UBAYDIY VA UNING TURKIY DEVONI
https://zenodo.org/records/17732232
Chimpoʻlatova Sevara Alisherovna
Oriental universiteti Sharq tillari kafedrasi, Oʻqituvchi, Mustaqil tadqiqotchi,
sevarachimpolatova@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada Ubaydiy va uning adabiy merosi yoritiladi. Shoh
sifatida u nafaqat siyosiy faoliyat yuritgan, balki ijodkor sifatida ham adabiy-madaniy
muhitni shakllantirishga eʼtibor qaratgan. Uning turkiy, forsiyda devonlari, arabiyda
sheʼrlari bor. Bu oʻz navbatida serqirra Ubaydiyning adabiy merosini chuqur oʻrganish
va qadrlash zarurligini koʻrsatadi.
Kalit soʻzlar: Ubaydiy, devon, turkiy devon, janr, ruboiy, oʻzbek mumtoz
adabiyoti.
Abstract: This article discusses Ubayd and his literary heritage. As a king, he not
only carried out political activities, but also, as a creator, paid attention to the formation
of a literary and cultural environment. He has divans in Turkish and Persian, and poems
in Arabic. This, in turn, indicates the need to deeply study and appreciate the literary
heritage of the prolific Ubayd.
Keywords: Ubayd, divan, Turkish divan, genre, rubai, Uzbek classical literature.
Tarixdan badiiy asarlarning yozilish tarixi, bunga turtki bergan omillar, ularning
tuzilishi, manbalari, tarqalish geografiyasi, taʼsir doirasi yuzasidan zamonaviy ilmiy
qarash va usullarga asoslangan matnshunoslik va manbashunoslik tadqiqotlarini
amalga oshirish alohida ahamiyatlidir. Zero, “...matnshunoslik, adabiy
manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy
merosimizning hali oʻrganilmagan koʻpgina qatlamlarini ochib berishga yoʻnaltirilgan
ilmiy tadqiqotlarga alohida eʼtibor qaratish”1 lozim. Bunda tadqiqotlar mazkur turdagi
asarlarga xos jihatlar boʻyicha ilmiy-nazariy xulosalarga asos boʻlib xizmat qiladi.
Shuningdek, maʼlum bir muallif asarlarining yozilish sababi, tuzilishi, janr xususiyati
kabi jihatlarini ilmiy asosda koʻrsatib berish ham muhim sanaladi.
Dunyo adabiyotshunosligida umuminsoniy gʻoyalarni tarannum etgan mualliflar
asarlarining tadrijiy takomili, qoʻlyozma nusxalari, ulardagi matn farqlarining yuzaga
kelish sabab va oqibatlarini oʻrganib, ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzish bilan bogʻliq
tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, ijodkor merosining bosh maqsadi,
maʼlum bir asarning yozilish davri faoliyatining qay pallasiga toʻgʻri kelishi, hayoti va
ijodi tajribalarini tadqiq etishga eʼtibor qaratiladi. Bu kabi yondashuvlar muallif
dunyoqarashi, ijodiyotining oʻzagini tashkil etuvchi adabiy-estetik idealini belgilash va
asarlarining soʻnggi tahrirdan chiqqan matnini tiklashda dolzarbdir.
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25-maydagi “Qadimgi yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib
qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2995-sonli Qarori – https://lex.uz/docs/-
3211987
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq etish
boʻyicha koʻplab tadqiqotlar amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda tilshunoslik sohasida
insoniyat adabiy merosining ajralmas qismiga aylangan oʻzbek xalqi yozma merosi
ustida amalga oshirilgan tadqiqotlar nashri mazkur manbalarning badiiy va ilmiy
qimmatini koʻrsatish barobarida, yosh avlodni ajdodlar merosiga vorislik, barkamol
shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Bizning havas qilsa
arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulugʻ ajdodlarimiz bor...”1. Bu
borada shoh va shoir Ubaydiy merosini alohida qayd qilish lozim. Chunki u nafaqat
davlat arbobi, balki yuksak badiiy did va ijodiy salohiyatga ega boʻlgan adib sifatida
ham tanilgan. Ubaydiy oʻz davrining mashhur shoirlaridan biri boʻlgan.
Shuningdek, Ubaydiy ijodi oʻzbek adabiyoti tarixida muhim oʻrin egallaydi.
Uning asarlari keyingi avlod ijodkorlariga katta taʼsir koʻrsatgan. Adabiyotshunoslar
Ubaydiy merosini oʻrganar ekanlar, undagi ijtimoiy fikr, milliy gʻurur va estetik
qadriyatlarni alohida taʼkidlaydilar. Shu bois ham Ubaydiy nafaqat oʻz davri uchun,
balki bugungi kun uchun ham dolzarb boʻlgan boy maʼnaviy meros egasidir.
Shoir “Ubaydiy”, “Qul Ubaydiy”, “Ubaydulloh” taxalluslari bilan turkiy, fors va
arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini oʻz ichiga olgan
“Kulliyot”idir. Ubaydiy shohlik bilan bir qatorda ijodkorlikni ham davom ettiradi, ilm
ahli uchun adabiy-madaniy muhitni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratadi. Uning
bizgacha yetib kelgan eng katta asarlari jamlanmasi “Kulliyot”i vafotidan soʻng,
Abdullaxon davrida, 1583-yilda Mir Husayn al-Husayniy tomonidan koʻchirilgan.
Ushbu devon hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida 8931 raqami
ostida saqlanmoqda. “Kulliyot” uchala tildagi devonlarini oʻz ichiga olgan. Turkiy
devon tarkibida 310 gʻazal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor,
diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi “Omonatnoma”, “Shavqnoma”,
“Gʻayratnoma, “Sabrnoma” manzumalari mavjud. Forsiy devon esa 163 gʻazal, 418
ruboiy, 7 qitʼa, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarjeʼband va 3 muammodan tarkib topgan. Arab
tilidagi devoni esa 35ga yaqin gʻazal, qitʼa va fardlardan iborat. Oʻzbek mumtoz
adabiyotida uchta tilda devon tuzgan yagona shoir ham aynan Ubaydiy hisoblanadi.
Uning ijodida diniy-tasavvufiy gʻoya yetakchilik qiladi. U Ahmad Yassaviy asos
solgan hikmatnavislik anʼanasini davom ettirgan hamda yanada rivojlantirgan.
Ubaydiydan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan2.
Shuningdek, mazkur devon Ubaydiyning katta sheʼriy isteʼdodidan darak beradi.
Uning gʻazal va ruboiylari, qitʼa va tuyuqlari oʻzbek sheʼriyatining katta yutuqlari
boʻlib, ular bir qancha oʻziga xos xususiyatlarga, nozik uslub koʻrinishlariga ega.
Ubaydiy sheʼriyatida oʻziga xoslikka, originallikka intilish ustun. Shoir sheʼriy
uslubida soddalikka moyillik, oʻz fikrini mumkin qadar xalq tili bilan bayon etishga
urinish muhim hisoblangan.
Ubaydiy hukmron sulola vakili boʻlsa ham, uning hayot yoʻlini silliq, faqat
zafarlardan iborat deb tasavvur etish toʻgʻri emas.
Gʻazallarining birida:
1 https://yuz.uz/uz/news/dunyoni-asrash-qaygusi
2 Rajabov Q., Ochilov E. Ubaydullaxon. – Toshkent: 2011. – B.15-16.
Bir lahza koʻngul oʻlmadi begʻam zamonadin,
Toʻydi zamona mendinu men ham zamonadin1
deb tortgan nolasida zamonasining dardu-gʻami, nizoyu fitnasidan ozor topganligi
haqida fikrlar yozilgan. Shuning uchun biz Ubaydiyning oʻsha murakkabliklar va
ziddiyatlarga toʻla davrdagi faoliyatida amaldorlik va hukmdorlikka intilishga nisbatan
maʼnaviy kamolotga intilish, sheʼriyat va ijodga intilish ustun boʻlgan deb xulosa
chiqarsak xato boʻlmaydi.
Gʻazal – sharq adabiyotida keng tarqalgan lirik janr. U arabcha soʻzdan olingan
boʻlib, “oshiqona soʻz, ishq izhor etish, ayollarni madh etish” kabi maʼnolarni
anglatadi. “Gʻazal” atamasi dastlab VIII-IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan.
Uning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan, ammo baʼzi oʻrinlarda 21, hatto
27 baytli gʻazal namunalari ham uchrab turadi2. Ubaydiy ijodida gʻazal janrining
judayam ajoyib namunalarini topish mumkin. Gʻazal janriga xos boʻlgan xususiyat –
shaxsiy hissiyotlarini, ichki kechinmalarini ifodalash Ubaydiy ijodida ham chiroyli
dalillar orqali ochib berilgan. Gʻazalning tasavvufiy maʼno bilan boyitilishi
shoirlarning tasavvuf ilmidan xabardor boʻlishlikka chorlaydi. Bu orqali insonning
ruhiy yoʻli, ilohiy muhabbat va oʻzini anglash masalalari yoritib beriladi.
Shoirning devondagi ruboiylariga nazar solsak, Ubaydiy qalamiga mansub ushbu
ruboiy tili nihoyatda sodda tilda yozilgan boʻlib, hech bir qiyinchiliksiz mazmunini
anglash munkin. Bu jihat shoirning yozish uslubi xalqona tilga nihoyatda yaqin
ekanligidan dalolat beradi.
Seningdek bu jahonda gʻamguzorim yoʻqtur,
Koʻrmay seni bir yerda qarorim yoʻqtur,
Ey yor, demaki oʻzga yoring bor emish,
Orim sen erursen, oʻzga yorim yoʻqtur.
Ubaydiyning ushbu ruboiysi a-a-b-a qofiyalanish tizimida yozilgan boʻlib, oʻziga
xos ritmik ohangdorlikni yuzaga keltirgan. Ruboiylar koʻpincha taqdir, insonning
maʼnaviy qarashlari kabi masalalarini oʻz ichiga oladi. Oʻzining qisqalikda toʻliq fikrni
ifodalash xususiyati sababli, ruboiylar koʻpincha chuqur va maʼnoli boʻladi. Bu jihatni
koʻplab ruboiylar misolida ham koʻrib oʻtish mumkin.
Majnun ishidin ul kishikim ogohdur,
Ushshoq orasinda Ubaydullohdur.
Payvasta junun ahli erur hamroh anga,
Ul rahbar erur alargʻayu, ham shohdur.
Shoir bu ruboiysi orqali oʻzining holatini ham aks ettirgan, yaʼni majnunlikdan
ogoh ekanligi hamda oshiqlar orasida Ubaydulloh nomi bilan tanilganligini aytib
oʻtadi. Va yana shuni taʼkidlab oʻtadiki, unga hamroh boʻlgan oshiq ahliga ham rahbar,
ham shohman deya oʻzini eʼtirof etadi. Ruboiy janrining oʻziga xos xususiyatlaridan
biri shoir oʻzining ijtimoiy holati, hayoti, turmush tarzidan kelib chiqqan holda, ayni
shu xususiyatlarga urgʻu bergan holda uni qogʻozga tushuradi.
Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, xalqimiz orasida keng tarqalgan “Diydor shirin,
diydor gʻanimat” kabi iboralarning keng qoʻllanilishi mumtoz adabiyot namunalarida
1 Abduqodir Haytmetov.Ubaydiy.Shaarq yulduzlari jurnali 10-son T:1991.
2 Носиров О. Ўзбек адабиетида ғазал. – Тошкент: Адабиет ва саъат, 1972. – Б.38.
ham oʻz aksini topgan. Xususan, Ubaydiy ijodida koʻp oʻrinlarda folklor unsurlarini
uchratishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, mumtoz adabiyotimiz yuksak tafakkur,
boqiy qadriyatlar jamlanmasi, boy madaniy merosni oʻzida mujassam qilganligi bilan
ajralib turadi. Bunday merosni avlodlarga yetkazib qoldirishda ulkan hissa qoʻshgan
shoh hamda shoir Ubaydiy ijodi ham mumtoz adabiyotda oʻz oʻrniga ega. Uning
tarkibiga kiruvchi turkiy, arabcha, forscha devonlar tarkibidagi turli xil janr namunalari
mumtoz adabiyotimiz tarixida oʻsha janr rivoji uchun katta hissa qoʻshgan. Ubaydiy
oʻzining turkiy tilida yozgan gʻazallarida mumtoz adabiyotga xos obrazlar va badiiy
vositalardan mahorat bilan foydalangan. Masalan, uning mashhur baytlaridan birida
shunday deyiladi:
“Koʻnglumni giriftor ayladi bir zulfing uzugi,
Koʻz yoshim anga daryo boʻlib, aylandi kechugi.”
Bu baytda shoir “zulf”, “koʻngul”, “koʻz yoshi” kabi anʼanaviy timsollar orqali
oʻzining ichki kechinmalarini chuqur ifodalaydi. Ubaydiy ijodi, ayniqsa, uning
“Kulliyot”i tarkibidagi uch tilli devonlari (turkiy, arabiy va forsiy) oʻzbek mumtoz
adabiyotining koʻp tillilik anʼanasi va janr boyligiga ulkan hissa qoʻshgan. Uning
asarlari orqali oʻsha davrdagi adabiy-estetik qarashlar, tasavvufiy tafakkur va ijtimoiyhayotiy kechinmalarni chuqur anglash mumkin1. Shu boisdan, Ubaydiy ijodi nafaqat
tarixiy-adabiy nuqtayi nazardan, balki zamonaviy kitobxon uchun ham dolzarb va
ibratlidir. Shoirning devoni orqali biz XVI asr xalqining holati, ijtimoiy muammolari,
urf-odatlari va maʼnaviy dunyosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Shu boisdan Ubaydiy
ijodi, ayniqsa uning turkiy devoni – oʻzbek adabiyoti va umuman turkiy xalqlar
madaniy merosining bebaho boyligidir.
Ubaydiy nafaqat tarixiy-adabiy nuqtayi nazardan, balki zamonaviy kitobxon
uchun ham dolzarb va ibratlidir. Uning asarlarida xalqona ruh, insonparvarlik
gʻoyalari, axloqiy-ibratli mazmunlar mujassam boʻlib, bugungi oʻquvchining ham
qalbiga taʼsir koʻrsatadi. Ubaydiy oʻz davrining muhim ijtimoiy muammolariga, inson
axloqi, maʼnaviy-ruhiy dunyosiga befarq boʻlmagan va buni oʻz asarlarida aks ettira
olgan ijodkordir. Shuningdek, xalq ogʻzaki ijodidagina mavjud boʻlgan “yor-yor”
janrida ham 2 ta namunani yozganligi alohida eʼtirofga loyiq. Ubaydiy bu janrni yozma
adabiyotga olib kirgan kam sonli adiblardan biridir.
Masalan, quyidagi misralarda xalqona ifoda, kuy ohangi va maʼnaviy-axloqiy
tarbiya mujassam:
Misol:
Kelinchak kelar el tomonga,
Oppoq roʻmol bosh tomonga.
Koʻngli toʻlib, yurak toʻlqin,
Yor-yor aytar yosh tomonga.
Ubaydiy ijodi xozirgi davr adabiyoti hamda hayoti uchun ham foydali va
ibratlidir. Ayniqsa, “yor-yor” kabi xalqona janrda yozgan sheʼrlari uning ijodi naqadar
boy va xalqga yaqin ekanini koʻrsatadi.
Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, Ubaydullaxon nafaqat adolatli va dono hukmdor,
balki oʻz davrining isteʼdodli shoirlaridan biri sifatida ham tarixda muhim oʻrin
1 Исматулла Иброхимов. Ўзбек адабиёти тарихи. II-жилд. Тошкент: Ўқитувчи,1995.- Б.183-184.
egallaydi. U davlat ishlarini yuritish barobarida ilm-fan, adabiyot va sanʼatga katta
eʼtibor bergan. Ayniqsa, uning “Ubaydiy” taxallusi bilan bitilgan adabiy merosi turkiy
xalqlar adabiyotida oʻziga xos oʻringa ega. Shu boisdan ham Ubaydiy merosi nafaqat
oʻzbek adabiyoti, balki barcha turkiy xalqlarning madaniy boyligi sifatida qadrlanadi.
Uning asarlari hozirgacha oʻqiladi, oʻrganiladi va yosh avlod tarbiyasida muhim manba
boʻlib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Носиров О. Ўзбек адабиетида ғазал. – Тошкент: Адабиет ва саъат, 1972. –
Б.38.
2.Исматулла Иброхимов. Ўзбек адабиёти тарихи. II-жилд. Тошкент:
Ўқитувчи,1995.- Б.183-184.
3.Alisherovna, C. L. S. (2024). Zamakhshariʼs work" Muqaddamatu-l-adab" and
the educational words in it. analysis of modern science and innovation, 1(2), 261-264.
4.ChimpoʻLatova, Sevara Alisherovna (2021). Chet tillаrini mаsоfаviy oʻqitishdа
interfаоllik muаmmоsi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences, 1 (7), 164-170.
5.Чимпўлатова, С. А. (2024). Mаҳмуд Замахшарийнинг араб грамматикасига
оид “Муққаддамату-л-адаб” асари. Studying the progress of science and its
shortcomings, 1(3), 79-81.
6.Alisherovna, C. L. S., & Mucci, F. Arabic language learning resources for
russian speakers.