TEMURIYLAR DAVRIDA ERONNING GEOSIYOSIY OʻRNI
https://zenodo.org/records/17732343
Qoʻchqarov Temirbek Baxromjon oʻgʻli,
Oriental universiteti katta oʻqituvchisi
Annotatsiya. Maqolada Eron mintaqasining nafaqat strategik va iqtisodiy, balki
madaniy va siyosiy jihatdan ham Temuriylar davlati uchun alohida ahamiyatga ega
boʻlgan geosiyosiy markaz sifatidagi oʻrni oʻsha davr tarixiy manbalarida berilgan
qimmatli maʼlumotlarga tayanib asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar: Amir Temur, E.Bjezinskiy, Chingizxon, Fors, konfutsiylik,
assimilatsiya, Elxoniylar, Chigʻatoyzoda, Markaziy Osiyo, farsax, diplomatiya.
Abstract. The article substantiates the role of the Iranian region as a geostrategic
center of crucial importance for the Timurid state, not only in strategic and economic
terms but also culturally and politically. This is supported by valuable information
drawn from historical sources of that period.
Keywords: Amir Temur, Zbigniew Brzezinski, Genghis Khan, Persia,
Confucianism, assimilation, Ilkhanate, Chagatai, Central Asia, farsakh, diplomacy.
Amir Temur saltanati diplomatiyasi tarixi oʻzbek diplomatiyasi tarixining
choʻqqilaridan birini tashkil etadi. U nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon tarixida ham
katta oʻrin tutadi.
Amir Temur diplomatiyasi Yevroosiyo mintaqasini birlashtiruvchi muhim kuch
rolini bajarishi bilan birga, ana shu xalqlarning tinchlik-farovonligi, savdo-iqtisodiy
munosabatlarning gurkirab rivojlanishiga muhim taʼsir koʻrsatdi. Ilgari gavjum
boʻlgan, lekin keyingi bir yarim asr davomidagi biqiqlik tufayli hayot nurlari soʻna
boshlagan shaharlar diplomatik harakatlar tufayli qayta rivojlana boshladi, ularda
hayot qaynadi, davlatlar va millatlar oʻrtasidagi muhim koʻprik oʻrnatildi.
Amir Temur davlatida diplomatik qonun-qoidalar oʻz davri taomiliga muvofiq
olib borilgan. U davlat ishlari, xususan, diplomatik ishlarni ham dinu shariat asosida,
oʻz davrida mavjud boʻlgan toʻra va tuzukka solib, saltanatning martabayu maqomini
saqlab turgan.
Amerikalik siyosatshunos E.Bjezinskiy oʻz asarida “…moʻgʻul hukmdorlari
bosib olgan hududlarida asta-sekin assimilatsiya jarayoni kuchayib, uch mintaqada –
imperiyaning Xitoy qismidagi Chingizxonning nabiralari konfutsiylikni joʻshqin
targʻibotchisiga aylangani, yana biri Fors sultoni sifatida dindor musulmon, uchinchisi
esa Oʻrta Osiyoning madaniylashgan forsiy hukmdori boʻldi. Hukmron siyosiy
madaniyat yoʻqligi, hukmdorlarning assimilatsiyalashishi – yaʼni oʻzi zabt etgan
xalqlarga qoʻshilib ketishi, Buyuk xonga vorislikni hal etilmagani imperiyaning
qulashiga sabab boʻldi.”1 – deya buyuk imperiyaning inqirozi sabablarini koʻrsatib
1 Эбигнев Бжезинский. Буюк шаxмат тахтаси / инглиз тилидан “Шарқшунос таҳлилчилар” жамоаси таржимаси.
Тошкент: TRUST AND SUPPORT MCHJ, Тирилиш, 2022. –Б. 27-28.
oʻtgan. Eron hududida moʻgʻullarning assimilatsiyaga uchragan davlati1 - Elxoniylar
tashkil topdi. Moʻgʻullarning baynalminalligi, nasroniy Yevropa va Sharq madaniyati
kabi bir-biridan farqlanuvchi madaniyatlar bilan aloqalari fors dunyosining maʼnaviy
hayotida, sanʼatida, savdo-sotiq ishlarida yangi epkinlar olib keldi. Jumladan, poytaxt
Tabrizda italiyalik savdogarlarning mahallasi paydo boʻldi va Elxoniylar saltanati
Uzoq Sharq va Hindiston bilan savdo ishlarida muhim bogʻlovchi kuchga aylandi2.
Ushbu davlatni maʼlum muddat Misr mamluklari bilan oʻzaro ziddiyatli siyosiy
munosabatlarga yuz tutib turgan vaqtda, oʻzlarining qon-qarindosh Markaziy
Osiyodagi Chigʻatoyzodalar bilan oʻzaro aloqalarda ham iliq munosabat kechmadi.
Ushbu jarayonlar K.E.Bosvort oʻz asarida tariflaganidek, Markaziy Osiyo va Fors
mintaqasini uzil-kesil bir hokimyat ostida rivojlangan oʻrta asrlarda faqatgina Amir
Temurgagina nasib qildi birlashtirish3.
Tarixchi olima Sh.Oʻljayeva oʻzining “Amir Temur diplomatiyasi” asarida, Eron
mintaqasining Amir Temur uchun naqadar geosiyosiy muhim nuqta ekanligi haqida
soʻz yuritib, Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxonni aynan ushbu mintaqani oʻzining
davlatini bir qismiga aylantirish orqali karvon yoʻlining yakka egasiga aylanish hamda
Temuriylar davlatini harbiy yurishlarini cheklabgina qolmay, balki iqtisodiy jihatdan
ham siqib qoʻyishga urinishi oxir oqibatda ikki oʻrtada uch marta kuchli muhorabaga
sabab boʻlganligi haqida soʻz yuritadi4.
Sohibqiron Amir Temur uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1396)
yurishlari davrida qishlash hamda qoʻshin tarkibini qayta kuchaytirish uchun Eron
hududini tanlagan edi5. Oʻsha davr tarixchilari mintaqa haqida soʻz yuritar ekan, Amir
Temurni keyinchalik butun Eronni birlashtirishga muaffaq boʻlgan Safaviylar
sulolasiga asos slogan Ismoil Safaviyning bobosi Shayx Xoʻja Alini ziyorat qilish
uchun Ardabilga tashrif buyurgani6 haqida maʼlumotlar ham uchraydi.
Tarixchi olima G.Agzamovaning tadqiqotlariga koʻra, Temuriylar davrida
Movarounnahr savdogarlari Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻidan janub va janubi-gʻarbiy
tomonda joylashgan mamlakatlar bilan qizgʻin savdo-sotiq olib borganlar7.
Movarounnahrdan boshlangan yoʻl Omuldagi kechuv orqali Xurosonga qarab ketgan.
Ushbu yoʻldagi yirik toʻxtash joyi – muhim savdo-iqtisodiy markaz – Marv shahri edi.
Omuldan Marvgacha boʻlgan masofa 36 farsax va olti kunlik yoʻl deb oʻlchangan.
Yoʻlning davomi Saraxsga qarab ketar, u yerdan esa savdogarlar Nishopur tomon
otlanar edi. Yoʻlning ushbu qismini bosib oʻtish uchun olti kun ketgan. Nishopurdan
soʻng yoʻl Isfarayn, Bistom, Damgʻon, Sinon, Ray va Kermonshoh orqali
Hamadongacha yetgan. Ayni yoʻl davomidagi eng muhim shaharlardan biri Nishopur
hisoblangan. Xurosonning yirik savdo-iqtisodiy markazi boʻlgan bu shaharga turli
1 O‘sha asar. –B. 27.
2 Босворт К.Е. Мусулмон сулолалари. –Т.: Фан, 2007. –Б. 113.
3 O‘sha asar. –B. 113.
4 Ўлжаева Ш. Амир Темур дипломатияси: илмий-оммабоп кўлланма - Т.: “IJOD-PRESS” нашриёти, 2018 йил. –
Б. 37-39.
5 O‘sha asar. –B. 31-39.
6 Maria Szuppe. L’évolution de l’image de Timour et des Timourides dans l’historiographie safavide du XVIe au XVIIIe
siècle. // L’héritage timouride: Iran – Asie centrale – Inde, XVe-XVIIIe siècles. 3/4 | 1997. -P. 313-331.
7 Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни хориж билан боғлаган карвон йўллари. //
Амир Темур даврида Мовароуннаҳр: археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И.
Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018. – Б. 99-108.
mamlakat savdogarlari intilar edi. Movarounnahrlik savdogar yuqorida taʼkidlangan
yoʻl boʻylab Nishopurgacha kelgach, Mashhad orqali Hirot, Kobulga yoki Hirotdan
Qandahorga yetib olishi mumkin boʻlgan1.
Movarounnahrdan Marv orqali Nishopurgacha boʻlgan yoʻl maʼlum maʼnoda
tranzit xususiyatiga ega edi. Samarqand, Buxoro va boshqa shahar hunarmandlarining
mahsulotlari yuklangan savdo karvonlari Nishopurda katta dam olish uchun toʻxtab,
bu yerdan uzoq mamlakatlarga otlanishi mumkin edi. Hamadondan Bagʻdodgacha
boʻlgan yoʻl davomida quyidagi toʻxtash joylari boʻlgan: Asadobod, Kermonshoh,
Xulvan, Naxravan2. Eronning ushbu shaharlari karvonsaroy vazifasini oʻtaganligi
shundan maʼlum.
Ibn Arabshoh “Amir Temur tarixi” asarida Temurning Bagʻdoddan Mosulga
qarab yurishini bayon eta turib, yoʻldagi toʻxtash joylari Takriyt va Mordin boʻlganini
eslatadi3. Hamadonda undan shimol va shimoli-gʻarbiy tomonda joylashgan yirik
savdo-iqtisodiy va siyosiy markazlarni bogʻlovchi yoʻllar tutashgan. Ushbu yoʻldan
oʻtgan Klavixo bu toʻgʻrida shunday xotiralaydi: “Shaharda juda koʻp yaxshi qurilgan
koʻchalar va tor koʻchalar mavjud hamda turli mollar sotiladigan yaxshi rastalar
joylashgan. Bu koʻchalar orasida koʻp darvozali katta uylar joylashgan boʻlib, uning
ichida esa turar joy va turli rastalari boʻlgan doʻkonlar qurilgan”4. Savdo karvonlari
uchun qulaylik ortidan, Eron shaharlari ham Temuriylar davrida gullab yashnadi.
Ayniqsa, Shohrux Mirzoni bugungi kunda ham Eronda eng qadrlanadigan temuriy
hukmdordir. Eron tarixini yoritib beradigan manbalardan birida, Shohrux Mirzo oldin
qilingan vayronalarni qayta tiklaganligi, Marv hamda Hirot devorlarini qayta
qurganligi, shaharlar aholisiga katta ijtimoiy yordam qilganligi, “muruvvatli podshoh,
ilm ahlini ulugʻlab, hunarmandlarni qoʻllab quvvatlagan, sanoatni yuksaltirgan”5
hukmdor deya tariflangan.
Mazkur yoʻl borasida Ibn Arabshoh ham Temurning Hamadon va Tabrizga
yurishini bayon qila turib, maʼlumot beradi. Oxirgi manzilgohdan soʻng yoʻl Merend,
Naxchivan orqali yirik savdo-iqtisodiy markaz – Dobilgacha borgan. U Yerevandan
uncha uzoq boʻlmagan yerda joylashgan6- deya oʻz asarida qayd etadi.
Movarounnahr savdogarlari oʻrta asrlarda Eronning boshqa karvon yoʻllaridan
ham foydalanganlar. Shulardan biri savdogarlarni Raydan Isfahonga, soʻng Eronning
katta 104 savdo markazi – Sherozga yetaklagan. Oʻsha davrda Raydan boshlangan yoʻl
Obi shoʻr daryosidan “gʻishtli koʻprik” orqali oʻtar edi. Temur Sherozdan Isfahonga
aynan shu yoʻl orqali borgan. “Aʼlo hazratlari bir necha kun Sherozda toʻxtashga amr
etdilar. Fors davlat ishlarini tartibga keltirish uchun aʼlo hazratlari Isfahonga yoʻl
oldilar”7.
1 Байкова Н.Б. Роль Средней Азии в русско-индийских торговых связях. Ташкент, 1964.
2 Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни хориж билан боғлаган карвон йўллари. //
Амир Темур даврида Мовароуннаҳр: археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И.
Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018. – Б. 99-108.
3 Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). 1 китоб. Тошкент,
1992. 138-б.
4 Клавихо Руи Гонзалес. Дневник путешествия ко двору Темура в Самарканд в 1403–1406 гг. / Подлинный текст
с переводом и примечаниями, составленными под редакцией И.И. Срезневского. СПб., 1881. С. 77.
5 لغتنامه دهخدا، ذیل عبارت شاهرخ میرزا
6 Ибн Арабшох. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур … 129–30-б.
7 Гийасаддин Али. Дневник похода Темура в Индию... С. 210.
Temur karvon yoʻllarining qulayligi va xavfsizligini kuzatib turgan. Biroq,
zamondoshlari guvohlik berishicha, bu yoʻllar ham har doim bexavotir boʻlmagan. Ibn
Arabshoh Yazd va Sheroz oraligʻidagi karvon yoʻlida qaroqchilik bilan shugʻullangan
xafan qabilasiga mansub Jamol Luk otligʻ qandaydir arab toʻgʻrisida hikoya qiladi1.
Movarounnahrlik savdogarlar Eronning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy markazlari
bilan ham qizgʻin savdo-sotiq olib borishgan. Shunday markazlardan misol tariqasida
Kermonni koʻrsatib oʻtish mumkin. Kermonga boruvchi eng serqatnov yoʻl Nishopur
orqali oʻtar va janubiy yoʻnalishda davom etar edi. Chapga qarab otlanganlar yoʻlida
Kain, Birjond, Xusp, Nime, Xabis degan toʻxtash yerlari joylashgan2. Eronlik tarixchi
Zahra Azarniush Temurni Eron mintaqasidagi olib borgan harbiy yurishlarini tarixiy
baholar ekan: “…moʻgullarni Eron hududiga yetqazgan ziyonidan, uniki kamroq edi
va madaniy yuksalishiga avvalgidan ham koʻproq hissa qoʻshdi”3 – deya tariflaydi.
Temuriylar davrida XIV–XV asr oxirlarida Movarounnahrni maʼlum
mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, baʼzi hollarda siyosiy va harbiy ahamiyatga ega
boʻlgan karvon yoʻllari bogʻlagan edi. Mana shunday tarixiy sharoitda karvon yoʻllari
savdo, diplomatik va boshqa aloqalarning amaliy vazifasini bajara turib, ayni vaqtda
turli mamlakatlar va xalqlarning oʻzaro iqtisodiy va madaniy taʼsirini
mustahkamlashga xizmat qilganligini koʻrishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Эбигнев Бжезинский. Буюк шаxмат тахтаси / инглиз тилидан
“Шарқшунос таҳлилчилар” жамоаси таржимаси. Тошкент: TRUST AND
SUPPORT MCHJ, Тирилиш, 2022.
2. Босворт К.Е. Мусулмон сулолалари. –Т.: Фан, 2007.
3. Ўлжаева Ш. Амир Темур дипломатияси: илмий-оммабоп кўлланма - Т.:
“IJOD-PRESS” нашриёти, 2018.
4. Maria Szuppe. Lʼévolution de lʼimage de Timour et des Timourides dans
lʼhistoriographie safavide du XVIe au XVIIIe siècle. // Lʼhéritage timouride: Iran –
Asie centrale – Inde, XVe-XVIIIe siècles. 3/4 | 1997.
5. Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни
хориж билан боғлаган карвон йўллари. // Амир Темур даврида Мовароуннаҳр:
археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И.
Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018.
6. Байкова Н.Б. Роль Средней Азии в русско-индийских торговых связях.
Ташкент, 1964.
7. Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида
тақдир ажойиботлари). 1 китоб. Тошкент, 1992.
8. Клавихо Руи Гонзалес. Дневник путешествия ко двору Темура в
Самарканд в 1403–1406 гг. / Подлинный текст с переводом и примечаниями,
составленными под редакцией И.И. Срезневского. СПб., 1881.
1 Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал- ақдур фи тарихи Таймур … 98-б.
2 Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни хориж билан боғлаган карвон йўллари. //
Амир Темур даврида Мовароуннаҳр: археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И.
Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018. – Б. 99-108.
3 https://www.kojaro.com/history-art-culture/192479-timurids-political-cultural-development-iran/#ca424a38-dfa1-
47da-8ab9-1e2f7ebc64f9.
9. لغتنامه دهخدا، ذیل عبارت شاهرخ میرزا
10. Гийасаддин Али. Дневник похода Темура в Индию...
11. Oʻzbekiston tarixi. (Oʻzbekiston diplomatiyasi tarixi) VII jild [Matn] / Jamoa.
–T.: Maʼnaviyat, 2023.
12. Низамутдинов И.Г. Очерки истории культурных связей Средней Азии и
Индии (ХVI-ХХ вв.). - Т:. 1981.
13. Iskandarbek Turkman (Munshiy). Tarixi olamoroyi Abbosiy. 1-jild. –B. 36.;
Ali Akbar Viloyati. Tarix-i ravobat-i xoriji-yi Iron dar ahdi shoh Ismoil Safaviy… -
Tehron. 1350.
14. Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир «Хабиб ус-сийар фи ахбори
афроди башар» («Башар ахли сийратидан хабар берувчи дуст»).: -ТОШКЕНТ.
“OʻZBEKISTON”. 2013.