ARAB MATBUOTIDAGI SIYOSIY VA DIPLOMATIK UNVONLARNING
STILISTIK AHAMIYATI
https://zenodo.org/records/17732062
Shamsuddin Fayziyev,
Oriental universiteti, Tillar-1 kafedrasi oʻqituvchi-stajyori
Annotatsiya: Ushbu maqolada arab matbuotida rasmiy shaxslar uchun
ishlatiladigan unvonlarning stilistik va diplomatik funksiyalari tahlil qilinadi. “ صاحب
”السمو”, “فخامة”, “معالي”, “دولةva “ ”جلالةkabi unvonlarning kontekstual ishlatilishi,
ularning matn uslubi va protokol normalaridagi oʻrni aniq misollar asosida yoritilgan.
Unvonlarning matn janri, siyosiy ohang va ijtimoiy konnotatsiyani shakllantirishdagi
roli chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, arab jurnalistikasida rasmiy
unvonlar matnning rasmiylik darajasi va diplomatik noziklikni belgilovchi muhim
vosita sifatida baholanadi.
Kalit soʻzlar: arab matbuoti, rasmiy unvonlar, stilistik tahlil, diplomatik
protokol, siyosiy ohang, jurnalistika uslubi.
Abstract: This article analyzes the stylistic and diplomatic functions of honorific
titles used for officials in the Arab press. The contextual usage of titles such as “ صاحب
”السمو(His Highness), “ ”فخامة(His Excellency), “ ”معالي(The Honorable), “ ”دولة(The
Prime Minister), and “ ”جلالة(His Majesty) is examined through concrete examples,
highlighting their role in text style and adherence to protocol norms. The study provides
an in-depth analysis of how these titles contribute to shaping the textual genre, political
tone, and social connotation. The findings indicate that in Arab journalism, official
titles serve as key tools for establishing the level of formality and diplomatic sensitivity
of the text.
Keywords: arab press, official titles, stylistic analysis, diplomatic protocol,
political tone, journalistic style.
Arab matbuoti oʻzining rasmiy, muayyan protokol va uslub qoidalariga
asoslangan yozish malakasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, siyosiy, diplomatik va davlat
darajasidagi xabarlarda rasmiy shaxslarni tilga olishda foydalaniladigan unvonlar katta
ahamiyatga ega boʻlib, bu unvonlar faqat shaxsiy maqomni ifodalab qolmay, balki
matnning uslubiy, ijtimoiy va hatto siyosiy rang-barangligini ham belgilaydi. Hayyam
Ibrohim أبحاث في لغة الإعلام(Matbuot tiliga oid tadqiqotlar) nomli kitobida
taʼkidlaganidek: “Jurnalistlar tomonidan qoʻllaniladigan til, ayniqsa, siyosiy va
diplomatik xabarlar yozishda aniq, qisqa va taʼsirli boʻlishi kerak. Bu uslubiy
yondashuv arab gazetalaridagi xabarlarning stilistik tahlilida muhim rol oʻynaydi”
[Hayyam Ibrohim, 2012:67]. Quyida ushbu unvonlarning asosiy turlari, ularning
ishlatilish konteksti, farqlari va stilistik jihatlari tahlil qilinadi.
1. “ – صاحب السموJanobi oliylari” (Sahib as-Sumuv). Bu unvon koʻpincha malika
aʼzolari, valiahd shahzodalar yoki hukmron oilalarning yuqori martabali aʼzolariga
nisbatan ishlatiladi. Masalan, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar yoki Quvayt kabi
102
monarxik tuzum hukmron boʻlgan mamlakatlarda “Janobi Oliylari” maqomi shaxsning
nafaqat ijtimoiy maqomini, balki siyosiy va ramziy darajasini ham bildiradi. Masalan,
2023-yil 18-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “al-Bayan” gazetasida chop
etilgan xabarda bunday deyiladi: استقبل صاحب السمو الشيخ محمد بن زايد رئيس الدولة وفدًا من رجال
“ – الأعمال اليابانيينJanobi oliylari Shayx Muhammad bin Zoyid, davlat rahbari, Yaponiya
ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi” [al-Bayan gazetasi, 2023:7-son]. Bu yerda
“ ”صاحب السمو(Janobi oliylari) iborasi matnga izzat-ikrom, hurmat va rasmiylik
ohangini qoʻshadi. Uning ishlatilishi – muomala madaniyatining bir qismidir va arab
matbuotida juda keng tarqalgan.
2. “ – فخامةJanobi oliylari” yoki “Janobi muhtaram” (Faxomat). Bu unvon
prezidentlarga nisbatan ishlatiladi va yuksak rasmiy maqomni bildiradi. U faqat
prezidentlarga xos unvondir. Masalan, Tunis, Misr, Iroq, Suriya kabi respublika
tuzumidagi davlatlarda prezident shaxsiga “ ”فخامة الرئيسdeb murojaat qilinadi.
Masalan, “ – أعرب فخامة الرئيس عبد المجيد تبون عن شكره وتقديره للدعم الصيني المستمرJanobi
Oliylari Prezident Abdulmajid Tebbun Xitoyning doimiy yordami uchun minnatdorlik
va ehtirom bildirdi”. Ushbu bayonot Prezident Tebbun tomonidan Xitoy bilan ikki
tomonlama aloqalarni mustahkamlash doirasida bildirilgan. Bu unvonning ishlatilishi
oʻz ichiga diplomatik hurmat, davlat protokoliga rioya va siyosiy ohangni qamrab
oladi.
3. « – معاليJanob» yoki «Muhtaram» (Maʼaliy). “Maʼaliy” unvoni odatda
vazirlarga, ayrim yuqori lavozimli amaldorlarga, masalan, tashqi ishlar vaziri, iqtisod
vaziri yoki ichki ishlar vaziriga nisbatan ishlatiladi. Bu unvon sohibiga nisbatan baland
maqomda muomala qilinayotganini bildiradi. Jumladan, «Hurmatli tashqi ishlar vaziri
fransiyalik hamkasbi bilan oʻzaro hamkorlik yoʻllarini muhokama qilish uchun
uchrashdi». Masalan, 2024-yil 3-dekabr kuni Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdulatif bin
Roshid az-Zayyani Qohirada fransiyalik hamkasbi Jan Noel Barro bilan uchrashuv
oʻtkazgani haqida الجريدة اليومية الأولى في البحرين(Bahraynning birinchi kunlik jurnali)
shunday deydi: – معالي وزير الخارجية بنظيره الفرنسي لبحث سبل التعاون المشترك التقى
“Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik aloqalari va ularni rivojlantirish
yoʻllari muhokama qilindi”. Bu kontekstda “ ”معاليunvoni rasmiy protokolning muhim
qismidir va matnni ogʻir, rasmiy uslubda bayon etishda xizmat qiladi.
4. “ – دولةJanobi Vazirlar Mahkamasi raisi” (Davla). “Davlat” unvoni, yaʼni “ دولة
”الرئيسdegan ibora asosan bosh vazirlarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, Livan,
Falastin, Iordaniya, Marokash kabi davlatlarda bosh vazir rasmiy maqomida “Davlat
ar-Rais” deb ataladi. Jumladan, 2024-yil 3-noyabr kuni «Lebanon24» nashrida xabarda
bunday deyiladi: – استقبل دولة رئيس الوزراء نجيب ميقاتي وفدًا دوليًا لمناقشة الأوضاع الاقتصادية
“Janobi Bosh vazir Najib Miqoti xalqaro delegatsiyani qabul qildi va ular bilan
iqtisodiy vaziyatni muhokama qildi”. Bu unvon prezident unvonidan farqli ravishda
boshqaruvning ijroiy tarmogʻidagi yuqori lavozimni bildiradi.
5. “ – سمو الأميرJanob Amir” (Sumuv al-Amir). “Amir” unvoni koʻplab arab
davlatlarida ishlatiladi. U monarxik yoki qabila boshliqlariga, ayrim hollarda esa
harbiy yoki diniy maqomdagi shaxslarga ham nisbatan ishlatiladi. Qatarda, Quvaytda,
Saudiya Arabistonida va BAAda ushbu unvon keng qoʻllaniladi. Masalan, “al-Jazira”
gazetasi 2024-yil 14-noyabr kuni Anqarada boʻlib oʻtgan uchrashuv haqida bunday
deydi: “ – أجرى سمو الأمير تميم بن حمد آل ثاني محادثات مع الرئيس التركي في أنقرةJanobi Amir
103
Tamim bin Hamad Ol Soniy Anqarada Turkiya Prezidenti bilan muzokaralar oʻtkazdi”
[al-Jazira, 2024:4/2-soni]. Bu unvon matnga muayyan siyosiy va ijtimoiy ramziy tus
beradi, ayniqsa davlat boshligʻi boʻlgan amirlarga nisbatan.
6. “ – جلالةJanobi Oliylari” (Jalala). Bu unvon qirollik maqomini bildiradi va
asosan Marokash, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn kabi qirollik tuzumiga ega
davlatlardagi shohlar uchun ishlatiladi. “ ”جلالة الملكdegan ibora shohning eng rasmiy
va yuksak maqomini ifodalaydi. Jumladan 2024-yil 24-sentabr kuni Nyu-Yorkda
boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida Iordaniya Qirol Abdulloh
II nutq soʻzlagani haqida «Jaridat al-gʻod» (جريدة الغد)gazetasi bunday xabar beradi:
« - ألقى جلالة الملك عبد الله الثاني خطابًا أمام الجمعية العامة للأمم المتحدةJanobi Oliylari Qirol
Abdulloh II BMT Bosh Assambleyasida nutq soʻzladi» [Jaridat al-gʻod gazetasi,
2024:7-son]. Bu yerda “ ”جلالةunvoni matnga jiddiy, protokolga xos rasmiylikni olib
kiradi.
Shuni taʼkidlash joizki, arab tilida unvonlarning oʻziga xos semantik nozikliklari
mavjud. Har bir unvon shaxsning siyosiy maqomini emas, balki ijtimoiy maqomi,
tarixiy anʼana va rasmiy yozuv kontekstida egallagan oʻrnini aks ettiradi [Muhammad
Anas, 2017:43]. Masalan, “ – ”فخامةprezident uchun, “ – ”معاليvazirlar uchun, “ صاحب
– ”السموshahzoda yoki malikiy shaxslar uchun moʻljallangan boʻlib, ularning oʻzaro
almashib ishlatilishi uslubiy xatolik sanaladi. Bundan tashqari, har bir unvon matndagi
uslubni belgilaydi. Masalan, “ ”صاحب السموbilan boshlangan matn odatda rasmiy,
diplomatik kontekstda boʻlib, unda emotsional neytrallik va hurmat uygʻotuvchi til
uslubi ustuvor boʻladi. Aksincha, “ ”معاليyoki “ ”دولةunvonlari ishlatilgan matnlar
hukumat faoliyati, siyosiy uchrashuvlar, iqtisodiy forumlar haqidagi xabarlarda
uchraydi.
Olib borilgan tadqiqotdan unvonlar arab matbuotida matnning janri va ohangini
belgilovchi asosiy vositalardan biri ekani maʼlum boʻldi. Ularsiz matn soddalashadi,
rasmiylik darajasi pasayadi, hattoki ayrim hollarda diplomatik noziklik buzilishi
mumkin. Shu sababli, Arab jurnalistikasi uslubida bu unvonlar tahririyat siyosatining
muhim qismiga aylangan.
Arab matbuoti oʻzining stilistik jihatdan mukammal tuzilmalari bilan ajralib
turadi. Rasmiy maqomdagi shaxsni toʻgʻri izzat bilan tilga olish – bu nafaqat madaniy
qadriyat, balki diplomatik ehtiyotkorlik mezonidir. Aynan shuning uchun
unvonlarning har biri oʻzining konnotativ maʼnosi bilan arab jurnalistikasida yuksak
funksional yuklamaga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Doktor Hayyam Fahmiy Ibrohim. (2012). Abhas fi lugʻa al-iʼlam. Bagʻdod:
Dar al-Farohidiy.
2. Doktor Abdussalom Mussadiy. (1982). Al-uslub va al-uslubiyya. Qohira: al-
Dar al-Arobiyya al-Kitab.
3. Muhammad Anas Sarminiy. (2017). Al-lugʻa al-arobiyya al-fusʼha fi iʼlam alarobiy al-muʼasir. Damashq: Dar al-Muqtabas.
4. Al-Jazirah.com
5. Alghad.com
6. www.albayan.ae
104