ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Multimedia vositalari orqali o‘quvchilarda ilmiy va badiiy matn ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish

Faxritdinova Shoira Boli qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MULTIMEDIA VOSITALARI ORQALI OʻQUVCHILARDA ILMIY VA
BADIIY MATN USTIDA ISHLASH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

https://zenodo.org/records/17732598

Faxritdinova Shoira Boli qizi,
Oriental universiteti “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(Boshlangʻich taʼlim) yoʻnalishi magistranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada multimedia vositalaridan foydalanish orqali
oʻquvchilarda ilmiy va badiiy matnlar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish
masalasi yoritiladi. Zamonaviy taʼlim jarayonida multimedia texnologiyalari
oʻquvchilarni darsga jalb etish, ularning tafakkurini kengaytirish va mustaqil fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.Tadqiqotda multimedia vositalarining
afzalliklari, taʼlim samaradorligiga taʼsiri hamda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining
tabiiy fan va oʻqish darslarida ularni qoʻllash usullari tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar: multimedia vositalari, ilmiy matn, badiiy matn, koʻnikma,ilova,
obraz,modda,ijodiy fikrlash,oʻqish savodxonligi,onlayn resurs,audio,interaktiv metod.

Abstract.This article examines the issue of developing studentsʼ skills in working
with scientific and literary texts through the use of multimedia tools. In modern
education, multimedia technologies play an important role in engaging students in
lessons, broadening their thinking, and fostering independent learning abilities. The
study analyzes the advantages of multimedia tools, their impact on educational
effectiveness, as well as methods of applying them in natural science and reading
lessons for primary school students.

Keywords: multimedia tools, scientific text, literary text, skills, application,
image, substance, creative thinking, reading literacy, online resources, audio,
interactive method.

Bugungi globallashuv davrida taʼlim samaradorligini oshirish butun jamiyat
oldidagi ustuvor vazifalardan biridir. Bugun taʼlim tizimida ilgʻor pedagogik
texnologiyalarni qoʻllash, xususan, multimedia vositalaridan foydalanish oʻqitish
samaradorligini oshirishda muhim omilga aylanib bormoqda. Multimedia
texnologiyalari bu matn, grafika, rasm,video, audio va turli xil animatsiyalarni
birlashtirgan integrallashgan axborot tizimi boʻlib,u taʼlim jarayonini yanada
qiziqarli,samarali va interaktiv qilishga yordam beradi. Oʻzbekiston taʼlim tizimida
multimedia vositalaridan foydalanish jarayoni 2000-yillardan boshlab bosqichmabosqich joriy etila boshlandi. Aynan boshlangʻich sinflarda matnlar ustida ishlashda
zamonaviy texnologiytalarni qoʻllash oʻquvchilarni jalb qilishning eng samarali
usullaridan biriga aylandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taʼlim jarayoniga tatbiq
etilgach, multimedia vositalaridan foydalanish ancha ortdi. Mediataʼlim vositalari
oʻquv yurtlari tomonidan keng miqyosda qoʻllanilmoqda. Bu oʻquv usuli murakkab

296

tushunchalarni anglashni yengillashtiradi hamda oʻrganuvchilarga ularni anʼanaviy
oʻqitish metodlariga nisbatan qisqaroq vaqt ichida oʻzlashtirish imkonini beradi.

Multimediali texnologiyalar axborotni bir vaqtning oʻzida bir nechta shaklda
yetkazib berishga imkon yaratadi: matn, tasvir, animatsiya, videoyozuv va tovush
orqali. Multimedianing eng asosiy xususiyati esa — interaktivlik boʻlib, bu
foydalanuvchining axborot muhitidagi faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsata olish
qobiliyatidir.

Multimedia vositalaridan biri boʻlgan audio shakl matndagi qahramonlarning
suhbatlari,musiqa,ovozli hikoyalar oʻquvchilarning matnni qabul qilishini yanada
yaxshilashga yordam beradi.Video vositalari yaʼni matn asosidagi qisqa
multfilmlar,sahna koʻrinishlari yoki matn mavzusiga oid filmlar matnning mohiyatini
yanada ochib beradi.Masalan,1-sinf “Alifbe” darsligidagi “Oltin tarvuz” ertagining
video shakli oʻquvchilarga namoyish etilganda ular nafaqat eshitadi,balki svirlarni
koʻradi,ovoz va musiqani eshitadi,bu esa xotirada mustahkamroq saqlanadi.

Multimedia vositalaridan biri interaktiv taqdimot bu oddiy slayd emas balki
oʻquvchini faol jalb qila oladigan, tugmalar, animatsiyalar, testlar, savol-javoblar orqali
ishlaydigan darsni taqdim etish shakli. Bu nafaqat matnni oʻqiydi, balki tugmani bosib
javob beradi, mavzu asosidagi testlarni ishlaydi. Masalan,1-sinf “Tabiiy
fan”darsligidagi “Hayvonot olami”mavzusini oʻrgatayotganda interaktiv taqdimot
orqali rasmdagi hayvonlarning ovozini namoyish etish orqali darsni va mavzuni yanada
qiziqarli va tushunarli qilish mumkin. Bundan tashqari, onlayn resurslar yaʼni
maqolalar, rasm kolleksiya va galereyalari, mavzuga oid qiziqarli maʼlumotlar matnni
toʻldiradi va chuqurroq oʻrganishga koʻmaklashadi. Bugungi kunda bolalar uchun
foydali boʻlgan onlayn resurslar juda koʻp. Ularga Khan Academy Kids,National
Geographic Kids,Duolingo Kids va boshqa resurslarni misol qila olamiz.Khan
Academy Kids 2-8-yoshdagi bolalarga moʻljallangan bepul taʼlimiy ilova boʻlib, u
oʻyin, video, mashq va interaktiv topshiriqlar orqali bolalarning bilimini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Masalan,1-sinf ingliz tili darsligidagi “What color is
it?”mavzusini oʻtib boʻlgandan soʻng, uyda ota-onalari yordamida ilova orqali
mustahkamlashi mumkin boʻladi,bu esa mavzuni yanada esda qolarli boʻlishiga zamin
hozirlaydi.

Xulosa qilib aytganda, texnologik taraqqiyot taʼlim jarayoniga yangicha
yondashuvlar va innovatsion yechimlarni olib kirdi, bu esa multimediali oʻquv
muhitining shakllanishi va rivojlanishiga turtki boʻldi. Bugungi kunda har bir
insonning mehnat faoliyatida multimedia vositalaridan foydalanishga ehtiyoj kundan
kunga ortib bormoqda. Oʻquv jarayonida multimedia texnologiyalarini joriy etish
nafaqat taʼlim sifati yaxshilanishiga, balki oʻquvchilarning bilimni oʻzlashtirish
darajasi oshishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimova Sh.Til taʼlimida amalaiy mashqlar. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent:
2023. 136 B.
2. Taʼlimda axborot texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma / R.X. Ayupov. Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. – T.: TDPU, 2020 yil

297

3. Abdullaev, S. S. Socio-political factors of development of social relationships
in students in the process of pedagogical education. In Euro-Asia Conferences (pp.168-
170). 2021.

4. Askarovich, M. S. Formation of professional-pedagogical competences of
future teachers of chemistry. вестник науки и образования, (6-3 (109)), 28-31.2021

5. Askarovich, M. S., Uljaevna, U. O., & Inomjohnovna, O. N. (2020). Applying
case study-method in teaching chemistry. Проблемы современной науки и
образования, (3 (148)), 62-64.

6. Begmurzayevich, D. B. (2022). Boʻlajak boshlang ʼich sinf oʻqituvchilarida
refleksiv madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. integration of science,
education and practice. scientific-methodical journal, 3(6), 154-160.

7. Karimova, B. (2019). Possibilities of formation of national pride with using
khadiths in the first-year pupils of orphanages. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).

298