SOVET ITTIFOQIDA DIN SIYOSATI
(Islom dini misolida)
https://zenodo.org/records/17732315
Azamat Sharipov,
Oriental Universiteti katta oʻqituvchisi
tarixiypochta@gmail.com
ORCID: 0000-0001-5863-6659
Annotatsiya. Maqolada Sovet Ittifoqi din siyosati doirasida Islom diniga erkinlik
berilishi va musulmonlarning diniy faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi tarixi va
kommunistlarning din borasidagi siyosatiga baho berilgan. Shuningdek, Oʻrta Osiyo
va Qozogʻiston musulmonlarining Diniy boshqarmasi faoliyati haqida xorijlik
mualliflarning ham qisqacha tahlili keltirilgan.
Kalit soʻzlar: NKVD, SDUM, SADUM, F. Ruzvelt, Stalin, Eshon Boboxon,
muftiyat, qoziyat, jihod.
Annotation. "The article discusses the history of granting freedom to Islam within
the framework of the Soviet Unionʼs religious policy and the establishment of Muslim
religious activities, as well as evaluates the communist approach toward religion. It
also provides a brief analysis of foreign authorsʼ views on the activities of the Spiritual
Administration of Muslims of Central Asia and Kazakhstan."
Keywords: NKVD, SDUM, SADUM, F. Roosevelt, Stalin, Eshan Bobokhon,
Muftiate, Qadiate, Jihad.
Sovet hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, 1923-yilda NKVD tomonidan Butun
SSSR Musulmonlar diniy boshqarmasi (SDUM) faoliyatiga ruxsat beriladi.
Boshqarma oʻz faoliyatini Ufa shahridan turib muvofiqlashtirar edi. Boshqarma
tarkibiga Kavkaz, Qrim va Turkiston hududlari kiritilmagan. Qozogʻiston esa bu
boshqarma tararrufiga kirgan edi.
Dastlabki yillarda bolsheviklar hokimiyati dindorlikkar qarshi kurashish yoʻlida
“Xudosiz” nomli jurnali orqali ateizmni keng targʻib qila boshlagan edi. Dastlab
provaslav eʼtiqodidagilar taʼqibga uchradi. Cherkov mulki musodara qilinib, talontaroj qilindi. Oʻrta Osiyoda bolsheviklar jadidlarga tayangan holda dindorlarga qarshi
kurashishga harakat qildi. Musulmonlar qoloq bir qatlam sifatida koʻrila boshlandi.
Tahminiy maʼlumotlarga koʻra, 14.000 dan ortiq musulmon ulamolari qatagʻon
qilingan va taʼqibga olingan. Shunday boʻlsa-da, baʼzi ulamolar jon saqlab qolishga
erishgan.
II-Jahon urushi davrida Sovet davlati urushni olib borish uchun zaruriy yordamni
AQShdan lendliz orqali olar edi. Albatta shunday kelishuvlardan birida AQSh
prezidenti F.Ruzvelt Stalindan SSSRda diniy erkinlik berish masalasini qoʻygan edi1.
Rossiya imperiyasi qulagandan soʻng, provaslav cherkov vakillari, yahudiy
1 https://www.susanbutler.org/roosevelt_and_stalin__portrait_of_a_partnership_126427.htm
sinagogiyasi ruhoniylari AQShga immigratsiya qilishlariga toʻgʻri kelgan.
Ibodatxonalar va ularning mulki musodara qilingan. Ruzvelt aynan musodara qilingan
ibodatxonalarni faoliyatini qayta tashkil etilishiga ruxsat berilishini soʻragan1. Stalin
buyrugʻi bilan diniy erkinlik berildi. Bunday vaziyatda boshqa din vakillari faoliyatini
qayta boshlashga ruxsat berilayotganligidan xabardor oʻzbekistonlik ulamo Eshon
Boboxon ibn Abdumajidxon Moskvaga borib shaxsan Stalindan masjidlar ochilishi
uchun ruxsat soʻragan. Aksar masjid binolari xoʻjalik maqsadlarida, sanoat ishlab
chiqarish korxonalari va uning omborlari joylashtirtilganligi uchun diniy maqsadda
qayta foydalanishlari uchun dindorlarga qaytarilmagan. Shunday boʻlsa-da, boshqa
yopilgan masjid mulklari qayta ochilishiga erishildi. Stalinning yagona talabi
musulmonlarning xalqni urush safarbarligiga va gʻalabaga amaliy yordam berishlari
kerak edi.
1943-yil 31-iyulda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston
musulmonlarining Diniy boshqarmasi tashkil etildi. Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon
muftiy etib saylandi.
1-rasm. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlarining Diniy boshqarmasi birinchi
taʼsis qurultoyi
Ulugʻ Vatan urushi kulminatsion nuqtasiga chiqqan bir paytda, 1943-yil oktyabr
oyida Oʻrta Osiyoning koʻzga koʻringan musulmon ulamolari Toshkentda qurultoyga
yigʻilib, fashizmga qarshi “jihod” eʼlon qilishganligini bildirishdi. Aynan shu
qurultoyda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tuzilgan edi.
1945-yilda butun ittifoqning koʻzga koʻringan ulamolari ilk bor haj ziyoratini
amalda oshirdilar. Saudiyada ularmolar qirol Abdul Aziz bin Sauddan ittifoq
musulmonlarining haj ziyorati uchun ruxsat oldi. 1953-yilda sovetlar uzoq yillardan
soʻng, haj ziyoratiga borishga ruxsat berdi.
1 Khodun, Eduard (2025) "Religious Freedom in the USSR After the Russian Orthodox Church Restoration in September
1943: US Viewpoint," Occasional Papers on Religion in Eastern Europe: Vol. 45 : Iss. 4 , Article 5.
DOI: https://doi.org/10.55221/2693-2229.2628
Dastlabki yillarda SADUM ni SSSRning Diniy ibodat ishlari Kengashi (1943-
1965) va keyinchalik Din ishlari boʻyicha Kengashi (1965-1991) kabi davlat idoralari
Sovet Ittifoqi hududida diniy faoliyat va diniy hayotni nazorat qilgan edi. Hukumat
idorani moliyaviy taʼminotini boʻyniga olmagan boʻlsa-da, asosiy byudjet tushumi
hayr-ehsonlardan va fitr sadaqalari, ziyoratgohlardan keladigan yigʻinlardan
shakllangan.
Tarixchi Eren Tashar oʻzining “Soviet and Muslim: The Institutionalization of
Islam in Central Asia. 1943-19911” kitobida SADUM faoliyatini oʻrgangan va Sovet
Ittifoqida din siyosatiga baho bergan. E.Tashar fikricha, 2-jahon urushidan keyin islom
dini institutsional tarkibi shakllangan va bir tomondan musulmonlarni amaliy
faoliyatini kengayishida katta rol oʻynagan boʻlsa, ikkinchi tomondan diniy
mafkuraning kuchayishini oldini olgan. E.Tashar boshqa muallif Aleksandr
Bennigsonni sovetlarning ateistik siyosati va musulmonlarning diskriminatsiyasini
aksil-diniy manbalarga tayanib yoritishini tanqid qiladi. E.Tashar tadqiqotida Oʻrta
Osiyoda sovetlar musulmonlarga nisbatan aniq bir qatʼiy siyosat yuritmaganligini, oz
boʻlsa-da erkinlik boʻlganligini yozadi. Yana bir tarixchi Yakov Royning “Islam in the
Soviet Union: From Second World War to Gorbachev2” kitobida islom dini boʻyicha
tor doiradagi qarashlarini bayon etgan boʻlsa-da, sovet davri din siyosatini ochib
bergan. Bir necha tadqiqotlarda ittifoq davrida diniy idora faoliyatiga qiyin sharoitda,
kuchli mafkuraviy tazyiqlar fonida yuz berganligi yozilgan va idora faoliyati ijobiy
baho berilgan.
Nikita Xrushchyov davrida din qarshi kurash kompaniyasi davrida muftiyat
davlat siyosatini oddiy xalq orasida dindagi hurofotlar va yangiliklarga qarshi kurash
sifatida koʻrsatishga harakat qilgan. Muftiyat moddiy taʼminoti kamaytirilgan boʻlsa
ham oʻz faoliyatini yurita olgan. Xrushchyov va Brejnev davrida sovet hukumati Oʻrta
Osiyo musulmonlariga kommunizm ijobiy oʻzgarishlarni berdi deb namuna sifatida
muftiyatdan foydalandi va boshqa musulmon va arab davlatlari bilan xalqaro
munosabatlarida foydalandi. Xalqaro munosabatlarda diniy idora muftiylari xorij
safarlarida ittifoq delegatsiyasiga hamrohlik qilgan.
Maʼlumot oʻrnida keltiradigan boʻlsak, diniy taʼlim masalasida 1946-yilda SSSR
hududida ilk madrasa Buxoro shahrida “Mir Arab” faoliyatini boshladi. 1971-yilda
Toshkentda “Imom al-Buxoriy” nomidagi islom instituti faoliyatini boshladi.
Butunittifoq hududida Toshkent shahri islom markazi sifatida Ufa shahri oʻrnini
egalladi. Butuun ittifoq hududidan islom dini taʼlimoti bilimlarini egallash uchun
Oʻzbekiston hududiga toliblar tashrif buyurishgan.
Diniy idora yangiliklari va fatvolar matni tarqalishi uchun 1968-yilda Ittifoq
hududida ilk bor “Sovet sharqi musulmonlari” jurnali chop etilish boshlangan.
“Perestroyka” (qayta qurish) davrida diniy idora faoliyati demokratik toʻlqinlar
fonida erkinroq faoliyat olib borgan. Boshqa respublikalar qoziyatlari faoliyati
erkinlasha boshlagan va mustaqil qarorlar chiqara boshlagan. Masjidlar ochila
boshlangan3.
1 https://api.pageplace.de/preview/DT0400.9780190652111_A35486534/preview-9780190652111_A35486534.pdf
2 https://www.h-net.org/reviews/showpdf.php?id=7751
3 https://islamology.ru/content/%D1%81%D0%B0%D0%B4%D1%83%D0%BC/
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://www.susanbutler.org/roosevelt_and_stalin__portrait_of_a_partnership
_126427.htm
2. Khodun, Eduard (2025) “Religious Freedom in the USSR After the Russian
Orthodox Church Restoration in September 1943: US Viewpoint,” Occasional Papers
on Religion in Eastern Europe: Vol. 45 : Iss. 4 , Article 5. DOI:
https://doi.org/10.55221/2693-2229.2628
3. https://api.pageplace.de/preview/DT0400.9780190652111_A35486534/previe
w-9780190652111_A35486534.pdf
4. https://www.h-net.org/reviews/showpdf.php?id=7751
5. https://islamology.ru/content/%D1%81%D0%B0%D0%B4%D1%83%D0%B
C/