BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA INTERFAOL TAʼLIMNING
AHAMIYATI
https://zenodo.org/records/17732587
Murodova Dilshoda,
Oriental universiteti magistranti
Annotatsiya. Bugungi kunda barcha sohalar qatori taʼlim sohasida ham jadal
islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Oʻquv xonalari zamonaviy tarzda
jihozlanmoqda, axborot komunikatsiya vositalari bilan taʼminlanmoqda. Anʼanaviy
oʻqitish usullari oʻrnini zamonaviy va interfaol metodlar egallamoqda. Bu ayniqsa,
boshlangʻich sinf darslarida interfaol taʼlimning joriy qilinishi orqali oʻquvchilarning
darslarga boʻlgan qiziqishi oshib, ularning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda
toʻgʻri yoʻl topish, jamoaviy ishlash koʻnikmalarining shakllanishida muhim
ahamiyatga ega boʻlmoqda. Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqish darslarida
interfaol taʼlimning ahamiyati, interfaol taʼlim usullari va uning natijalari haqida
keltirib oʻtamiz.
Kalit soʻzlar: Interfaol taʼlim, metod, koʻnikma, multimedia, integratsiya, vosita,
usul, taʼlim.
Abstract. Today, along with many other fields, rapid reforms and innovations are
also taking place in the field of education. Classrooms are being equipped in a modern
way and provided with information and communication technologies. Traditional
teaching methods are being replaced by modern and interactive approaches. This is
especially important in primary school lessons, where the introduction of interactive
learning increases studentsʼ interest in lessons and plays a significant role in developing
their independent thinking, problem-solving skills, and ability to work in teams. This
article discusses the importance of interactive learning in primary school reading
lessons, the methods used, and the outcomes achieved.
Keywords: Interactive learning, method, skill, multimedia, integration, tool,
technique, education.
“Interfaol” atamasi lotincha “inter akt” soʻz birikmasidan olingan boʻlib, “inter”
oʻzaro, birgalikda va “akt” – faoliyat maʼnolarini anglatadi. Interfaol taʼlim usullarini
jahon olimlaridan Jerome Bruner, Lev S. Vygotskiy oʻz asarlarida ilmiy asoslab bergan.
Jumladan Bruner “Talimda oʻquvchilarni faol ishtirok ettirilishini va ularni mustaqil
izlanuvchi yaʼni “kashfiyotchi” boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi1. Interfaol metodlar
taʼlim mazmuni oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilarning bir-birlari bilan birgalikdagi
faoliyati natijasida oʻzlashtirilishini koʻzda tutadi. Bu metodlar oʻquvchilarning
faolligi, erkin fikrlashi, mustaqil izlanishi, oʻzlashtiriladigan maʼlumotlarga ijodiy
yondashishiga tayanadi2. Interfaol darslar guruhli ishlar, rolli oʻyinlar, savol-javoblar,
1 https://www.scribd.com/document/704914364/Bruner-J-S-1966-Toward-a-Theory-of-Instruction-Vol-59-Harvard-
University-Press
2 https://zenodo.org/records/7825534
293
munozaralar, klasterlar, loyihaviy ishlarga orqali amalga oshiriladi. Ushbu interfaol
metodlarda “erishilgan didaktik natijadan koʻra, unga kelish yoʻli, oʻquvchilarning bu
kechimdagi izlanishlari, tashabbus koʻrsatishlari muhim” sanaladi. Interfaol usul
tatbiq etilganda, taʼlim jarayoni oʻqitishdan emas, balki birgalikda oʻqishdan iborat
boʻladi. Shu sababli ham muallim dars beruvchidan oʻquvchilarning tadqiqotchilik
faoliyatini tashkil etuvchi, muvofiqlashtiruvchi va maslahatchiga aylanadi1 deb
taʼkidllagan Yoʻldoshev oʻz asarida.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻquv faoliyatiga endi kirib kelayotganligi uchun
ular dunyoni koʻproq hissiy va tasviriy idrok etadigan yosh toifasidir. Ular uchun oddiy
bir yangilik - “ ulkan moʻjiza” ga tengdir. Shuning uchun har bir dars ular uchun
qiziqarli, jonli, faol ishtirok etishga chorlovchi boʻlishi samaralidir. Tadqiqotlardan
maʼlumki boshlangʻich sinf oʻquvchilari guruhda ishlaganda, fikr almashishganda,
oʻyin orqali bilim olganda dars samaraliroq boʻladi va bunga interfaol usullar orqali
erishish mumkin. Shu sababli oʻqish darslarida interfaol metodlardan foydalanish ham
zamonaviy yondashuv, ham psixologik ehtiyojga javob beruvchi zarurat hamdir. Bir
nechta metodlarni koʻrib oʻtsak: Masalan, “Marvarid”2 hikoyasini oʻtganda
oʻquvchilarga “ Siz nima qilgan boʻlardingiz?” degan savol bilan murojaat qilish
mumkin. Bu usulni “Agar men boʻlganimda…” deb nomlaymiz. Bu bilan oʻquvchilar
nafaqat sinfda oʻzaro fikr almashadilar, balki chiroyli nutq va sinfda oʻzaro hurmat
fazilatlarining shakllanishiga ham erishish mumkin.
Darslarni boshqa fanlar bilan integratsiya qilish orqali ham yaxshi samaralarga
erishish mumkin. Masalan: “ Soʻzdan soʻz toping” oʻyinini koʻrib oʻtsak, oʻyin sharti
esa mavzuga oid bir soʻz yozib qoʻyiladi, har bir oʻquvchi berilgan vaqt ichida,
faqatgina shu soʻzdagi harflardan foydalangan holda, oʻzgacha maʼnoga ega boʻlgan
soʻzlarni topib yozish kerak boʻladi. Eng koʻp soʻz topgan oʻquvchi esa gʻolib boʻladi.
Yoki “Men kimman?” oʻyiniga qarasak, oʻyin sharti: bir oʻquvchi oʻtilgan mavzu
yuzasidan asar qahramonlaridan birining sifatlarini aytib, ungga taʼrif beradi,
oʻquvchilar esa bu qaysi qahramon ekanligini topishlari kerak boʻladi. Masalan:
“Mikrob, virus va Salomat qiz haqida ertak”3 da asarida qoʻllash mumkin. Ozoda,
mehribon….- Salomat qizga berilgan taʼriflar boʻlsa, kasallik tarqatuvchi, razil…-
mikrob va viruslarga berilgan tarifdir. Yoki har bir bob yakunida takrorlash darslariga
oid “Muzeyga sayohat” metodini qoʻllash mumkin. Bunda oʻqituvchi multimedia
vositalaridan ham foydalanishi mumkin yoki koʻrgazmali vositalardan foydalanishi
mumkin. Masalan: oʻquvchilar bilan muzeyga sayohat davomida ular bir qancha
predmetlarga duch kelishadi va bu predmetlar qaysi mavzuga oid ekanligini topishlari
kerak boʻladi. Masalan: qafas (Sayroqi qushcha), chigʻanoq (Marvarid), paxta (Qargʻa
va paxta)4.
“Ipak qurti” metodida esa, oʻyinning maqsadi: oʻquvchilarning fikrlash
qobiliyatini oʻstiradi, gap tuzish texnikasini rivojlantiradi, matematikada oʻquvchining
ketma-ketlikni kamaytirish, orttirish kabi tushunchalarni aniqlay olishga oʻrgatadi.
1 Йўлдошев Қ. Глобаллашаётган дунё ва ўқитишнинг интерфаол усуллари. // Халқ таълими. 2007. 6-
сон.
2 4-sinf o’qish savodxonligi, 1-qism darslik. Toshkent 2023.
3 4-sinf o’qish savodxonligi. 4-qism. Toshkent 2023.
44-sinf o’qish savodxonligi. 1-qism. Toshkent 2023.
294
Oʻyin asosida imlo qoidasini oʻrganish, soʻzlarning joyini toʻgʻri topib, gap hosil qilish
koʻnikmalarini shakllantirish mumkin.
Aziz o’qidi bugun
juda
yaxshi
Boshlangʻich sinf oʻqish darslari oʻquvchilarning nutq maʼdaniyatini oshirishga
hamda fikrlarini aniq va ravon ifodalashlarida asos hisoblanadi. Bu esa boshqa fanlarni
oʻzlashtirishda ham muhim hisoblanadi. Oʻqish darsliklarida keltirilgan matnlar orqali
oʻquvchilarda vatanparvarlik, halollik, insoniylik sifatlari singdirib boriladi. Interfaol
metodlarni qoʻllanganda esa bola oʻzini bevosita shu muhitda his qiladi. Albatta
interfaol usullarni tanlashda taʼlimning maqsadi, oʻquvchilarning sonini va bilim
darajasi, oʻquv muassasasining oʻquv-moddiy sharoiti, taʼlimning davomiyligi,
oʻqituvchining pedagogik mahorati va boshqalar eʼtiborga olinadi.
Demak, interfaol metodlardan foydalanish orqali oʻquvchilarning fangga boʻlgan
qiziqishini oshirish, dars mashgʻulotlarining qiziqarli va jonli boʻlishiga erishish,
mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil qilish, ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish shu
bilan birga jamoa bilan ishlash, oʻzaro fikr almashish kabi ijobiy natijalarga erishish
mumkin. Oʻqish darslari oʻquvchilar uchun katta hayotga yoʻl vazifasini ham oʻtaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://www.scribd.com/document/704914364/Bruner-J-S-1966-Toward-a-
Theory-of-Instruction-Vol-59-Harvard-University-Press
2. https://zenodo.org/records/7825534
3. Йўлдошев Қ. Глобаллашаётган дунё ва ўқитишнинг интерфаол усуллари.
// Халқ таълими. 2007. 6-сон.
4. 4-sinf oʻqish savodxonligi, 1-qism darslik. Toshkent 2023.
5. 4-sinf oʻqish savodxonligi. 4-qism. Toshkent 2023.
6. www.ziyouz.com.
295