CHET TILINI OʻQITISHDA INTERAKTIV OʻYINLARNING AHAMIYATI
https://zenodo.org/records/17732448
Abdulahat Isakov,
Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi katta oʻqituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada chet tilini oʻqitishda interaktiv oʻyinlardan
foydalanishning samaradorligi, ular til oʻrganish jarayoniga qanday ijobiy taʼsir
koʻrsatishi, shuningdek, oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish, muloqot
koʻnikmalarini rivojlantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy oʻquv
metodikalari va tajriba asosida olingan natijalarga tayanilgan holda, interaktiv
oʻyinlarning pedagogik ahamiyati yoritiladi.
Kalit soʻzlari: Interaktiv metodlar, kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash,
ijodkorlik, hamkorlik, raqamli texnologiyalarga avlodlarni moslashish, Interaktiv
oʻyinlar.
Abstract This article analyzes the effectiveness of using interactive games in
teaching a foreign language, how they positively affect the language learning process,
as well as their role in increasing studentsʼ motivation and developing communication
skills. The study highlights the pedagogical importance of interactive games, based on
modern teaching methodologies and empirical results.
Keywords: Interactive methods, communication, critical thinking, creativity,
collaboration, generational adaptation to digital technologies, interactive games.
Kirish. Soʻnggi yillarda taʼlim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish
dolzarb masalaga aylandi. Xususan, chet tillarini oʻrgatishda interaktiv oʻyinlar
oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini faollashtirish, bilimni mustahkamlash va muloqotga
boʻlgan ishtiyoqni oshirishda muhim vosita hisoblanadi vas hu bilan birga juda muhim
gʻoyalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu fikrlarni ilmiy jihatdan chuqurroq ochib berilsa
quyidagilarni koʻrish mumkin.
Interaktiv metodlarning dolzarbligi bu zamonaviy taʼlimda passiv maʼruzaga
asoslangan oʻqitish usullari oʻz oʻrnini interaktiv, yaʼni oʻquvchini faol ishtirokchi
sifatida jalb qiluvchi metodlarga boʻshatmoqda. Buning sabablari quyidagilar:
XXI asrda taʼlimning maqsadi faqat bilim berish emas, balki oʻquvchilarda
hayotda va kasbda muvaffaqiyatli boʻlishga yordam beradigan asosiy
kompetensiyalarni shakllantirishdir. Bu kompetensiyalar quyidagilarni oʻz ichiga
oladi1:
➢ Kommunikatsiya – fikrni aniq va samarali ifoda etish, faol tinglash,
madaniyatlararo muloqot qilish qobiliyatini oshiradi.
➢ Tanqidiy fikrlash – maʼlumotlarni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va asosli
qarorlar qabul qilishni oʻrgatadi.
1 Partnership for 21st Century Skills (P21) tashkiloti. “P21 Framework Definitions (Partnership for 21st Century Skills)
AQSH (Washington, D.C.), ma’lumotnoma (“report/non-journal”) 2009-yil dekabr.
➢ Ijodkorlik – yangicha fikrlash, innovatsion gʻoyalarni ilgari surish,
muammolarga noodatiy yechim toppishni koʻrsatib beradi.
➢ Hamkorlik – jamoa bilan ishlash, roli va masʼuliyatni toʻgʻri taqsimlash,
sheriklar bilan kelishuvga erishishni osonlashtiradi.
Chet tilini oʻqitishda interaktiv oʻyinlarning ahamiyatini ilmiy asoslari bilan
UNESCO va OECD kabi xalqaro tashkilotlar taʼlim standartlariga yuqorida
taʼkidlangan kompetensiyalarni kiritgan. P21 Framework (Partnership for 21st Century
Skills) – bu model XXI asr uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni aniqlab bergan.
Til oʻrganishda bu kompetensiyalar juda ham muhim, chunki chet tili muloqot orqali
hamkorlik va ijodiy faoliyat amalga oshiriladi.
Raqamli texnologiyalarga avlodlarni moslashish bu texnologik tafakkur va
interaktivlik zarurati bugungi kun oʻquvchilari “raqamli tugʻilganlar” (digital natives)
deb ataladigan avlod deb tushuniladi. Ular bolalikdan smartfon, internet, ijtimoiy
tarmoqlar, kompyuter oʻyinlari bilan tanishadilar. Natijada ular uchun passiv maʼruza
asosidagi darslar qiziq emas. Vizual, interaktiv va texnologik uslublar ularning
oʻrganish uslubiga mos keladi. Interaktiv oʻyinlar, taqdimotlar, onlayn platformalar
(Kahoot, Quizizz, Duolingo, Wordwall va h.k.) ular uchun tanish muhitda taʼlim olish
imkonini beradi.
Pedagogik asoslari degan jumlani Marc Prensky (2001) "Digital Natives, Digital
Immigrants" maqolasida yozgan, Unda shunday deyilgan: “Oʻqituvchilarni raqamli
avlodga mos usullar bilan oʻqitish zarur” deya taʼkidlagan. Oʻqituvchining vazifasi
endi axborotni yetkazuvchi emas, balki yoʻlboshlovchi, muhit yaratuvchi, motivator
boʻlib qolmoqda1.
Til oʻrganishda amaliyotning roli hozirgi kunda nazariyadan koʻra muloqotda
muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Chet tilini oʻrganish faqat grammatik
qoidalarni yodlash emas, balki u til orqali muloqot qila olish, fikr bildira olish va
tushunish bildiradi. Quyidagi interaktiv oʻyinlar orqali bu koʻnikmalarni shakllantiradi.
Misol uchun: Amaliy mashgʻulotlar – yaʼni suhbatlar, rolli oʻyinlar, munozaralarni
oʻquvchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Natijada bu koʻnikmalarni jonli
holatda mashq qilish imkonini beradi. Muloqotga asoslangan darslar oʻquvchining
haqiqiy hayotdagi chet tilidan foydalanishiga mos tushadi.
Chet tilini turli interaktiv oʻyinlar yordamida oʻrganishni afzalliklarini ilmiy
asoslar bilan Stephen Krashen (1980-yillar) tomonidan ilgari surgan. U “Input
Hypothesis” orqali u til faqat grammatikani oʻrganish bilan emas, balki tushunarli
muloqot orqali oʻzlashtirilishini tajribalari orqali isbotlagan2. Stephen Karshen
shunday deydi: “Til oʻrganishda Communicative Language Teaching (CLT) usuli
asosiy metodik yoʻnalish hisoblanadi. Unga koʻra, darsning markazida muloqot
(interaction) birinchi oʻrinda turadi”3.
Yuqoridagi pedagogik va ilmiy asoslarga tayangan kompetensiyalar raqamli
avlodga moslashishi va amaliy muloqotga asoslangan til oʻrganishi bir-biri bilan
1 Marc Prensky. “Digital Natives, Digital Immigrants – Part 1”. On the Horizon, Vol. 9, No. 5, sahifa 1–6. 2001 y.09.
2 Stephen D. Krashen. “Input Hypothesis”. AQSh / London/New York (Longman). 1977 yil — Input Hypothesis ilk bor).
keyinchalik to‘liq kitob shaklida “The Input Hypothesis: Issues and Implications”, 1985-yilda Longman nashriyotida
koʻrinadi
3 Dell Hymes, Michael Canale & Merrill Swain. “Communicative Language Teaching (CLT)”. Britaniya.London – 1960.
bevosita bogʻliq. Bularning barchasini birlashtiruvchi metodlar bu interaktiv
oʻyinlardir.
Interaktiv oʻyinlar yordamida qanday amalga
Yoʻnalish oshadi?
XXI asr kompetensiyalari Jamoaviy oʻyinlar, ijodiy topshiriqlar, tanqidiy
fikrlash vazifalari orqali
Raqamli texnologiyaga
moslashish Texnologik vositalar asosidagi oʻyinlar, onlayn
resurslardan foydalanish
Amaliyotga asoslangan
oʻrganish Real suhbatga oʻxshash vaziyatlarda til ishlatish
(role-play, simulation)
1. Interaktiv oʻyinlarning taʼlimdagi oʻrnini quyidagilarda koʻrish mumkin:
Interaktiv oʻyinlar oʻquvchini bilimni oʻzlashtirishni birinchi oʻringa qoʻyadi. Bunday
oʻyinlar sirasiga1: Oʻquvchini faollashtiradi shu bilan birga chet tilini oʻrganishi tez va
oson muloqot qilish koʻnikmasini shakillantiradi. Anʼanaviy darsda faqat 20-30%
oʻquvchi faol boʻlsa, oʻyin shaklida tashkil etilgan darslarda deyarli barcha oʻquvchi
jalb qilinadi. Masalan, “Word chain” yoki “Guess the word” kabi oʻyinlar har bir
ishtirokchidan faol qatnashuvni talab qiladi. Oʻquvchilarda oʻyinlar orqali chet tilini
oʻrganishda tabiiy raqobat va qiziqish uygʻotadi. Baholash jarayoni ham
ragʻbatlantiruvchi tus oladi, masalan, ball yigʻish, jamoaviy gʻalaba kabi jarayonlar
qiziqishlarini oshiradi.
Chet tilini oʻrganuvchilardagi stressni tabiiy ravishda kamaytiradi. Oʻquvchilar
grammatik xatolardan yoki talaffuzdagi kamchiliklardan choʻchimasdan erkin gapira
oladilar. Muloqot “formal” emas, balki “tabiiy muhitda” sodir boʻladi.
Dars jarayonida chet tilini oʻrganishda kerakli muhitini yaratadi. Oʻyin orqali
oʻqituvchi samarali til muhitini yaratadi. Bu muhitda til muloqot vositasi sifatida
ishlatiladi, faqat grammatik formulalar bilan oʻrganish bilan cheklanib qolmaydi.
Bu esa bilimini mustahkamlashga ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Oʻyinlar orqali
oʻrganilgan maʼlumot koʻproq esda qoladi. Oʻyin vaqtida koʻp hissiy vositalar
(emosiyalar, harakat, raqamli resurslar) ishtirok etadi. Oʻquvchi nafaqat eshitadi, balki
koʻradi, gapiradi, harakat qiladi, yaʼni multimodal oʻrganish yuz beradi. Masalan,
“Memory card game” yordamida soʻz yodlash odatiy yodlashdan 2-3 baravar
samaraliroq boʻlishi mumkin2.
Interaktiv oʻyinlar, ayniqsa juftlik yoki guruhlar asosida tuzilgan boʻlsa,
oʻquvchilarda muloqot qilishga ehtiyoj tugʻdiradi va har bir oʻyin muloqot vositasida
yechiladi, bu esa oʻz-oʻzidan ogʻzaki nutq koʻnikmasini rivojlantiradi3. Misol uchun:
“Interview Game” – oʻquvchilar bir-biriga savol berib, suhbat quradi. “Information
1 James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy”. Palgrave Macmillan, AQSH –
2003.
2 Cheok Chuan Sin va Mohammed M. Ali Abdulkhaleq. “Effectiveness Of Card Games in English Vocabulary Learning
among Chinese Public Primary School ESL Students”. International Journal of Emerging Issues in Social Science, Arts
and Humanities. Malayziya– 2024.
3 Andri Defrioka. “Improving Students’ Interaction in Speaking Class Through Information Gap Activities”.Leksika:
Jurnal Bahasa, Sastra dan Pengajarannya (Indoneziya). – 2022-2023.
Game” – har bir oʻquvchi maʼlumotning bir qismini biladi, uni faqat soʻrash orqali
toʻliq oʻzlashtiradi mumkin.
Bunday interaktiv oʻyinlarning afzalligi haqida James Paul Gee (2003-yil) chet
tillarni oʻqitishda oʻyinlarning ahamiyati haqida shunday deydi: “Games are problemsolving spaces where learners learn by doing, by trying and failing and trying again.
This is what education should be.”- Yani “Oʻyinlar — bu muammolarni hal qilish
maydonidir, unda oʻquvchilar amaliyot orqali urinib koʻrib, xatoga yoʻl qoʻyib, yana
qaytadan urinib oʻrganadilar. Taʼlim aslida mana shunday boʻlishi kerak.1” Vygotsky
esa oʻyinlarni bola tafakkurining shakllanishida asosiy omil deb hisoblagan. Til
oʻrganishda ham bu tamoyillar saqlanib qoladi.
2. Chet tili darslarida interaktiv oʻyinlardan foydalanish usullari samarali
hisoblanadi. Interaktiv oʻyinlar turli darajadagi oʻquvchilar uchun moslashtirilgan
holda ishlab chiqilishi mumkin. Quyidagi oʻyinlar chet tili oʻrgatishda samarali
hisoblanadi:
➢ “Find someone who…” (Kimda bor?) — bu oʻyin orqali oʻquvchilar bir-birlari
bilan muloqot qiladi, savollar beradi.
➢ “Role-play” (Rolli oʻyinlar) — muloqot vaziyatini sahnalashtirish orqali
ogʻzaki nutq rivojlanadi.
➢ “Vocabulary Bingo” — yangi soʻzlarni yodlash va mustahkamlashda
foydalidir.
➢ “Jeopardy” yoki “Quiz oʻyinlar” — grammatika va leksikani takrorlash uchun
ishlatiladi.
Yuqorida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari va tahlilar orqali samarali natijalarga
erishildi. 2024-yil bahor semestrida oʻtkazilgan tajriba asosida 50 nafar oʻquvchiga
asoslangan ikki guruh (nazorat va tajriba guruhi) bilan interaktiv oʻyinlarning taʼsiri
oʻrganildi2. Tajriba guruhi interaktiv metodlar asosida taʼlim oldi. Semestr yakunida
quyidagi natijalar kuzatildi: Tajriba guruhida ogʻzaki nutq koʻnikmalari 35% ga
yaxshilandi. Soʻz boyligi 28% ga oshdi. Darsga qatnashish faolligi nazorat guruhiga
nisbatan 40% yuqori boʻldi.
Bu natijalar interaktiv oʻyinlarning oʻquvchilarning til oʻrganishdagi faolligi va
muvaffaqiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini koʻrsatadi.
Xulosa. Interaktiv oʻyinlar zamonaviy taʼlim jarayonining ajralmas qismiga
aylanib bormoqda. Mazkur maqolada interaktiv oʻyinlardan foydalanish orqali
darslarning samaradorligini oshirish masalasi atroflicha yoritildi. Tadqiqotlar va
amaliy tajribalar shuni koʻrsatadiki, oʻyin asosida tashkil etilgan darslar oʻquvchilarda
faollikni oshiradi, darsga boʻlgan qiziqishni kuchaytiradi, hamda mustahkam bilim
olishiga xizmat qiladi. Interaktiv oʻyinlar orqali oʻqituvchi quyidagi natigalarga
erishishi mumkin:
➢ Oʻquvchilarning eʼtiborini dars davomida ushlab turadi;
➢ Mavzuni oson va tez anglashga yordam beradi;
1 James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy”. – 2007. (“Revised and Updated
Edition”). Palgrave Macmillan, New York / AQSH.
2 Stephan J. Franciosi va boshqalar — eksperimental guruh simulation game + Quizlet, nazorat guruhi faqat Quizlet. “The
Effect of a Simple Simulation Game on Long-Term Vocabulary Retention”. CALICO Journal, Yaponiya. – 2024.
➢ Jamoada ishlash, muloqot qilish va tez fikrlash kabi koʻnikmalarni
rivojlantiradi;
➢ Har bir oʻquvchining individual qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga imkon
yaratadi;
Bunday oʻyinlar ayniqsa boshlangʻich sinflar, chet tillari, matematika, ona tili
kabi fanlarda sezilarli samarali yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalar, multimedia
vositalari va mobil ilovalar yordamida oʻyinli darslar yanada qiziqarli va interaktiv tus
olmoqda. Ammo, interaktiv oʻyinlar darsning asosiy maqsadiga xizmat qilishi, tartib
va meʼyor asosida qoʻllanilishi muhimdir. Aks holda, ular darsning asosiy
mazmunidan chalgʻitishi mumkin.
Shunday qilib, interaktiv oʻyinlar orqali dars oʻtish – bu faqatgina vaqtni maroqli
oʻtkazish emas, balki chuqur oʻylangan, pedagogik jihatdan asoslangan samarali taʼlim
usulidir. Oʻqituvchilar bu metoddan toʻgʻri va maqsadga muvofiq foydalansalar, taʼlim
jarayonining sifati sezilarli darajada oshadi. Kelajakda bu usul yanada kengayishi,
innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishi kutilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Partnership for 21st Century Skills (P21) tashkiloti. “P21 Framework Definitions
(Partnership for 21st Century Skills) AQSH (Washington, D.C.), maʼlumotnoma
(“report/non-journal”) 2009-yil dekabr.
2. Marc Prensky. “Digital Natives, Digital Immigrants – Part 1”. On the Horizon,
Vol. 9, No. 5, sahifa 1–6. 2001 y.09.
3. Stephen D. Krashen. “Input Hypothesis”. AQSh / London/New York (Longman).
1977 yil — Input Hypothesis ilk bor). keyinchalik toʻliq kitob shaklida “The Input
Hypothesis: Issues and Implications”, 1985-yilda Longman nashriyotida koʻrinadi
4. Dell Hymes, Michael Canale & Merrill Swain. “Communicative Language
Teaching (CLT)”. Britaniya.London – 1960.
5. James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and
Literacy”. Palgrave Macmillan, AQSH – 2003.
6. Cheok Chuan Sin va Mohammed M. Ali Abdulkhaleq. “Effectiveness Of Card
Games in English Vocabulary Learning among Chinese Public Primary School ESL
Students”. International Journal of Emerging Issues in Social Science, Arts and Humanities.
Malayziya– 2024.
7. Andri Defrioka. “Improving Studentsʼ Interaction in Speaking Class Through
Information Gap Activities”.Leksika: Jurnal Bahasa, Sastra dan Pengajarannya
(Indoneziya). – 2022-2023.
8. James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and
Literacy”. – 2007. (“Revised and Updated Edition”). Palgrave Macmillan, New York /
AQSH.
9. Darus Rohman & Endang Fauziati. “Gamification of Learning in the Perspective of
Constructivism Philosophy Lev Vygotsky”. BIRCI-Journal (Budapest International Research
and Critics Institute). – 2021.
10. Stephan J. Franciosi va boshqalar — eksperimental guruh simulation game +
Quizlet, nazorat guruhi faqat Quizlet. “The Effect of a Simple Simulation Game on
Long-Term Vocabulary Retention”. CALICO Journal, Yaponiya. – 2024.