ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

XX asr boshlarida ayollar maorifiga e’tibor

Nuriddinova Aziza Ilxomovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

XX ASR BOSHLARIDA AYOLLAR MAORIFIGA EʼTIBOR

https://zenodo.org/records/17732433

Nuriddinova Aziza Ilxomovna,
Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchi

azizanuriddinova1998@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Jadidchilik harakati davrida ayollar taʼlimiga
boʻlgan munosabat, bu boradagi islohotlar va jadidlarning ayollarni ilmga jalb etish
yoʻlidagi saʼy-harakatlari tahlil etiladi. Jadid maʼrifatchilari ayollarni savodsizlikdan
qutqarish, ularning jamiyatdagi oʻrnini yuksaltirish va zamonaviy taʼlim tizimiga jalb
etishni oʻzlarining asosiy maqsadlaridan biri deb bildi. Maqolada, shuningdek, XX asr
boshlarida tashkil qilingan qizlar maktablari, ularning hududiy boʻlimlari hamda ularda
faoliyat olib borgan ayol yetakchi muallimalar va ularning faoliyati haqida qisqacha
toʻxtalib oʻtildi. Bu jarayon Oʻrta Osiyo jamiyatining maʼnaviy-maʼrifiy hayotida
muhim burilish yasadi.

Kalit soʻzlar: jadidchilik, ayollar taʼlimi, Urganch maktabi, Toshkent qizlar
maktabi, Samarqand gimnaziyasi.

Abstract. This article analyzes the attitude towards womenʼs education during
the Jadid movement, the reforms carried out in this regard, and the efforts of the Jadids
to engage women in learning. The Jadid enlighteners considered rescuing women from
illiteracy, elevating their role in society, and integrating them into the modern
educational system as one of their main goals. The article also briefly touches upon the
girlsʼ schools established in the early 20th century, their regional branches, as well as
the prominent female teachers who worked there and their activities. This process
marked an important turning point in the spiritual and educational life of Central Asian
society.

Keywords: Jadidism, womenʼs education, Urgench school, Tashkent girlsʼ
school, Samarkand gymnasium.

Asosiy faoliyati diniy taʼlim va uy roʻzgʻor ishlari bilan chegaralangan ayollar
taqdiriga qarash XIX asr oxiri -XX asr boshlarida tubdan oʻzgardi. Ushbu davrda
vujudga kelgan yangi toʻlqin-maʼrifatparvarlik, ayollar faoliyatida ham keskin
burilishlar yasadi. Endilikda ayollar savodsizligini tugatgan holda maʼrifatli avlodni
tarbiyalash mumkinligi gʻoyalari ilgari surildi. Jumladan, Mahmudxoʻja Behbudiy,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy kabi ziyolilarimiz ayollarni ilmli
qilish, jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash orqali, mamlakatda tenglik,
taraqqiyot va uygʻonishga erishish mumkin degan qarashlarni oʻz asarlari orqali xalq
ongiga singdirishga harakat qilishdi. Ular tomonidan asos solingan yangi usul
maktablarida ayollar taʼlimi uchun ham imkoniyatlar yaratildi. Qolaversa, “Taraqqiy”,
“Shuhrat”, “Oyna” kabi matbuot nashrlarida ayollar savodsizligini tugatishga doir bir
qancha maqolalar eʼlon qilinib, ayollarga nisbatan qarashlarni oʻzgartirishga harakat
qilindi. Biroq, jadidlarning ayollar taʼlimiga oid faoliyati kuchli qarshiliklarga duch

240

keldi. Aholi orasidagi konservativ qatlamlar, ayniqsa, diniy ulamolar bu harakatga
shubha bilan qaradi. Ayollarni maktabga yuborish “dinni buzish”, “axloqsizlik” deb
baholandi. Bu qarashlar ayrim hollarda nafaqat ijtimoiy muhokamalar, balki jiddiy
tazyiq va tahdidlarga ham olib keldi. Shunga qaramay, jadidlar diniy matnlarni chuqur
tahlil qilib, islomda ayollarning ilm olish huquqi borligini asoslab berdilar. Ular
Qurʼoni Karimdan “ilm olish har bir musulmon erkak va ayolga farzdir” degan hadisni
asos qilib oldilar. Natijada, ijtimoiy qarshiliklar asta-sekin yumshay boshladi.

Bu harakatlarning natijasi oʻlaroq 1906-yilda yangiliklarni qoʻllab-quvvatlovchi
madaniyat homiysi boʻlgan Muhammad Raximxon II (Feruz) ruxsati bilan Urganchda
qizlar uchun maxsus maktab tashkil qilindi. Ushbu maktab faoliyati bilan xonning oʻzi
ham tanishib, nazorat qilib bordi. Maktabda taʼlim 2-3 yil davom etib, qizlarga rus tili,
arifmetika, hunarmandchilik va diniy bilimlar berib borildi. [1, 19-b]

Shuningdek, islohotlarning davomi sifatida, 1911-yilda ilk bora Toshkentda qizlar
maktabi joriy qilinib, ayollarni ilmli qilishga kirishildi. Asosiy maqsadi musulmon
qizlarni savodli qilish, ularni zamonaviy bilimlar bilan tanishtirish boʻlgan ushbu
maktab taʼlim dasturida diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar – rus tili, arifmetika,
geografiya, biologiya kabi fanlar ham kiritilgan edi. Maktabda ikki bosqichli taʼlim
dasturi, yaʼni: 1. Boshlangʻich-1-4-sinflar (asosiy oʻqish, yozish, hisob va diniy
matnlar bilan tanishtirish); 2. Yuqori-5-6-sinflar (rus tili, tabiiy fanlar (fizika, kimyo),
geografiya kabi zamonaviy fanlar berilgan) yaratildi. Ushbu maktab boshqa
hududlarda ham qizlarning oʻqitilishi uchun asos boʻlib xizmat qildi. [2, 13-b]

1919-yil 12-noyabrda RKP(b)ning Turkiston oʻlka qoʻmitasida xotin-qizlar
boʻlimi tashkil etildi. Keyinchalik u Turkiston KP Markaziy Qoʻmitasi xotin-qizlar
boʻlimiga aylantirildi. [3, 19-b]

Ayni vaqtda hududlarda xotin-qizlar boʻlimlarini tashkil etish masalasiga ham
alohida eʼtibor berildi. Jumladan, 1919-yil noyabrda Toshkentda, 1919-yil 14-
dekabrda Samarqandda, 1919-yil fevralda Fargʻonada, 1920-yil martda Sirdaryoda,
soʻngra Andijon, Kattaqoʻrgʻon, Kogon va boshqa hududlarda xuddi shunday
boʻlimlar ochildi. 1920-yilga oxiriga kelib respublikada 40 ga yaqin xotin-qizlar
boʻlimlari faoliyat yuritib, jamiyatda ayollar oʻrnini mustahkamlab bordi. [2, 59-b]

1920-yilda Namangan, Samarqand va Qoʻqonda alohida qizlar gimnaziyalari
ochildi va qizlar uchun taʼlim imkoniyatlari kengaytirildi. Xususan, Samarqand
gimnaziyasida asosan rus millatiga mansub ayollar tahsil olgan boʻlib, keyinchalik bu
gimnaziya 1930-yillarda Samarqandda ayol oʻqituvchilar tayyorlovchi kurslarga asos
boʻlib xizmat qildi. Umumiy hisobda 1924-1925-yillarda sovet maktabida 34 ming 735
nafar (26,1 %) qizlar tahsil oldi, qishloq joylarida esa ularning soni 6 ming 235 nafarni
(11,5%) tashkil etdi. 1927-1928-oʻquv yilida respublikadagi maktablarda 35 mingga
yaqin qiz taʼlimga jalb etilgan boʻlsa, shundan qishloq joylaridagi maktablarda 6 ming
oʻzbek qizi taʼlim oldi. Bu koʻrsatkichlardan ham koʻrinib turibdiki sekin astalik bilan
jamiyatda ayolning maqomi va uning faoliyatiga qarashlar oʻzgarib bordi. [4]

Xulosa qilib aytganda, har doim dolzarb masala boʻlib kelgan gender
munosabatlari ushbu davrga kelib yangi talqinda namoyon boʻldi. Anʼanaviy
mentalitet va diniy qarashlar ayollarni faqat uy ishlariga va bola tarbiyasi bilan bogʻlab,
ularning taʼlim olish huquqini inkor etgandi. Jadidlar matbuot vositalari va yangi usul
maktablar orqali bu qarashlarga qarshi turishga harakat qildi. Ular tomonidan

241

boshlangan bu harakat natijasi oʻlaroq bugungi kunda Oʻzbekistonda ayollar
huquqlarining eʼtirof etilishi, ularning turli sohalarda erkin va faol ishtirok etishini
taminladi desak xato qilmaymiz. Zero, Abdulla Avloniy fikri bilan aytganda “onaning
maʼrifati — jamiyatning asosiy ustunlaridan biridir”. [8, 8-b]

Jadidlarimizning ilgʻor gʻoyalari, ayollarning jamiyatdagi faoliyati va roli
borasidagi say-harakatlari hamda qarashlari bugungi zamonaviy hayotda ham oʻz
dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq. Bu esa ularning merosini chuqur oʻrganish va qadrlash
lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alimova D. Jadidchilik fenomeni. –Toshkent: Akademnashr, 2022. B-271.
2. Marianne Kamp. The New Woman in Uzbekistan: Islam, Modernity, and
Unveiling under Communism. University of Washington Press, 2006. B-320.
3. Алимова Д.А. Женский вопрос в Средней Азии. История изучения и
современные проблемы. Ташкент, 1991. С.132
4. Xalilova Z. “Maʼrifatdan mahrum maʼsumlar” maqolasi. “Tafakkur” jurnali,
2023-yil 2-son.
5. Qosimova D. Oʻzbek ayollari tarix sahnasida. – Toshkent, 2002. B-150
6. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/ Birinchi Oʻzbek aktrisasining fojiali oʻlimi
maqolasi.
7. Abdullayeva Z, Qosimova N. Buxoro ayollari. – Buxoro, 1997. B-107.
8. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. –Toshkent: “Oʻzbekiston
Milliy Ensiklopediyasi”, 2004. B-96.

242