ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Rivojlangan davlatlarda pensiya tizimi islohotlari: tajriba va saboqlar

Abdulazizova Nargiza Baxodir qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

RIVOJLANGAN DAVLATLARDA PENSIYA TIZIMI ISLOHOTLARI:
TAJRIBA VA SABOQLAR

https://zenodo.org/records/17733790

Abdulazizova Nargiza Baxodir qizi
TDSHU mustaqil izlanuvchisi
n.abdulazizova91@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqola rivojlangan mamlakatlardagi pensiya tizimi
islohotlarini tizimli jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqotda AQSh, Yaponiya, Shvetsiya va
Singapur misollariga asoslangan holda islohotlarning asosiy yoʻnalishlari – parametrik
oʻzgarishlar, tuzilmaviy transformatsiyalar va institutsional yangilanishlar batafsil
koʻrib chiqiladi. Har bir mamlakatning amaliy tajribasi va amalga oshirilgan choratadbirlar pensiya tizimining adekvatligi va moliyaviy barqarorligini birgalikda
taʼminlash borasidagi strategiyalarini yoritadi. Maqolada SWOT-analiz usuli orqali
yuqoridagi mamlakatlardagi tizimlarning kuchli va zaif tomonlari, mavjud
imkoniyatlar hamda xavf omillari baholanadi. Shu bilan birga, umumiy global
tendensiyalar – koʻp pogʻonali tizimlarga oʻtish, avtomatik moslashuv, xususiy va
majburiy jamgʻarmalarning rolini oshirish hamda raqamli transformatsiya – tizimli
tahlil doirasida sintez qilinadi.

Kalit soʻzlar: pensiya islohotlari, rivojlangan davlatlar, barqarorlik, aholi qarishi,
koʻp ustunli tizim, saboqlar.

Abstract: This article provides a systematic analysis of pension system reforms
in developed countries. The study examines the main directions of reforms –
parametric changes, structural transformations, and institutional innovations – based
on the examples of the United States, Japan, Sweden, and Singapore. The practical
experiences of each country and the measures undertaken highlight strategies aimed at
ensuring both the adequacy and financial sustainability of pension systems. Using the
SWOT analysis method, the article evaluates the strengths and weaknesses of the
systems in the aforementioned countries, as well as existing opportunities and potential
risks. In addition, global trends – such as the transition to multi-pillar systems,
automatic adjustments, the growing role of private and mandatory savings, and digital
transformation – are synthesized within the framework of a systematic analysis.

Keywords: pension reforms, developed countries, sustainability, ageing, multipillar system, lessons

Aholining demografik qarishi, umr davomiyligining uzayishi, mehnat bozorida
strukturaviy oʻzgarishlarning kuchayishi dunyo davlatlarida pensiya tizimlari
barqarorligiga bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bois rivojlangan mamlakatlarda
soʻnggi yarim asrda pensiya tizimlarini transformatsiya qilish, ularning moliyaviy
barqarorligi va ijtimoiy adekvatligini bir vaqtning oʻzida taʼminlash asosiy strategik
yoʻnalishga aylandi. Pensiya siyosatining markaziy muammosi – pensiya tizimlari
ijtimoiy adolat va moliyaviy barqarorlik oʻrtasida muvozanatni taʼminlashi
lozimligidir. Rivojlangan mamlakatlarda hukumat aholining farovonligi va hayot

turmush sifatini yaxshilashga alohida ahamiyat qaratadi. ХХ asr oʻrtalarida oʻzini
namoyon qila boshlagan aholi qarishi jarayonlari ushbu guruh davlatlari pensiya
tizimlarini demografik oʻzgarishlar nomutanosibligi, iqtisodiy noaniqlik va oʻrtacha
umr koʻrish davomiyligining oʻsishi, mehnatga layoqatlilar ulushining qisqarishi kabi
qator muammolarning salbiy taʼsirlariga uchratdi va har oʻn yillikda muammo miqyosi
tobora jiddiy tus oldi. Bu esa ijtimoiy siyosat, sogʻliqni saqlash va pensiya sohasida
strategik qarorlarni talab qiladi. Ushbu muammolarga javoban mamlakatlar pensiya
tizimini isloh qilishning quyidagi asosiy tendensiyalarini boshdan kechirmoqda:

1. Pensiya yoshini oshirish. Yevropa Ittifoqi, AQSh va Yaponiyada pensiya
yoshini bosqichma-bosqich oshirish orqali nafaqa xarajatlarini cheklash va mehnat
faoliyati muddatini uzaytirish choralari koʻrinmoqda.

2. Koʻp darajali pensiya tizimlariga oʻtish. Davlat, jamgʻariluvchi va xususiy
pensiya dasturlarini oʻzida birlashtirgan koʻp pogʻonali tizim keng tarqalgan. Bu
yondashuv nafaqat byudjetga tushadigan yukni kamaytiradi, balki daromad
manbalarini diversifikatsiya qilib, pensiya yetarliligini oshiradi.

3. Xususiy pensiya fondlari rivoji. Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyada
xususiy pensiya fondlari davlat pensiyasini qoʻshimcha daromad bilan toʻldiruvchi
muhim mexanizmga aylangan. OECD maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyada pensiya
aktivlarining YaIMga nisbati 120 %1, AQSHda esa 132% dan oshib ketgan2.

4. Avtomatik indeksatsiya va moslashuvchan mexanizmlar. Demografik
oʻzgarishlar taʼsirini yumshatish uchun rivojlangan davlatlarda pensiya miqdorini umr
davomiyligi yoki makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga bogʻlab avtomatik tarzda
moslashtirish mexanizmlari joriy etilgan. Masalan, Shvetsiya va Yaponiyada
“avtomatik sozlash formulasi” nafaqalarni umr davomiyligi oʻsishiga qarab tuzatib
boradi, bu esa tizimni siyosiy bosimlardan himoya qiladi.

5. Raqamlashtirish va boshqaruvni takomillashtirish. Soʻnggi yillarda pensiya
tizimlarida raqamli texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Bu jarayon shaffoflikni
oshirish, maʼmuriy xarajatlarni kamaytirish va fuqarolarga qulay xizmat koʻrsatish
imkonini beradi. Masalan, Estoniya va Shvetsiyada pensiya hisobvaraqlari toʻliq
onlayn yuritilmoqda3.

Rivojlangan davlatlar pensiya islohotlari modellari turlicha boʻlib, muhim
pensiya islohotlarini amalga oshirgan Shvetsiya, AQSh, Yaponiya va Singapur kabi
davlatlarning tajribalarini koʻrib chiqamiz:

AQSh tajribasi. AQSh pensiya tizimi uch pogʻonali modelga asoslangan: davlat
ijtimoiy taʼminoti (Social Security), majburiy korporativ dasturlar (401(k), IRA) va
xususiy shaxsiy jamgʻarmalar. Oxirgi yillarda davlat 401(k) va IRA dasturlarini yanada
ragʻbatlantirish uchun soliqqa qoʻshimcha imtiyozlar, avtomatik roʻyxatga olish (autoenrollment), kichik biznes uchun soddalashtirilgan rejalar kabi islohotlarni joriy
qilmoqda. Shu sababli pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish, xususiy
jamgʻarmalarni kengaytirish, tizimga avtomatik roʻyxatdan oʻtishni joriy qilish kabi

1 OECD (2024), OECD Pensions Outlook 2024: Improving Asset-backed Pensions for Better Retirement Outcomes and
More Resilient Pension Systems, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/51510909-en.
2 https://www.enpf.kz/ru/indicators/obzory-mezhdunarodnykh-ekspertov/mezhdunarodnaya-statistika/63911/
3 Elif Arbatli, Csaba Feher, Jack J.K.Ree, Ikuo Saito and Mauricio Soto. Automatic Adjustment Mechanisms in Asian
Pension Systems – World Bank – December 2016

chora-tadbirlar orqali qamrovni oshirish amalga oshirildi. Shunga qaramasdan,

aholining ijtimoiy tabaqalanishi, moliyaviy savodxonlik pastligi va ayrim guruhlar

uchun pensiya adekvatligining yetishmasligi muammolari mavjud.

Shvetsiya tajribasi. Shvetsiya 1990-yillarda strukturaviy islohot oʻtkazib, PAYG

tizimini NDC (Notional Defined Contribution) modeliga aylantirdi. NDC

hisobvaraqlari aktuar printsiplari asosida pensiya huquqini hisoblash va avtomatik

muvozanatlashtirish omili orqali pensiya parametrlarini demografik va iqtisodiy

shoklarga moslashtirish imkonini beradi. Ushbu yondashuv – demografik bosimni

kamaytirish, pensiyalarning real barqarorligini saqlash va mehnat bozoridagi ishtirokni

ragʻbatlantirish maqsadlariga xizmat qildi. Shvetsiya uch pogʻonali tizimni (davlat,

majburiy jamgʻariluvchi va xususiy koʻngilli pensiyalar) joriy qilgan va

raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlamoqda. Shvetsiya pensiya tizimining oʻziga

xosligi shundaki, har bir fuqaro uchun shaxsiy “shartli hisobvaraq” yuritiladi. Ish

beruvchi va xodim tomonidan toʻlanadigan pensiya badallari (umumiy 18,5%: ish

beruvchi – 11%, xodim – 7,5%) ushbu hisobvaraqlarda qayd etiladi. Biroq mazkur

hisoblarda real mablagʻ yigʻilmaydi; ular joriy pensionerlarga toʻlanadi, hisobvaraqlar

esa faqat statistik balansni aks ettiradi. Shuning uchun ham tizim “shartli

jamgʻariluvchi” deb ataladi.

Yaponiya tajribasi. Yaponiya dunyoda aholisi eng tez qarib borayotgan davlatdir.

Bu sharoitda hukumat pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish, “avtomatik sozlash

formulasi” orqali pensiya miqdorini umr davomiyligiga bogʻlash va koʻp darajali

tizimni joriy qilish kabi islohotlarni amalga oshirmoqda. Yaponiya, shuningdek,

korporativ va individual jamgʻarmalar orqali riskni diversifikatsiya qilishni targʻib

qilmoqda, ammo demografik tendensiyalar tufayli PAYG-ga asoslangan segmentlar

barqarorligini saqlash uchun doimiy parametrik moslashtirishni talab qiladi.

Singapur tajribasi. Singapur pensiya tizimi toʻliq jamgʻariluvchi modelga

asoslangan – CPF (Central Provident Fund). CPF yagona hisoblanuvchi majburiy tizim

boʻlib, jamgʻarma nafaqat pensiya, balki uy-joy va sogʻliqni saqlash uchun ham

ishlatiladi — bu “multi-pillar within one account” tamoyili asosida ishlaydi1.

Jadval-1.

Rivojlangan davlatlar pensiya tizimlari SWOT tahlili2

Mamlakat Kuchli Zaif tomonlari Imkoniyatlar Tahdidlar (T)

tomonlari (S) (W) (O)

Shvetsiya -Aralash -soliqlar -investitsion -uzoq umr koʻrish

model:davlat, yuqori fondlarda sabab demografik

majburiy -kam maoshli innovatsiyalar; yuk ortishi

badallar, ishchilar -elastik pensiya -migratsiya

xususiy pensiyasi kam yoshi, ishlovchi jarayonlari

jamgʻarma; boʻlishi pensionerlar -moliyaviy

-demografiyaga mumkin; sonini oshirish; inqirozlarda

chidamli NDC fondlar

modeli;

1 CPF Board. https://www.cpf.gov.sg/member/cpf-overview
2 OECD va Jahon Banki hisobotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Yaponiya -jamiyat -murakkab -raqamli daromadining
AQSh ishonchi yuqori; koʻp bosqichli xizmatlarni kamayishi
Singapur -gender tengligi tizim kengaytirish
taʼminlangan -ishchi kuchi
-milliy pensiya -tez qarib -xususiy keskin qisqarishi
va ishchilar borayotgan jamgʻarmalarni -past pensiyalar
sugʻurtasi aholiga ega (iDeCo, NISA) sabab ijtimoiy
majburiy yoshi eng rivojlantirish beqarorlik xavfi
-davlatga yuqori katta -robototexnika -Davlat qarzi
ishonch davlatlardan va ortish xavfi
-barcha biri texnologiylar
fuqarolarni -davlat qarzi yordamida -2035 yilgacha
qamrab oladi juda katta mehnat yukini Social Security
-pensiya kamaytirish kamomadi
-Turli manbalar miqdori koʻp -mehnat kutilmoqda
(Social hollarda migrantlarini -moliyaviy
Security, 401(k) yetarli emas jalb qilish bozorlarning
xususiy - -xususiy beqarorligi
jamgʻarmalar) demografiyaga investitsiyalarni -siyosiy
-moliyaviy va byudjetga rivojlantirish kelishmovchiliklar
bozorlar yuqori -moliyaviy
rivojlangan qaramlik savodxonlikni -iqtisodiy
-uzoq tarixga -koʻpchilik oshirish inqirozlarda
ega barqaror yetarli -islohotlar jamgʻarma
tizim jamʼgarmaydi (yoshni qiymati tushib
-CPF majburiy -katta ijtimoiy oshirish, soliq ketishi
jamgʻarma tengsizlik oʻzgarishlari) -uzoq umr koʻrish
-toʻliq sabab mablagʻ tez
jamgʻarma -past -kam tugab qolishi
tizimi byudjetga daromadli daromadlilarni -Singapurda
qaramlik kam qatlamda qoʻllab- yashash xarajatlari
-jamgʻarmani jamgʻarma quvvatlashni yuqoriligi
turli yetarli emas kengaytirish
ehtiyojlarga -daromadlar -CPFni
(uy-joy, farqi katta samarali
tibbiyot) -investitsiyaga investitsion
ishlatish va iqtisodiy vosita sifatida
mumkin oʻsishga ishlatish
bogʻliq -
raqamlashtirish
va moliyaviy
savodxonlikni
oshirish

Oʻzbekiston pensiya tizimi ham demografik oʻzgarishlar, iqtisodiy
transformatsiya va norasmiy bandlik sharoitida jiddiy oʻzgarishlarni boshdan
kechirmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi quyidagi saboqlarni beradi:

- Pensiya yoshini moslashtirish – hayot davomiyligi ortib borayotgan sharoitda
bosqichma-bosqich pensiya yoshini oshirish.

- Koʻp darajali tizim – davlat pensiyasini majburiy jamgʻariluvchi va koʻngilli
pensiya dasturlari bilan toʻldirish.

- Jamgʻariluvchi pensiya fondlari – milliy pensiya fondlarini rivojlantirish va
ularni professional boshqaruv orqali samarali investitsiyalash.

- Raqamlashtirish – pensiya hisobvaraqlarini onlayn yuritish, shaffoflikni
oshirish.

- Moliyaviy savodxonlik – aholining pensiya rejalashtirish madaniyatini
oshirish, xususiy jamgʻarmalarga jalb qilish.

- Norasmiy bandlikni kamaytirish – pensiya tizimining qamrovini kengaytirish
uchun mehnat bozoridagi islohotlar.

Rivojlangan mamlakatlar pensiya tizimi islohotlari shuni koʻrsatadiki, universal
model mavjud emas, ammo ularning umumiy tajribasi – diversifikatsiya, avtomatik
moslashuvchan mexanizmlar va raqamlashtirish asosiy muvaffaqiyat omillari ekanini
koʻrsatadi. Oʻzbekiston uchun ham pensiya tizimini isloh qilishda koʻp darajali
modelga oʻtish, jamgʻariluvchi fondlarni kuchaytirish, raqamlashtirish, hamda mehnat
bozoridagi norasmiylikni kamaytirish ustuvor yoʻnalish boʻlib qolmoqda.

Adabiyotlar roʻyxati
1. Allianz Global Pension Report. (2025). Allianz Research. France. pp.6-11.
https://www.allianz.com/en/economic_research
2. Barr, Nicholas and Diamond, Peter (2009) Reforming pensions: principles,
analytical errors and policy directions. International social security review, 62 (2). pp.
5-29.
3. Holzmann, R., & Hinz, R. (2005). Old-age income support in the 21st century.
World Bank. Washington, D.C. pp.12-24
4. Mercer CFA Institute. (2024). Global Pension Index. Mercer.pp.45-53
5. Natixis Investment Managers. (2024). Global Retirement Index Report.
Natixis.pp.23-26
6. OECD (2024), OECD Pensions Outlook 2024: Improving Asset-backed
Pensions for Better Retirement Outcomes and More Resilient Pension Systems, OECD
Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/51510909-en.
7. Palme, J. (2003). Pension reform in Sweden. Social Policy Review, 15(1),
pp.33-50.