POYKAND-ZARAFSHON VOHASINING UNUTILGAN DURDONASI
https://zenodo.org/records/17732327
Rustam Kabulov,
Oriental universiteti katta oʻqituvchi
rustamkabulov759@gmail.com
ORCID: 0009-0005-0108-0887
Annotatsiya. Ushbu maqolada Zarafshon daryosining quyi oqimida, bugungi
Buxoro vohasida, Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Poykand shahri haqida ayrim
maʼlumotlar beriladi. “Buxoro darvozasi”, “savdogarlar shahri” deya taʼrif berilgan
ushbu shaharda asosan sugʻdlar istiqomat qilgan va savdoda muhium ahamiyatga ega
boʻlgan.
Kalit soʻzlar: Poykand, at-Tabariy, Ibn al-Xurdodbek, Ibn Faqih, Narshaxiy,
Tabariy, Qutayba, Vamberi, savdogarlar shahri, boy shahar, sugʻdlar shahri.
Annotation. This article provides some information about the city of Poykand,
located on the Great Silk Road, in the lower reaches of the Zarafshan River, in the
present-day Bukhara oasis. Described as the "gateway to Bukhara" and "city of
merchants," this city was inhabited mainly by Sogdians and played an important role
in trade.
Keywords: Poykand, at-Tabari, Ibn al-Khurdadbek, Ibn Faqih, Narshahi, Tabari,
Qutayba, Vamberi, city of merchants, rich city, city of the Sogdians.
Markaziy Osiyo hududida qadimdan shakllangan shahar madaniyati jahon
sivilizatsiyasi tarixida alohida oʻrin tutadi. Buyuk ipak yoʻlining ustida joylashgan,
Buxoro vohasi hududidagi Poykand qadimiy shahar harobalari bugungi kunda nafaqat
Oʻzbekiston, balki butun Sharq tarixining eng muhim yodgorliklaridan biri sifatida
qaraladi. Uning geografik joylashuvi, siyosiy hamda iqtisodiy roli, madaniy qatlamlari
va arxeologik topilmalari tarixiy jarayonlarni chuqur oʻrganishda muhim ilmiy manba
boʻlib xizmat qilmoqda.
Poykand nomi tarixiy manbalarda turli shakllarda uchraydi. Xitoy tarixchilati
“Pati-yan”, arab tarixchilari at-Tabariy, Ibn al-Xurdodbek va Ibn Faqihlar “Madinat attujjor”-savdogarlar shahri deya taʼriflaganlar. Oʻrta asr yozma manbalarida esa shahar
Boykand, Xitoy solnomalarida Bi nomlari bilan yuritilgan. Baʼzi tadqiqotchilar uning
nomi forscha “pay” (oyoq) va “kand” (shahar) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib,
“chekka shaharyoki “yoʻl ustidagi shahar” degan maʼnolarni anglatadi. Bu shahar
Xorazm, Xuroson va Eron tomondan Buxoroga kirish eshiklaridan biri sifatida
joylashganini hisobga olsak, bu izoh tarixiy jihatdan asosli koʻrinadi. Zarafshon
daryosining quyi oqimida jpylashganini hisobga olsak, shaharni “quyi shahar” deya
tarif berilganini tushunish mumkin.
Poykandning dastlabki shakllanishi haqida turli qarashlar mavjud. Ayrim
tadqiqotchilar shahar negizini miloddan avvalgi VI–III asrlarga taalluqli deb biladilar.
Bu davrda Zarafshon daryosining quyi oqimida sugʻorma dehqonchilik va
206
hunarmandchilik asosida kichik manzilgohlar paydo boʻlgan. Keyinchalik ular yirik
savdo-shahar markaziga aylangan.
Buxorodan qadimiyroq hisoblangan Poykand tabiiy tepalik ustiga qurilgan boʻlib,
undagi ark qoʻrgʻoni -kvadrat, 90 x 90 mertlik shaklida qurilgan. Shahar tuzilishida
qalʼa (ark), shahriston va rabod qismlari ajratiladi. Bu tipologiya Markaziy Osiyo
shaharlari uchun xos boʻlib, Poykand ham umumiy madaniy anʼana doirasida
rivojlanganini koʻrsatadi.
Bu qadimiy-tarixiy shahar haqida xalq orasida turli-tuman rivoyatlar mavjud
boʻlib, ulardan eng mashhuri - Firdavsiyning “Shoxnoma” dostonida Kayhusrav
Poykandda olov ibodatxonasini qurib, uning devorida zardushtiylikning muqaddas
kitobi “Avesto” ni zarhal harflar bilan yozdirganligi haqidagi afsonadir.
Poykand qadimgi Sugʻdiyona hududiga kirgan boʻlib uning ravnaqi bevosita
uning geografik joylashuvi bilan bogʻliq. Shahar Buyuk Ipak yoʻlining muhim
nuqtalaridan biri boʻlib, Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarda
vositachi vazifasini bajargan. Poykand savdogarlar shahri nomi bilan yuritilishiga
sabab, birinchidan, Narshaxiyning yozishicha, Shahar aholisining aksariyati savdogar
boʻlib, ular Xitoy va dengiz boʻyi mamlakatlari aholisi bilan savdo qilganlar va juda
badavlat boʻlgan. Ikkinchidan shahar atrofidan 20 dan ortiq karvonsaroy qoldiqlari
topilgan. Poykand savdoda juda muhim oʻrin tutgan va katta mavqega ega boʻlgan.
Tabariy yozishicha, arablar yani Qutaybaning Poykandga bosqini arafasida
shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar, hatto eritilgan oltin-kumush va
anjomlar va butlarning tosh qolipidan 150 ming misqol miqdorda yombi ajratib
olingan. Bu haqida venger shaqshunosi
Xerman Vamberi oʻzining “Buxoro yohud Movorounnahr tarixi” kitobida
toʻliqroq maʼlumot keltiriladi: “…bu shaharda arablar behisob oʻlja boylikni qoʻlga
kiritgan edilar. Masalan, bir butxonada 40 ming dirham ogʻirlikdagi sof oltindan
ishlangan sanamlar boʻlib, bittasining koʻzlari oʻrnida kaptar tuxumidek ikkita inju bor
edi. Qutayba bularni oʻljaning bir qismi bilan birga Xajjojga yuboradi”.
VIII asrning boshlarida arab lashkarlari Movarounnahrga bostirib kirgan davrda
Poykand qattiq qarshilik koʻrsatgan. Tarixiy manbalarda shahar aholisi arab
qoʻshinlariga qarshi bir necha bor jang qilgani qayd etiladi.
Bosqinlardan soʻng Poykand yana tiklanadi, biroq asta-sekin siyosiy markaz
sifatidagi mavqeini yoʻqotib, Buxoro shahrining siyosiy hukmronligi ostiga oʻtadi. IX–
X asrlarda u hunarmandchilik va savdo markazi sifatida faoliyat yuritgan.
Buyuk ipak yoʻli ustida joylashgan, bir zamonlar madaniyat va sanʼat,
meʼmorchilik, hunarmandchilik va savdo rivojlanib, gullab yashnagan qadimiy
Poykand shahri keyinchalik suvning yetib bormasligi va qurgʻoqchilik tufayli
inqirozga uchrab XI–XII asrlarda xarobaga aylanadi. Ayrim manbalarda hattoki,
Temuriylar davrida ham bu yerda kichik bir shahar boʻlganligi yozib qoldirilgan. Ilk
sivilizatsiya oʻchoqlaridan biri boʻlgan Poykand shahrining qadimda shunchalik
darajada yuksak taraqqiy topganligi ajdodlarimizning nechogʻlik yuksak va
mukammal ilm-fan egalari boʻlganligidan dalolat beradi.
Poykand harobalarida XX asrdan boshlab keng koʻlamli arxeologik izlanishlar
olib borildi. Bu yerdan: sopol buyumlar, shisha idishlar, metall buyumlar va tangalari,
ibodatxona qoldiqlari, mudofaa devorlari va minoralar topilgan.
207
Bugungi kunda Poykand xarobalari qisman qumlar ostida qolgan boʻlsa-da, u
ilmiy izlanishlar, sayyohlik va madaniy merosni asrash nuqtai nazaridan muhim
obʼyekt hisoblanadi.
Poykand yodgorligi Oʻzbekiston Respublikasi milliy madaniy merosi roʻyxatiga
kiritilgan va UNESCOning Butunjahon merosi nomzodlari orasida koʻrib chiqilmoqda.
Poykand tarixi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining rivojlanish bosqichlarini
yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. U qadimiy shaharsozlik anʼanalari, xalqaro
savdo yoʻllaridagi mavqei, diniy-madaniy jarayonlar hamda arxeologik topilmalari
bilan ilmiy tadqiqotlar uchun boy material manbaidir. Bugungi kunda Poykand nafaqat
tarixchilar va arxeologlar, balki keng jamoatchilik uchun ham ajralmas madaniy meros
sifatida qadrlanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бартолд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Москва, 1963.
2. Вамбери Х. “Бухоро ёҳуд Мовороуннаҳр тарихи”. Тошкент, 1990.
3. Асқаров, А. Ўзбекистон қадимги шаҳарлари. Тошкент: Фан, 1985.
4. Сагдуллаев А. Ўзбекистон тарихи қадимги даврлардан ХI асргача.
Тошкент, 2001.
5. Uzbekistan.travel: “The settlement of Paykend – Pompeii of Asia”
6. Wikipedia sahifalari: “Paykend” (inglizcha va oʻzbekcha).
7. Turkestan Travel, Discover Uzbekistan va Central Asia Guide materiallari.
208