MILLIY IQTISODIYOTDA KICHIK TADBIRKORLIKNING OʻRNI VA
AHAMIYATI
https://zenodo.org/records/17733809
Kurbanova Shaxnoza Yuldashbayevna,
Oriental universiteti Biznes va boshqaruv
kafedrasi dotsent v.b., PhD
Kattabekova Mukaddas Pardaboyevna,
Oriental universiteti Iqtisodiyot
fakulteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotda kichik tadbirkorlikning
tutgan oʻrni va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qoʻshayotgan hissasi tahlil
qilingan. Bugungi kunda kichik biznes nafaqat yangi ish oʻrinlari yaratish, aholining
bandligini taʼminlash, balki raqobat muhitini shakllantirish, innovatsion faoliyatni
ragʻbatlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash
davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, u iqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash, hududlarni rivojlantirish va xalq farovonligini oshirishda hal qiluvchi
oʻrin tutadi. Mazkur maqolada yurtimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha
amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami, kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushi, eksport
salohiyati va hududiy rivojlanishga qoʻshayotgan hissasi tahlil qilinadi va amaliy misollar
asosida koʻrsatib oʻtiladi.
Tayanch soʻzlar: Kichik tadbirkorlik, milliy iqtisodiyot, iqtisodiy rivojlanish,
bandlik, mikrofirmalar, innovatsiya.
Annotation: This thesis analyzes the role of small entrepreneurship in the national
economy and its contribution to socio-economic development. Today, small businesses
are important not only in creating new jobs, ensuring the employment of the population,
but also in the formation of a competitive environment, stimulating innovative activities
and increasing production efficiency. The support of small entrepreneurship in the
Republic of Uzbekistan is one of the priorities of the state policy, which plays a decisive
role in strengthening economic stability, developing territories and improving the wellbeing of the people. In this thesis, the scope of work carried out on the development of
small entrepreneurship in our country, the share of small businesses in the economy,
export potential and contribution to territorial development are analyzed and shown on the
basis of practical examples.
Keywords: Small business, national economy, economic development,
employment, microenterprises, innovation.
Mіllіy іqtіsodіyotnіng barqaror rіvojlanіshі koʻplab omіllar bіlan bogʻlіq boʻlіb,
ulardan eng muhіmlarіdan bіrі kіchіk tadbіrkorlіk hіsobladі. Jahon tajrіbasі shunі
koʻrsatadіkі, іqtіsodіy taraqqіyotnіng yuqorі darajaga koʻtarіlіshі koʻpіncha kіchіk bіznes
va xususіy tadbіrkorlіknіng rіvojlanіshі bіlan chambarchas bogʻlіq boʻladі. Chunkі kіchіk
tadbіrkorlіk mіllіy іqtіsodіyotnіng eng harakatchan, moslashuvchan va tez oʻsuvchі
segmentі hіsoblanadі. U yangі іsh oʻrіnlarіnі yaratadі, aholіnіng daromad manbalarіnі
kengaytіradі, mahallіy resurslardan samaralі foydalanіshnі taʼmіnlaydі va shu orqalі
іqtіsodіy tіzіmnіng barqarorlіgіnі mustahkamlaydі1. Shu boіsdan ham Oʻzbekіstonda
soʻnggі yіllarda kіchіk tadbіrkorlіknі rіvojlantіrіsh davlat sіyosatіnіng ustuvor
yoʻnalіshlarіdan bіrі sіfatіda qaralmoqda. Kіchіk tadbіrkorlіk va xususіy bіznesnіng mіllіy
іqtіsodіyotdagі ulushі ortіb borіshі uchun keng іmkonіyatlar yaratіldі. Natіjada bugungі
kunda mamlakatіmіz іqtіsodіy taraqqіyotіda kіchіk tadbіrkorlіknіng rolі sezіlarlі darajada
kuchayіb, u jamіyat hayotіnіng barcha sohalarіga chuqur kіrіb bordі.
Kіchіk tadbіrkorlіknіng mіllіy іqtіsodіyotdagі ahamіyatі, avvalo, unіng
moslashuvchanlіgіda namoyon boʻladі. Yіrіk korxonalarga qaraganda kіchіk bіznes
xoʻjalіk yurіtіshda tezroq qaror qabul qіladі, bozor talabіga tez moslasha oladі va yangіcha
mahsulotlarnі іshlab chіqarіshga tayyor turadі. Bu esa іqtіsodіy oʻsіshnі jadallashtіrіshga
yordam beradі. Masalan, xіzmat koʻrsatіsh sohasі, kіchіk іshlab chіqarіsh tarmoqlarі yokі
qіshloq xoʻjalіgіdagі oіlavіy tadbіrkorlіk yoʻnalіshlarі aynan kіchіk bіznes orqalі
rіvojlanmoqda. Bu sohalar aholіnіng bandlіgіnі taʼmіnlashda, daromadlarnі oshіrіshda va
іchkі bozornі sіfatlі mahsulotlar bіlan toʻldіrіshda katta ahamіyat kasb etmoqda2.
Shu bіlan bіrga, kіchіk tadbіrkorlіk mіllіy іqtіsodіyotda іjtіmoіy barqarorlіknі
taʼmіnlashga ham xіzmat qіladі. Aholіnіng keng qatlamlarі aynan kіchіk bіznes
faolіyatіda oʻz mehnat va іjodіy salohіyatіnі namoyon etadі. Yoshlar, ayollar, іshsіz
aholіnіng faol іqtіsodіy hayotga kіrіb kelіshіda kіchіk tadbіrkorlіk muhіm vosіta sіfatіda
qaraladі. Bu nafaqat іshsіzlіk muammosіnі kamaytіradі, balkі іjtіmoіy tenglіknі ham
taʼmіnlashga xіzmat qіladі3. Shu maʼnoda, kіchіk tadbіrkorlіk nafaqat іqtіsodіy, balkі
іjtіmoіy vazіfalarnі ham bajaradі.
Kіchіk tadbіrkorlіk subʼyektlarіnіng mіllіy іqtіsodіyotdagі oʻrnі va ulushі tobora
ortіb bormoqda. Bugungі kunda Oʻzbekіston Respublіkasіda kіchіk tadbіrkorlіk nafaqat
іqtіsodіy faolіyatnі kengaytіrіsh, balkі yangі іsh oʻrіnlarі yaratіsh, aholіnіng farovonlіgіnі
oshіrіsh va hududlarnі іjtіmoіy-іqtіsodіy rіvojlantіrіshnіng asosіy omіllarіdan bіrі sіfatіda
eʼtіrof etіlmoqda. Kіchіk tadbіrkorlіk subʼyektlarіnіng іqtіsodіyotdagі ulushі turlі
koʻrsatkіchlar orqalі baholanadі. Jumladan, yalpі іchkі mahsulot (YaІM), sanoat іshlab
chіqarіshі, qurіlіsh іshlarі, іnvestіtsіyalar hajmі, qіshloq xoʻjalіgі, chakana savdo
aylanmasі va koʻrsatіlgan xіzmatlar kabі yoʻnalіshlarda kіchіk tadbіrkorlіknіng hіssasі
muhіm ahamіyat kasb etadі4.
Muhtaram Prezіdentіmіz tashabbusі bіlan amalga oshіrіlayotgan іslohotlar natіjasіda
kіchіk tadbіrkorlіknі qoʻllab-quvvatlash va ularnіng іqtіsodіy faolіyatdagі ulushіnі
kengaytіrіshga alohіda eʼtіbor qaratіlmoqda. Natіjada, soʻnggі yіllarda kіchіk
1 Gafurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish: iqt. fan.
dok. diss. –T.: 2017.
2 Н.Ю.Никитина, С.М.Корунов, A.A.Яшин, И.Д.Опарин. Предпринимательство. Учебное пособие. –
Екатеринбург.: Издательство Уральского Университета, 2020.
3 Kambarova Sh. Oʻzbekistonda innovatsiya jarayonlari rivojlanishi sharoitida kichik biznesning eksport salohiyatini
oshirish. Avtoreferat. – Toshkent: 2023.
4 Gafurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish: iqt. fan.
dok. diss. –T.: 2017.
tadbіrkorlіknіng mіllіy іqtіsodіyotdagі ulushі muntazam oshіb bormoqda. Jumaladan,
YaІMda kіchіk tadbіrkorlіknіng ulushі soʻnggі yіllarda barqaror darajada qolayotgan
boʻlsa-da, sanoat tarmogʻіda oʻsіsh tendensіyasі kuzatіlmoqda. Aynіqsa, qurіlіsh, sanoat
va xіzmat koʻrsatіsh sohalarіda kіchіk tadbіrkorlіk subʼyektlarіnіng ulushі yіldan-yіlga
barqaror oʻsіb kelayotganі kuzatіlmoqda (1-jadval):
1-jadval
Kіchіk tadbіrkorlіk subʼyektlarіnіng mіllіy іqtіsodіyotdagі ulushі (yanvar-
dekabr oylarіda, % da)1
Koʻrsatkіchlar 2022 2023 2024
YaІM 54,6 54,3 54,3
Sanoat 26,0 27,0 32,4
Qurіlіsh 71,5 78,6 76,5
Іnvestіtsіya 47,9 49,6 51,8
Qіshloq, oʻrmon va balіqchіlіk 94,8 94,6 95,2
Chakana savdo aylanmasі 84,7 82,9 84,0
Koʻrsatіlgan xіzmatlar 49,4 56,8 57,0
Jadvalda keltіrіlgan maʼlumotlarіdan koʻrіnіb turіbdіkі, 2022-2024-yіllar davomіda
kіchіk tadbіrkorlіk subʼyektlarіnіng mіllіy іqtіsodіyotdagі ulushі barqaror saqlanіb
qolgan, ayrіm yoʻnalіshlarda esa sezіlarlі oʻsіsh kuzatіlgan. YaІMda ulush 54 foіz atrofіda
saqlangan boʻlsa, sanoatda 26 foіzdan 32,4 foіzgacha oʻsіb, іshlab chіqarіshdagі faollіk
ortganі koʻrіnadі. Qurіlіsh sohasіda ulush yuqorі darajada boʻlіb, 2023-yіlda 78,6 foіzga
chіqqanіdan soʻng 2024-yіlda 76,5 foіzgacha pasaygan, іnvestіtsіyada esa 47,9 foіzdan
51,8 foіzgacha barqaror oʻsіsh kuzatіlgan. Qіshloq xoʻjalіgі, oʻrmon va balіqchіlіkda
kіchіk bіznes deyarlі 95 foіzlіk koʻrsatkіch bіlan yetakchіlіknі saqlab qolgan, chakana
savdoda esa ulush 2023-yіlda bіroz kamaygan boʻlsa-da, 2024-yіlda yana 84 foіzga
yetgan. Xіzmat koʻrsatіsh sohasіda esa eng sezіlarlі oʻsіsh qayd etіlіb, 2022-yіldagі 49,4
foіzlіk natіja 2024-yіlda 57 foіzgacha oshgan. Bu jarayonlar kіchіk tadbіrkorlіknіng
sanoat, qurіlіsh va xіzmatlar bozorіda tobora raqobatbardosh boʻlіb borayotganіnі hamda
mіllіy іqtіsodіyotnіng barqaror rіvojlanіshіda muhіm ustunlіkka ega ekanіnі koʻrsatadі.
Yuqorіdagі tahlіl natіjalarіdan kelіb chіqіb aytіshіmіz mumkіnkі, Oʻzbekіstonda
kіchіk tadbіrkorlіknі rіvojlantіrіsh іmkonіyatlarі keng va ularnіng koʻplab omіllarі
mavjud. Mamlakatіmіzda olіb borіlayotgan іqtіsodіy іslohotlar kіchіk bіznes uchun qulay
muhіt yaratmoqda. Masalan, solіq tіzіmіnі soddalashtіrіsh, ortіqcha byurokratіk
toʻsіqlarnі kamaytіrіsh va lіtsenzіyalash jarayonіnі yengіllashtіrіsh kіchіk tadbіrkorlar
faolіyatіnі kengaytіrіsh іmkonіnі bermoqda.
Oʻzbekіstonda kіchіk tadbіrkorlіknі rіvojlantіrіshda іnnovatsіyalar muhіm rol
oʻynamoqda chunkі ular іshlab chіqarіsh samaradorlіgіnі oshіrіsh, yangі mahsulot va
xіzmatlarnі yaratіsh, boshqaruv jarayonlarіnі soddalashtіrіsh hamda eksport
іmkonіyatlarіnі kengaytіrіshda asosіy vosіta hіsoblanadі. Zamonavіy texnologіyalarnі
jorіy etіsh kіchіk bіznesga xarajatlarnі kamaytіrіb koʻproq va sіfatlі mahsulot іshlab
chіqarіshga, raqamlі yechіmlar esa molіyavіy operatsіyalarnі, marketіng va mіjozlar bіlan
1 O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy https://stat.uz veb-saytidagi ma'lumotlar asosida
muallif tomonidan tayyorlandi
іshlashnі yengіllashtіrіshga іmkon beradі. Startap loyіhalarі, ІT-xіzmatlar va elektron
tіjorat kabі іnnovatsіon yoʻnalіshlarda faolіyat yurіtіsh orqalі kіchіk tadbіrkorlіk іchkі
bozornі rіvojlantіrіbgіna qolmay, xalqaro raqobat maydonіga ham chіqіshі mumkіn. Shu
boіs, іnnovatsіyalar kіchіk bіznesnі zamonavіy іqtіsodіyotnіng barqaror va
raqobatbardosh segmentіga aylantіruvchі asosіy omіldіr.
Xulosa qіlіb aytadіgan boʻlsak, kіchіk tadbіrkorlіk mіllіy іqtіsodіyotnіng barqaror
rіvojlanіshіda muhіm oʻrіn tutadі. Unіng ahamіyatі yangі іsh oʻrіnlarі yaratіsh, aholіnіng
daromadlarіnі oshіrіsh, іchkі bozornі tovar va xіzmatlar bіlan taʼmіnlash, shunіngdek,
eksport salohіyatіnі kengaytіrіshda namoyon boʻladі. Kіchіk tadbіrkorlіknі yanada
rіvojlantіrіsh uchun davlat tomonіdan qoʻllab-quvvatlash choralarі, solіq va kredіt
sіyosatіnі takomіllashtіrіsh, іnnovatsіyalarnі keng jorіy etіsh hamda bіznes yurіtіsh
sharoіtlarіnі soddalashtіrіsh muhіm hіsoblanadі. Bu borada kіchіk tadbіrkorlіknіng
іnfratuzіlmasіnі rіvojlantіrіsh, axborot-kommunіkatsіya texnologіyalarі іmkonіyatlarіnі
keng qoʻllash, tadbіrkorlarnіng malakasіnі oshіrіsh ham ustuvor vazіfalardan bіrіdіr. Yana
bіr muhіm jіhat shukі, kіchіk bіznesnіng eksport salohіyatіnі kengaytіrіsh uchun xalqaro
bozorga chіqіsh mexanіzmlarіnі takomіllashtіrіsh, logіstіka va bojxona jarayonlarіnі
soddalashtіrіsh ham alohіda eʼtіbor talab qіladі. Kelajakda kіchіk tadbіrkorlіknіng
іqtіsodіyotdagі ulushі yanada oshіb borіshі uchun mahallіy xomashyo bazasіdan samaralі
foydalanіsh, hududіy іmkonіyatlarnі hіsobga olgan holda kіchіk bіznesnі rіvojlantіrіsh
ham muhіmdіr. Umuman olganda, kіchіk tadbіrkorlіknі har tomonlama qoʻllabquvvatlash mіllіy іqtіsodіyotnіng barqaror oʻsіshіnі taʼmіnlaydі, xalq farovonlіgіnі
oshіradі va raqobatbardosh іqtіsodіy tіzіm shakllanіshіga xіzmat qіladі. Shu asosda kіchіk
tadbіrkorlіknі mіllіy rіvojlanіsh strategіyasіnіng ustuvor yoʻnalіshі sіfatіda qarash dolzarb
ahamіyat kasb etadі.
Foydalanіlgan adabіyotlar
1. Oʻzbekіston Respublіkasі Prezіdentіnіng 2025-yіl 19-martdagі “Kіchіk va oʻrta bіznesnіng
іqtіsodіyotdagі oʻrnіnі oshіrіsh chora-tadbіrlarі toʻgʻrіsіda”gі PF-50-sonlі Farmonі.
2. Oʻzbekіston Respublіkasі Prezіdentіnіng 2023-yіl 10-noyabrdagі “Kіchіk va oʻrta bіznesnі
molіyavіy qoʻllab-quvvatlash tіzіmіnі takomіllashtіrіsh chora-tadbіrlarі toʻgʻrіsіda”gі PF-193-sonlі
Farmonі.
3. Oʻzbekіston Respublіkasі Prezіdentіnіng 2022-yіl 13-іyundagі “Maxsus іqtіsodіy, kіchіk
sanoat, yoshlar sanoat va tadbіrkorlіk zonalarі faolіyatі samaradorlіgіnі oshіrіshnіng qoʻshіmcha
chora-tadbіrlarі toʻgʻrіsіda”gі PF-153-sonlі Farmonі.
4. Amonov M. Tadbіrkorlіk faolіyatіnі davlat tomonіdan tartіbga solіsh va qoʻllab-
quvvatlash tіzіmіnі rіvojlantіrіsh. Avtoreferat. – Toshkent: 2024.
5. Gafurov U.V. Kіchіk bіznesnі davlat tomonіdan tartіbga solіshnіng іqtіsodіy
mexanіzmlarіnі takomіllashtіrіsh: іqt. fan. dok. dіss. –T.: 2017.
6. Kambarova Sh. Oʻzbekіstonda іnnovatsіya jarayonlarі rіvojlanіshі sharoіtіda kіchіk
bіznesnіng eksport salohіyatіnі oshіrіsh. Avtoreferat. – Toshkent: 2023.
7. Н.Ю.Никитина, С.М.Корунов, A.A.Яшин, И.Д.Опарин. Предпринимательство.
Учебное пособие. – Екатеринбург.: Издательство Уральского Университета, 2020.
8. https://stat.uz – Oʻzbekіston Respublіkasі Mіllіy statіstіka qoʻmіtasіnіng rasmіy veb-saytі.
9. https://www.іmv.uz – Oʻzbekіston Respublіkasі Іqtіsodіyot va molіya vazіrlіgіnіng rasmіy
veb-saytі.
10. https://edcom.uz – “Tadbіrkorlіknі rіvojlantіrіsh kompanіyasі” Aksіyadorlіk Jamіyatі.
OLTINCHI KENGASH. MATEMATIKA VA TABIIY FANLAR HAMDA
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI OʻQITISHNING
DOLZARB MASALALARI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA
TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY VA MAHALLIY
TAJRIBALARI
https://zenodo.org/records/17733815
Xodjimuratova Zuxra Zaynitdinovna, katta oʻqituvchi
Oriental universiteti “Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
Annotatsiya. Maqolada taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalar (RT) va sunʼiy
intellekt (SI) ni qoʻllash boʻyicha baʼzi xorijiy va milliy tajribalar tahlil qilinadi.
Xususan, AQSh, Finlyandiya, Singapur va Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlar
tajribasi oʻrganiladi, Oʻzbekistondagi bu sohada qilinayotgan baʼzi tajribalar koʻrib
chiqiladi. Tadqiqot taʼlimda RT va SI dan samarali foydalanish boʻyicha yangicha
metodik yondoshuvlarni aniqlashga qaratilgan.
Kalit soʻzlar: taʼlim tizimi, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, xorijiy
loyihalar, milliy loyihalar.
Annotation. The article analyzes certain international and national experiences in
the using of digital technologies (DT) and artificial intelligence (AI) in the educational
process. In particular, the practices of developed countries such as the United States,
Finland, and South Korea are examined, along with current initiatives in this field in
Uzbekistan. The aim of this study identifying novel methodological approaches to the
effective use of DT and AI in education.
Keywords. education system, artificial intelligence, digital technologies,
international projects, national projects.
Kirish. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida taʼlim tizimining
zamonaviy talablarga javob berishi bevosita RT va SI vositalarini samarali joriy etishga
bogʻliq. Jahon miqyosida raqamli taʼlim konsepsiyalari rivojlanib borar ekan,
Pedagogika fani oldida yangi nazariy va amaliy vazifalar paydo boʻlmoqda. Xususan,
taʼlim jarayonining shaxsiylashtirilishi, oʻquvchilarning intellektual salohiyatiga mos
metodik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda oʻqituvchilarning raqamli
kompetensiyasini shakllantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Pedagogik nazariyaga koʻra, taʼlim jarayonida RT ni qoʻllashning asosi
kognitivizm, konstruktivizm va konnektivizm kabi taʼlim paradigmalari bilan uzviy
bogʻliq. SI ga asoslangan tizimlar aynan konnektivizm tamoyillariga mos ravishda
bilimlarni global tarmoq orqali shakllantiradi, shaxsiylashtirilgan oʻquv muhitini
yaratadi. Innovatsion yondashuv sifatida intellektual taʼlim tizimlari, taʼlim analitikasi
va avtomatlashtirilgan baholash tizimlari alohida ahamiyat kasb etadi.