ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Bo‘lajak o‘qituvchilarda axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning muhim jihatlari

Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA AXLOQIY FAZILATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING MUHIM JIHATLARI

https://zenodo.org/records/17732566

Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna,
Oriental universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi

mirsagatovanargiza_@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqola boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarini
rivojlantirishning muhim jihatlari mohiyatiga bagʻishlangan. Shu bilan birga maqolada
boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda taʼlim-tarbiya
jarayonlarini samarali tashkil qilish va unda avlod-ajdodlarimiz meroslaridan
foydalanishning samarali yoʻllari murafakkirlar ijodi merosi asosida ochib berilgan.

Kalit soʻzlar: Axloqiy fazilatlar, zakovatlilik, ilmsevarlik, intizomlilik,
ishchanlik, kamtarinlik, kechirimlilik, lafzi halollik, matonatlilik, muruvvatlilik, mehroqibatlilik.

Annotation. This article is devoted to revealing the essence of the important
aspects of developing moral qualities in future teachers. In addition, the article
discusses effective ways of organizing the educational process and using the heritage
of our ancestors in fostering moral values among future educators.

Keywords: moral qualities, intelligence, love of knowledge, discipline, diligence,
modesty, forgiveness, honesty, perseverance, compassion, kindness.

Axloqiy fazilatlar – insonni yaxshilikka chorlaydigan, yomonlikdan qaytaradigan
axloqiy qarashlarning doimiy odati, amaliy faoliyatga aylanganini bildiradigan
tushuncha. U insoniy axloq namunalarini oʻzida mujassam etadi va maʼnaviyatning
oʻzagini tashkil etadi. Maʼlumki, Sharq xalqlarining madaniyati, falsafasi,
dunyoqarashida insondagi Axloqiy fazilatlari qadimdan ulugʻlab kelingan1. Shu
maʼnoda, Sharq ijtimoiy fikri va adabiyotini axloqiy fazilatlarlar qomusi deyish
mumkin. Sharq mutafakkirlari – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Muso
Xorazmiy, Rudakiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Hofiz
Sheroziy, Fuzuliy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi
mutafakkirlar axloqiy fazilatlarlarni oʻz ilmiy va ijodiy faoliyatlarining yetakchi
mavzusi deb bilganlar.

Axloqiy fazilatlar orasida adolatlilik, bagʻrikenglik, bosiqlik, vazminlik,
vafodorlik, vatanparvarlik, vijdonlilik, goʻzallik, diyonatlilik, dilbarlik, donolik,
jasurlik, javonmardlik, ziyraklik, zebolik, zakovatlilik, zukkolik, ibolilik, ilmsevarlik,
intizomlilik, ishchanlik, iltifotlilik, iffatlilik, kamtarinlik, kamarbastalik, kechirimlilik,
latofatlilik, lafzi halollik, matonatlilik, muruvvatlilik, mehr-oqibatlilik, mehribonlik,
mehnatsevarlik, moʻtadillik, nafosatlilik, odillik, orastalilik, olijanoblik,
oliyhimmatlik, ochiqqoʻllik, rostgoʻylik, rahm-shafqatlilik, sabr - bardoshlilik,

1 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. – Toshkent, 2009.

284

saxovatpeshalik, sadoqatlilik, samimiylik, tavozelik, teran fikrlilik, talabchanlik,
tejamkorlik, ulugʻvorlik, fozillik, fidoiylik, farosatlilik, xushmuomalalik, xushfeʼllik,
qanoatlilik, chidamlilik, shijoatlilik, shirinsuxanlik, oʻktamlik, qanoatlilik, gʻayratlilik,
gʻazabni jilovlash, haqqoniylik, halimlik, halollik, hayolilik, hojat barorlik kabi
xislatlar insonni ulugʻlaydi, yuksaltiradi, jamiyatdagi munosabatlarni ham
mukammallashtiradi. Xalqimiz ana shunday axloqiy fazilatlarlar asosida oʻzining
betakror maʼnaviy qiyofasiga ega boʻlib keladi. Mustaqillik yillarida bu fazilatlar
yangicha maʼno-mazmun bilan boyib, yuksak maʼnaviy taraqqiyotning eng muhim
omillaridan biriga aylanmoqda.

Boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda taʼlim-tarbiya
jarayonlarini samarali tashkil va unda avlod-ajdodlarimiz meroslaridan foydalanish
yaxshi samara beradi. Birgina misol: A.Navoiy oʻzining Mahbub ul-qulub asarida
muhtojlarni koʻra bila turib to soʻrab kelmaguncha saxo koʻrsatmaydigan kishi ham
saxiy emasdur deb, haqiqiy saxovat qanday boʻlishini taʼriflaydi. Saxovat, qilgan
ehsonlarini taʼma etmaslik, boriga qanoat qilishlik, muhtoj odamni uchratganda borini
u bilan baham koʻrishlik va qilgan savob ishlarini minnat qilmaslik insonga xos yuksak
maʼnaviy fazilat ekanligini talqin qiladi. Inson umri davomida faqat boyliklarni, molu
davlatni yigʻib yotish emas, balki uni saxiylik bilan oqilona sarf etishni bilish kerak
deydi:

Naqdni guldek sovurmagil,
Gʻuncha kabi dogʻi girih urmagʻil! 1
Shoir molu davlat yigʻib yotgan kishining mulki baribir oʻzida qolmasligini va
hatto, bu holat uni halok etishi mumkinligini uqtiradi. Bu orqali kishilarni boylikka
ongli munosabat boʻlishlari uchun axloqiy fazilatlarni egallagan boʻlishlarini uqtiradi.
Ana shundagini har bir inson boshqalar tomonidan ezozlanadi. Chunki bir shaxs
uchungina xos boʻlgan axloq boʻlmaydi. Axloqiy fazilatlar asosan koʻpchilik
oʻrtasidagi munosabatlarda namoyon boʻladi. Ana shunday axloq normalariga
asoslangan munosabatlar esa insonning jamiyatdagi oʻrnini belgilaydi. Shu nuqtai
nazardan biz maqolamizda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda tarbiyaviy ishlar
jarayonida boʻlajak oʻqituvchilar bilan oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tarbiyaviy ishlarni
tashkil etish loyihasini ishlab chiqishni maqsad qildik.
Boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda yuqorida
taʼkidlaganimizdek, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni samarasi beqiyosdir. Chunki
bu jarayonlarda talaba bevosita oʻzi ishtirok etadi, turli mazmundagi maʼruzalar,
suhbatlar, savol-javoblar, tadbirlarda qatnashadi, oʻz axloqiy fazilatlarini boyirib,
rivojlantirib boradi. Quyida biz boʻlajak oʻqituvchilarning axloqiy fazilatlarini
rivojlantirishda foydalanish mumkin boʻlgan tarbiyaviy tadbir tarkibiy tuzilmasini
keltiramiz.
“Axloq va odob – maʼnaviyatning oʻzagidir” mavzusidagi tarbiyaviy tadbirning
tarkibiy tuzilmasi bir necha qismlardan iborat boʻladi. Chunonchi:
1. “Inson axloq – maʼnaviy kamoloti va jamiyat taraqqiyoti birligi” – tadbir
ishtirokchilari bilan diolog.
2. “Axloqiy qadriyatlar va tarbiya” – qisqacha maʼlumotnoma.

1 Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’lim diagnostikasi. – Toshkent. 2023.

285

3. “Axloq –odob kategoriyalari” – bahs-munozara.
4. “Axloqiy fazilatlarni mukammal egallashda nima qilish lozim?” savoljavoblar1.
Eʼtirof etish joizki, tarbiyaviy tadbir jarayonida talabalar ishtiroki jonli muloqot,
amaliy xatti-harakatlarning amal qilishi koʻzlangan maqsadga erishishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Zero, tadbir boshdan oyoq standart koʻrinishda, faqatgina pandnasihatlar yoki ilmiy gʻoyalarga asoslanib qolmasligi, aksincha, amaliy xatti –
harakatlar, oddiy tushunchalar, faollikka yoʻnaltiruvchi iboralarga boy boʻlishi bu
ishtirokchilarda tadbir haqida salbiy fikr tugʻilishini oldini oladi desak xato boʻlmaydi.
“Axloq va odob – maʼnaviyatning oʻzagidir” mavzusidagi tarbiyaviy tadbirning
dastlabki bosqichida talabalarga inson axloq-odobi, shaxs maʼnaviy kamoloti va
shaxsning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni va roli xaqidagi shaxsiy fikr-mulohaza hamda
qarashlarini bayon etish taklif etiladi. Bundan koʻzlangan maqsad talabalarni axloqiy
normalar va inson kamoloti haqida fikrlash va mulohaza yuritishga undashdir2.
Tarbiyaviy tadbir jarayonida talabalarga axloqiy kamolot inson ijtimoiy
takomillashuvining tarkibiy qismi ekanligini, axloq insonning ijtimoiy, maʼnaviy
takomillashuvi jarayonidagi oʻziga va boshqalarga munosabatini belgilovchi
maʼnaviy, amaliy fazilatlar va harakatlar tizimi ekanligini taʼkidlab oʻtish lozim.
Shuningdek, talabalar diqqatini axloqiy normalarga rioya qilishni har bir shaxs oʻzidan
boshlashi kerakligini, eng asosiy narsa bor maʼnaviy-axloqiy normalarni bilish emas,
balki ularga amal qilish ijobiy ahamiyatga ega ekanligiga qaratish lozim.
Axloq-odob kategoriyalari yuzasidan bahs-munozara tashkil etib, shaxs
faoliyatiga axolqiy bahoni jamoatchilik berishini, axloqlilik-shaxs faoliyatining
jamotchilik belgilagan maʼnaviy mezoniga hamoxang boʻlishi darkorligini uqtirib
borish lozim3.
Donolar aytganidek, axloq inson qalbidan chiqqan nurdir. Bu nur baʼzilarda oʻta
kuchli, baʼzilarda xira boʻladi. Baʼzilarda esa bu nur umuman sezilmaydi. Axloq nuri
boʻlmasligi insoniylik fazilatlaridan uzoqlikning belgisidir. Axloqiy yetuklik inson
hayotida baxtga erisha olishning asosiy shartidir. Bahs-munozara jarayonida
talabalarga mana shu falsafani mohiyatini toʻliq anglab olishlariga erishish eng oliy
maqsaddir.

Adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, 2022.
2. Maʼnaviyat: asosiy tushunchalar izohli lugʻati. Masʼul muharrir Q.Nazarov. –
Toshkent, 2009.
3. Jabborova O., Umarova Z. Boshlangʻich taʼlimda “Tarbiya” fani oʻqitish metodikasi.
– Toshkent, 2022.
4. Jabborova O., Umarova Z. Boshlangʻich taʼlim diagnostikasi. – Toshkent. 2023.
5. Jumanova F., Avazova S., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika
asoslari. – Toshkent, 2020.
6. Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent, 2021.

1 Jumanova F., Avazova S., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari. – Toshkent, 2020.
2 Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’lim diagnostikasi. – Toshkent. 2023.
3 Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent, 2021.

286