagi xoreografik tayyorgarlik o‘quv-mashq jarayonining bir qismigina
xolos va tayyorgarlikning boshqa turlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim;

Gimnastikachilar bilan ishlaydigan xoreograf doimiy vaqt yetishmasligini
nazardan qochirmasligi kerak. Chunki, bu holat nafaqat badiiy gimnastikaning o‘ziga
xosligi, balki yoshga doir ayrim cheklovlar bilan bog‘liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
I.Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
1.O‘zbekiston Respublikasi 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va
tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ 595-son Qonuni.

II. Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar
1. Бушенева Ирина Сергеевна. Программно-методическое обеспечение
физического воспитания будущего преподавателя хореографии: диссертация ...
кандидата педагогических наук. – Ставрополь, 2008.- 162 с.
2. Семенив Дарья Александровна. Формирование эстетической культуры
младших школьников средствами хореографии на уроках физической культуры:
диссертация ... кандидата педагогических наук : Калининград, 2010.- 211 с.
3. Ярцева Надежда Васильевна. Развитие творческого потенциала будущих
учителей музыки на занятиях по хореографии: диссертация ... кандидата
педагогических наук: Екатеринбург, 2010.- 167 с.
4. Заячук Татьяна Владимировна. Формирование творческих способностей
студентов педагогического вуза с использованием средств дисциплин
"хореография" и "подвижные игры" : диссертация ... кандидата педагогических
наук : 13.00.04 / Санкт-Петербург, 2007.- 176 с.

BESHINCHI KENGASH. MILLIY IQTISODIYOTDA BARQAROR
RIVOJLANISH: MOLIYAVIY TIZIM, INNOVATSIYALAR, TURIZM VA
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

SMES’ INTENTIONS TO PARTICIPATE IN THE SPECIAL
VOLUNTARY DISCLOSURE PROGRAMME 2.0: INSIGHTS FROM

MALAYSIA

https://zenodo.org/records/17733208

Saliza Abdul Aziz,
Associate Professor, PhD, Tunku Puteri Intan Safinaz School of Accountancy,

Universiti Utara Malaysia, Malaysia, saliza@uum.edu.my

Khamdamov Shakhzod Ilkhom o‘g‘li,
PhD, Department of Business and Administration, Oriental University,

Tashkent, Uzbekistan

Boburbek Khakimov,
Lecturer, Department of Business and Administration, Oriental University,

Tashkent, Uzbekistan

Abstract. Compliance with tax regulations among small and medium-sized
enterprises (SMEs) in Malaysia has long been a challenge, as reflected in the low
submission rates of income tax return forms (ITRF). Although the Special Voluntary
Disclosure Programme (SVDP) 1.0 was previously introduced, SMEs continue to
struggle with complex tax issues, limited accounting resources, and a lack of awareness
regarding regulatory requirements. This study seeks to address these challenges by
examining the factors influencing SMEs’ intention to participate in SVDP 2.0, guided
by the Theory of Planned Behavior (TPB). The study focuses on determining the
relationships among the factors of attitude, subjective norms, tax knowledge,
enforcement of penalties, and willingness to participate among SME owners in
Malaysia’s Northern Region with regard to SVDP. A quantitative research approach
was employed, using an online questionnaire distributed via Google Forms to SME
owners in four states in Malaysia, which are located in the Northern region, i.e., Perlis,
Kedah, Pulau Pinang, and Perak. A total of 276 valid responses were collected and
analyzed using SPSS software (version 29). The findings reveal a strong inclination
among SME owners in the northern region to participate in the SVDP to ensure tax
compliance. It is supported that attitude, subjective norm, tax knowledge, and
enforcement of penalties are significantly related to the intention to participate in
SVDP among SMEs in the northern region. This highlights the need for tailored