BIZNES TURIZMI VA UNI TASHKIL ETUVCHI MAMLAKATLARGA
TAʼSIRI
https://zenodo.org/records/17733345
Xalilova Gulnoza Nurullo qizi,
TDIU mustaqil izlanuvchisi,
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi oʻqituvchi-stajyori,
Annotatsiya: Mazkur maqolada biznes turizmi haqida tushuncha hamda uni
tashkil etuvchi mamlakatlarga taʼsiri, iqtisodiy foydasi, ijtimoiy samarasi hamda
aholining bandlik darajasini taʼminlashga keltiradigan foydasi haqida mahalliy hamda
xorijiy olimlarning fikr va mulohazalari oʻrganilgan va ular asosida tavsiya va takliflar
ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar: biznes, samara, foyda, mamlakat iqtisodiyoti, bandlik,
ishbilarmonlik muhiti.
Abstract: This article examines the views and opinions of local and foreign
scholars on the concept of business tourism and its impact on the countries that make
up it, its economic benefits, social impact, and the benefits it brings to ensuring the
employment level of the population, and based on them, recommendations and
suggestions are developed.
Keywords: business, efficiency, profit, national economy, employment, business
environment.
Biznes sayohatlari zamonaviy turizmning eng tez rivojlanayotgan sohasidir.
Bilamizki, ish turizmi jadal surʼatlar bilan rivojlanib kelayotgan turizm turlaridan
biridir. Mustaqil va yuqori daromadli turizm turi sifatida ishbilarmonlik turizmi 70-80-
yillarda Yevropa va AQSHda rivojlana boshlagan. MICE soʻzi ingliz tilidagi Meeting,
Incentives, Conferences, Events kabi soʻzlar majmuasidan tashkil topgan boʻlib, u
uchrashuvlar, konferensiyalar, turli tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq
boʻlgan ish safarlarini oʻz ichiga oladi. MICE turizmining rivojlanishi mamlakatlararo,
hukumatlararo va tashkilotlararo munosabatlarni yaxshilash, biznes va hamkorlik
boʻyicha shartnomalarni imzolash, oʻzaro manfaatli takliflarni almashish, yangi
gʻoyalarni izlab topish, munozarali va muhokamali vaziyatlarni hal qilishda samarali
yechim hisoblanadi. Bunda ayniqsa ish va turizmning oʻzaro bogʻlanishi ikki hamkor
tomonlarga ham ijobiy foyda olib keladi.
MICE turizmi – bu biznesning (tijorat) maqsadli yoki korporativ, madaniy, ijodiy,
sport, va boshqa turdagi tadbirlarni tashkil qiluvchi kompaniyalar, tashkilotlar vakillari
tomonidan amalga oshiriladigan turizm turidir.
MICE turizmi – mamlakat tashqi va ichki iqtisodiy rivojlanishining asosiy
koʻrsatkichlaridan biridir.
Ishbilarmonlik turizmi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
• biznes suhbati;
• yangi bozorlar va hamkorlarni izlash;
• texnologiya va axborot almashinuvi;
• korporativ madaniyatni rivojlantirish va xodimlarni oʻqitish;
• PR harakatlari.
Ishbilarmonlik turizmining bir necha turlari mavjud:
• korporativ va individual xizmat safarlari;
• konferensiyalar, kongresslar, koʻrgazmalar, seminarlar, simpoziumlar,
yarmarkalar, taqdimotlar, treninglarda ishtirok etish uchun sayohatlar;
• xodimlarning korporativ ruhini saqlash va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun
ragʻbatlantiruvchi turlar;
• hamkorlarning firma va korxonalariga tashrif buyurishi.
MICE tadbirlari oʻtkaziladigan joylar odatda malakali mutaxassis yoki turagentlar
tomonidan tanlangan muayyan mamlakatlar va shaharlardagi maxsus konferensiya
joylarida yoki mehmonxona tadbirlar zalida oldindan tayyorgarlik koʻrgan holda
tashkil etiladi. Bu tadbir oʻtkaziladigan shahar iqtisodiyotiga juda katta iqtisodiy foyda
keltiradi1.
MICE turizmini rivojlantirish borasida iqtisodchi olimlar, marketologlarning
fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi. UNWTO doimiy vakili Dmitriy Ilinning soʻzlariga
koʻra, uchrashuvlar sanoati turizmning eng muhim segmentlaridan biri hisoblanadi.
Zero, u iqtisodiyotga juda katta foyda keltiradi — mavsumiylik tushunchasini
kamaytiradi, turistik yoʻnalishlarning yangilanishiga turtki beradi va umuman,
innovatsiyalar va ijodiy yondashuvga ijobiy taʼsir koʻrsatadi2.
Biznes turizmi – bu zamonaviy hodisa emas, insonlar qadimdan oʻz faoliyatlari
bilan bogʻliq holda sayohat qilganlar. Birinchi navbatda savdo-sotiq maqsadlarida
sayohat amalga oshirilgan. MICE turizmi mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir
koʻrsatib, turizmda biznes turizmining rivojlanishiga turtki boʻladi. Birinchidan, biznes
turizmi ancha qimmat va samaradorligi yuqoridir. Bu turizm turidan tushadigan
daromad boshqa turizm turlariga qaraganda ancha katta va naflidir. Shuning uchun
dunyoning rivojlangan mamlakatlari aynan ushbu turizm turini rivojlantirishga harakat
qiladilar. Misol uchun futbol chempionati, qishki olimpiya oʻyinlari, karnaval,
festivallar qaysi davlatlarda tashkil etilsa, oʻsha davlat iqtisodiyotiga katta daromad
keladi degani. Chunki u yerga dunyoning barcha mamlakatlaridan turistlar tashrif
buyuradi va bu esa oʻz navbatida oʻsha mamlakatning iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir
koʻrsatadi.
Biznes turizmning boshqa turizmlardan asosiy farqi uning yuqori narxda ekanligi.
MICE turizmining tarkibiy qismlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: korporativ
uchrashuvlarni tashkil etuvchilarni, mehmonxona va dam olish maskanlaridagi
uchrashuvlar va konvensiya boʻlimlari, koʻrgazma va kongress markazlari,
konferensiya zallari, kruiz kemalari, koʻngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi
kompaniyalar, logistika firmalari, hususiy sayohat operatorlari, transfer kompaniyalari,
professional savdo tashkilotlari, turizm kengashlari, aviakompaniyalar, biznes
1 Smith, J. and Stewart, S., (2014): Cambridge international AS and A level: Travel and Tourism, Cambridge University
press, Cambridge- UK
2 O‘zbekiston turistik tashkilotlari uchun ilk marta MICE-turizm bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi//elektron resurs//
https://daryo.uz/2019/08/11/o%25ca%25bbzbekiston-turistik-tashkilotlari-uchun-ilk-marta-mice-turizmbo%25ca%25bbyicha-mahorat-darsi-o%25ca%25bbtkazildi
markazlari, konsalting firmalar, sugʻurta kompaniyalari, turizm savdo uyushmalari va
tur xizmatlarini sotuvchi turistik firmalarni1.
Quyidagi chizmada (1-chizma) MICE turizmni tashkil etuvchi mamlakatlarga
taʼsiri koʻrsatib oʻtilgan:
MICE Bilim almashish BBiznes sanoatini
turizmning takomillashtirish
Axborot almashish orqali
ta’siri: yangi gʻoyalarni yaratish imkoniyati Qoʻshma
tadqiqotlar
Aloqalarni kengaytirish oʻtkazish
Ishtirokchilar oʻrtasida toʻgridan-toʻgri Tadqiqot va
hamkorlik aloqalarini oʻrnatish imkoniyati biznesni
yaxshilash
Ijtimoiy qiziqish
Ommaviy axborot tadbirlari orqali ijtimoiy
yuksalishga erishish imkoniyati
Professional imkoniyatlarni yaratish Kadrlarni oʻqitish
va rivojlantirish
XKadrlar motivatsiyasini oshirishda
professional mutaxassislardan
boshqaruvni oʻrganish imkoniyatlarini
yaratib berish
1-chizma: MICE turizmni tashkil etuvchi mamlakatlarga taʼsiri2
Yuqoridagi chizmadan shuni tushunishimiz mumkinki, biznes turizmi nafaqat uni
tashkil etuvchi mamlakatga foyda olib kiradi balki oʻsha mamlakatning turizm
salohiyatini yaxshilashga, ijtimoiy yuksalishga, madaniyatlararo almashinuvga, biznes
sanoatini takomillashtirishga ham katta imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa tariqasida aytish mumkinki, turizm sohasi har qanday mamlakat
iqtisodiyotining ajralmas va muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mazkur sohaning
rivojlanishi natijasida mamlakatning iqtisodiy salohiyati ortadi, aholi bandligi
taʼminlanadi, yangi ish oʻrinlari yaratiladi hamda fuqarolarning turmush darajasi va
ijtimoiy farovonligi yaxshilanadi. Shu bilan birga, turizm milliy madaniyatning
rivojlanishiga, malakali kadrlar shakllanishiga hamda mamlakatning xalqaro
miqyosdagi ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. Natijada, turizm sohasi
milliy iqtisodiyotga katta hajmdagi valyuta tushumlarini keltiruvchi strategik daromad
manbai sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
1 Khan, M., (2015): Mice Tourism, International Journal of Multidisciplinary Research and Development, Volume 2,
Issue 4, Delhi, India, April.
2 Sayora Safayeva. Event tourism – perspective form of tourism development in Uzbekistan. KIMEP International
Research Conference: The Silk Road and the tourism and Hospitality Industries. 2018. pp. 62-64.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Khan, M., (2015): Mice Tourism, International Journal of Multidisciplinary
Research and Development, Volume 2, Issue 4, Delhi, India, April
2. Smith, J. and Stewart, S., (2014): Cambridge international AS and A level:
Travel and Tourism, Cambridge University press, Cambridge- UK
3. Sayora Safayeva. Event tourism – perspective form of tourism development
in Uzbekistan. KIMEP International Research Conference: The Silk Road and the
tourism and Hospitality Industries. 2018. pp. 62-64.
4. Oʻzbekiston turistik tashkilotlari uchun ilk marta MICE-turizm boʻyicha
mahorat darsi oʻtkazildi//elektron resurs//
https://2019/08/11/o%25ca%25bbzbekiston-turistik-tashkilotlari-uchun-ilkmarta-mice-turizm-bo%25ca%25bbyicha-mahorat-darsi-o%25ca%25bbtkazildi