ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Abdulxamidova Nodira Abdurashitovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING IJTIMOIY-
IQTISODIY MOHIYATI

https://zenodo.org/records/17733271

Abdulxamidova Nodira Abdurashitovna
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi oʻqituvchisi,

mustaqil izlanuvchi
ORCID: 0009-0002-7535-3057

Annotatsiya. Yangi Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish
globallashuv va urbanizatsiya sharoitida iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy
barqarorlikning asosiy omilidir. Ushbu soha aholining oziq-ovqat xavfsizligini
taʼminlash, yashash darajasini oshirish va bandlikni qoʻllab-quvvatlashda muhim rol
oʻynaydi. Mazkur tezis ilmiy manbalar asosida yozilgan boʻlib, oziq-ovqat tizimining
jamiyat va iqtisodiyotga taʼsirini baholaydi. Natijada, barqaror rivojlanish uchun
tavsiyalar beriladi. Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning
ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari hamda uning milliy va global miqyosdagi ahamiyati
yoritilgan.

Kalit soʻzlar. Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyat, yalpi ichki mahsulot, logistika, chakana
savdo, oziiq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy.

Abstract: Food production in the new Uzbekistan is a key factor in economic
development and social stability in the context of globalization and urbanization. This
sector plays an important role in ensuring food security of the population, increasing
living standards, and supporting employment. This thesis is written on the basis of
scientific sources and assesses the impact of the food system on society and the
economy. As a result, recommendations for sustainable development are given. The
social and economic aspects of food production in Uzbekistan and its significance at
the national and global levels are highlighted.

Keywords: Socio-economic nature, gross domestic product, logistics, retail, food
products, production, socio-economic.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish qishloq xoʻjaligi, qayta ishlash
sanoati, logistika va chakana savdo tarmoqlarini oʻz ichiga oluvchi murakkab tizim
hisoblanadi. U quyidagi asosiy iqtisodiy funksiyalarni bajaradi, yalpi ichki mahsulot
(YaIM) hissasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda mamlakat
iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, koʻplab davlatlarda YaIMning
muhim qismini tashkil qiladi. “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini
koʻpaytirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchilarning kooperativlarini
ixtiyoriy ravishda tashkil etish va rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha maqsadli
dasturni qabul qilish, oziq-ovqat mahsulotlari qoʻshilgan qiymatini koʻpaytirish va
yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida qayta ishlash korxonalari “kooperatsiya-klaster”

usulidagi aloqalarni rivojlantirish1.”kabi bir qator topshiriqlarni rejalashtirish koʻzda
tutilgan.

Bugungi kunda iqtisodiyotda bandlikni taminlashda oziq-ovqat ishlab chiqarish
va unga bogʻliq tarmoqlarda millionlab ishchilar mehnat qilmoqda. Ayniqsa, qishloq
hududlarida bu soha aholining asosiy daromad manbai hisoblanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish orqali davlatlar yuqori valyuta
tushumiga ega boʻladi, bu esa milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga va mamlakat
eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari inson hayotining asosi boʻlib, ularning barqaror va sifatli
taʼminoti quyidagi ijtimoiy vazifalarni bajaradi.

1. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda aholining toʻlaqonli va sogʻlom
ovqatlanishini taʼminlash orqali sogʻliqni saqlash, bolalar oʻsishi, ishchi kuchining
samaradorligi kabi omillar ijobiy taʼsirga ega boʻladi.

2. Aholining ishsizligini kamaytirishda mahalliy oziq-ovqat ishlab
chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash orqali past daromadli qatlamlar uchun ish oʻrinlari
yaratiladi va ijtimoiy tengsizlikni kamaytiradi.

3. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish orqali
qishloq joylarida hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Oziq-ovqat ishlab chiqarish Oʻzbekistonning sanoat sektori tarkibida sezilarli
oʻrin tutadi. 2024-yilning yanvar-sentyabr davrida iqtisodiy oʻsishning sanoatdagi
umumiy ulushi 14,1% ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 104,6% ni tashkil qilgan.

2017-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilishida dinamik
oʻsishga erishilgan jumladan un, shakar, sut, kolbasa, makaron hamda margarin kabi
mahsulotlarda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilgan. Ushbu davrda margarin ishlab chiqarish
34% ga, un maxsulotlari ishlab chiqarish 32% ga oshgan2.

Meva va sabzavot yetishtirish, qayta ishlash sohasida zamonaviylashtirish va
eksport salohiyati hajmi oshmoqda jumladan, oʻsimlik moyi, tomat pastasi, mayiz va
quritilgan mevalar ishlab chiqarishda Oʻzbekistonning xalqaro salohiyati ortib
bormoqda.

Ushbu sohada bozor infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda. Ichki bozorlarda meva –
sabzavotni qayta ishlash, yogʻ-moy, goʻsht-sut va boshqa sanoat tarmoqlarini ishlab
chiqaruvchi 200 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.

Oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida korxonalar soni, ishlab chiqarish hajmi va
eksport koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻsdi. Natijada, axolining bandligi 122% ga,
korxonalar soni 224% ga, eksporti esa 336% ga oshgan. Aholining oziq-ovqat
taʼminotida 2019-yilda oziq-ovqat eksporti 2 baravarga oshdi. Yillik ishlab chiqarishda
10 mln tonnadan ortiq sabzavot, 17 mln. tonnadan ortiq boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarilishiga erishildi.

Aholi jon boshiga xarajatlar boʻyicha sabzavotlar ishlab chiqarish
300 kilogrammga, kartoshka maxsulotlari 75 kg, uzum 44 kg ishlab chiqarilmoqda. Bu
isteʼmol maxsulotlari meʼyorlarining uch baravariga toʻgʻri keladi3.

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining
oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi
2 https://Stat.uz ma’lumotlari asosida tuzilgan
3 https://mineconomy.uz

Shu bilan birga ushbu sohada bugungi kunda ayrim muammolar ham mavjud
boʻlib, bular quyidagilarni tashkil etadi:

-resurslardan foydalanishdagi cheklovlar bular sugʻorish tizimlarining
eskirganligi, ekologik buzilishning davom etishi, iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi
salmoqli tahdidi bilan bogʻliqdir;

-innovatsiyalar va xarajatlarni boshqarish – raqamli texnologiyalar, blokcheyn,
AI, robotlashtirishning joriy etilishi orqali samaradorlikni koʻtarish zarur hisoblanadi1.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda istiqbolli yoʻnalishlar ham mavjud
boʻlib, ular quyidagilar bilan ifodalanidi:

-eksport va bozorlarni kengaytirish – bu sohada sifat standartlarini oshirish,
mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, agro-klaster tizimi joriy etish va davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish orqali eksport salohiyatini oshirish2;

Ekologik barqarorlikni taʼminlash – bunda organik mahsulotlar ishlab chiqarish,
ekologik toza texnologiyalar, chiqindilarni qayta ishlash orqali sanoat rivojlangan
yoʻnalishga aylantirishdan iborat3.

Bularning barchasi ushbu sohada innovatsion yondashuvlar, ekologik
barqarorlikka asoslangan ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlik zaruratini yuzaga
keltirmoqda. Oziq-ovqat ishlab chiqarishni raqamlashtirish, aqlli qishloq xoʻjaligi,
biotexnologiyalar kabi sohalarni jadal rivojlantirish istiqbolli yoʻnalishlar hisoblanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish nafaqat
iqtisodiy jihatdan mamlakat barqarorligini taʼminlaydi, balki ijtimoiy jihatdan
aholining turmush darajasini yanada yaxshilaydi. Oʻzbekistonda bu tarmoqning
salohiyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, samarali investitsiyalar va
innovatsiyalarga tayanadi. Rivojlangan davlatlarda samaradorlik yuqori, ammo
tengsizliklar mavjud, rivojlanayotganlarda esa xavfsizlik va innovatsiyalar muhim.
Oʻzbekistonda davlat siyosati orqali ishlab chiqarishni oshirish kerak. Kelgusida
raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish va ekosanoat modellarini keng joriy qilish
va ilmiy tadqiqotlar orqali barqaror rivojlanishni taʼminlash tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son
Farmoni. Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom oziqlanishni
taʼminlashning 2030-yilgacha moʻljallangan strategiyasi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi, “2024-yillik statistika toʻplami”,
Toshkent, 2025-yil. lex.uz›docs/6391176
3. https://mineconomy.uz
4. R.Shukurov “Oʻzbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish
holati tahlili” Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot (Oʻzbekistondagi ilmiy jurnal) 2025-yil.

1 R.Shukurov “O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish holati tahlili” Yashil iqtisodiyot va
taraqqiyot (O‘zbekistondagi ilmiy jurnal) 2025-yil.
2 M.Yusupov, G.Ismoilova. “Agrosanoat klasterlarini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati va rivojlantirish
mexanizmlari.” Eurasian journal of academic research, 2(8), (2022).
3 I.Umarov “Oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik samaradorligini baholash uslublari”/ “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, 2011

5. I.Umarov “Oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik samaradorligini baholash
uslublari”/ “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2,
noyabr, 2011-yil.

6. Sh.Rahimov “Оziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini
boshqarishning iqtisodiy ahamiyati”/ Ракамли иқтисодиёт, 2025-yil.

7. M.Yusupov, G.Ismoilova. “Agrosanoat klasterlarini oziq-ovqat xavfsizligini
taʼminlashdagi ahamiyati va rivojlantirish mexanizmlari.” Eurasian journal of
academic research, 2(8), (2022-yil).