ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Mustaqillik yillarida madaniy yodgorliklarning holati, ularni o‘rganish borasida amalga oshirilgan ishlar

Sattorov Ulug‘bek Abdurazzoq o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUSTAQILLIK YILLARIDA MADANIY YODGORLIKLARNING HOLATI,
ULARNI OʻRGANISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

https://zenodo.org/records/17732351

U.A.Sattorov,
Oriental universiteti oʻqituvchisi

Annotatsiya. Mazkur maqola madaniy yodgorliklarning holati, ularni tarixini
oʻrganish, taʼmirlash va qayta tiklash borasida amalga oshirilgan ishlarni oʻrganishga
qaratilgan. Tadqiqotda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng barcha
sohalarda boʻlgani singari madaniy sohada ham tub islohotlar amalga oshirilganligi,
mazkur sohaga oid huquqiy tizim mustahkamlanganligi, tariximizga, ajdodlarimiz
merosiga holis baho berish imkoniyati paydo boʻlganligiga hamda qadimiy
shaharlarimiz va u yerda joylashgan madaniy yodgorliklar, ularni taʼmirlash va tiklash
ishlariga oid tadqiqotlar tahliliga qaratilgan. Mavzuni yoritishda tegishli meʼyoriy
hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, adabiyot va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.

Kalit soʻzlar: Oʻzbekiston, YUNESKO, moddiy madaniy meros, nomoddiy
madaniy meros, turizm, xalqaro aloqalar, restavratsiya.

Abstract. This article is devoted to the study of the condition of cultural
monuments, their history, restoration, and reconstruction works carried out in this
regard. The research focuses on the fact that, after our country gained independence,
fundamental reforms were implemented in all spheres, including the cultural sphere;
that the legal framework in this field was strengthened; that opportunities arose to give
an objective assessment of our history and the heritage of our ancestors; as well as on
the analysis of studies concerning our ancient cities and the cultural monuments located
there, their restoration, and reconstruction works. In covering the topic, relevant
regulatory documents, scientific research, literature, and periodical press materials
were used.

Keywords: Uzbekistan, UNESCO, tangible cultural heritage, intangible cultural
heritage, tourism, international relations, restoration.

Bugungi kunda YUNESKO bilan hamkorlikda yurtimizdagi madaniy
yodgorliklarni asrash va ularni muhofaza qilish boʻyicha hamkorlik aloqalari
jadallashib bormoqda. Mamlakatimizda madaniy yodgorliklarni saqlash va muhofaza
qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda madaniy
yodgorliklarimiz mamlakatimiz ichki va tashqi sayyohlik koʻsatkichlarini oshiruvchi
muhim omil deb qaralmoqda.

Yurtimizdagi mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklarni taʼmirlash va ularni asl
holaticha saqlab qolish bugungi kunda dolzarblik kasb etmoqda hamda uning ilmiy
ahamiyatini oshirmoqda. Jumladan, yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni
muhofaza qilish Xalqaro Kengashi va Xalqaro Madaniyat Tashkiloti tashabbusi bilan
har yili 18-aprel “Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash kuni” sifatida keng

nishonlanishi ham moddiy-madaniy yodgorliklarga boʻlgan munosabat dunyoda qay
darajada muhimligini koʻrsatadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz tarixidan darak beruvchi hamda tariximizda
muhim oʻrin tutuvchi madaniy va tarixiy yodgorliklarga boʻlgan eʼtibor ijobiy tomonga
oʻzgarganligini eʼtirof etishimiz darkor. Bugungi kunda viloyatda joylashgan noyob
tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash, restavratsiya qilish
ishlarida asl holatni saqlab qolish, tarixiy-madaniy yodgorlik hududlarida turizmni
tashkil qilish va rivojlantirish, ularda anʼanaviy faoliyat shakllarini tatbiq qilishda
innovatsion yechimlarni joriy etish, kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb
etmoqda.

Mamlakatimizda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish, muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va ularning turistik
salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar oʻtkazilib,
mamlakatimizda turizm yanada rivojlantirish yuzasidan anchagina amaliy tadbirlar
ham amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo vohasida Mustaqillik yillarida eng katta tadbirlardan biri sifatida
1993-yil 5-yanvarda Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek nomlari bilan bogʻliq meʼmoriy
yodgorliklar taʼmiri boʻyicha hamda Jahongir maqbarasi qoldiqlarini gidrogeologik
sharoitini oʻrganish, uni muhofaza etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilganini1
koʻrishimiz mumkin.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida jami 1321 ta moddiy-madaniy meros
obyektlari mavjud boʻlib, shundan 1043 ta arxeologiya, 210 ta arxitektura, 43 ta
monumental, 35 ta diqqatga sazovor joylar mavjud2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Madaniyat vazirligi
huzurida Madaniy meros departamenti va hududlarda uning boshqarmalari tashkil
etilgan3. Shu bilan birga, 2019–2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona
foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ham tasdiqlangan4.

1994-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Amir
Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida qarori qabul qilindi5. Shu
munosabat bilan 1995-yilning 29-mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida Amir
Temurning voha aholisi tarixida tutgan oʻrnini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy
konferensiya boʻlib oʻtdi. Mazkur konferensiyada viloyat madaniy-maʼrifiy sohasi
vakillari, tarixchi olimlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

1 O‘zMA, M-7-fond, 1-ro‘yxat, 58-ish, 18-varaq.
2 Ўзбекистoн Республикаси Президенти ҳамда Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланган қарор ва
фармонлар ижроси юзасидан Қашқадарё вилоятининг туризм соҳасида эришилган натижалар тўғрисида
маълумот // Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14 март.
3 Allayev.M Qashqadaruo viloyati tarixiy-madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va muhofaza qilish tarixi (1991-2021
yy.). Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi. 2024. – B 16.
4 Бозорова Ш. Таъмирга муҳтож сардоба // Қашқадарё, 2020 йил 25 февраль.
5 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 29 декабрдаги “Амир Темур таваллудининг 660
йиллигини нишонлаш тўғрисида”ги 630-сонли қарори // https://lex.uz/docs/2329020.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi
qarorining 5-bandiga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan
birgalikda Amir Temur nomi bilan bogʻliq obidalar va qadamjolarni taʼmirlash,
konservatsiyalash va obodonlashtirish tadbirlari belgilandi1. 1995-yil 26-dekabrda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1996 yilni “Amir Temur yili” deb eʼlon
qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi2. 1996-yilda YUNESKO Bosh
konferensiyasining Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi
qarori qabul qilindi.

BMTning ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO Bosh konferensiyasi 32-sessiyasi
Qarshi shaharsozlik madaniyatini ham eʼtirof etib, uning 2700 yilligini ulkan bayram
sifatida nishonlash haqida qaror qabul qildi3. YUNESKO ishtirokida Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabrda “Qarshi shahrining 2700
yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va keng
koʻlamda tadbirlar rejasi belgilanib, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Qarshi
shahridagi Koʻkgumbaz masjidi (XVI asr) oʻz mahobati bilan ajralib turadi. Amir
Temur tavalludining 670 yilligi oldidan Koʻkgumbaz jome masjidi taʼmiri uchun
davlat tomonidan 2 mlrd. 900 mln. soʻm mablagʻ ajratildi4.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-noyabrdagi
“2013–2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish
dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan viloyatdagi yodgorliklarni restavratsiya qilish
uchun 17 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. 2013-yilda mazkur qaror asosida
Qarshi shahridagi Odina, Bekmir madrasalari, oʻzbek hammomi va Qarshi qalʼasida
567 million soʻmlik taʼmirlash ishlari olib borildi5.

Viloyatning qadimiy shaharlaridan biri hisoblangan Shahrisabz shahrida 1993-yil
5-yanvarda Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek nomlari bilan bogʻliq meʼmoriy
yodgorliklar taʼmiri boʻyicha hamda Jahongir Mirzo maqbarasi qoldiqlarining
gidrogeologik sharoitini oʻrganish, uni muhofaza qilish yuzasidan chora-tadbirlar
ishlab chiqildi. Shahrisabz shahri tarixiy-meʼmoriy yodgorliklari uchun ajratilgan
mablagʻ 106,4 mln soʻmni tashkil etgan va ular Shamsiddin Kulol maqbarasi,
Koʻkgumbaz masjidi, Dorut-tilovat, Gumbazi Sayidon maqbarasi taʼmiriga
sarflangan6.

2001-yili Shahrisabz shahrining 2700 yillik yubileyi tadbirlariga tayyorgarlik
davomida Xiva, Samarqand, Buxoro va Qoʻqon shaharlaridan kelgan eng mohir ustalar
shahardagi qadimiy obidalarda taʼmirlash va mustahkamlash ishlarini olib borishdi.
Shular jumlasiga, Oqsaroy meʼmoriy obidasida 119 million soʻmlik taʼmirlash ishlari
bajarilib, uni Shahrisabzdagi “Meros” hissadorlik jamiyati ustalari amalga oshirdi7.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi
“Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya

1Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1995 йил 26 декабрдаги “Амир Темур таваллудининг 660
йиллигини нишонлаш тўғрисида”ги қарори // https://lex.uz/docs/2329020.
2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 й., 12-сон, 303-модда.
3 Чориев А. Ўзликни англаш воситаси // Қашқадарё, 2006 йил 1 сентябрь.
4 Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14 март.
5 Темиров Т. Обидалар ўзлигимиз ифодаси // Қашқадарё, 2014 йил 17 апрель
6 Ўз МА, М-7-фонд, 1-рўйхат, 60-иш, 35-варақ.
7 Шаҳрисабзда тўй тараддуди // Қашқадарё, 2002 йил 7 сентябрь.

qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan qisqa
fursat ichida shaharda 20 ta tarixiy-madaniy meros obyektlari qaytadan taʼmirlandi1.
Ushbu qarorga muvofiq, hududni meʼmoriy rejalashtirish, qiyofasini yaxshilash
maqsadida 36 ta obyektda bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Oqsaroy
majmuasini Dorut-tilovat va Dorus-saodat majmualari bilan birlashtiruvchi
xiyobondagi beton qilingan maydonlar oʻrnida gulzorlar bilan oʻralgan yashil hudud
barpo qilindi2. Qashqadaryo vohasida meʼmoriy obidalar tarixini oʻrganish, taʼmirlash
va qayta tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning koʻlami yildan-yilga
ortib borayotganiligini eʼtirof etishimiz lozim.

Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatimizda madaniy yodgorliklar tarixini oʻrganish,
ularni saqlash va kelajak avlodga asl holatida yetkazish, ularni taʼmirlash va qayta
tiklash, ushbu sohaga oid qonunchilik tizimini mustahkamlash, fuqarolarda mazkur
soha boʻyicha daxldorlik va majburiyat hissini oshirish, xalqaro hamkorlik koʻlamini
kengaytirish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish bugungi kunning qilinayotgan
va qilinishi kerak boʻlgan muhim vazifalaridir. Madaniy yodgorliklarni saqlash va
muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik aloqlari ham mustahkamlanib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Бозорова Ш. Таъмирга муҳтож сардоба // Қашқадарё, 2020 йил 25
февраль.
2. Oʻzbekiston milliy arxivi.
3. Allayev.M Qashqadaruo viloyati tarixiy-madaniy meros obyektlarini
taʼmirlash va muhofaza qilish tarixi (1991-2021 yy.). Tarix fanlari boʻyicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi. 2024.
4. Ўзбекистoн Республикаси Президенти ҳамда Вазирлар Маҳкамаси
томонидан тасдиқланган қарор ва фармонлар ижроси юзасидан Қашқадарё
вилоятининг туризм соҳасида эришилган натижалар тўғрисида маълумот //
Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14 март.
5. Чориев А. Ўзликни англаш воситаси // Қашқадарё, 2006 йил 1 сентябрь.
6. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 й.,
12-сон.
7. Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси жорий архиви, 1996
йилги ҳисобот папкаси маълумотлари.
8. Темиров Т. Обидалар ўзлигимиз ифодаси // Қашқадарё, 2014 йил 17
апрель
9. Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14
март.
10. Саидов А. Соҳибқирон вояга етган замин // Кеш, 2016 йил 1 апрель
11. Ражабова Х. Тарихий обидалар ўтмишдан дарак беради // Кеш, 2016 йил
15 апрель.
12. Шаҳрисабзда тўй тараддуди // Қашқадарё, 2002 йил 7 сентябрь.

1 Ражабова Х. Тарихий обидалар ўтмишдан дарак беради // Кеш, 2016 йил 15 апрель.
2 Саидов А. Соҳибқирон вояга етган замин // Кеш, 2016 йил 1 апрель.