ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sun’iy intellektning sohalardagi imkoniyatlari

Aliyev Dilshod Maxmatrabiyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SUNʼIY INTELLEKTNING SOHALARDAGI IMKONIYATLARI

https://zenodo.org/records/17733913

Aliyev Dilshod.
Oriental universiteti katta oʻqituvchisi

aliyevali1211@gmail.com

Annotatsiya. Annotatsiya: Mazkur maqola XXI asrda sunʼiy intellekt
texnologiyasining rivojlanishi, uning asosiy yoʻnalishlari, amaliy qoʻllanilish sohalari
va jamiyatga taʼsiri haqida batafsil maʼlumot beradi. Unda sunʼiy intellekt ning
tibbiyot, taʼlim, iqtisodiyot va transport kabi sohalardagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek,
texnologiyaning muammolari, jumladan, etik masalalar, ish oʻrinlarini qisqarishi va
maʼlumot xavfsizligi muhokama qilinadi. Maqolada sunʼiy intellekt
texnologiyalarining kelajak istiqbollari, jumladan, smart shaharlar, kvant hisoblash va
inson-mashina hamkorligi imkoniyatlari keltirilgan. Maqola sunʼiy intellektni toʻgʻri
boshqarish orqali jamiyatning yangi bosqichga chiqishini taʼkidlaydi.

Kalit soʻzlar: Sunʼiy intellekt, XXI asr, avtomatlashtirish, texnologiya, neyron
tarmoqlar, katta maʼlumotlar, sunʼiy intellekt xavflari, kelajak texnologiyalari.

Abstract. This article provides detailed information about the development of
artificial intelligence technology in the 21st century, its main directions, areas of
practical application, and its impact on society. It highlights the role of artificial
intelligence in fields such as medicine, education, economics, and transportation. Also
discussed are the challenges of technology, including ethical issues, job losses, and
information security. The article presents future prospects for artificial intelligence
technologies, including smart cities, quantum computing, and human-machine
collaboration. The article emphasizes that society will reach a new stage through the
proper management of artificial intelligence.

Keywords: Artificial intelligence, 21st century, automation, technology, neural
networks, big data, risks of artificial intelligence, future technologies.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.02.2021 yildagi PQ-4996-
son, Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida

“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sunʼiy intellekt
texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qoʻllash, raqamli
maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taʼminlash,
ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
maqsadida:

“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasini har tomonlama amalga
oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari,
ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy
qilish;

sunʼiy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish,

raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish;
sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish

jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning
modellari, algoritmlari va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish;

sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha yetakchi xorijiy
innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma
loyihalarni amalga oshirish.

Sanoat va jamiyat asoslarini qurish bilan bir qatorda, reja “kelajak poydevori
sifatida taʼlimni isloh qilish va ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar tizimini qayta qurishni
talab qiladi. Taʼlim islohotiga kelsak, boshlangʻich va oʻrta taʼlimdan tashqari,
shuningdek, taʼlimda sunʼiy intellekt bilan bogʻliq boʻlgan taʼlim, boshqacha
aytganda, “matematika, maʼlumotlar fanlari va AI” taʼlimi qanday boʻlishi kerakligi
koʻrsatilgan.

AI strategyasi 2030 raqamli Oʻzbekistonda tadqiqot va ishlanmalar tizimini
rekonstruksiya qilish “kelajak uchun poydevor yaratish” sifatida ham koʻrsatilgan,
ammo bu yerda biz “universitetlar, texnikumlar va kollejlar”dagi taʼlim islohotining
konturini tushuntiramiz”. Bundan tashqari, materialda batafsil aniq raqamlrda
tushuntirish yoʻqligi sababli, notoʻgʻri talqin qilish yoki notoʻgʻri baholash mumkin.

Taʼlim, Madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi maʼlumotlariga koʻra,
“barcha fuqarolar matematika, maʼlumotlar fanlari va sunʼiy intellekt asoslari” kabi
zarur koʻnikmalarni rivojlantirishlari kerak. raqamli jamiyatda yozish va abacus” va
barcha sohalarda ishlay olish. Universitet islohotini ilgari surish uchun texnologiya,
Ushbu hisobotning qisqacha mazmunida “Informatika taʼlimining umumiy taʼlim
sifatida tarqalishi” “soʻrovga javob bergan universitetlarning 82% ga yaqini
informatika fanini umumiy fan sifatida takidlashgan”.

Bunday sharoitda barcha talabalar uchun 2030-yillarda mumkin boʻlgan
umumiy axborotni qayta ishlash, taʼlimini rivojlantirishga “matematika, maʼlumotlar
fanlari va sunʼiy intellekt” taʼlimini qoʻshish katta oʻzgarish va yaxshi natijalarga
erishishi kutilmoqda.

Sunʼiy intellekt odamlardan ishini yengillashtirmoqdami?
— Rostdan ham bu savol hozir juda dolzarb. Sunʼiy intellektning oʻzi
odamlarning ishini olib qoʻymaydi. Lekin sunʼiy intellektdan unumli foydalana
oladigan boshqa odamlar tortib olishi mumkin. Sunʼiy intellektning aynan oʻzidan
qoʻrqish kerak emas, balki uni yaxshilab oʻrganish kerak.
— Ayni qaysi sohalarda sunʼiy intellekt taʼsiri sezilmoqda?
— Sunʼiy intellekt media soxasiga shiddat bilan kirib keldi ayniqsa. Tasvir
ustida ishlash, montaj qilish kabilarda qoʻl kelyapti. Chet elda shu darajaga chiqdiki,
televideniyeda boshlovchilarning sunʼiy intellekt shakli yaratilib (avatar), dasturlar
olib borilmoqda.
— Salbiy tomonlari qanday?
— Salbiy tomonlar hamma narsada bor. Deylik, oddiy pichoqdan oshxona
anjomi sifatida foydalanish mumkin, qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Sunʼiy
intellekt ham nima maqsadda, kimning qoʻlida ishlatilishiga qarab foydali yoki zararli
boʻlishi mumkin. Masalan, 2022 yil oxirlari, 2023 yil boshlarida koʻpgina feyk
suratlar tarqaldi, bu orqali feyk xabarlar ham chiqdi. Bir tomondan yaxshi keys boʻldi

bular, chunki faktcheking qilish kerakligi, tekshirish lozimligi oʻrtaga chiqdi.
— Olamdan oʻtib ketgan dublyaj aktyorlarimizning ovozini sunʼiy intellekt

orqali tiklash haqida ham gap bor edi. Shu haqida gapirsangiz.
— 2019 yilda rossiyalik rejissyor oʻsha oʻtib ketgan Rossiya aktyorlarining

ovozini tiklash loyihasini taqdimot qilgandi. Shunda oʻzbek aktyorlarining ovozini
tiklash gʻoyasi paydo boʻlgan. Shu loyiha ustida 1 yildan beri ishlayapmiz. Hozir
Hojiakbar Nurmatov, Sanjar Saʼdullayev, Hamza Umarovlarning ovoz modellarini
yaratib koʻrdik.

Maqsadimiz — shu durdona ovozlarni efirga qaytarish. Shaxsan men bu
ovozlarni juda sogʻinganman, xalqimiz ham shunday boʻlsa kerak. Asosan dublyaj va
audiokitoblar yaratishda ishlatish rejalashtirilgan.

— «Boburnoma» loyihasi, jadidlar qiyofasini tiklash ishlari haqida gaplashsak,
bu gʻoyalar qanday paydo boʻlgan?

— Aynan birinchi loyiham «Boburnoma» boʻlgan. Oʻzim tarixni yaxshi
koʻraman. Bobur oʻz asarida shaxslarni tasvirlashda ham, joylarni tasvirlashda ham
batafsil tushuntirishlar bergan, bu esa yaxshi baza boʻlib xizmat qiladi. Taxminan
kitobning yarmini tasvirga koʻchirdik. Bu ishni matnni tasvirga aylantiruvchi sunʼiy
intellekt dasturi orqali qilganmiz. Birinchi ishlatib boshlaganimiz 3-avlod dasturi edi,
unda suratlar unchalik real koʻrinishda boʻlmasdi, hozir esa 6-avlod chiqqan
allaqachon, bunda suratlar juda real koʻrinishga ega boʻladi.

Jadidlarni yoshlarimiz tanishi, qilgan ishlarini bilishi kerak. Shuning uchun ham
birinchilardan boʻlib jadidlarga toʻxtaldik. Jadidlarning suratini ham yuqorida
aytilgan dastur orqali tikladik. Bu suratlarni jamoatchilikka taqdim etganimizda ijobiy
qabul qilishdi. Bundan tashqari, oq-qora koʻrinishdagi suratlarni xam ranglashtirib,
detallashtirilgan variantini yaratdik.

Bilamizki, jadidlarimizning saqlangan suratlari asosan qatagʻon paytidagi
suratlar, shuning uchun gʻamgin koʻrinishda va ular tasavvurimizda shunday boʻlib
qolgan. Shuning uchun obrazlarni oʻzgartirib, magʻrurroq koʻrinishdagi variantlar
ham qilib koʻrdik.

— Musiqa sanʼati borasida sunʼiy intellektning taʼsiri qanday boʻlyapti?
— Sunʼiy intellektning shunday imkoniyatlari borki, agar qoʻshiq matni berilsa
va kerakli janr tanlansa, shunga qarab kuy bastalab qoʻshiq aytib beradi. Masalan,
Erkin Vohidovning «Inson» qasidasini rus tiliga tarjima qilib, rok yoʻnalishida
qoʻshiq yarattirdik, menimcha, yaxshi chiqdi.
— Boshqa sohalarda sunʼiy intellekt taʼsiri qanday boʻlyapti?
— Sunʼiy intellekt faqatgina supat generatsiyasi yoki qoʻshiq aytish uchun
xizmat qilmaydi. Sunʼiy intellekt juda yaxshi yordamchi. Masalan, chet elda sunʼiy
intellekt yordamida robotlar operatsiyalar oʻtkazyapti, kasallarga tashxis qoʻyyapti.
Bir qiziq keys ham mashhur boʻldi. Bir ayol qizi kasal boʻlganda doktorlarga
olib boradi, hech biri aniq tashxis qoʻya olmaydi. Shunda ayol qizidagi alomatlarni,
holatni ChatGPTʼga yozadi, u esa aniq tashxis qoʻyib beradi. Umuman, sunʼiy
intellekt barcha sohaga kirib bormoqda.
Lekin sunʼiy intellekt yordamida haydovchisiz boshqariladigan mashinalarga
ishonmagan boʻlardim. Hali u qadar ideal darajaga yetgani yoʻq.
Media sohasi vakili boʻlganim uchun koʻproq shu sohaga urgʻu beraman. Yana

masalan, 3D multifilmlarni ishlash uchun oldin bir necha oylab vaqt ketgan boʻlsa,
hozir esa sunʼiy intellekt yordamida ancha tezlashdi jarayon. Personajni oddiy soʻzlar
yordamida yozib uni yaratish mumkin. Animatsiyada ham sunʼiy intellekt juda
rivojlanib bormoqda. 2024 yil sunʼiy intellekt sohasida animatsiya va jonlashtirish
yili boʻladi, deb oʻylayman.

— Oʻzbek tili boʻyicha ChatGTPʼda qanday ishlar olib borilyapti?
— ChatGTP asosan matn bilan ishlaydi, yaqinda suratlar generatsiyasi ham
qoʻshildi. ChatGTP katta maʼlumotni tez tahlil qilib, matn tarzida taqdim etoladi.
Ikkinchi jihati ChatGTPʼga bir maqolani yuklasangiz, faktcheking qilib beradi.
ChatGTPʼdagi oʻzbek tili boʻyicha biz ishlayotganimiz yoʻq. Shuning uchun
kamchiliklar bor, ChatGTP bilan yaxshi ishlash uchun rus va ingliz tillaridan
foydalansa boʻladi. ChatGTP birinchi chiqqanida Oʻzbekistonda ishlamas edi, yarim
yil boʻldi ruxsat berildi. Xatolar bilan boʻlsa-da, oʻzbekchani tushunyapti. Lekin
oʻzbeklar qanchalik koʻp ChatGTP bilan muloqot qilsa, u oʻzbek tilini oʻrganib
boradi. ChatGTPʼda shunday imkoniyat paydo boʻldiki, siz oʻz chatingizni
yaratishingiz mumkin.
Hozircha sunʼiy intellektda hissiyotlar yoʻq, faqat maʼlum algoritmlar asosida
ishlaydi, matnlarni oʻrganadi. Hissiyotlaring bormi, deb savol berilsa ham, menda
hissiyot yoʻq degan javobni beradi. Internetda tarqalayotgan hissiyoti bor degan
maʼnodagi videolar hazil tariqasida qilingan materiallar boʻlsa kerak.
— Baribir ham sunʼiy intellekt insonlarga qarshi tafakkur shakllantirmasligi
uchun choralar koʻrilayotgandir, nima deysiz?
— 25 dan ortiq IT gigantlar ChatGTPʼning ishlab chiqaruvchisi Open Ai
kompaniyasiga ochiq xat yoʻllashdi. Yaʼni yangi modelga oʻtish paytida ozroq
toʻxtalib, qanday tahdidlar, kamchiliklar paydo boʻlayotganini oʻrganib olish haqida.
Lekin sunʼiy intellekt rivojlanishini toʻxtatib boʻlmaydi, toʻxtatish ham
ahmoqgarchilik deb bilaman.
— Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt sohasini rivojlantirish uchun nimalarga eʼtibor
berish kerak?
— Avvalambor sunʼiy intellekt vositalaridan qanday foydalanishni oʻrgatish
kerak. Deylik, har bir vazirlik, idoralarning matbuot xizmati. Kuzatilib turadigan holat
esa matbuot xizmatlari qaysidir xabarni chiqarib, xalq tilida aytganda «qovun
tushiradi». Agar sunʼiy intellekt vositasidan foydalansa, buning oldini olish mumkin.
Masalan, ChatGTP oʻsha xabarni baholab bera oladi, qanday reaksiya boʻladi, qanday
qaraladi, ijobiy-salbiy baholash kabilarni tahlil qiladi.
Taʼlim sohasida ham sunʼiy intellektning oʻrni katta. Har qanday fanni sunʼiy
intellekt yordamida oʻrganish mumkin, baholab ham boradi, qanday xato
qilayotganini ham koʻrsatadi.
Kino sohasida ham ishlatsa boʻladi. Oʻzimiz Anqara jangining bir daqiqalik
videosini sunʼiy intellekt yordamida yaratdik. 2024 yil Ai filmlar yili boʻladi, Ilon
Mask ham gapirdi bu haqida. Bundan qoʻrqish kerak emas, menimcha. ChatGTP hatto
ssenariy yozishda ham yordam berishi mumkin.
Suhbat avvalida aytganimizdek, sunʼiy intellektning oʻzidan qoʻrqish kerak
emas, kimningdir ishini olib qoʻymaydi, lekin uni ishlata olgan odam olib qoʻyishi
mumkin. Shuning uchun ham sunʼiy intellektdan foydalanishni oʻrganish kerak,