ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sulton Husayn Mirzoning 1470-yildagi harbiy taktikasi

Jo‘rayev Sherzod Norovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

UCHINCHI KENGASH. OʻZBEKISTON TARIXINING DOLZARB
MASALALARI

SULTON HUSAYN MIRZONING 1470 YILDAGI HARBIY TAKTIKASI

https://zenodo.org/records/17732273

Sherzod Joʻrayevб\,
Oriental universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi

ORCID: 0009-0005-7697-0710

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sulton Husayn Mirzoning 1470 yildagi katta
tezlikka asoslangan harbiy taktikasi birinchi marta oʻrganib, tahlil qilib chiqildi. Ushbu
taktikani qayta bajarishga uringan Abo Bakr Mirzo, Badiuzzamon mirzo harkatlari va
ularning yurishlarining magʻlubiyatga uchrash sabablari koʻrib chiqildi. Bobur
Mirzoning Samarqand shahrini olishda ham shu harbiy usuldan foydalanganligi hamda
Bobur mirzo tahlillari oʻrganib chiqilidi.

Kalit soʻzlar: Bobur, Husayn Boyqaro, Abo Bakr Mirzo, Maymana, Foryob,
Xondamir, Yodgor Mirzo, Hirot, Amir Xusravshoh, Sulton Maʼsud Mirzo, Marv,
Murgʻob, Abdurazzoq Samarqandiy.

Abstract. This article examines and analyzes for the first time Sultan Husayn
Mirzaʼs military tactic based on high speed in 1470. It also discusses the attempts of
Abu Bakr Mirza and Badiʼ al-Zaman Mirza to apply this tactic, as well as the reasons
behind the failure of their campaigns. Furthermore, it explores Babur Mirzaʼs use of
the same method in capturing the city of Samarkand and analyzes his reflections on
this strategy.

Keywords: Babur, Husayn Bayqara, Abu Bakr Mirza, Maymana, Faryab,
Khwandamir, Yadgar Mirza, Herat, Amir Khusrawshah, Sultan Masʼud Mirza, Marv,
Murghab, Abdurazzoq Samarqandi.

1469 yilda Sulton Husayn Mirzo Hirot taxtini egallagach, oradan qisqa vaqt
oʻtmasdan Uzun Hasan bilan ziddiyatga boradi, natijada Yodgor mirzoga katta yordam
bergan turkmanlarning aralashuvi bilan Sulton Husayn taxtdan ajralib Marv atrofidagi
arlot qabilalari ichiga chekinadi. 1470 yil 5 iyulda Hirotda Yodgor Muhammad Mirzo
nomiga xutba oʻqiladi. Amir Hasan Shayx Temurni Marv atrofidagi Murgʻob suvi
boʻyiga qoldirib, Yodgor Mirzo Hirot taxtiga bemalol oʻtiradi. Turkmanlar
yoʻlboshchisi Amir Hasanbek qoʻshinlari Hirot atrofida qoladi. Shunday ham tinimsiz
urushlardan xarob boʻlgan aholining ahvoli battar yomonlashadi. Uning ustiga Yodgor
Mirzoning ichkilikka berilganligi, davlat ishlari tashlab qoʻyganligi haqidagi xabarlar
kela boshlaydi. Boburning aytishicha bu xabarlarni Mirali miroxoʻr yetqazib turgan1.

1 Zahiriddin, Muhammad Bobur. Boburnoma. -Hozirgi o’zbek tiliga tabdil qilganlar: Vahob Rahmonov, Karomat
Mullaxo’jayeva.- Toshkent: “O’zbekiston” HMIU, 2019.-440-b. 189-b.

Hasan Shayx Temur murgʻob suvi yoqasini himoyasini tashlab Jarmakon viloyatiga
ketib qoladi.1 Aynan shu holat Sulton Husayn Mirzoga qoʻl keladi. Sulton Husayn
Mirzo Arlot eli orasida turganda Sulton Abusaid Mirzo farzandlari Sulton Mahmud,
Abobakr Mirzo, Mirzo Ulugʻbeklar arlotlar ustiga yurish qiladi. Sulton Husayn ularni
chekintirib qiyin vaziyatda Hirotga ilgʻor qilishga qaror qiladi. Maymana va Faryob
viloyatidan bir kecha-kunduzda katta yoʻl bosib mingga yaqin kishi bilan Hirotga qarab
yuradi.2 1470 yil 21 avgustda Xoja Abdulla Ansoriy mozoriga yetib keladi. Amir Ali
Jaloyir gʻaflatda boʻlib, askarlar tarqalib ketgan edi. Yodgor Mirzo ikkita xodim va
bir xodima bilan koʻshk tomida qoʻlga olinadi. Manbada Abdurazzoq Samarqandiy
shunday keltiradi “ Bu shunday bir voqeadirki, tiriklik varaqlariyu, kecha kunduz
sahifalarida nomdor sultonlar va Jamshid qudratli xoqonlar haqida hech bir yaratilgan
bandaning xush qulogʻi bundayini eshitgan emas va kitoblarda hech bir ziyrak
soʻzamolning koʻzi bunga oʻxshashini koʻrgan emas. Negaki, Mirzo Yodgor
Muhammad dorussaltana Hirotda maqomu orom topgan vaqtda bir necha ming
mukammal yaroq-aslahali badaviy otliqlar ertadan kechgacha unga mulozimlik qilar
edilar, Hirotdan Bogʻdod sarhadigacha ( boʻlgan yerlardan) paydar-pay koʻmak olib
turar edi, mirzo Sulton Husayn oltmish farsang masofadan ilgʻor qilib kelib,andak
odami bilan shunday jasoratli ish qiladi, deb hech kimning xotiri yaqiniga ham
kelmagan edi.”3

Manbaning boshqa bir oʻrnida shunday yozadi:” Yigirma uchinchi safar(21
avgust 1470 ) bomdod namozidan oldin bu xabar barcha ogʻizlarga tushdi, harchand
va har zamon minglab tillarda takrorlanmasin, bu xabar gʻoyat nodirligi tufayli goʻyo
hech kim bovar qilmas edi.” 4

Xondamirni yozishicha bu kutilmagan yurishni amalga oshirish rejasi dastlab
Alisher Navoiy bilan muhokama qilingan, Alisherbek esa bu tadbirni sir saqlashni
qattiq talab qilgan. Maymanadan qoʻzgʻalib, Murgʻobdan oʻtib Boʻkan degan manzilga
toʻxtalganda majlis qilib, ilgʻor tarzda Hirotga yurish rejasi aytiladi.5 Xondamir ham
kutilmaganda bir kecha -kunduzda Hirotga yetib kelinganligini yozadi. Masofa 60
farsax bir farsax 6 km atrofida boʻlganligidan, taxminan 360 km masofa bir kechakunduzda bosib oʻtilgan. Bobo Hokiy langariga toʻxtalganda hech kimni qabul
qilmaydigan bu avliyo oʻzi peshvoz chiqadi, Sulton Husayn mirzoni mehmon qilib,
hatto bir qoʻy, bitta oʻq-yoy tortiq qiladi. Bu askarlarni maʼnaviy ruhlantirgani
shubhasiz.6

Xondamir shunday yozadi:” Bu gʻaroyib xabar va ajoyib hodisa shov-shuvi bir
qismi Bogʻi Nav bogʻida, yana bir boʻlagi esa Zubayda bogʻida istiqomat qilib oʻtirgan
turkman amirlari qulogʻiga yetgach, oʻsha kechasiyoq ayanch jilovini yoʻl
koʻrsatuvchilik qoʻli bilan qochish yoʻliga toʻgʻrilab “ Oʻsha jamoat yengilib,ortlariga

1 Абдураззоқ Самарқандий МАТЛАИ САЪДАЙН ВА МАЖМАИ БАҲРАЙН. II ЖИЛД иккинчи қисм. Т. “
O’zbekiston”, 2008 y. 660-b.
2 Xondamirda 850 kishi keltiriladi.
3 Абдураззоқ Самарқандий МАТЛАИ САЪДАЙН ВА МАЖМАИ БАҲРАЙН. II ЖИЛД иккинчи қисм. Т. “
O’zbekiston”, 2008 y. 664-b.
4 O’sha asar 665-b.
5 Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир Ҳабиб ус -сийар фи ахбори афроди башар. Тошкент “O’zbekiston” 2013.
730-бет.
6 O’sha asar 731-b.

qarab qochib qolurlar”( Qurʼoni karim, Qamar surasi, 45-oyat) mazmuni ular holining
vasfi boʻldi.”1

Sulton Abusaid Mirzoning oʻgʻli Abo Bakr Mirzo Sulton Husayn bilan aloqa
bogʻlaydi. Badaxshondan kelib Sulton Husayn oilasidan bir qizga oʻylanib
qarindoshlik va doʻstlik aloqalarini bogʻlashga kirishadi. Badaxshonda turgan Abo
Bakr Mirzo Hisori Shodmonga Sulton Maxmud mulklariga koʻz olaytiradi, natija
chiqara olmagach, Xurosonga yurish qiladi. Bu shahzoda Bayrambek Turkman, Pir Ali
Turkman va boshqa amirlar va qoʻshin ahli bilan maslahatlashib Sulton Husaynning
harbiy taktikasini takrorlashga va oʻziga qarshi ishlatishga harakat qiladi. Xondamir
shunday yozadi; “ Barchasining oʻy-fikridagi xayol xuddi mansur xoqon Maymana va
Foryobdan ilgʻor solib kelib, Yodgor Muhammad Mirzoni oʻlim kamandiga ilintirgani
kabi ular ham hazrat xoqonni ushlab olish va qoʻlga kiritish panjasi bilan ranju azob
bandiga mubtalo qilish boʻldi. Ammo yirtqich yoʻlbars notavon tilkining hiylasi bilan
tuzoqqa tusha qolmasligini bilmadilar”2. Aynan bu paytda Sulton Husayn qasal
boʻlganligi va uning oldida 500 askar borligini Abo Bakr Mirzo bilar va bu gʻalaba
keltiradi deb ishonardi. Kasal boʻlishiga qaramasdan 500 askar bilan mahofada askarlar
koʻtarib olgan Sulton Husayn yoʻlga tushadi. Isfizor qasabasiga yetganda, Sulton
Husayn xodimlaridan biri Jon Ahmad Choʻli oʻz mulklaridan xabar olish maqsadida
Hirotdan tashqariga chiqadi va Abo Bakr Mirzo askarlari tomonidan qoʻlga olinadi.
Shahzoda oldiga olib borilgan Jon Ahmad Sulton Husayn Hirot shahri atrofida oʻnoʻn besh ming kishi bilan pistirma qoʻyib, sizni kutib turibdi, Sulton Abusaid
Mirzoning yaxshiliklari hurmati oldingizga keldim deydi. Abo Bakr Mirzo bu xabarga
toʻliq ishonib Xof va Baxarz tarafga yura boshlaydi, Hirotga yurish rejasidan qaytadi.
Aslida Jon Ahmad hiylasi Sulton Husaynni saqlab qoladi. Abo Bakr Mirzodan ajralgan
Jon Ahmad voqeani Sulton Husayn Mirzoga aytgach uning orqasidan quvishga
tushadilar. Abo Bakr Mirzo Astrobodga qarab qochadi yoʻlda har manzilda askarlari
qochib keta boshlaydi, koʻplari Sulton Husayn qoʻshiniga kelib qoʻshilaveradi. Taʼqib
kuchaygach, orada bir chaqirim masofa qoladi. Abo Bakr Mirzo Gurgon daryosidan
oʻtib, charchoq va yomgʻir koʻpligidan daryodan oʻtiboq dam olishga tushadi. Husayn
Mirzo tunda dam olishdan tiyilib tong mahali Gurgon daryosidan oʻtib, uxlab yotgan
Abo Bakr Mirzo askarlari ustiga tashlanadilar. Abo Bakr Mirzo bosqindan qochib
chiqadi, orqadan quvlab keladiganlardan oʻzib ketadi, yaqinlashib kelgan Amir
Haydarni yakkama -yakka olishuvda yengib oʻsha atrofdagi mahalladan bir kishining
oʻyiga kiradi. Oʻy egasidan qutilib ketish uchun ot soʻraydi, oʻy egasi xizmatga bir
necha kishini qoʻyib, shahzodani Sulto n Husaynga katta sovgʻa ilinjida sotadi. Qanbar
Ali Jallod bir necha kishi bilan borib Abo Bakr Mirzoni oʻldirishadi, soʻngra oʻz oʻyiga
tushirib sotqinlik qilgan qishloq kishisini ham uning ketidan joʻnatadilar. Bu voqea
1479 yilda boʻlib oʻtadi. Buni qarangki Sulton Husaynning oʻsha mashhur tezlikka
asoslangan taktikasi oradan 9 yil oʻtib Abo Bakr Mirzo tomonidan takrorlanadi. Abo
Bakr Mirzoning Sulton Husayn Miroz odamlari orasida aygʻoqchilari yoʻqligi, Jon
Ahmadga ishonganligi rejani yoʻqqa chiqaradi. Abo Bakr Mirzo Husayn Mirzo
taktikasini toʻliq oʻrganib chiqmaganligi shunda koʻrinadiki podsho dushmandan

1 O’sha asar 734-b.
2 Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир Ҳабиб ус -сийар фи ахбори афроди башар. Тошкент “O’zbekiston” 2013.
767-бет.

qochganda doim oʻta xafsiz boʻlmaguncha tinimsiz qochgan, Abo Bakr Mirzo orada
bir chaqirim masofa boʻlsada daryodan oʻtib uxlashga tushadi. Sulton Husayn
Astrobodda Abusaiddan qochganda yomgʻir loy boʻlishiga qaramasdan qochishga
tushadi, Abusaid taʼqibidan bir necha bor chidam va matonat evaziga qutilib ketadi.

Ikkinchi holat 1498 yilda yuz beradi. Sulton Husayn Mirzoning tezkorlikka
asoslangan taktikasini oʻgʻli Badiuzzamon Mirzo takrorlamoqchi boʻladi.Nishin
tekisligida Xoja Nizomulmulk va uning oʻgʻillarini musodaraai bilan band boʻlib
turganda askarlarning bir qismi Astrobodga ketganligi qolganlari tarqalib ketganligi
haqida Garmser viloyatida turgan Badiuzzamon Mirzo va Amir Zunnun Argʻunga
maʼlum boʻladi. Xondamir shunday yozadi: “ Ular fursatni gʻanimat bilib, uch-toʻrt
ming xanjar urar, nayza sanchar otliq bilan qutlugʻ oʻrdu sari ilgʻor solmoq va
kutilmaganda zafar alomatli lashkar ustiga bostirib borib, jasurlik va mardonalik qoʻli
bilan fathu gʻalaba eshiklarini ochmoqqa qaror qildilar. Shu qaror bilan oy yurishli
otlarga oʻtirib va doimo kezuvchi falak singari biror lahza yurishdan toʻxtamay, besholti kun ichida Sabzavor shahri atrofiga yetib oldilar.”1

Sulton Husayn Mirzo bu xabarni eshitgach tashvishga tushadi va Hirotga elchi
joʻnatib askarlardan Hirotda borini toʻplab yuborish haqida boʻyruq beradi. Amir
Alisher shaxsan oʻzi askar toʻplashga kirishadi. Sulton Badiuzzamon Miro ham katta
tezlikda Isfizor qalʼasigacha keladi va koʻzi oʻyquga ketadi. Aynan shu holat katta
yutqazish boʻladi. Chunki shu kuni Astrobodga ketgan katta qoʻshin Amir Muhammad
Valibek, Amir Umarbek va Bobo Ali boshchiligida Astroboddan qaytib keladi. Amir
Xusravshoh isyoni tufayli Sulton Maʼsud Mirzo besh yuz janchisi bilan Sulton Husayn
oʻrdasiga kutilmaganda kelib qoladi. Oʻyqudan turgan Sulton Badiuzzamon va amirlari
lashkargohga kelib katta qoʻshinni koʻrib taʼjjubga tushadilar. Sulton Badiuzzamon
Mirzo askarlari yengilib zoʻrgʻa qochib qutiladilar. Amir Shujobek ham qochib qoladi.
Bu voqea 1498 yil 15 iyunda boʻlganligi haqida maʼlumot beriladi.

Bobur Mirzo ham 1500 yilda 240 kishi bilan xuddi shu taktikani amalga oshiradi.
U Samarqandni egallagandan soʻng Boburnomada Sulton Husayn taktikasining barcha
jihatlarini tahlil qiladi. Bobur Mirzo Samarqand shahriga bildirmasdan hujum qilib
kiradi va shaharni egallaydi. Bu qilgan ishini Sulton Husaynni Yodgor mirzo ustiga
bildirmasdan kelib 850 kishisi bilan katta qoʻshin orasiga kelib Hirotni olgan voqeasiga
qiyoslaydi. Boburnomada qoʻyidagicha tahlil qilinadi; “ Sulton Husayn mirzo ham
Hirotni ushbu yoʻsinda yov gʻofilligida olgan ekan. Lekin ish biladigan ravshan va
insofli kishi nazarida ayondirki, bu voqea bilan u hodisa orasida koʻp farq bordir. Avval
buki, Sulton Husayn mirzo koʻp ish koʻrgan, koʻp tajribalar kechirgan ulugʻ yoshli
podshoh edi.. Ikkinchisi buki, gʻanimi Yodgor Muhammad Nosir mirzo-on yetti-oʻn
sakkiz yoshli tajribasiz oʻgʻlon edi. Uchinchisi buki, gʻanimning ichidan qayfiyat va
holatni bilgan kishi Mirali miroxoʻr Husayn mirzoga kishilar yuborib, uni gʻanim
gʻofil paytda dushman ustiga keltirdi. Toʻrtinchidan dushman qoʻrgʻonda emas, Bogʻi
Zogʻonda edi. Sulton Husayn mirzo Hirotni olgan paytda Yodgor Muhammad mirzo
va yaqinlari shunday ichkilikka tushgan edilarki, oʻsha kecha Yodgor Muhammad

1 Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир Ҳабиб ус -сийар фи ахбори афроди башар. Тошкент “O’zbekiston” 2013.
864-бет.

mirzoning eshigida uch kishi boʻlib, oʻzi ham, ular ham mast edilar. Beshinchidan,
Sulton Husayn mirzo oʻshanda gʻanim gʻofilligida keldi va uni qoʻlga oldi.

Men Samarqandni olganimda oʻn toʻqqiz yoshda edim. Na koʻp ish koʻrib edim,
na tajribam bor edi. Ikkinchisi buki, mening gʻanimim Shayboqxondek tajribali, koʻp
ish koʻrgan va ulugʻ yoshli kishi edi. Uchinchisi buki, bizga Samarqanddan hech kim
koʻmakka kelmasdi. Agarchi shahar xalqi menga nisbatan koʻngillik boʻlsalar-da,
biroq Shayboqxonning qoʻrqinchidan hech kishi bu hayolni qila olmas edi. Toʻrtinchisi
buki, mening gʻanimim qoʻrgʻonda edi: ham qoʻrgʻon olindi, ham gʻanim qochirildi.
Beshinchisi buki, bir martaba Samarqandni olish maqsadida kelib, gʻanimga sezdirib
qoʻyib, ikkinchi martaba kelganda Tangri ishimni toʻgʻriladi: Samarqand olindi.1

Yurtimiz tarixida koʻplab sarkardalar oʻtgan, ularning harbiy salohiyati yetarlicha
oʻrganilmagan. Sulton Husayn Mirzo kabi yuzlab sarkardalarning jang qilish usullari,
harbiy harakatlarda ishlatgan yangi taktikalarini oʻrganish bugunki kunda tarix fani
oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Zahiriddin, Muhammad Bobur. Boburnoma. -Hozirgi oʻzbek tiliga tabdil
qilganlar: Vahob Rahmonov, Karomat Mullaxoʻjayeva.- Toshkent: “Oʻzbekiston”
HMIU, 2019.-440-b. 189-b
2. Восифий, Зайниддин Маҳмуд. Бадоеъул вақоеъ – Нодир воқеалар. /
Форсийдан Н.Норқулов таржимаси. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. –
216 б.
3. Абдураззоқ Самарқандий. Матлаи саъдайн ва мажмаи баҳрайн / Форс
тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи А.Ўринбоев. Ж. II. Қ. II‐III. 1429‐1470 йил
воқеалари. – Т. : «Oʻzbekiston». 2008. – 832 б.
4. Хондамир Ғиёсиддин бин Ҳумомиддин. Буюклик хислати: «Ҳабиб уссиғар фи ахбори афроди башар» китобининг Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳаёти
ҳақидаги боблари. / Форс тилидан таржима, кириш сўзи ва изоҳлар муаллифи И.
Бекжонов. – Т.: «Sharq», 2011. ‐ 304 б.

1 Zahiriddin, Muhammad Bobur. Boburnoma. -Hozirgi o’zbek tiliga tabdil qilganlar: Vahob Rahmonov, Karomat
Mullaxo’jayeva.- Toshkent: “O’zbekiston” HMIU, 2019.-440-b. 94-b.