ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Andalus tarixida arab adabiyotining shakllanishi (milodiy 711–1233-yillar oralig‘ida)

Mahmudov Akram

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ANDALUS TARIXIDA ARAB ADABIYOTINING SHAKLLANISHI
(MILODIY 711-1233 YILLAR ORALIGʻIDA)

https://zenodo.org/uploads/17732249

Akram Mahmudov,
Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi

Annotatsiya. Mazkur maqolada Andalus tarixida arab adabiyoti shakllanishi va
rivojlanishi jarayoni yoritilgan. Andalus atamasining kelib chiqishi, musulmonlarning
Ispaniyaga kirib kelishi hamda ularning siyosiy va madaniy hayoti bosqichma-bosqich
tahlil etilgan. Maqolada Andalusdagi yetti davr – voliylik, Umaviylar amirligi,
xalifalik, muluk at-tavoif, murabitunlar, muvahhidlar va Banu Ahmar (Garnata)
davrlari oʻziga xos jihatlari bilan bayon qilinadi. Har bir bosqichning siyosiy va
ijtimoiy hayoti bilan bir qatorda arab adabiyotiga taʼsiri, adabiy jarayonlar, shoirlar va
asarlar misolida koʻrsatilgan. Xususan, Umaviylar davrida ilm-fan va adabiyot
yuksalishi, muluk at-tavoif davrida adabiy hayotning jonlanishi, murabitun va
muvahhidlar davrida diniy ruhning ustunligi hamda Garnata davrida adabiyotning
fojiaviy va dardli ohang kasb etishi alohida tahlil qilingan. Maqola Andalusda arab
adabiyotining shakllanishi, rivojlanishi va inqiroz jarayonlarini keng tarixiy kontekstda
oʻrganishga qaratilgan.

Kalit soʻzlar: andalus, arab adabiyoti, Umaviylar, xalifalik, muluk at-tavoif,
murabitunlar, muvahhidlar, Banu Ahmar.

Abstract. This article contains the form of formation and development of Arabic
literature in the history of Andalus. The term of the Andalus is gradually entering the
Muslims and the gradual analysis of their political and cultural life. The article
describes the seven periods in Anda – Vensus, the Emirates of Umayya, Khilafi,
Khilafah, Mughteeds and Banu Ahmar (Harnatasi) periods. In addition to the political
and social life of each stage, the effects of Arabic literature, the example of the literary
processes, poets and works. In particular, during the Umayigues, the increase of science
and literature, during the revival of the religious spirit during the period of Umayya,
and the advantages of the religious spirit and the advantage of the Garnata, is
particularly analyzed. The article is to study and develop the processes of Arabic
literature in Androuso in a broad historical context.

Keywords: Andalusia, Arabic literature, Umayyads, caliphate, mullah, jams,
Mavalim, Banu Ahmar.

Arablar "Andalus" deb Ispaniyada fath qilgan barcha mintaqalarni ataganlar. Bu
nomning asl manbai toʻgʻrisida aniq bir fikr yoʻq, ammo baʼzilar bu nom "vandallar"
(les Vandales) degan jamoaning nomidan olingan deb hisoblaydi. Milodiy beshinchi
asrning boshlarida ular Ispaniyaga shimoliy Afrikadan koʻchib keladi. Keyinroq ular
Afrikaning shimoli-gʻarbiy sohillaridan Ispaniyaning janubiy qismiga, xususan,
Tarifadan oʻtib, kelib joylashadilar.

Tarixchilar fikriga koʻra, bu xalq Betika mintaqasiga (Bétique) joylashgan. Bu
hudud keyinchalik "Vandalicia" deb atalgan va bu nom vaqt oʻtishi bilan "Andalusiya"
shakliga oʻzgargan. Bu hududni keyinchalik islom fathlari davrida musulmonlar
tomonidan bosib olingan Ispaniya yerlariga nisbatan umumiy nom boʻlib qolgan.

Ushbu nom aslida Ispaniyaning faqat bir qismini anglatgan boʻlsa-da,
musulmonlar bu nomni butun yarimorolga nisbatan ishlata boshladilar. Shunday qilib,
"Andalus" soʻzi oxir-oqibatda musulmonlar egallagan barcha Ispaniya hududlarini
bildiradigan umumiy nomga aylangan. Andalus soʻzini arab tarixchilar va
geografiyachilar tez va oson ishlata boshlaydilar. Avvalda bu soʻz Ispaniyaning barcha
hududlariga ishlatilgan boʻlsa, soʻngra arablar ispan erlaridan fath qilgan joylarga
ishlatilgan va Ishbiliya, Qurtuba va Gʻarnata kabi mintaqalar andalus ismini saqlab
qolganlar1.

Ispaniya musulmonlar tomonidan fath qilinishidan oldin, turli muammolarga
duchor boʻlgan edi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan tanglik kuchaygan,
zodagonlar bilan quyi sinflar orasida jiddiy ziddiyatlar boʻlgan. Oliy tabaqa oʻz
manfaatlarini koʻzlab odamlarni ezar, kambagʻallar ustidan hukmronlik qilar edi.
Visigotlar Ispaniya erlariga milodiy beshinchi asrda kirib keladilar va Rum saltanatini
yoʻqotganidan keyin u erda erkinlikda yashaydilar. Oʻzlariga podshohlarini saylab,
nasroniy diniga ergashadilar. Shu bilan ular rumliklarni haqorat qilish va taʼqib qilishni
boshlaydilar. Tabiiyki, bunday holat mamlakatning tugashiga olib keladi.

Bunday muhitda, xalqlar zulmdan charchagan edi. Zodagonlar orasida ham
kelishmovchiliklar kuchayib, baʼzi sardorlar boshqalarga qarshi fitna uyushtirar edi.
Xususan, Vizigotlar podshohi Rodrik taxtga qonuniy yoʻl bilan emas, kuch bilan
kelgan edi. Bu esa hukmronlikka qarshi dushmanlik kayfiyatini kuchaytirdi.
Magʻribning shimolida Sabta (Geuta) shahri bulib, Rum podshosining Julien nomli
amaldori boshqaradi. Julien bilan Rodrik orasida qattiq adovat boʻladi, shu sababli
Julien Rodrikni agʻdarib, saltanatini egallashga harakat qiladi. Shu bois u arablarga
yordam berib, arablarga gʻalaba yoʻlini hozirlab beradi. Julian – Tarifadagi bir
qalʼaning boshligʻi – Shimoliy Afrikadagi musulmon valiysiga, xususan, amir Musa
ibn Nusayrga murojaat qilib, yordam soʻraydi. Musa ibn Nusayr Valid ibn
Abdulmalikning Magʻribdagi amaldori boʻlib, unga Andalusni fath qilishni maslahat
beradi. U Rodrikning zolimligidan shikoyat qiladi va uni taxtdan tushirish uchun
musulmonlardan harbiy yordam berishni soʻraydi.

Musa ibn Nusayr bunga eʼtibor qaratdi va vaziyatni diqqat bilan oʻrgana boshladi.
Dastlab u kichik guruhni Tarif ibn Molik Naxaʼiy boshchiligida Ispaniyaga yuboradi.
Ispan podshosi Rodrik musulmonlarning kelishini bilgach, askarlarni yigʻadi va
Vitizaning bolalarini arablarga qarshi urush qilish uchun toʻplanishga chaqiradi, ular
Rodrikni yoqtirmasada rozi boʻladilar, Rodrik ularning otasi Vitizadan podshohlikni
tortib olgani uchun ular Rodrikdan qasos olish maqsadida unga ergashadilar. Ikki
qoʻshin Bekka vodiysida bir-biri bilan duch keladi. Magʻribdan Toriqning askarlariga
besh mingta barbar askarlari qoʻshilib, ularning soni oʻn ikki mingta boʻladi. Ular
yaxshi qurollangan, jang qilishga shay va gʻanimalarni qoʻlga kiritishga kelishgan

.2 ‫ أدباء العرب في الأندلس و عصر الإنبعاث ص‬1

boʻladi. Ammo Rodrikning askarlari qirq mingta boshqa bir rivoyatda yuz mingta
ekanligi va ularning qurollari ketmon tayoqdan iborat boʻlganligi aytiladi.

Musa ibn Nusayrga Andalus fathi xabari yetadi va Musa Toriqning gʻalabalariga
hasad qiladi. Musa Toriqdan qaytishini talab qilgach Toriq unga itoat qilmaydi balki
gʻalabalarni qoʻlga kiritishda davom etadi. Shunda Musa ibn Nusayr ham sharafga
yetishish maqsadida arab va barbarlardan oʻn mingdan ortiq askar jamlab, hijriy 93-yil
ramazon oyida Andalusga kirib keladi. U erda Ispaniya gʻarbidagi Merida va
Ishbiliyalarni fath qiladi. Musa ibn Nusayr Ispaniyada oʻzining ismi yozilgan oltin
pullarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Musa ibn Nusayr va Toriqlar gʻalabalarni
ketma-ket qoʻlga kiritib yurgan vaqtlarida Valid ibn Abdulmalik Musani chaqiradi.
Musa ibn Nusayr Andalusga oʻgʻli Abdulazizni voliy qilib tayinlaydi va oʻzi Toriq
bilan sharq tomon yoʻl oladilar1.

Musa ibn Nusayr oʻgʻli Abdulazizni Andalusga voliy qilgandan boshlab u erda
amirlik davri boshlanadi.

Andalusdagi voliylik davri – islom nurlari kengaygan va fathlar davom etgan
davrdir. Bu davrda islomiy harakatlar koʻpayadi, musulmonlar shimol tomon yurishlar
uyushtirdilar. Hurr ibn Abdurahmon Saqafiy qoʻmondonligida Andalusda islom
davlati kengayadi. Bu fathlar gʻarbiy qitʼaning ichki qismigacha yetib boradi.

Suriyaliklar Andalusga yetib kelgach, ular shimolga yurish qildilar. Ular Pireney
togʻlaridan oshib oʻtib, Gʻarbiy Yevropaning ichki hududlariga kirib bordilar. Hatto
ular Kataloniyadagi Barselona, Kastiliyadagi bir nechta qalʼalarni, Lyon va Tours
shahri atrofini egallaydilar. Nihoyat ular 114-hijriy (milodiy 732-yil) yili mashhur
“Tours jangi”da franklar bilan jang qiladilar. Bu jangda musulmonlar magʻlubiyatga
uchraydi, bu esa ularning Gʻarbga yurishlarini toʻxtatadi.

Bu davrda voliylar bir necha muhim ishlarga boshchilik qildilar. Ular Yevropada
islomni yoyishga harakat qildilar. Bu paytda davlat ichida maʼmuriy tizim shakllana
boshladi. Islomiy boshqaruv amalda qoʻllana boshlandi. Mahalliy aholi islomga
kirmoqda edi. Jumladan, koʻplab nasroniylar va yahudiylar islomni qabul qildilar. Bu
esa jamiyatda dinlararo aloqalarni yaxshiladi.

Shu bilan birga, bu davrda bir necha voliylar almashdi. Har bir voliy oʻz siyosatini
olib bordi. Bu oʻzgarishlar koʻplab nizolarni keltirib chiqardi. Baʼzida voliylar xalifalik
markazidagi xalifalarning buyrugʻisiz hokimiyatni egallagan boʻlishgan. Natijada
Andalusda siyosiy beqarorlik kuchaydi. Bu esa xalifalik markazining eʼtiborini tortdi
va ular bu yerni yaxshiroq boshqarish zaruratini his etadilar. Suriyalik jangchilar (Balj
ibn Bishr boshchiligida) kelgach, Andalus ichki siyosatida ziddiyatlar boshlandi.
Chunki, ular oʻzlarini markaz tomonidan yuborilgan muhim kuch deb bilishar edi. Bu
esa mahalliy hokimlar bilan kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Bu toʻqnashuvlar
bir necha yillar davom etdi. Nihoyat, ushbu siyosiy beqarorlikka barham berish va
markaziy boshqaruvni qayta tiklash uchun Abdulrahmon Doxil (Abdurahmon ibn
Muoviya ibn Hishom ibn Marvon) Andalusga kelib, Umaviylar amirligini barpo etdi.

Birinchi bosqich: Voliylik davri (93–138 hijriy / 711–755 milodiy)
Bu, islomiy fath — yaʼni Andalusning musulmonlar tomonidan zabt etilishi bilan
boshlangan davr boʻlib, hijriy 93–138 / milodiy 711–755 yillarni oʻz ichiga oladi.

.4 ‫ أدباء العرب في الأندلس و عصر الإنبعاث ص‬1

Birinchi boʻlib Andalusda Toriq ibn Ziyod voliy boʻladi, soʻng Muso ibn Nusayr undan
keyin oʻgʻli Abdulaziz voliy boʻladilar. Abdulazizning oʻlimidan soʻng Andalus olti
oyga yaqin voliysiz qoladi. Barbar boshliqlari jamlanib Muso ibn Nusayrning
singlisining oʻgʻli Ayyub ibn Habibni voliylikka tanlaydilar. Ayyub ibn Habib oz
muddat voliylik qiladi, undan keyin Andalusda bir-qancha voliylar boʻlib, ular davrida
koʻplab shaharlar fath qilinadi. Bu davr Abdurahmon Doxil qoʻli ostida Umaviylar
davlati tashkil topishi bilan tugaydi. Bu davr "Voliyliklar davri" deb yuritiladi, chunki
Andalus oddiy boshqaruv ostida edi: baʼzida Damashq xalifasi tomonidan, baʼzida esa
Shimoliy Afrikadan yuborilgan hokim tomonidan boshqarilar edi.

Ikkinchi bosqich: Umaviylar davlati davri; Amirlik davri;
Bu davr Abdurahmon Doxil tomonidan Umaviylar davlatining Andalusda asos
solinishi bilan boshlanadi. Bu davlat keyinchalik Abdurahmon Nosir davrida eng
yuqori choʻqqiga yetadi. U oʻzining buyuk xalifaligi bilan tanilgan. Ushbu davrda
Umaviyylar hukmdori "podshoh" deb atalgan. Bu davr Andalusda Banu Umayya
podshohligi tugashi va Qurtuba zadagonlarini davlat hokimiyatiga kelishi bilan
tugaydi. Abdurahmon Doxilning Andalusda amirligi oʻttiz toʻrt yil (138-172 h) (755-
788 m) yillar davomida boʻladi.
Uchinchi bosqich: Xalifalik davri;
Abdurahmon uchinchi hokimiyatga kelganida yigirma uch yoshda boʻladi. U yosh
boʻlishiga qaramasdan yaxshi sifatlarga ega edi. Uning saltanati ellik yilga yaqin
davom etadi (300-350 h / 912-961 m). Islom tarixida Abdurahmon uchinchining
zamonidek gullagan yaxshi davr oʻtmagan deyiladi. Abdurahmon Andalus
podsholarining eng ulugʻi va u yerdagi birinchi xalifa boʻladi. U Allohning diniga
yordam beruvchi “muminlarning amiri” deb laqab oladi. Abdurahmon Nosirning
davrida Andalus gullab yashnaydi va Nasroniylar va barcha musulmonlar olamida
siyosiy maqom va ulkan shahar maqomiga erishadi. Bu davrda Andalusda adabiyot va
boshqa ilmlar keng koʻlamda rivoj topdi. Hattoki Qurtuba ilmda Bogʻdodga
tenglashishga urinardi.
Toʻrtinchi bosqich: Muluk at-tavoif (kichik amirliklar) davri;
Amiriyyunlar1 Andalusda xalifalikni egallaganlaridan keyin Umaviylar davlatini
zaiflik egallab oladi, shunda Andalusda kichik amirliklar boshlanadi, ular “muluk attavoif” – “Mintaqalar amirlari” deb taniladilar. Kichik amirliklar davri (403-536 h /
1012-1141 m) yillarni qamraydi. Kichik amirliklar orasida uzluklsiz urushlar boʻlib,
kuchli kuchsizni yengar hatto, uning hokimiyatini yoʻqotar edi. Kichik amirliklar
orasidagi janglar yuz yilga yaqin davom etadi, oxirida Ispaniya podshohlari jamlanib
ularga birin-ketin urush qilib yoʻqotadi, Ishbiliyya yetib keladi va Ishbiliyyaning
amirini qiyin ahvolda qoldiradilar, shunda u Murobitinlarning amiridan yordam
soʻraydi. Murobitinlarni amiri Yusuf ibn Tashfin kelib, kichik amirliklarni tugatadi,
faqat Saraqsita davlatini 1109- yildagina egallaydi, chunki ular Franjlardan (fransuzar)
yordam soʻragan boʻladilar2.
Beshinchi bosqich: Murabitinlar (Almoravidlar) davri;

1 Al-Amiriyyunlar Andalusdagi tarixiy sulolaga tegishli bo‘lib, ular X-asr oxiri va XI-asr boshlarida Kordova xalifaligida
katta siyosiy kuchga ega bo‘lganlar.

.1125 ‫ ص‬2 ‫ نفح الطيب ج‬2

Murobitinlar davlati Magʻribdagi Berber qabilalaridan tashkil topadi.
Berberlardan Yahyo ibn Ibrohim ismli kishi islomni qabul qiladi va Abdulloh ibn Yasin
degan faqihni oʻzlariga Quron va din taʼlimini oʻrgatish uchun olib keladi. Yahyo vafot
qilganida insonlar faqihning oldidan tarqalib ketadilar. Abdulloh ibn Yasin bir-qancha
odamlarni jamlab, Sinigal oroliga ketadi va u yerda ribot1 quradi, shundan keyin ular
murobitinlar deb nomlanadilar. Andalusda Murobotinlar hukmi oltmish yilga yaqin
davom etadi.

Oltinchi bosqich: Muvahhidlar davri;
(524-667h / 1129-1268 m) Muvahhidinlar Muhammad ibn Tumrat boshchiligida
uning hamrohlaridan tashkil topgan Afrikadagi bir guruhning nomi. Bular
Murobitinlarga qarshi jang qiladilar, hatto Marokashga etib kelganlarida Muhammad
ibn Tumrat vafot qiladi. Oʻlimidan oldin yaqin doʻstlaridan biri Abdulmumin ibn
Aliyga amirlikni vasiyat qilib ketadi. Abdulmumin jangni davom ettiradi, Murobitinlar
davlatini yoʻqotib Muvahhidinlar davlatini barpo qiladi. Muvahhidinlar davlati bir yuz
oʻttiz yilga yaqin davom etadi. Muvahhidinlarni Andalusdagi nasroniylar podshohlari
engib, ularni oroldan chiqarishga erishadilar.
Yettinchi bosqich: Banu Ahmar (Garnata) davri.
Muvahhidlar Andalusdan ketganidan soʻng, Tulaytula hokimi Muhammad ibn
Hud koʻplab Andalus shaharlariga, jumladan Balensiya (Valensiya), Mursiya va
Ishbiliyaga (Sevilya) oʻz hokimiyatini yoyishga muvaffaq boʻladi. U nasroniylar
hujumiga qarshi oʻzining kuchi va hokimiyatini bir vosita deb bilar edi. Lekin u oʻz
mulkini yoʻqotmaslik va oʻz mustaqilligini saqlab qolishni afzal koʻrardi. Bu paytda
Andalus xristianlar zulmi ostida azob chekayotgan boʻlib, zaiflik, qashshoqlik hukm
surar edi. “Arjona” qalʼasi yaqinida arab qishlogʻi boʻlib, unda Muhammad ibn Yusuf
ismli bir kishi yashardi. U nasab jihatdan Yamanning al-Ahmar (qizil) urugʻidan edi.
U bu voqelardan taʼsirlanib, xristianlarga qarshi chiqadi. Lekin zaifligi sababli
musulmonlar bilan birlashmaydi. Shunda u butunlay ajralib chiqib, togʻli hududlardagi
qalʼalarni egallay boshlaydi. Nihoyat, “Gharnata” (Garnata, yaʼni hozirgi Granada)
shahrini zabt etadi va bu yerda 1232/1233 yilda oʻz davlatiga asos soldi. Garnatani
poytaxt qiladi va Garnata kuchli poydevorga ega mustahkam davlat boʻladi.
Garnata hozirgi Almeriya va uning yaqin hududlarini oʻz ichiga olgan edi. Ibn
Ahmar bu yerda islomiy tamaddunni tiklashga harakat qiladi. Bu davlat Ahmarlar
davlati deb nomlandi. Bu uchinchi Andalusiy islomiy davlati edi. Davlat keng
hududlarga yoyilib, bir-necha kuchli saltanatlarni oʻz ichiga olgan edi. Banu Ahmar
oʻz davlati va mulkini kuchli devorlar bilan mustahkamlagan edi. Ular xristianlar bilan
doimo urush holatida boʻladilar, lekin Garnata mustaqilligini saqlab qolgan.
Ahmarlar oʻz davrida koʻplab saroylar, mashhur “Alhambra” saroyini barpo
etdilar, bu saroy bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ularning davrida adabiyot
yuksaldi, shoir va yozuvchilardan iborat guruhlar saroyda oʻz ijodlarini namoyish
etdilar. Ularning ayrimlari sultonlarni madhlab, baʼzilari esa ularga nasihat beruvchi
sheʼrlar yozganlar.
Abdulloh ibn Muhammad ibn Muhammad al-Gholi (taxtdan tushirilgan) ularning
oxirgi podshohi edi. U Hijriy 898-yilda, milodiy 1492-yilda vafot etadi, yaʼni fath

1 Ibodat yoki jang qilish uchun tayyorlanadigan joy.

yilidan taxminan sakkiz asr oʻtgach. Ferdinand va Izabella (Kastiliya va Aragon
malikasi) Gʻarnatani egallaydilar va Banu Ahmar qoʻl ostidagi Gʻarnataning soʻnggi
qalʼasini zabt etadilar. Abdulloh Gʻarnata kalitlarini oʻz qoʻli bilan topshiradi. Bu
orqali ispan fathchilariga soʻnggi marta musulmon yerlarining kaliti beriladi.

Tarixchilar aytadilar: bu davrda Andalusda yetti muhim bosqich boʻlib oʻtgan:
Birinchi bosqich: fath va hokimiyat (voliylik) davri;

Ikkinchi bosqich: (Umaviylar davlati) amirlik davri;
Uchinchi bosqich: xalifalik davri;
Toʻrtinchi bosqich: muluk at-tavoif (kichik amirliklar) davri;
Beshinchi bosqich: murabitunlar (Almoravidlar) davri;
Oltinchi bosqich: muvahhidlar davri;
Yettinchi bosqich: Banu al-Ahmar (Garnata) davri.
Ushbu bosqichlarda musulmonlar kuchayib, keyin zaiflashadi, xristianlar esa
avval zaif boʻlib, soʻng kuchga toʻlib, musulmon yerlarini birin-ketin zabt etadilar.
Nihoyat, Andalusda islomiy hukmronlik butunlay tugaydi1.
Bu davrlarning oʻziga xos xususiyatlari bor boʻlib, Ularning har-biri oʻziga xos
xususiyatlarga ega boʻlgan:
Umaviylar davri: bu davr hokimiyat, amirlik va xalifalik davri boʻlib, arab
amirlarining davri edi. Bu davrda islomiy kengayish avjiga chiqdi va Andalus
shaharlari gullab-yashnadi. Bu davrda shaharsozlik yuksaldi va bunyodkorlik ishlari
keng quloch yoydi. Bularning barchasi oʻzining eng yuqori choʻqqisiga erishgan edi.
Bunga oʻsha davrning madaniy yuksalishlari va adabiy taraqqiyoti ham guvohdir.
Keyingi davr — muluk at-tavoif (kichik saltanatlar) davri, Bu davr adabiyotning
gullab-yashnashi, shoir va shoiralarning koʻpligi, adabiy faoliyatning kengayishi bilan
ajralib turadi. Shoirlar ichida mashhur boʻlgani – Ibn Hazm boʻlib, u bu davrda
oʻzining adabiy asarlari va nazariy qarashlari bilan tanilgan edi.
Bu davrda adabiy harakat ancha faollashdi. Xususan, xalq orasida mashhur
boʻlgan xalq ogʻzaki sheʼriyati bu davrda keng tarqaldi va bu borada katta yutuqlarga
erishildi. Shuning uchun bu davr koʻproq xalq ogʻzaki sheʼriyati (poeziyasi) bilan
tanilgan boʻlib, u anʼanaviy sheʼriyatga qarshi turgan.
Murabitlar va Muvahhidlar davrida esa diniy ruh kuchli boʻladi. Ular falsafaga
qarshi chiqishadi. Shuning uchun bu davrda falsafiy adabiyot zaiflashadi va boshqa
yoʻnalishlar oldinga chiqadi.
Ammo Banu Ahmar (Garnata amirligi) davrida esa – bu davr orom, farogʻat,
saroy hayoti va nafislik bilan ajralib turadi. Ichki hayot koʻproq nafislik, neʼmatlar va
saroy adabiyoti bilan toʻla edi. Shoirlar koʻproq naʼtlar, gʻazallar, saroylar va hashamat
haqida yozardilar. Ularning sheʼrlari mushk va anbar hidiga toʻla edi. Bu davrda – alistijno (ayriliq) sheʼriyati ustunlik qila boshlaydi. Bu alohida poetik uslub boʻlib,
musulmonlarning Gʻarbdagi qudratli davri tugab borayotganining alomatidir. Banu
Ahmar davri adabiyoti – Andalus musulmonlarining umumiy ruhiy holatini, ularga
boʻlgan zulmni, umidsizlikni, ajralishni aks ettiradi. Ular ispanlar bosimi ostida oʻz
vatanlarini tark etishga majbur boʻlgan edilar. Bu sheʼriyat va adabiyotda yaqqol aks
etadi. Bu davrda adabiyot – fojia, holsizlik va dardli iztirobni ifodalovchi vositaga

.40 – 17 ‫ محمد عبد الله عنان. نهاية الأندلس. ص‬1

aylandi. Adabiyot orqali ular dardlarini aytgan, yurtlarini yoʻqotganliklarini, diniy va
milliy ajralishni yodga olganlar. Musulmonlarning Ispaniyadagi soʻnggi qarorgohi
1492 yilda Garnataning qulashi bilan nihoyasiga yetdi. Bu bilan islom va arab
sivilizatsiyasi butunlay Ispaniyadan quvib chiqarildi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Javdat Rukkobiy. Andalus adabiyoti. Dorul-maorif – Qohira., 1966.
2. Ahmad Haykal. Andalus adabiyoti. Dorul-maorif – Qohira., 1975.
3. Shavqi Dayf. Arab adabiyoti tarixi. Dorul maorif – Qohira., 1988.
4. Ibrohim Muhammad Abdurohman. Andalus adabiyoti. Saudiya., 2017.