ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA TAʼLIM-TARBIYAGA OID
ZOOFRAZEMALARNING LINGVOMADANIY TAHLILI
https://zenodo.org/records/17732240
Boborajabov Muhammadiqbol,
Oriental universiteti oʻqituvchisi
mboborajabov62@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada arab va oʻzbek tillarida shakllangan taʼlim-tarbiyaga oid
zoofrazemalar lingvomadaniy nuqtayi nazardan oʻrganiladi. Unda frazeologik
birliklarning xalq tafakkuri, tarbiyaviy qarashlari va milliy qadriyatlarini
ifodalashdagi oʻrni yoritiladi. Tadqiqot davomida zoofrazemalarning tarbiya
jarayonidagi maʼnodoshlik va maʼnofarzlik jihatlari tahlil qilinib, ularning axloqiymeʼyoriy ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, arab va oʻzbek xalqining turmush
tarzi, madaniy tajribasi va pedagogik qarashlari frazeologizmlar misolida qiyosiy
tahlil qilinadi. Natijada, zoofrazemalarning taʼlim-tarbiyada estetik vosita sifatida
ham, axloqiy-meʼyoriy koʻrsatkich sifatida ham muhim ahamiyat kasb etishi koʻrsatib
beriladi.
Kalit soʻzlar: frazeologizm, zoofrazema, taʼlim-tarbiya, lingvomadaniyat, milliy
qadriyat, madaniy ramz, qiyosiy tahlil.
Annotation. The article studies educational zoophrases formed in the Arabic and
Uzbek languages from a linguistic and cultural point of view. It highlights the role of
phraseological units in expressing national thinking, educational views and national
values. During the study, the semantic and semantic aspects of zoophrases in the
educational process are analyzed, and their moral and normative significance is
revealed. Also, the lifestyle, cultural experience and pedagogical views of the Arab and
Uzbek people are comparatively analyzed using phraseologisms. As a result, it is
shown that zoophrases play an important role in education both as an aesthetic tool
and as a moral and normative indicator.
Keywords: phraseology, zoophrase, education, linguistic culture, national value,
cultural symbol, comparative analysis.
Arab tilidagi ayrim taʼlim-tarbiyaga oid zoofrazemalar ham arab xalqi
madaniyatini oʻzida aks ettiradi. Arab frazeologizmlarida جمل(tuya), فرس(ot), ضب
(kaltakesak), غراب(qargʻa), كلب(it), أسد(sher), عصفور(chumchuq) kabi hayvon va qush
nomlari koʻp uchraydi. Ushbu hayvonlar arab diyorlarida keng tarqaganligi va arablar
oʻz hayotlari davomida ulardan keng foydalanganligi sababli arab madaniyatiga kirib
borgan. Yuqorida taʼkidlanganidek الجمل(tuya) arablar eng koʻp foydalanadigan
hayvon boʻlib, ular nazdida sabrlilik timsolidir. Tuya soʻzi Qurʼoni karimning bir
qancha oyatlarida, arab sheʼriyatida, maqol va frazeologik birliklarida uchraydi.
Quyida tuya leksemasi ishtirokidagi ayrim frazeologizmlarni koʻrish mumkin:
الجمل من جوفه يجتر(tuya oʻz qornidan chaynaydi) – ushbu frazema halol mehnat
qilib pul topadigan shaxs holatiga nisbatan qoʻllaniladi.
يحمل كالجمل و يفهم كالحمار(tuya kabi yuk koʻtarib eshak kabi tushunadi). Ushbu ibora
yodlab lekin maʼnosini tushunmaslik holatini ifodalaydi. Yaʼni biror bir matn yoki
sheʼr yodlaydi lekin maʼnosini anglamaydi [4,159]. Iborada – الجملtuya va – حمارeshak
hayvonlari ihstirok etgan. Har ikkala hayvon ham arab xalqi hayotida muhim boʻlgan,
biroq ulardan biri ijobiy maʼno anglatsa ikkinchisi salbiy maʼnoni bildirib kelmoqda.
Frazema qadimiy arab hayotidan olingan boʻlib, hayvon obrazi orqali insonning aqliy
faoliyatiga baho beradi. Arablarda qadimdan ilm olish faqat yodlash emas, balki
tushunish, aql bilan anglash, hikmatni farqlay olish deb hisoblangan. Shu sababli ilmni
yodlab olib uni anglamagan shogirdlarga tanqid koʻzi bilan qaralmoqda.
أدب ولده تأديب الجمل(bolasini tuyani tarbiyalagandek tarbiyaladi). Bu ibora orqali
bolani sabr bilan, izchil, bosqichma-bosqich, doimiy mashq va nazorat bilan
tarbiyalash nazarda tutiladi. Arab madaniyatida tuya bolasi ogʻir yuk koʻtarishga,
yurishga, buyruqlarga boʻysunishga bosqichma-bosqich oʻrgatiladi, har kuni oz-ozdan
oʻrgatish, lekin barqarorlik va davomiylik asosida tarbiya qilinadi. Shu sababli
frazemada katta pedagogik saboq, yaʼni bola birdan oʻzgarmasligi, unga asta-sekin,
ammo izchil va qatʼiy tarbiya zarurligi ifodalanadi [4,160]. Shuningdek, ibora ota-ona,
ustoz yoki tarbiyachiga sabr, uzluksiz eʼtibor, toʻgʻri yondashuv kerakligini bildiradi.
Yuqoridagi ushbu misollardan anglashildiki tuya leksemasi arab
frazeologizmlarida bilimli, sabrli shaxs holatlarini ifodalaydi.
الفرس(ot) arab madaniyatida qahramonlik, dovyuraklik ramzi. Qadimda arablar
urushlarda otlardan keng foydalanishgan va haligacha arab zodagonlari zotdor otlarni
boqishni yaxshi koʻradilar.
أحسن من فرس مسومة(bezatilgan otdan ham yaxshiroq). Bu frazema tarbiyasi, odobi,
kamoloti bilan barchani lol qoldiradigan inson haqida aytiladi [5,320]. Ushbu ibora
orqali goʻzallik nafaqat tashqi koʻrinishda, balki tarbiya va odobda ekanligini tushunish
mumkin.
أدب الفرس قبل ركوبه(otga minishdan oldin uni tarbiyaladi). Ushbu ibora tarbiya
ilmdan muhimroq ekanligini koʻrsatadi. Jamiyatda insonga ilm berish va biror
masʼuliyat yuklashdan oldin tarbiya oʻrgatish lozim. Otni tarbiyalashsiz unga minish
xavfli. Xuddi shunday, bolani yoki shogirdni tarbiyalamasdan unga ilm berish yoki uni
biror ishga jalb etish foydasiz, baʼzan zararli boʻlishi mumkin.
أفرس الغلام في العلم(yigitni ilmda otdek yoʻlga soldi). Ushbu ibora tarbiyani ot
minishga qiyoslovchi madaniy obrazdir [5,520]. Bu ibora ilm olish passiv jarayon
emas, balki harakat, kuch, irodani talab qiladigan faoliyat ekanligini anglatadi. Shogird
esa faqat bilim emas, motivatsiya, shijoat va mashq bilan yuksaladi. Arab pedagogik
anʼanalarida ustoz chavandozga, shogird esa otga qiyoslanadi. Bu esa ustozning
faolligini, masʼuliyatini, oʻrgatishdagi ehtiyotkorligini ifodalaydi.
Ushbu misollar shuni anglatadiki, ot soʻzi ishtirok etgan frazeologizmlar arab
madaniyatining koʻchmanchilik, otliq hayot tarzi, hamda ilmga boʻlgan hurmat,
tarbiyani birinchi oʻringa qoʻyish anʼanalariga tayangan holda shakllangan. Ular
zamonaviy taʼlim-tarbiya konsepsiyalarini lingvomadaniy jihatdan boyitishi mumkin.
حمار(eshak) arab madaniyatida sabrli lekin aqlsiz va kaltafahm hayvon timsolidir.
Uni bir qancha taʼlim-tarbiyaga oid frazeologik birliklarda kuzatish mumkin.
كمثل الحمار يحمل أسفرا(kitoblar koʻtarib olgan eshakdek). Ushbu ibora Qurʼoni
karimda keltirilgan boʻlib, yahudiylarning Tavrotga amal qilmasdan uni yod olish yoki
oʻqish bilan kifoyalanishlarini tanqid qiladi. Frazemadan bilim olib, undan foyda
olmaslik va tushunmaslik maʼnosini tushunish mumkin. Bundan tashqari ibora
talabalarga taʼlimni yuzaki emas, tushunishga asoslangan holatda olib borishni
urgʻulaydi va ilmning amaliy foydasiga eʼtibor qaratishni taqozo etadi.
صوته كصوت الحمار(ovozi eshakning ovozidek). Frazeologik birlik tarbiyasiz,
ovozini baland koʻtaradigan inson holatini ifodalaydi [5,361]. Ushbu ibora oʻquvchilar
va notiqlarga odob va goʻzal soʻzlashni targʻib qilish uchun ishlatiladi. Qurʼoni
karimda ham Luqmoni Hakim oʻz farzandini tarbiyash jarayonida ovozini past tutishini
va eng yomon ovoz eshakning ovozi ekanligini taʼkidalashi keltirilgan. Ibora
talabalarni muomalada estetikani saqlash va mulohazali boʻlishga chaqiradi.
Yuqoridagi misollar shuni isbotlaydiki, eshak arabcha taʼlim-tarbiyaga oid
frazeologiyadagi asosiy lingvomadaniy koʻrsatkichlardan biridir. Ular Qurʼoni
karimda asoslangan boʻlib, diniy, axloqiy, ijtimoiy va pedagogik qadriyatlarni oʻzida
mujassam etadi. Frazeologizmlarda hayvon timsollari orqali insonning ichki sifati,
aqliy salohiyati, nutqi, bilimga munosabati obrazli ifoda etiladi. Bu frazeologizmlar
lingvomadaniy birlik sifatida nafaqat tilshunoslik, balki pedagogika va psixologiya
nuqtayi nazaridan ham tadqiq etilishi mumkin.
ضب(kaltakesak) arab madaniyatida mashhur boʻlgan sudralib yuruvchi
hayvondir. Arab diyorlari asosan sahrolardan iborat boʻlgani uchun u yerlarda
kaltakesak koʻp uchraydi. Ushbu hayvon nomini arab frazemalarida xiyonatkor,
bevafo shaxs timsolida koʻrish mumkin. أبله من الضب(kaltakesakdan ham ablahroq),
أضل من الضب(kaltakesakdan ham adashganroq), أعند من ضب(kaltakesakdan ham
qaysar), كأنه ضب في جحره(inida yotgan kaltakesakdek) kabi frazemalar bunga misoldir
[4,230]. Mazkur misollardan tushuniladiki kaltakesak arab tilshunosligida salbiy
boʻyoqdor soʻz sifatida qoʻllaniladi. Frazeologik birliklarda tarbiyasiz, quloqsiz,
tanbehni qabul qilmaydigan, jamiyatdan chekinib yashovchi, bilimdan, odamlar bilan
muloqotdan yiroq shaxs holatini tasvirlaydi.
غراب(qargʻa) ham arablar madaniyatida muhim qushlardan biri hisoblanadi.
Qurʼoni karimda ham qargʻa soʻzi Qobil va Nobil qissasida zikr etilgan. Undan tashqari
Nuh alayhissalomning suv sathini bilish uchun qargʻani joʻnatganlari qargʻa esa qaytib
kelmagani manbalarda zikr etilgan. Qargʻa soʻzi bilan bogʻliq bir qancha frazemalar
mavjud boʻlib, ularga أبكر من غراب(qargʻadan ham epchil), أبصر من غراب(qargʻadan
ham koʻzlari oʻtkir), أبطأ من غراب نوح(Nuhning qargʻasidan ham sustkashroq) kabi
frazeologizmlarni misol keltirish mumkin [5,370]. Eʼtiborli jihati shundaki, qargʻa
soʻzi ayrim iboralarda epchil va tarbiyali shaxs holatini ifodalasa, boshqa iboralarda
sustkashlik holatini anglatmoqda.
Bu kabi frazeologizmlar arab tilshunosligida koʻp uchraydi. Taʼkidlash joizki,
bunday frazeologizmlar arab xalqining madaniyatini, ularning kundalik hayotida
ishlatadigan hayvonlari orqali koʻrsatib beradi.
Oʻzbek tilida ham bunday frazeologizmlar uchraydi. Ularga quyidagilarni misol
qilish mumkin:
Tulpor kabi shiddatli boʻlmoq. Tulpor oʻzbek xalqining tez va jasur otini bildiradi.
Bu frazeologizm maqsad sari qatʼiyat bilan intilish, shiddat bilan harakat qilishni
anglatadi.
Arslon jasorati. Arslon jasorat, mardlik timsoli sifatida ishlatiladi. Bu
frazeologizm bolalarda mardlik va jasorat ruhini shakllantirishda qoʻllaniladi.
Sher qiyofasida yurmoq. Sherning qahramonligi va hurmatga sazovorligi
ifodalanadi. Bu ibora oʻquvchilarni qattiq iroda va mardlikka chaqiradi.
Toʻti kabi sayramoq. Koʻp gapirish, jim turmaslik, tarbiyasizlik qilish holatlarini
ifodalaydi.
Qaldirgʻochdek fidoyi. Oʻzining bolalari uchun fidoiylik, mehr-muhabbatni
ifodalaydi. Taʼlimda mehr-shafqat va fidoyilik sifatlarini shakllantirish uchun
ishlatiladi.
Kapalakdek yengil yurmoq. Ehtiyotkorlik, muloyimlik va oʻzini nazorat qilishni
taʼkidlaydi. Taʼlim-tarbiyada yaxshi odob, xushmuomala boʻlish sifatlarini targʻib
qiladi.
Oʻzbek tilida hayvon nomlari ishtirokidagi frazeologik birliklar xalq tafakkuri,
dunyoqarashi, axloqiy meʼyorlari va maʼnaviy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan
boy til qatlamini tashkil qiladi. Bunday frazeologizmlar nafaqat til bezagi, balki
tarbiyaviy vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, taʼlim-tarbiya sohasida
bu kabi birliklar orqali yosh avlodga yaxshi va yomon xulq-atvor oʻrtasidagi farqni
koʻrsatish, axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ijtimoiy hayotda toʻgʻri yoʻl tanlashga
yoʻnaltirish mumkin. Bu frazeologizmlarning milliylik jihati shundaki, ular xalqning
turmush tarziga, urf-odatlariga, tarixiy-madaniy tajribasiga tayangan holda
shakllangan. Ularda oʻzbek xalqining mehnatga, jasoratga, sabr-toqatga, donolik va
adolatga boʻlgan munosabati, yaʼni milliy ruh, xalq falsafasi va mentaliteti aks etadi.
Shu bois, bunday frazeologik birliklar taʼlim-tarbiyada nafaqat estetik vosita, balki
axloqiy-maʼnaviy mezon sifatida ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati-Toshkent:
Oʻqituvchi, 1978.- 407 b.
2. Yuldoshev B. Oʻzbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi hamda
taraqqiyoti.- Samarqand: SamDU, 2007.- 106 b.
3. Саёд Мустафа А.М., Родинова Л.В Учебный русско-арабский
фразеологический словарь – Москва: Русский язык, 1989.- 611 c.
4. Дж. Аби Джабер, А.В. Капшук. Арабско-русский словарь
идиоматических выражений.- М.: Издательский Дом ЯСК, 2019.- 455 c.
5. الدكتور محمد محمد داود. معجم التعبير الاصطلاحي في العربية المعاصرة. القاهرة: دار الغريب
۲٠٠٣ ص٦۹٠ -. ،للطباعة و النشر و التوزيع
6. وفاء كامل فايد بعض صور التعبيرات الاصطلاحية في العربية المعاصرة. مجلة مجمع اللغة العربية
۷۸ بدمشق – المجلد