ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Fe’lga o‘xshash yuklamalar (الحروف المشبهة بالفعل) va ularning grammatik xususiyatlari

Talipov Nodir Batirovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

FEʼLGA OʻXSHASH YUKLAMALAR ‫ (الحروف المشبهة بالفعل)‬VA ULARNING
GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

https://zenodo.org/records/17732091

Talipov Nodir Batirovich,
Oriental universiteti, Tillar-1 kafedrasi katta oʻqituvchisi

ntalipov@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tili sintaksisida muhim oʻrin tutuvchi feʼlga
oʻxshash yuklamalar ‫ (الحروف المشبهة بالفعل)‬hodisasi atroflicha tahlil qilinadi. Ularning
grammatik vazifalari, feʼlga oʻxshashlik sabablari hamda sintaktik qurilishdagi
ahamiyati Abdulqohir Jurjoniyning “Al-ʼAwāmil al-miʼa” asari va boshqa mumtoz
manbalar asosida oʻrganiladi. Mazkur mavzuning sobiq Ittifoq va Oʻzbekistonda chop
etilgan arab tili grammatik qoʻllanmalarida qanday yoritilgani qiyosiy jihatdan tahlil
qilinib, mumtoz manbalardagi talqinlar bilan solishtiriladi. Shu asosda mavzuning
chuqurroq ilmiy sharhi taqdim etilib, arab tili oʻqitilishida samarali qoʻllash mumkin
boʻlgan nazariy xulosalar beriladi.

Kalit soʻzlar: ‫ ,الحروف المشبهة بالفعل‬sintaksis, Al-ʼAwāmil al-miʼa, arab tili
grammatikasi, qiyosiy tahlil.

Abstract. This article presents an in-depth analysis of al-ḥurūf al-mushabbaha
bi-l-fiʿl as an important phenomenon in Arabic syntax. Their grammatical functions,
the reasons for their resemblance to verbs, and their significance in syntactic structures
are examined on the basis of Abdulqahir al-Jurjaniʼs Al-ʼAwāmil al-Miʼa and other
classical sources. In addition, the study conducts a comparative analysis of how this
topic has been presented in Arabic grammar textbooks published in the former Soviet
Union and Uzbekistan, examining both similarities and differences with classical
interpretations. On this basis, the article offers more detailed explanations and provides
theoretical insights that can be effectively applied in the teaching of Arabic.

Keywords: al-ḥurūf al-mushabbaha bi-l-fiʿl, syntax, Al-ʼAwāmil al-Miʼa, Arabic
grammar, comparative analysis.

Kirish. Arab tili grammatikasi ‫ (النحو العربي)‬oʻzining qadimiyligi, mukammalligi
va ilmiy asoslari bilan boshqa koʻplab tillar grammatik tizimlaridan ajralib turadi. Unda
nafaqat tilning amaliy jihatlari, balki chuqur nazariy tushunchalar ham ishlab chiqilgan
boʻlib, arab tili sintaksisi asrlar davomida musulmon sharqidagi tilshunoslik
maktablarining eng asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida shakllangan.

Ana shunday murakkab va dolzarb sintaktik hodisalardan biri bu — feʼlga
oʻxshash yuklamalar ‫ (الحروف المشبهة بالفعل)‬hodisasidir. Ular arab tilida gapning qurilishi
va maʼnosiga bevosita taʼsir etib, эганинг тушум келишигида ‫ (منصوب)‬boʻlishi va
кесимнинг бош келишик ‫ (مرفوع)‬shaklda kelishini talab qiladi. Mazkur hodisa
grammatik nazariya doirasida muhim kategoriyalardan biri boʻlishi bilan birga, amaliy
nutqiy faoliyatda ham katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, Qurʼon oyatlarida, hadis
matnlarida, mumtoz adabiyot namunalarida va zamonaviy yozma hamda ogʻzaki

nutqda keng qoʻllanilishi uning nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham oʻquvchi va
tadqiqotchilar uchun muhim oʻrganish obyekti ekanini koʻrsatadi.

“Feʼlga oʻxshash yuklamalar” deb atalishining sabablari bir necha asoslar bilan
bogʻliq. Ularning morfologik va semantik jihatdan feʼlga yaqinligi, masalan, jumlaga
taʼkidlash, oʻxshatish, maʼnoni toʻgʻirlash, tilak, orzu maʼnolarini qoʻshishi,
shuningdek, oxirida fatha bilan kelishi va ayrim hollarda “saqlovchi nun”
‫ (نون الوقاية)‬bilan qoʻllanishi, bu hodisaning feʼl tabiatiga qanchalik yaqinligini
koʻrsatadi.

Mumtoz grammatik adabiyotlarda, xususan, Abdulqohir Jurjoniyning mashhur
“Al-ʼAwāmil al-miʼa” asarida ushbu yuklamalarning vazifasi chuqur izohlangan.
Jurjoniy ularni gap qurilishining markaziy omillaridan biri sifatida koʻrib, ularning
naqadar muhim sintaktik rol oʻynashini koʻrsatib bergan. Shuningdek, boshqa
grammatik manbalarda ham (Sibavayh, Ibn Hishom, Zamaxshariy va boshqalar)
mazkur hodisaga alohida eʼtibor qaratilgan.

Sobiq Ittifoq va Oʻzbekistonda nashr etilgan arab tili grammatik qoʻllanmalarida
‫ الحروف المشبهة بالفعل‬masalasi, asosan, sintaktik jihatdan talqin etilgan. Masalan, N.
Ibrohimov va M. Yusufning “Arab tili grammatikasi” nomli qoʻllanmasida ushbu
yuklamalarning grammatik vazifasi hamda oltita turi zikr etilgan boʻlsa-da, ularning
semantik mazmuni (masalan, َّ‫ – إن‬taʼkid, َّ‫ – لعل‬umid yoki qoʻrquv, ‫ – ليت‬orzu, َّ‫– كأن‬
tashbeh) keng yoritilmagan1.

Xuddi shuningdek, B. Khalidov tomonidan rus tilida yaratilgan darslikda ham
mazkur yuklamalarning sintaktik vazifalari asosiy eʼtiborga olingan. Baʼzi hollarda
maʼnolar qisqacha qayd etilgan boʻlishi mumkin, biroq ular keng tahlil etilmagan2.

V. Kovalev va G. Sharbatov3 hamda A. Kuzmin4 darsliklarida esa ushbu hodisa
yanada soddalashtirilgan holda, koʻproq bosh kelishik va tushum kelishigi oʻzgarishi
misolida izohlangan. Yuklamalarning nutqdagi semantik xususiyatlari deyarli ochib
berilmay, grammatik taʼsiri bilan chegaralangan.

Ushbu qoʻllanmalarda ‫ الحروف المشبهة بالفعل‬hodisasining grammatik vazifasi qisqa
va oʻquv jarayoniga moʻljallangan tarzda bayon qilingan boʻlib, uning semantik
imkoniyatlari, uslubiy qiymati va matndagi maʼno rang-barangligi yetarli darajada
yoritilmagan. Shu bois, bu hodisani mukammal anglash uchun mumtoz grammatik
manbalar bilan qiyosiy tahlil zarurdir.

Mazkur maqola ana shu ehtiyojdan kelib chiqib yozilgan boʻlib, unda ‫الحروف‬
‫ المشبهة بالفعل‬hodisasi nafaqat grammatik qoidalar darajasida, balki uning arab tili
nazariyasi va amaliyotidagi oʻrni, Qurʼon va adabiyotdagi qoʻllanishi hamda oʻqitish
jarayonidagi ahamiyati yoritiladi.

Asosiy qism
1. َّ‫ إن‬(darhaqiqat, albatta)

1 Ibrohimov, N., & Muhammad Yusuf. Arab tili grammatikasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2000. –
B.212.
2 Khalidov, B. Z. Uchebnik arabskogo yazyka. – Moskva: Vostochnaya literatura, 1985. – S.145.
3 Kovalev, V. V., & Sharbatov, G. I. Uchebnik arabskogo yazyka. – Moskva: Vysshaya shkola, 1981. – S.133.
4 Kuzmin, A. D. Uchebnik arabskogo yazyka. – Moskva: Vostok–Zapad, 1977. – S.120.

َّ‫ إن‬yuklamasi jumlaning mazmunini taʼkidlash uchun ishlatiladi. U kelganda
ismiy jumlaning egasi tushum kelishigida ‫ ,(نصب)‬kesimi esa bosh kelishikda ‫(رفع)‬
boʻladi. Masalan:

ٌ‫ – إ َِّن زَيْدا مُنْطَلِق‬Darhaqiqat, Zayd yoʻlga chiqdi.
Abdulqohir Jurjoniy bu yuklamaning asosiy vazifasi gapdagi maʼno qatʼiyatini
mustahkamlash ekanligini taʼkidlaydi. Unga koʻra, َّ‫ إن‬gapning xabar qismini
tinglovchi ongida shubhasiz qilib qoʻyadi.
2. َّ‫ أن‬(darhaqiqat, albatta)
َّ‫ أن‬yuklamasi ham mazmunni taʼkidlash vazifasiga ega. Biroq, u koʻproq ergash
gaplarda, boshqa feʼllardan keyin keladi. Masalan:
ٌ‫ – بَلَغَنِي أ ََّن زَيْدا ذَاهِب‬Menga Zayd ketayotgani xabar qilindi.
Jurjoniyning taʼkidlashicha, َّ‫ أن‬orqali keltirilgan gap aslida َّ‫ إن‬bilan bir xil taʼsir
kuchiga ega, faqat nutq qurilishidagi vazifasi boshqacha.
3. َّ‫ كأن‬(goʻyo, xuddi)
َّ‫ كأن‬tashbeh ‫ – تشبيه)‬oʻxshatish) maʼnosini beradi. U bilan taqqoslash kuchliroq
boʻlib, taʼkid tusini oladi. Masalan:
ُ‫ – َكأ ََّن زَيْدا الأ ََسد‬Zayd goʻyo sher kabidir.
Mustafa Gʻalayniy sharhida taʼkidlanganidek, َّ‫ كأن‬aslida َّ‫ إن‬yuklamasi va tashbeh
bildiruvchi ‫ كاف‬qoʻshimchasining qoʻshilishidan yuzaga kelgan boʻlib, shu sababli u
kuchli taʼkidli tashbeh vositasi hisoblanadi. U bu haqda shunday deydi:
1«‫».وأصلُ كأنَّ: إنَّ والكافُ للتشبيه، فصارتا كلمة واحدة، ومعناها: التشبيه المؤكَّد‬
4. َّ‫ لكن‬(lekin, biroq)
َّ‫ لكن‬istidrok ‫ – الاستدراك)‬maʼnoni toʻgʻrilash, istisno qilish) uchun ishlatiladi. U
oldingi gapning maʼnosini toʻldiradi yoki qarama-qarshi qoʻyadi. Masalan:
ٌ‫ – َما جَاءَنِي زَيْدٌ ل َِكنَّ عَمْرا حَاضِر‬Zayd kelmadi, biroq Amr шу ерда.
Jurjoniyning izohicha, bu yuklama gaplarning maʼnosini muvozanatlashtirib,
nutqdagi tafovutni bartaraf etadi.
5. َ‫ ليت‬(koshki, qani edi)

َ‫ – ليت‬tilak, orzuni bildiradi. U baʼzan imkoni boʻlgan, baʼzan esa imkoni
boʻlmagan orzularni ifodalaydi. Masalan:

ُ‫ – ل َْيتَ الشَّبَابَ يَعُود‬Koshki yoshligim qaytsa edi.
ٌ‫ – ل َْيتَ زَيْدا عَابِد‬Koshki Zayd ibodat qilsa edi.

Jurjoniyning taʼkidlashicha, َ‫ ليت‬arab sheʼriyati va adabiyotida eng koʻp
ishlatiladigan yuklamalardan biridir, chunki u insonning orzu va armonlarini
ifodalaydi.

6. َّ‫ لعل‬(balki, ehtimol)
َّ‫ – لعل‬umidni bildiradi. U voqea roʻy berishi mumkin boʻlgan holatlarda

ishlatiladi. Masalan:
ٌ‫ – لَع ََّل زَيْدا عَابِد‬Ehtimol Zayd ibodat qilayotgandir.
Arab tilshunoslari taʼkidlaganidek, bu yuklama gapni noaniq va kutilayotgan

holat bilan bogʻlaydi, tinglovchi ongida kutish kayfiyatini uygʻotadi.
Feʼlga oʻxshashlik sabablari
Bu yuklamalarga ‫ الحروف المشبهة بالفعل‬deb nom berilishining asosiy sabablari:

1 Mustafa al-G‘alaynī, Jāmi‘ ad-Durūs al-‘Arabiyya, Bayrut: al-Maktaba al-‘Asriyya, 2005, – B.112.

1. Ularning oxirida feʼl kabi fatha boʻlishi.
2. Ularning maʼnosida feʼlga xos maʼnolarning mavjudligi (taʼkid, tashbeh,
tuzatish, orzu, umid).
3. Ularning ayrim hollarda feʼl singari ‫ نون الوقاية‬bilan kelishi. Masalan: ‫إِنَّنِي‬
(Darhaqiqat, men).
Abdulqohir Jurjoniy taʼkidlaganidek,
‫»الحروف المشبهة بالفعل جارية مجرى الأفعال في العمل، تعمل في المبتدأ والخبر عمل الفعل في الفاعل‬

1«‫والمفعول‬
yaʼni, feʼlga oʻxshash yuklamalar gap qurilishida mustaqil grammatik quvvatga
ega boʻlib, ismiy jumlada ega va kesimni feʼlning feʼliy jumlada ega va toʻldiruvchiga
taʼsir qilishi kabi boshqaradi, shu orqali gap maʼnosini oʻzgartiradi va
mustahkamlaydi.
Xulosa. Arab tili grammatik tizimida ‫ الحروف المشبهة بالفعل‬(feʼlga oʻxshash harflar)
alohida sintaktik hodisa sifatida ajralib turadi. Ularning vazifasi nafaqat ismiy
jumlaning egasini tushum kelishigida va kesimini bosh kelishikda kelishi bilan
chegaralanmaydi, balki jumlaning umumiy maʼnosini kuchaytirish, tasdiqlash, istisno
qilish, oʻxshatish, istak va umidni ifodalash kabi murakkab maʼno nozikliklarini
taʼminlashdir. Shu jihatdan, ular arab tili nahv ilmining nafaqat texnik qoidasi, balki
uslubiy va semantik boyligining ham muhim qismidir.
Abdulqohir Jurjoniyning “Al-ʼAwāmil al-miʼa” asarida ushbu harflar izchil va
aniq tahlil qilingan boʻlib, ularning grammatik vazifalari, feʼlga oʻxshashlik sabablari
va semantik ahamiyati juda mukammal tarzda yoritilgan. Ayniqsa, Jurjoniyning ushbu
mavzuga yondashuvi oʻquvchiga har bir harfning qoʻllanish vaziyatini kengroq
koʻrsatib beradi. Masalan, “ٌ‫ ”ليت الشبابَ يعودُ“ ,”كأن العلم نورٌ“ ,”إن زيدا منطلق‬kabi misollar
orqali bu harflarning nafaqat sintaktik, balki uslubiy kuchi ham namoyon boʻladi.
Mazkur mavzuni oʻrganishda shuni alohida qayd etish kerakki, sobiq ittifoq
davrida va Oʻzbekistonda chop etilgan ayrim arab tili grammatik qoʻllanmalarida bu
masala odatda qisqa va umumiy tarzda sharhlanib, faqat asosiy qoidalarga eʼtibor
qaratilgan. Biroq, zamonaviy arab manbalari va anʼanaviy arab grammatik asarlari
bilan qiyoslaganda, mavzuning badiiy-uslubiy va semantik imkoniyatlari yetarlicha
chuqur ochilmaganini koʻrish mumkin. Shuning uchun bu qoʻllanmalardagi
yondashuvni klassik manbalar bilan solishtirish arab tilini oʻrganuvchi talabalar uchun
katta foyda beradi. Bu, bir tomondan, ilmiy-nazariy tahlilni boyitsa, ikkinchi
tomondan, arab tili oʻqitish metodikasida ham samaradorlikni oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, ‫ الحروف المشبهة بالفعل‬masalasi arab tili grammatik tizimida
beqiyos ahamiyatga ega boʻlib, uni chuqur oʻrganish nafaqat nazariy tilshunoslik, balki
amaliy nutq va tarjima faoliyati uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Kelajakda bu
mavzuni yanada kengroq tadqiq etish, klassik manbalarni zamonaviy qoʻllanmalar
bilan uygʻunlashtirish hamda oʻzbek tilidagi араб тилининг grammatikасига оид
adabiyotlarni shu asosda boyitish ва илмийлаштириш zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1 Abdulqohir Jurjoniy, Al-‘Awāmil al-Mi’a, Qohira: Dar al-Kutub al-‘Ilmiyya, 2003, – B.15.

1. Abdulqahir al-Jurjaniy. (2003). Al-ʼAwāmil al-Miʼa (Tahrir va tahlil). Qohira:
Dar al-Kutub al-ʼIlmiyya.

2. Sibawayh. (1988). Al-Kitab (A. S. Harun, Tahrir). Qohira: Al-Hayʼa al-
Misriyya al-ʼAmma lil-Kitab.

3. Ibn Hisham al-Ansariy. (1991). Mughni al-Labib ʼan Kutub al-Aʼarib. Bayrut:
Dar al-Fikr.

4. Al-Zamakhshariy. (1998). Al-Mufassal fi ʼIlm al-ʼArabiyya. Bayrut: Dar al-
Kutub al-ʼIlmiyya.

5. Mustafa al-Ghalayiniy. (2005). Jamiʼ al-Durus al-ʼArabiyya. Bayrut: Al-
Maktaba al-ʼAsriyya.

6. Ibn Malik. (1990). Alfiyyat Ibn Malik (Sharh Ibn Aqil). Bayrut: Dar al-Fikr.
7. Abu Hayyan al-Andalusiy. (1998). Irtiqa al-ʼArab fi Nahw. Bayrut: Dar al-
Kutub al-ʼIlmiyya.
8. Al-Radi al-Astarabadi. (1993). Sharh al-Kafiya. Qohira: Maktabat al-Khanji.
9. Al-Suyutiy. (1999). Hamʼ al-Hawamiʼ fi Sharh Jamʼ al-Jawamiʼ. Bayrut: Dar
al-Kutub al-ʼIlmiyya.
10. Doktor al-Badroviy Zahron. (1983). Miʾat ʿĀmil Naḥwī li-ʿAbd al-Qāhir al-
Jurjānī wa-Atharuhā fī Taʼsīs ʿIlm al-Naḥw al-ʿArabī (Jurjoniyning Yuz grammatik
omillari arab tili ilmining asoslarida). Qohira: Dar al-Maʼarif.

Oʻzbek va rus manbalari
11. Ibrohimov, N., & Muhammad Yusuf. (2000). Arab tili grammatikasi.
Toshkent: Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
12. Khalidov, B. Z. (1985). Uchebnik arabskogo yazyka. Moskva: Vostochnaya
literatura.
13. Kovalev, V. V., & Sharbatov, G. I. (1981). Uchebnik arabskogo yazyka.
Moskva: Vysshaya shkola.
14. Kuzmin, A. D. (1977). Uchebnik arabskogo yazyka. Moskva: Vostok–Zapad.
15. Rahimov, A. (1998). Arab tili sintaksisi. Toshkent: Oʻzbekiston Fanlar
Akademiyasi nashriyoti.
16. Matyoqubov, M. (2005). Arab tili morfologiyasi va sintaksisi. Toshkent:
Toshkent Islom Universiteti nashriyoti.
17. Muhammadiev, A. (2010). Arab tili nahvining asosiy tushunchalari.
Toshkent: Universitet nashriyoti.