ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Mahmudxo‘ja Behbudiy “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida qo‘llangan diniy birliklarning semantik-struktur xususiyatlari

Rayimjonov Sayidolim Madaminjon o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY “BIZNI KEMIRGUVCHI ILLATLAR”
MAQOLASIDA QOʻLLANGAN DINIY BIRLIKLARNING SEMANTIK-

STURUKTUR XUSUSIYATLARI

https://zenodo.org/records/17732109

Rayimjonov Sayidolim Madaminjon oʻgʻli,
Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi oʻqituvchisi

sayidolimr@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyati va uning diniy-ijtimoiy
qarashlari tahlil etiladi. Behbudiy jadidchilik harakatining yetakchi arbobi sifatida
yangi usul maktablari, milliy drama va matbuot taraqqiyotiga hissa qoʻshgani qayd
etiladi. Asarlarda uchraydigan arabcha diniy terminlar mavzuviy guruhlarga tasnif
qilinib, ularning oʻzbek tiliga oʻzlashuvi jarayoni yoritiladi. Xususan, aqidaviy, fiqhiy,
marosimiy va ibodatga oid atamalar tahlili berilgan. Tadqiqot oʻzbek tilining boyishida
arabizmlarning oʻrni muhimligini koʻrsatadi.

Kalit soʻzlar: Behbudiy, jadidchilik, arabcha terminlar, fiqhiy atamalar, oʻzbek.
Abstract. The article examines the activities and socio-religious views of
Mahmudkhoja Behbudi, a prominent leader of the Jadid movement. As a pioneer of
modern schools, national drama, and journalism, his role in cultural development is
emphasized. Arabic religious terms used in his works are classified into thematic
groups, such as theological, legal, ritual, and devotional concepts. The study highlights
how these terms entered the Uzbek language through different forms of adoption,
demonstrating the significant role of Arabisms in enriching Uzbek vocabulary.
Keywords: Behbudi, Jadidism, Arabic terms, fiqh terminology, Uzbek language

Soʻngi yillarida koʻplab mutafakkirlar qatori oʻz zamonining ijtimoiy-siyosiy
muhitiga bevosita taʼsir koʻrsatgan peshqadam arbob, yangi usul maktabi
targʻibotchisi, oʻzbek drama sanʼatini boshlab bergan birinchi dramaturg, jurnalist,
noshir va muharrir Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyati ham keng koʻlamda tadqiq etish
yangi boshqichga koʻtarildi. Yangi Oʻzbekistonda taʼlim-tarbiya, ijtimoiy, madaniymaʼrifiy muhitni soʻgʻlomlashtirish uchun jadidlar yondashuvlari, gʻoyalari keng
hayotga tatbiq etilmoqda. Oʻzbek milliy tilining shakllanishi va rivojida oʻzbek tilining
20-40-yillar davri alohida oʻrin tutadi. Chunki oʻzbek milliy tili, uning asosini tashkil
etuvchi yangi oʻzbek adabiy tili qanday asoslarga tayangan holda rivojlanmogʻi kerak,
deyilgan masalada oʻsha davrda xilma-xil qarashlar va harakatlar oldinga surilgan edi.
Shu sababdan ham, yurtimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2020-yilning 24-yanvarida Oliy
Majlisga Murojaatnomasida bu borada alohida toʻxtalib, shunday dedi: “Biz
jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz kerak.
Bu maʼnaviy xazinani qancha koʻp oʻrgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga
solayotgan juda koʻp savollarga toʻgʻri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol

targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini
anglab etadi”1.

Mahmudxoʻja Behbudiy asarlarida qoʻllanilgan arabcha diniy terminlarni
quyidagi mavzuviy guruhlarga tasnif qilish mumkin:

1. Aqidaviy tushunchani anglatuvchi atamalar: imon, islom, amal, qiyomat,
azob, din, jannat, jahannam, oxirat, dunyo, shariat, qozi, islom, duo, moʻmin, fosiq,
kofir, rosul, nabiy kabilar.

3. Zakotga oid fiqhiy atamalar: zakot, nisob, sana, faqir, mol.
4. Roʻzaga oid fiqhiy atamalar: sovm, ramazon, oqil, boligʻ, niyyat, gʻurub.
iftor, musofir, safar.
5. Haj va umra ziyoratiga oid fiqhiy atamalar: kaʼbatulloh, tavof qilmoq, iyd,
arofat, “labbayka”, ehrom, Makka umr.
6. Shariat qonun-qoidalariga oid atamalar: mustahab, sunnat, vojib, farz
(kifoya, ayn), makruh, harom, botil, mukallaf, shariat, millat va b.
7. Turli marosimlarga oid atamalar
Quyida “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida qoʻllangan diniy birliklarning
mavzuviy va semantik xususiyatlar jadval asosida tahlil etiladi.

№ Termin Arabcha Izoh (Oʻzbek tili izohli lugʻatiga Mavzuviy
(oʻzbekcha) asl asosan) guruh

1 Qurʼoni shakli Qurʼon (arabcha: ‫ القرآن‬oʻqimoq, Aqidaviy
karim ‫القرآن‬ qiroat qilmoq) — tushunchani
‫الكريم‬ musulmonlarning asosiy muqaddas anglatuvchi
3 Xudo / kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, atamalar
Tangrimiz ‫الله‬ Qurʼon vahiy orqali Muhammad
paygʻambarga 610—632 yillar Aqidaviy
davomida nozil qilingan Allohning tushunchani
kalomi (Kalomulloh). anglatuvchi
Alloh, Yaratuvchi zot. Diniy atamalar
tushunchaga, xususan islom diniga
koʻra, butun mavjudotni, butun
olamni yaratgan va uni
boshqaruvchi oliy ilohiy kuch; har
qanday dinning eʼtiqod qilish asosi
(musulmonlarda: Alloh soʻzining
sinonimi).
— Mirzo Anvar inimga xudo
martaba ato qilgan emish deb
eshitdim, — dedi Safar boʻzchi. A.
Qodiriy, Mehrobdan chayon

1 Xalq so‘zi 19-nashr 25.01.2020. – B. 4.

4 Rasul / ‫/ الرسول‬ Ollohning vakili, elchisi Aqidaviy
paygʻambar ‫النبي‬ (Muhammad paygʻambarning tushunchani
sifati). anglatuvchi
5 Jahannam ‫جهنم‬ •Xudo va Rasulga boʻlgan haqorat atamalar
— kufr va murtadlik boʻlib, kofir
6 Shariat ‫الشريعة‬ va murtadning jazosi qatl, dorga Aqidaviy
osilish va sangsor qilish emasmi? tushunchani
7 Shoreʼi aʼzam ‫الشارع‬ S. Ayniy, Qullar anglatuvchi
1. din. Gunohkorlarning ruhi narigi atamalar
‫الأعظم‬ dunyoda doimiy azobda
yashaydigan joy; doʻzax. Fiqhga oid
8 Faroiz ‫الفرائض‬ — Jahannam qaʼriga ketibdi atamalar
zolim! — deb gap otdi Sodiq
9 Dafn ‫الدفن‬ temirchi. H. Gʻulom, Mashʼal Fiqhga oid
2. koʻchma Chidab boʻlmaydigan atamalar
sharoit, azob, ogʻir muhit. Fiqhga oid
Gulnor uch kunni jahannam atamalar,
azobida oʻtkazdi. Oybek, ijtimoiy
Tanlangan asarlar muomila
din. Islom huquq tizimida: masalasi
musulmonlarning Qurʼon asosida Fiqhga oid
ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va atamalar,
fuqarolik qonun va qoidalari ijtimoiy
majmui. muomila
U Buxoroda madrasada oʻqib masalasi
yurganda, shariat va tariqat ilmini
yaxshi oʻrgangan, Quronni yod
bilar edi. P. Qodirov, Yulduzli
tunlar
Eng ulugʻ hukm chiqaruvchi Zot
(Alloh)
«Faroiz» soʻzi farz soʻzining
jamʼidir. Farz esa lugʻatda,
oʻlchov, kesish va bayon qilish
maʼnolarini bildiradi. Meʼros ilmi

Arb. Koʻmmoq. Oʻlgan kishi
(mayit)ni koʻmish, qabrga qoʻyish
marosimi.
Odil buvani Sobir oʻz qoʻli bilan
dafn etdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor
keldi

10 Kafan ‫الكفن‬ Marhumni oʻrash uchun mato. Fiqhga oid
Koʻmish oldidan murdani atamalar,
11 Meros ‫الميراث‬ oʻraydigan oq mato; qabr libosi. ijtimoiy
Varasa ‫الورثة‬ Yigitali otasining oyoqlarini muomila
‫النكاح‬ quchoqlab, oʻkirib-oʻkirib uzoq masalasi
13 Nikoḥ yigʻladi, biroq, kafan tortilgan
‫التعزية‬ yuzlarini koʻra olmadi. D. Nuriy, Fiqhga oid
17 Taʼziya Osmon ustuni atamalar,
‫/ الصدقة‬ 1. Marhumdan vorislarga qolgan ijtimoiy
18 Sadaqa / ‫الخيرات‬ mulk. muomila
xayrot Xotinimga tegadigan merosdan masalasi
mani quruq qilishga urinishadi
ular. Lekin boʻsh kelmayman. Fiqhga oid
Oybek, Tanlangan asarlar atamalar,
Vorislar/ merosxoʻrlar ijtimoiy
muomila
1. Er-xotinlikni shariat yoʻli bilan masalasi
rasmiylashtirish marosimi va shu Fiqhga oid
marosimda domulla tomonidan atamalar,
oʻqiladigan shartnoma. ijtimoiy
— Hozir Zuhur mahsum chiqsa, muomila
ayangizni chaqirib, nikoh masalasi
oʻqiymiz! — dedi domla. Mushtum
2. Er-xotinning oʻzaro roziligi Fiqhga oid
bilan huquqiy jihatdan atamalar,
rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoq; ijtimoiy
er-xotinlik. muomila
Kimsaning vafoti munosabati bilan masalasi
tutiladigan aza, motam; azador
kishiga tasalli berish, undan ahvol Fiqhga oid
soʻrash. atamalar,
Botir akasining taʼziyalari ijtimoiy
oʻtgandan keyin, xolasining bir muomila
gapi bilan shu yerga kelgan edi. R. masalasi
Fayziy, Hazrati inson
1. Tilanchiga, muhtojlarga
beriladigan xayr-ehson.
Shoqosim past, ayanchli ovoz
2. Xudo yoʻliga, aziz-avliyolarga
ulardan najot istab qilinadigan
ehson; qurbonlik.

21 Astagʻfirulloh ‫الله أستغفر‬ 3. Oluvchi nazarida sadaqa boʻlib Ibodat va zikr
tuyuladigan xayr-ehson, pul. Ibodat va zikr
22 Subhanolloh ‫الله سبحان‬ Xotiningiz sizni allaqachon Aqidaviy
23 Kofir / ‫/ كافر‬ unutibdi, sadaqalaringizga muhtoj tushunchani
‫كافرون‬ emas ekan, deb ayting. S. Ahmad, anglatuvchi
kofirona Kadr-don dalalar atamalar
Duo. “Allohdan magʻfirat
24 Sagʻir ‫الصغير‬ soʻrayman” Fiqhga oid
Duo. “Alloh nuqsondan pok” atamalar,
1. din. Ayn. gʻayridin. ijtimoiy
Hamma musulmonlar bab- muomila
baravar, deb oʻylaysizmi? masalasi
Musulmonlar oʻrtasida boʻrilar
yoʻqmi? Mayli, kofirmi,
musulmonmi, biz boʻrilarning
jazosini beramiz. Ular kofirda ham
bor, musulmonda ham. Oybek,
Tanlangan asarlar
2. Din yoʻlidan qaytgan, xudosiz.
Bir zum choʻzilgan sukutni
Salimboyvachcha buzdi: —
Ulamolarimiz gazeta oʻqigan
odamlarni ham kofir deb
hisoblaydilarki, bu jaholatdan
boshqa narsa emas. Oybek,
Tanlangan asarlar
1. Hali voyaga yetmagan yetim
bola.
Sagʻir haqqiga tegib boʻlmas.
Sagʻirning haqi — sopqonning
oʻqi. Maqol
2. Yosh bola, kichkina bola.
Mahalla bu hangomadan uygʻonib,
Eshigiga keldi sagʻir-u kabir.
Muqimiy

Xulosa qilib aytilsa, adib oʻz zamonida faol qoʻllangan arabiy oʻzlashmalardan
koʻplab foydalangan. Arabizmlardan oʻzbek tilida keng foydalanishi bevosida din
umumiyligi va oʻsha paytdagi ilm-fan, madaniyat taroqqiyoti bilan bevosita bogʻliqdir.
Terminlarning aqidaviy, fiqhiy, ibodat va marosimiy guruhlarga ajratilishi ularning
ijtimoiy-maʼnaviy hayotdagi turli funksiyalarini koʻrsatadi. Arabizmlarning oʻzbek
tiliga turli yoʻllar bilan kirib kelishi esa tilning boyishi va tarixiy taraqqiyotida muhim
bosqich boʻlganini isbotlaydi. Ushbu jarayon diniy-madaniy aloqalar bilan
chambarchas bogʻliq boʻlib, bugungi milliy oʻzlikni anglashda ham beqiyos ahamiyat
kasb etadi.

Adabiyotlar roʻyxati:

1. Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.

– 357 b.

2. Karimov N. Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. J.I.. -Toshkent:

Akademnashr, 2021. – 512 b.

3. Mahmudxoʻja Behbudiy. Amaliyoti islam (toshbosma inv. 13866,). –

Samarqand, 1908. – b 36

4. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (I jild). Toshkent: “Oʻzbekiston milliy

yensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

5. Rayimjonov, S. (2025). MAHMUDXOʻJA BEHBUDIYNING

“AMALIYOTI ISLOM” ASARIDA QOʻLLANGAN ARABCHA DINIY

TERMINLAR TAHLILI // Xorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari. 146-149.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14875568

6. Ubaydullaev , A. . (2024). ARABISM OF ALISHER NAVOIʼS WORK

“NASAIMU-L MUHABBAT”. Академические исследования в современной

науке, 3(17), 36–39. извлечено от

https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/15722

7. Xalq soʻzi 19-nashr 25.01.2020 – B. 4

8. Богин Г.И. Современная лингводидактика. – Калинин: Калинин. гос. ун-

т, 1980. – 61 с.

9. Икромжонов , А. . (2023). ФАХРУДДИН ЎЗЖАНДИЙ ВА УНИНГ

ИСЛОМ HУQУQИДА ТУТГАН ЎРНИ. Евразийский журнал академических

исследований, 3(9), 173–178. извлечено от https://in-

academy.uz/index.php/ejar/article/view/20825

10. Сотволдиев, С. (2023). Важност развития навыка исползования

инфографики в уроках арабского языка для улучшения коммуникативных

навыков студентов. Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные

подходы и методы обучения, 1(1), 69–72. https://doi.org/10.47689/ATGD:IYOM-

vol1-iss1-pp69-72-id2839