ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ingliz va o‘zbek tillarida vaqt kategoriyasining izomorfik va allomorfik ifodasi

Qudratova Muxlisa Izatilla qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA VAQT KATEGORIYASINING
IZOMORFIK VA ALLOMORFIK IFODASI

https://zenodo.org/records/17732176

Qudratova Muxlisa,
Oriental universiteti oʻqituvchi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida vaqt kategoriyasining
struktur jihatlari yoritilib, I.G.Koshevaya, M.V.Muryanov, Ye.S.Yakovleva,
N.A.Potaenko kabi tilshunos olimlarning tadqiqot ishlarida vaqt maʼnoli soʻzlarning
qanday tavsiflanganligi aniqlanib, taʼriflari kuzatildi va temporal leksikani izohlash
yoʻllari koʻrsatishga harakat qilindi. Tilshunoslikda vaqt semantikasi uning
ontologiyasi (inʼikos etishi), sistema, maydon, sathlararo ifoda, matn tuzilishidagi
oʻrni, ichki maʼnoviy munosabatlari nuqtayi nazarlardan tadqiq etilmoqda. Hozirgi
davrda oʻzbek tilshunosligi ham ushbu yoʻnalishlarga jiddiy eʼtibor bermoqda. Vaqt
semantikasining leksik sistemada tutgan oʻrnini aniqlash va uning semik strukturalari,
leksik-semantik guruhlari hamda matn shakllantirish imkoniyatlari tadqiq etildi.

Kalit soʻzlar: vaqt, kategoriya, izomorfik, allomorfik, ontologiya, konsepsiya,
psixologik, ijtimoiy tarixiy.

Abstract. This article is about the structural aspects of the time category in
English and Uzbek, and in the research works of linguists such as I.G. Koshevaya,
M.V. Muryanov, E.S. Yakovleva, N.A. Potaenko, it was determined how words with
a temporal meaning were described, their definitions were observed, and an attempt
was made to show ways of interpreting temporal lexicon. In linguistics, time semantics
is studied from the points of view of its ontology (perception), system, field, interlevel
expression, place in the text structure, and internal semantic relations. Currently, Uzbek
linguistics is also paying serious attention to these areas. The place of time semantics
in the lexical system and its semitic structures, lexical-semantic groups, and text
formation possibilities were investigated.

Keywords: time, category, isomorphic, allomorphic, ontology, concept,
psychological, sociohistorical.

Ingliz va oʻzbek tillarida “vaqt” kategoriyasining izomorfik va allomorfik
jihatlarini oʻrganishdan oldin, izomorfizm va allomorfizm atamalariga izoh berib
oʻtsak. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, izomorfizm konsepsiyasi tabiiy fanlar
tizimida paydo boʻlgan va qoʻllanilgan. Keyinchalik bu tushuncha fanning boshqa
sohalari, xususan falsafa, soʻngra tilshunoslikda ham ishlatila boshlagan. Lingvistik
atamalar lugʻatida bu atamaga quyidagicha taʼrif beriladi: “Izomorfizm bu – bir xil
obyektli tuzilmalar orasidagi munosabat. Agar bir tuzilmaning har bir elementi
ikkinchi tuzilmaning faqatgina bitta elementiga toʻgʻri kelsa, bunday ikki tuzilma
izomorf deyiladi.[1] Tilshunoslik sohasiga birinchi marta izomorfizm tushunchasini
XX asrning oʻrtalarida polyak tilshunosi Yerzi Kurilovich olib kirgan. Kurilovich
oʻzining 1949-yilda chop etilgan “Izomorfizm haqida tasavvur” nomli maqolasida

tilshunoslikda izomorfizm qanday hodisa ekanligi va uning xususiyatlari haqida soʻz
yuritadi.[2]

Izomorfizm konsepsiyasi ustida Kurilovichdan boshqa olimlar ham oʻz tadqiqot
ishlarini olib boradilar. Ulardan biri E.A. Makayev izomorfizmni turli darajadagi til
birliklari tuzilishining bir xilligi deb taʼriflaydi, bu esa turli darajadagi til birliklari
oʻrtasidagi munosabatlarning bir xilligini keltirib chiqaradi yoki olib kelishi mumkin.

Izomorflar morfologik shakllar boʻlib, ular turli kontekstlarda bir xil grammatik
yoki semantik vazifani izchillik bilan ifodalaydi. Ushbu bob izomorflarni vaqt toifasi
kontekstida koʻrib chiqadi, tillar vaqtinchalik munosabatlarni ifodalash uchun izchil
morfologik shakllardan qanday foydalanishini tahlil qiladi. Feʼl morfologiyasidagi
izomorflarni, zamon belgilarini va aspektual farqlarni koʻrsatish uchun misollar
keltirilgan.

Odatda izomorflar strukturaviy va vazifaviy turlarga ajratiladi. Koʻrinib turibdiki,
izomorfizm tushunchasi asosan tenglik munosabatiga asoslangan boʻlib, tuzilmalar
bir-biriga qiyoslab tadqiq etiladi. Izomorfizm atamasi lotin tilidan olingan boʻlib,
“izo” – oʻxshash, “morfo” – shakl degan maʼnolarni anglatadi. Allomorfizm
tushunchasi haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, bu tushuncha izomorfizmga zid boʻlgan
tushuncha boʻlib, til boʻlimlaridagi farqlarni koʻrsatadi.[3] Xulosa qilib aytganda,
izomorfizm va allomorfizm tushunchalari tilshunoslikdagi muhim konsepsiyalardan
boʻlib, ular ikki til boʻlimlardagi oʻxshashlik yoki farqlarni tushuntirishda katta oʻrin
tutadi. Hozirgi kungacha bu sohada kam tadqiqot ishlari olib borilgan boʻlib, ularni
yanada chuqurroq va tillararo qiyosiy tadqiq qilib oʻrganish hozirgi zamoniy
lingvistikaning muhim talablaridan biridir. Turli tizimli tillarda “vaqt” konseptini
ifodalovchi verbal va noverbal vositalar koʻplab izomorfik va allomorfik belgilarga
ega boʻlib, barchasiga tarjimada muhim ahamiyat qaratish lozim.

“Vaqt munosabatlari” semantik maydonida ifodalanadigan birikmalarning
konnotativ tarkibi mohiyati mazkur konseptning umumiy va oʻziga xos tavsifini
aniqlashga qaratiladi va bu konsept har bir tildagi soʻzlar, soʻz birikmalari, frazeologik
birikmalar maqol va aforizmlarda namoyon boʻladi va ular “vaqt” freym modeli ichida
koʻriladi. Muayyan til oilasiga tegishli boʻlgan va boʻlmagan tillar sistemasidagi turli
til yaruslarini chogʻishtirib tadqiq qilish keyingi yuz yillikda keng tus olganligining
boisi ham shundadir. Umuman, tuzilishi jihatdan qardosh boʻlgan va boʻlmagan
tillarni qiyosiy tipologik tadqiq qilish ham nazariy, ham amaliy nuqtayi nazardan
ahamiyatli hisoblanadi. Zero, bunday tadqiqotlar til taraqqiyotining umumiy va oʻziga
xos anʼanalarini aniqlash imkonini beradi. Qiyosiy tipologiya bir tilda maʼlum
grammatik shakllar orqali ifodalangan maʼno ikkinchi bir tilda qanday vositalar asosida
ifodalanishi, ushbu chogʻishtirilayotgan tillardagi til birikmalarining maʼno koʻlami
jihatdan mos kelishi kelmasligini aniqlash uchun ham yordam beradi. Albatta, qiyosiy
tekshirishda qiyos uchun asos qilib olingan material ham ahamiyatlidir.

“Vaqt” konsepti “tillarda mujassamlashgan madaniy konseptlar” orasida yorqin
ifodaga ega ekanligi bilan ajralib turadi.[4] Chunki har bir etnosning, madaniyatning
vaqt birliklarini ifodalovchi koʻplab til birliklari va frazeologik birikmalari mavjud.
Shuningdek, vaqtni ifodalovchi til birliklarining u tildan bu tilga oʻzlashishi, baʼzi
birliklarning universal atamaga aylanganligini kuzatish mumkin. Xususan, yigirma
toʻrt soat vaqtni ifodalaydigan “sutka” soʻzi oʻzbek tiliga rus tilidan oʻzlashgan.

Mazkur tushunchani ifodalaydigan sof oʻzbekcha atama uchramaydi. Xuddi shu
tushunchani beradigan atama ingliz tilida ham mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur
tushuncha ingliz tilida “twenty-four hours”, “over the entire circadian period”, “day
and night” kabi birikmalarda ifodalanadi.

Vaqt toʻgʻrisidagi zamonaviy tushunchalar turli-tumandir. Bunga temporal
konseptlarning turli tartibdagi tasniflari asos boʻladi. Jumladan, harakat shakllarining
mosligiga qarab vaqt fizik, geologik, mexanik, astronomik, biologik, ijtimoiy tarixiy,
psixologik turlarda oʻz ifodasini topadi. Shuningdek, vaqt obyektiv (fizik) va subyektiv
(psixologik) turlarga ajratiladi.[5] M.G. Lebedko temporal konseptlarni mazmun
mohiyati va lingvomadaniy xususiyatlariga asoslangan holda quyidagicha tasniflaydi:
vaqtning parametrik konseptlari (kun, tun, lahza va hokazo); insonning yoshi bilan
bogʻliq konseptlar (chaqaloqlik davri, bolalik davri, oʻspirinlik davri va hokazolar);
monetar konsept (vaqt pul demakdir); etik normalar bilan bogʻliq konseptlar (семеро
одного не ждут, летний день бог кормит); aksiologik konseptlar (bekorchilik bilan
shugʻullanmoq); faoliyat bilan bogʻliq konseptlar; makon va zamon konseptlari.[6] Til
oʻzlashtirish jarayonida predmet va hodisalarni nafaqat bevosita idrok etish mumkin,
balki ularni tushunchalar, turli munosabatlar tizimiga kiritish imkoniyati ham
tugʻiladi. Bu esa oʻz navbatida, ular (predmet-hodisalar) haqidagi bilim miqyosini
kengaytiradi.[7] Ushbu muallif eʼtiroficha, bilimning sarchashmasi doimo harakatdir,
yangidan yangi obyektlarni idrok etishga yoʻnaltirilayotgan bilish harakati amaliy
konsept shakllanishiga turtki boʻladi. Oʻzbek tilidagi uzoq soʻzi makon belgisi
boʻlibgina qolmasdan temporal xususiyat ham kasb etadi. Mazkur birlikning temporal
xususiyatiga eʼtibor qaratamiz: oʻzbek tili izohli lugʻatida – vaqtning davomli, katta,
koʻp maʼnosi va uzoq tikilmoq, uzoq suhbatlashmoq kabi maʼnolari keltiriladi.
Temporal tushunchalar orasida durativlik kengroq semantikaga ega. Durativlikda vaqt
oraligʻi qisqa, uzun, davriy kabi koʻrinishlarda ifodalanishi mumkin. Shuning uchun
ham, durativlik vaqt oʻlchami tushunchasi bilan tenglashtirib boʻlmaydi. Vaqtning
nutq vaziyati bilan aloqadorligi temporallikka oid masalalarni hal etishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Michel van Lambalgen va Fritz Xamm mazkur hodisani
farqlashga nisbatan fizik va biologik vaqt (physical time, biological time)
tushunchalaridan foydalanadi[8].

Vaqtning konseptuallashuvi ingliz madaniyatida eksperimental hodisa sifatida
qaraladi. Bu jarayon olamdagi obyektlar harakatining kechimiga bogʻliq tarzda
oʻrganiladi. Oʻzbek lingvomadaniyatida vaqtning lisoniy konseptuallashuvi tabiat
hodisalari va diniy qarashlar taʼsirida shakllangan degan farazni ilgari surish mumkin.
Bunga quyidagi misollar isbot boʻlishi mumkin: qish chillasi, saraton pallasi, ramozon
oyi, ayoz majuz olti kun qahri kelsa, qattiq kun (fevral oyining oxiri, mart oyining
boshi). Vaqt tushunchasining tillarda farqlanishi bevosita gʻarb va sharq xalqlarining
tabiat hodisalarini tadqiq etish natijasida ushbu xalqlar ongida shakllangan hodisadir.
Shuningdek, genetik jihatdan aloqador boʻlmagan ingliz va oʻzbek tillarida vaqt
tushunchasining etnolingvistik xususiyatlari va ularning frazeologiya, etnosemantika,
kognitiv metaforalarda ifodalanish jihatlarini aniqlash ham muhimdir. Misol uchun
inglizlarda “vaqt” tushunchasi “pul” (money) domenida oʻz ifodasini topadi. Ularning
tushunchasida vaqtni bekor ketkazish “pulni behuda sarflash” bilan teng va aksincha,
vaqtdan unumli foydalanish “pulni tejash” tushunchasi bilan bogʻliq. Xulosa qilib

aytganda, vaqtni ifodalovchi vositalar rang-barang boʻlib, ular turli sathlarga
mansubdir. Bular feʼlning zamon shakllari, vaqt maʼnoli leksemalar, bogʻlovchilar,
mayl shakllari, modal soʻzlar, modal feʼllar, sintaktik konstruksiyalar, intonatsiya
kabilardan iborat. Turli sathlarning birliklari vaqtni turlicha ifodalash imkoniyatlariga
ega. Masalan, leksik birliklar vaqtni grammatik birliklarga qaraganda bevosita va
aniqroq ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Abduazizov A. A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – T.: Sharq, 2010
2.Курилович Е. Понятие изоморфизма / Е.Курилович// Очерки по
лингвистике: сб.ст. – М., 1962. – С. 21-36.
3. Irisqulov M. T. Tilshunoslikka kirish. Darslik – T.: Yoshlar matbuoti, 2005.
4. Lebedko M.G. Vaqt madaniyatning kognitiv dominanti sifatida. Amerika va
Rossiya vaqtinchalik kontseptsiya sohalarini taqqoslash / - Vladivostok: Dalnevost
nashriyoti. 2012. - 240 b.
5. Gak V.G. Tilshunoslik haqida // Chet el tilshunosligida yangilik. Nashr. 25:
Qarama qarshi tilshunoslik. M., 2019. B.5–17.
6. Lebedko M.G. Vaqt madaniyatning kognitiv dominanti sifatida. Amerika va
Rossiya vaqtinchalik kontseptsiya sohalarini taqqoslash / – Vladivostok: Dalnevost
nashriyoti. 2012. – 240 b.
7. Moʻminov S. Oʻzbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Filol.
dok. diss. T. 2010.
8. Maslova V.A. Lingvokulturologiya / V.A. Maslova: Talabalar uchun darslik.
Yuqoriroq darslik – M.: “Akademiya” nashriyot markazi, 2011. – 208 b.