URDU GAZETASI NUTQIDAGI EVFEMIZMLAR VA TABU LEKSIKASI
https://zenodo.org/records/17732131
Nishanova Lola Axmadovna,
Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi
lola.usmanova07@mail.ru
Annotatsiya. Maqolada urdu tilidagi gazeta matnlarida evfemizm va tabu
leksikasining qo‘llanish xususiyatlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ijtimoiy
jihatdan nomaqbul deb topilgan hodisalarni bayon etishda evfemistik ifodalardan
foydalanish matbuot amaliyotida keng tarqalgan. Tadqiqotda o‘lim, siyosiy tanqid,
shaxsiy-biologik jarayonlar, sog‘liq va nogironlik mavzulariga oid leksik birliklarning
evfemistik variantlari misollar orqali yoritib berilgan. Muallif evfemizm va tabu
hodisalarining o‘zaro munosabatini ochib beradi.
Kalit so‘zlar: evfemizm, tabu, lingvistik tahlil, tabu leksikasi, evfemistik ifoda.
Аннотация. В статье с лингвистической точки зрения рассматриваются
особенности употребления эвфемизмов и табуированной лексики в газетных
текстах на урду. Применение эвфемистических выражений при освещении
социально чувствительных тем является распространённой практикой в
журналистском дискурсе. В статье анализируются эвфемистические замены
лексических единиц, связанных с темами смерти, политической критики,
физиологических процессов и здоровья. Автор раскрывает взаимосвязь между
эвфемизмами и табуированными языковыми явлениями.
Ключевые слова: эвфемизм, табу, лингвистический анализ, табуированная
лексика, эвфемистическое выражение.
Ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuot nashrlari - ayniqsa gazetalar -
jamiyatda axborot yetkazishning asosiy vositasi bo‘lish bilan birga, til madaniyatini
shakllantirishda ham muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Har qanday til tizimi,
ayniqsa diniy e’tiqodlar, urf-odatlar va madaniy me’yorlarga boy jamiyatda, ijtimoiy
jihatdan qabul qilinishi mushkul bo‘lgan so‘z va iboralarni bevosita qo‘llashdan
saqlanish maqsadida turli til vositalaridan, xususan, evfemizmlardan keng foydalanadi.
Bugungi globallashuv davrida ommaviy axborot vositalari, xususan, gazeta nutqi til
o‘zgarishlari va jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik holatlarning ifodachisi sifatida muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Urdu tilidagi gazetalarda evfemizmlar va tabu leksikasining
qo‘llanilishi jamiyatning madaniy, diniy va axloqiy qadriyatlarini aks ettiradi. Ayni
mavzuni chuqur tahlil qilish orqali urdu tili gazeta nutqidagi til vositalarining
jamiyatga ta’siri, ularning qanday funksional yuklamalarni bajarayotgani, axloqiy
senzura va til madaniyatiga qanday ta’sir qilayotgani ilk bor o‘rganilmoqda. Tadqiqot
maqsadi - urdu tili gazeta nutqida evfemizmlar va tabu leksikasining qo‘llanilish
xususiyatlarini lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilish, ularning mazmuniy-pragmatik
vazifalarini aniqlash hamda ularning ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liqligini
ochib berish. Tadqiqot vazifalari - evfemizm va tabu leksikasi tushunchalarining
nazariy asoslarini umumlashtirish; urdu tilidagi gazetalarda uchraydigan evfemizm va
tabu so‘zlarni aniqlash va ularni tasniflash; bu til birliklarining qo‘llanish
kontekstlarini tahlil qilishdan iborat.
Evfemizmlar - bu ijtimoiy, madaniy yoki axloqiy jihatdan nomaqbul deb
hisoblangan ifodalarni yumshatilgan, madaniy mezonlarga mos shaklda bayon etish
vositalaridir. Evfemizatsiya - bu taqiqlangan narsalar haqida - jamiyatda ochiq gapirish
odatiy bo'lmagan narsalar haqida gapirishning yagona usuli [3: 335]. Aksincha, tabu
leksikasi deb jamiyat tomonidan ochiqchasiga qo‘llanilishi nomaqbul sanalgan, odatda
jinsiy, siyosiy yoki diniy mazmunga ega bo‘lgan til birliklari tushuniladi [5: 35].
Bir qator tilshunoslikka oid va madaniy tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, hozirgi
zamon tilshunosligida keng qo‘llanilayotgan “tabu” atamasi Polineziya orollari aholisi
tomonidan qo‘llaniladigan Tongan tilidan olingan bo‘lib, u “muqaddas”, “daxlsiz”
ma’nolarini anglatadi. Bu atama dastlab nafaqat qo‘l bilan tegish, balki og‘zaki nutqda
ifodalash ham man etilgan muqaddas tabiatdagi predmetlar va hodisalarni bildirgan.
Avstraliyalik tilshunoslar K.Allen va K.Burrijlar tabu leksikasini quyidagi guruhlarga
ajratadi: 1) inson tanasi ishlab chiqaradigan suyuqlik va moddalar; 2) jinsiy a’zolar va
u bilan bog‘liq jarayonlar; 3) kasallik, o‘lim va qotillik (shu jumladan ov va baliq
ovlash); 4) ayrim shaxslarga, muqaddas mavjudotlarga, narsalarga va joylarga nom
berish, ularga murojaat qilish yoki teginish, ular haqida mulohaza yuritish; 5) oziqovqat mahsulotlarini yig‘ish, tayyorlash va iste’mol qilish [1: 1]. Tabu so‘zlar har bir
jamiyatning ijtimoiy, diniy va axloqiy qadriyatlariga bog‘liq holda shakllanadi.
A.Hojiyevning “Lingvistik terminlar izohli lug‘ati”da tabu so‘ziga quyidagicha ta’rif
berilgan: “Diniy eʼtiqod, irim, qo‘rqish va shu kabilar taʼsirida so‘zning ishlatilishini
cheklash yoki man etish; ishlatilishida shunday cheklangan, man etilgan so‘z. Mas.,
chayon so‘zi o‘rnida eshak, oti yo‘q so‘zlarining qo‘llanishi” [6: 101].
“Lingvistik ensiklopedik lug‘at” asoschilari evfemizmlarni “...soʻzlovchiga
nojo‘ya, qoʻpol yoki nomaqbul eshitiladigan so‘zlarning ahloqiy normalarga mos
keluvchi, emotsional jihatdan neytral soʻzlar yoki iboralar bilan almashtirilishi” deb
tasniflaydilar [4]. A.Hojiyevning “Lingvistik terminlar izohli lug‘ati”da evfemizm
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Evfemizm (grek. euphemismos < eu -
yaхshi, phemi - gаpirаmаn) nаrsа hodisаning аnchа yumshoq shakldаgi ifodаsi; qo‘pol,
beаdаb so‘z, iborа vа tаbu o‘rnidа qo‘pol bo‘lmаgаn, botmаydigаn so‘z (iborа)ni
qo‘llаsh. Mаs., ikkiqаt, bo‘g‘oz so‘zlari o‘rnidа homilаdor, og‘ir oyoqli so‘zlаrini
qo‘llаsh” [6: 131]. Urdu tilidagi gazeta matnlarida evfemizmlardan quyidagi tematik
sohalarda keng foydalaniladi:
1. O‘lim va motamga oid evfemizmlar
Gazeta matnlarida bevosita “ مر گياmar gaya” (“o‘ldi”) so‘zidan ko‘ra, ijtimoiy
jihatdan maqbulroq bo‘lgan evfemistik ifodalarga murojaat qilinadi:
Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi
فوت ہوا(faut hua) الله کو پيارا ہو گيا(Allah ko pyara ho Allohga suyukli
gaya) bo‘lib qoldi
مرنا(marnā) اس دنيا سے رخصت ہو گيا(is duniya se Hayotdan ko‘z
rukhsat ho gaya) yumdi
مرنے والا مرحوم / مرحومہ(marhoom / Marhum / marhuma
marhooma)
2. Siyosiy tanqid evfemizmlari
Bu sohada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblov o‘rniga diplomatik iboralar qo‘llaniladi:
Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi
چيلنجز درپيش ہيں حکومت ناکام ہو گئی حکومت کوHukumat
challenges muammolarga duch
(hukumat nakaam ho (hukumat ko
keldi
gayi) darpaish hain)
ليڈر کرپٹ ہے(leader مالی بے ضابطگياں ہوئيں(maali be- Moliyaviy
corrupt hai) zaabtigiyan huein) beqarorlik
3. O‘ta shaxsiy mavzudagi evfemizmlar
Aynan ayollarga xos jarayonlarni tasvirlashda خواتين کے مسائلKhawateen ke
masail (ayollar muammolari) iborasidan foydalaniladi:
Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi
جنسی تعلق (jinsi ناجائز تعلقات(najaiz Noqonuniy aloqalar
talluq) talluqat)
زنا(zina) غلط کام(ghalat kaam) Noto‘g‘ri ish
ريپ(rape) عزت لوٹ لی(izzat loot li) Nomusni poymol qildi
4. Kasalliklar va nogironlik mavzusidagi evfemizmlar
Bu mavzuga ehtiyotkorlik bilan yondashiladi, inson qadr-qimmatini e'tiborda
tutuvchi, yumshoq va hurmatga asoslangan leksikani qo‘llash odat tusiga kirgan:
Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi
اندها(andha) روشنی سے محروم(roshni se mehroom) Yorug‘likdan
بہرا(behra) mahrum, ko‘zi ojiz
قوت سماعت سے محروم(quwat-e-sama’at Qulog‘i og‘ir
se mehroom)
پاگل(pagal) دماغی مريض(dimaaghi mareez) Ruhiy xasta
Ushbu maqolada urdu tilidagi matbuot tilida evfemizm va tabu leksikasining
qo‘llanishi lingvistik va madaniy nuqtayi nazardan atroflicha tahlil qilindi. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, evfemizm va tabu so‘zlarining ishlatilishi nafaqat til
me’yorlariga, balki jamiyatning axloqiy, diniy va madaniy qadriyatlariga ham chuqur
singib ketgan. Gazetada evfemizmlardan foydalanish salbiy emotsional reaksiya
uyg‘otmaslik va axborotni madaniy mezonlarga muvofiq tarzda yetkazish kabi bir
nechta funksiyalarni bajaradi. Tabu leksikasi va klassifikatsiyasi til va jamiyat
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ochib beradi. Evfemistik ifodalarning haddan
tashqari ko‘p ishlatilishi ba’zi holatlarda ijtimoiy muammolarning ochiq yoritilishiga
to‘sqinlik qilishi mumkinligini inobatga olgan holda, matbuot tilida evfemizm va tabu
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Allen K., Burridge K. Forbidden words: Taboo and the Censoring of Language.
Cambridge, Cambridge University Press, 2006. - 303 р.
2. Арсентьева Ю.С. Аспекты изучения эвфемизмов в английском и русском
языках // Известия РГПУ им. А.И. Герцена, 2011. № 127. 136–142 с.
3. Варенина Л.П. Табуированная лексика в английском и русском языковом
сознаниях // Современное педагогическое образование, 2023. №1. 334-337 с.
4. Лингвистический энциклопедический словарь. – М.: Сов. энциклопедия,
1990. – 685 с.
5. Цыдендамбаева О.C. Табу как источник возникновения эвфемии //
Вестник ВятГУ, 2010. №2. 33-37 с.
6. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. - Toshkent: Fan
nashriyoti, 1985. - 164 b.
IKKINCHI KENGASH. ADABIYOTSHUNOSLIK VA
TARJIMASHUNOSLIK MASALALARI
THE PECULIARITIES AND PRINCIPLES OF THE DETECTIVE GENRE
https://zenodo.org/records/17732159
Jalilova Gulchekhra Makhmutdjonovna
PhD researcher, teacher of “Languages-2” Department at Oriental university
Abstract. The detective genre, a cornerstone of modern literature, is characterized
by its intricate puzzles, rational investigations, and moral resolutions, yet it defies
simple categorization due to its evolution across subgenres. This article examines the
key principles—such as the centrality of detection, fair play in clue presentation, and
reader participation—and peculiarities, including structural alienation effects,
archetypal characters, and ideological underpinnings. Drawing on historical
developments from Edgar Allan Poeʼs foundational tales to the Golden Age of Agatha
Christie, the analysis highlights how these elements sustain the genreʼs enduring
appeal. Theoretical frameworks like the family resemblance model underscore the
genreʼs flexibility, while structural features emphasize active reader engagement.
Keywords: detective fiction, whodunit, Golden Age, fair play, rationality, puzzle
narrative, crime investigation, historical development, structural peculiarities, narrative
principles, scholarly opinions, cultural analysis.
Annotatsiya. Detektiv janri zamonaviy adabiyotning asosiy ustunlaridan biri
boʻlib, murakkab sirlar, ratsional tergovlar va axloqiy yechimlar bilan boshqa
janrlardan ajralib turadi, ammo subjanrlar boʻyicha evolyutsiyasi tufayli oddiy tasnifga
boʻysunmaydi. Ushbu maqolada detektiv asarlarning asosiy tamoyillari –
deteksiyaning markaziy oʻrni, dalillarni adolatli taqdim etilishi va kitobxon ishtiroki –
hamda oʻziga xos xususiyatlari, jumladan, strukturaviy begonalashtirish effektlari,
arxetipik personajlar va ideologik asoslar koʻrib chiqiladi va detektiv asarlarda
qoʻllanish holatlarini tahlil qilinadi. Edgar Allan Poning asosiy hikoyalaridan tortib
Agata Kristining Oltin Davrigacha boʻlgan tarixiy rivojlanishlarga asoslanib, tahlil
ushbu elementlar janrning doimiy jozibadorligi taʼminlashini taʼkidlaydi.
Kalit soʻzlar: detektiv adabiyoti, Oltin davr, adolatli oʻyin, ratsionallik, sirli
hikoya, jinoyatni tergov qilish, tarixiy rivojlanish, struktural xususiyatlar, hikoya
tamoyillari, ilmiy fikrlar, madaniy tahlil.
Introduction. Detective fiction, often synonymous with intellectual puzzles and
moral ambiguity, has evolved from 19th-century crime chronicles into a multifaceted
genre encompassing clue-based mysteries, hardboiled narratives, and metaphysical
explorations. Its principles revolve around the systematic unraveling of a crime through
reason, while peculiarities lie in its narrative techniques that alienate and immerse
readers simultaneously. This article synthesizes scholarly insights to delineate these