TASAVVUFNING MOHIYATI VA UNING ISLOM
FALSAFASIDAGI OʻRNI
https://zenodo.org/records/17732610
Gulbahor Namozova Muzaffarovna,
Oriental universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi
kafedrasi katta oʻqituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada tasavvufning kelib chiqishi, uning mohiyati va
islom falsafasi rivojidagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tasavvuf – Qurʼon va
Hadis asosidagi maʼnaviy-tarbiyaviy yoʻnalish sifatida shakllangan boʻlib, uning
maqsadi inson qalbini poklash, maʼnaviy kamolotga erishish va Haq bilan yaqinlikni
his etishdir. Maqolada tasavvuf taʼlimotining asosiy gʻoyalari, shariat, tariqat, maʼrifat
va haqiqat bosqichlari izohlanadi, shuningdek, mashhur mutasavviflar – Junayd
Bagʻdodiy, Bahouddin Naqshband, Jaloliddin Rumiy kabi allomalarning qarashlari
tahlil qilinadi. Islom falsafasi tarixida tasavvuf nafaqat diniy-maʼrifiy oqim, balki
axloqiy-ruhiy tarbiyaning muhim manbai sifatida ham oʻrganiladi. Maqolada
tasavvufning musulmon jamiyatidagi maʼnaviy-maʼrifiy oʻrni, shuningdek, uning
bugungi davr uchun ahamiyati yoritib berilgan.Tasavvufning asosiy gʻoyalari, uning
maʼnaviy-maʼrifiy taʼsiri, shuningdek, Sharq va Gʻarb tafakkuridagi falsafiy ahamiyati
yoritiladi.
Kalit soʻzlar: tasavvuf, islom falsafasi, tariqat, maʼrifat, ruhiy kamolot, ilohiy
muhabbat.
Abstract: This article provides a scholarly analysis of the origins of Sufism, its
essence, and its role in the development of Islamic philosophy. Sufism, formed as a
spiritual and educational movement based on the Qurʼan and Hadith, aims at purifying
the human heart, achieving spiritual perfection, and experiencing closeness to the
Divine. The article explains the fundamental ideas of Sufi doctrine, such as the stages
of Sharia, Tariqa, Maʼrifa, and Haqiqa, and analyzes the views of prominent mystics
such as Junayd al-Baghdadi, Bahauddin Naqshband, and Jalal al-Din Rumi. In the
history of Islamic philosophy, Sufism is studied not only as a religious and educational
current but also as an important source of ethical and spiritual cultivation. The article
highlights the moral and spiritual significance of Sufism in Muslim society, as well as
its relevance in the modern era. The core ideas of Sufism, its spiritual and educational
influence, and its philosophical significance in both Eastern and Western thought are
also illuminated.
The core ideas of Sufism, its spiritual and educational influence, as well as its
philosophical significance in both Eastern and Western thought are discussed.
Keywords: Sufism, Islamic philosophy, tariqa, maʼrifa, spiritual perfection,
divine love.
Kirish. Islom dini insoniyat tarixida nafaqat diniy hayot, balki falsafiy tafakkur,
madaniyat va maʼnaviyat rivojida ham oʻziga xos oʻrin egallagan. Qurʼoni Karim va
Hadisi sharif asosida shakllangan islom falsafasi insonni nafaqat tashqi amallar orqali,
balki ichki dunyosi, ruhiyati va maʼnaviy kamoloti orqali ham tarbiyalashni maqsad
qilgan. Shu maʼnoda tasavvuf islom falsafasining eng chuqur, nozik va taʼsirchan
yoʻnalishlaridan biri sifatida yuzaga kelgan. U insonning qalb pokligi, Allohga
muhabbat va ruhiy yuksalishni asosiy maqsad qilib qoʻyadi.
Tasavvuf atamasi ilk bor VIII asrda musulmon dunyosida shakllana boshlagan
boʻlib, uning asoschilari zohidlik, taqvo va dunyo lazzatlaridan voz kechish gʻoyalarini
ilgari surganlar. “Suf” soʻzi jun matodan tayyorlangan kiyimni anglatadi va dastlabki
soʻfiylarning oddiy, kamtarona hayotini ifodalagan. Shundan keyin tasavvuf
tushunchasi asta-sekin kengayib, inson ruhiyatining chuqur qatlamlarini oʻrganishga
qaratilgan falsafiy-maʼnaviy maktab darajasiga koʻtarildi.
Tasavvuf mohiyatan inson va Yaratganning munosabatini tushuntirishga intiladi.
Unda asosiy maqsad – Allohga muhabbat va sadoqat orqali ruhiy kamolotga
erishishdir. Bu yoʻl esa shariat, tariqat, maʼrifat va haqiqat bosqichlaridan iborat boʻlib,
soʻfiylar ana shu darajalardan oʻtish orqali komillikka erishishni taʼlim qilganlar.
Islom falsafasi asosan aql va mantiqqa tayanar ekan, tasavvuf qalb, muhabbat va
ilohiy ilhomni ham falsafiy tafakkur mezoniga qoʻshadi. Shu sababli u nafaqat diniyamaliy yoʻnalish, balki falsafiy va axloqiy taʼlimot sifatida ham shakllandi. Imom
Gʻazzoliy, Jaloliddin Rumiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk mutasavviflar bu
taʼlimotni yanada boyitib, uni insoniy kamolotga eltuvchi yoʻl sifatida targʻib etganlar.
Shuningdek, tasavvuf ijtimoiy-maʼnaviy hayotda ham beqiyos oʻrin egallagan. U
insonlarni halollikka, sabr-toqatga, mehnatsevarlikka va oʻzaro mehr-oqibatga daʼvat
qilgan. Naqshbandiya tariqatining “Dil ba yoru, dast ba kor” tamoyili buning yaqqol
ifodasidir. Demak, tasavvuf islom falsafasida inson qalbini yuksaltirish, jamiyatni
maʼnaviy uygʻotish va axloqiy birlikni taʼminlash vositasi sifatida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Islom madaniyatida soʻfiylik baʼzan tasavvuf deb ham ataladi. Bu ularning arab
tilidagi umumiy ildizga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuni taʼkidlash lozimki,
“soʻfizm” va “tasavvuf” atamalarining maʼnosi atrofida turlicha talqinlar mavjud.
Baʼzi xorijiy tadqiqotchilar “tasavvuf” atamasi “kirish” maʼnosida ishlatilishini qayd
etadilar. Rene Genonning fikricha, tasavvuf “initiasiya” yoki “ichkariga kirish” deb
tarjima qilinadi. Bu “al-haqiqa” (“hayotning ichki haqiqatini”) bildiradi va “ashshariʼa” (“buyuk yoʻl”)ning chuqur qatlamlarini anglash imkonini beradi (René, 2017).
Bunday talqin soʻfiylarning birodarliklarga birlashganligini koʻrsatadi. XII–XIII asrlar
esa soʻfiylikning yanada rasmiy va tashkilotli tuzilishga oʻtgan davri bilan ajralib turadi
(Gallimard, 1973, r.18).
Arab tilida “yoʻl” yoki “yoʻnalish”ni anglatuvchi “tariqat” termini soʻfiy uchun
haqiqat sari toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi vosita sifatida qaraladi.
Soʻz soʻfiy va tasavvufning kelib chiqishi haqida tadqiqotchilar turli gipotezalarni
ilgari surganlar. Jumladan, bir gipotezaga koʻra, “tasavvuf” soʻzi “sauf” (Gazzoli,
1992) – “begʻuborlik, poklik, tiniqlik” ildizidan kelib chiqqan. Shuningdek, u
paygʻambar (s.a.v.)ga yaqin yashagan “suffa ahli” deb atalgan “bani-suffa” qabilasi
nomidan olingan boʻlishi mumkin (bu qabila nomi esa oʻz navbatida “sufan” deb
atalgan choʻl oʻsimligi nomidan kelib chiqqan, bunda “suf” – “jun” maʼnosini
bildiradi). Yana bir talqinga koʻra, u yunoncha “sophia” – “donolik” soʻzidan ham
kelib chiqqan boʻlishi mumkin (Gʻazzoliy,Ihyo ulum ad-din,2005). Bu masalada
yevropalik va musulmon mualliflar oʻrtasida, hatto soʻfiylarning oʻzlari orasida ham
qarama-qarshiliklar mavjudligi diqqatga sazovordir (Michel, 2006, р.88).
Soʻfiylar va aksariyat musulmon mualliflar fikricha, soʻfiylikning ildizlari
Qurʼonga va Paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ning hadislariga borib taqaladi.
Soʻfiylikning islom bilan bevosita bogʻliqligi, uning islomiy qadriyatlar va imonning
ustunlari asosida rivojlangani inkor etilmaydi. Shu bilan birga, tasavvuf birgina
shaklda mavjud, deb aytib boʻlmaydi. Islom olamida Qurʼon va shariatga toʻliq
bogʻlangan tasavvufiy tariqatlar bilan bir qatorda, shariat doirasidan tashqariga chiqib
ketuvchi va baʼzi islomiy tamoyillarga zid boʻlgan ichki-ekstremistik qarashlarga ega
oqimlar ham uchraydi. Umuman olganda, islom madaniyati va tasavvuf taraqqiyotini
oʻrganishda koʻplab tariqatlarda boshqa dinlar va falsafiy oqimlar taʼsirini koʻrish
tabiiy hodisa sifatida baholanadi. Ammo sof diniy tamoyillar nuqtayi nazaridan bunday
tariqatlar musulmonlar tomonidan unchalik maʼqullanmagan.
Soʻfiylikning tarixiy rivojiga qisqacha nazar tashlansa, tasavvuf tarixida uch
asosiy bosqichni ajratish mumkin: zuhd (asketizm), tasavvuf va tariqatlar.
Koʻplab tadqiqotchilar fikricha, asketizm davri islomning ilk davrlariga toʻgʻri
keladi. Paygʻambar Muhammad (s.a.v.)dan keyingi davrda fathlar orqali musulmonlar
hududlari kengaydi, moddiy hayot yaxshilandi, trofeylar hisobiga musulmonlar
farovonligi ortdi va natijada moddiy manfaatlarga intilish kuchaydi. Shu sharoitda bir
guruh odamlar sof diniy eʼtiqodga sodiq qolib, islom dinining asl tamoyillaridan
chiqmagan holda, Paygʻambar yoʻlidan yurishni afzal koʻrishdi. Shu davrning xos
jihati shuki, paygʻambar davrida mistik hayot tarzi aslida Paygʻambar (s.a.v.)ning
yashash uslubiga ergashish edi, u boshqa koʻrinishda ifoda etilmagan. Oʻsha davrda
“tasavvuf” atamasi hali termin sifatida qoʻllanmagan, chunki islom jamiyati hayotning
barcha sohalarida paygʻambar soʻzlari va xatti-harakatlariga amal qilishni afzal bilgan
(Enver Behnan Çapolyo, Mezhepler ve tarikatlar tarihi,1964).
Tasavvuf tarixining boshlangʻich bosqichi sifatida qaraladigan davr oʻzining
ayrim xos jihatlari bilan eʼtiborni tortadi. Bu davrda odamlar jamiyatdan chetda
yashash, shahvoniy nafs istaklarini inkor etish va ular bilan kurashish, sabr-toqat
hamda Allohga suyanish kabi xususiyatlar bilan ajralib turgan. Zohidlik (asketizm)
davri VIII asrning oʻrtalarigacha davom etadi. Tadqiqotchilar keyingi bosqichni
tasavvuf davri deb ataganlar va oʻsha davr ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlariga ham eʼtibor
qaratganlar. Bunga islomning keng hududlarga yoyilishi, boshqa xalqlar va
madaniyatlar bilan oʻzaro aloqalar va taʼsirlar kiradi.
Tasavvuf mustaqil falsafiy taʼlimot sifatida ilk bor Basrada yuzaga kelgan.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, “soʻfiy” unvonini olgan birinchi shaxs Abu
Hoshim as-Soʻfiy boʻlgan. Dastlabki soʻfiy xonaqohi ham Abu Hoshim tomonidan
Suriyaning Ramla shahrida qurilgan. Abu Hoshimdan boshlangan tasavvuf toʻlqini
qisqa fursatda koʻplab musulmon mamlakatlariga yoyildi (N.Komilov. Tasavvuf,
2009. - B.3).
Tabiiyki, tasavvufning keng tarqalishi uning yanada rivojlanishiga olib keldi. IX
asrdan boshlab soʻfiylik tizimlashtirish bosqichiga kirdi. Bu tizimlashtirish, yuqorida
qayd etilgan asketizm davriga nisbatan, bir qator oʻziga xos jihatlarning shakllanishiga
sabab boʻldi. Bir tomondan, tasavvufning tamoyillari, qoidalari va usullari belgilandi,
ikkinchi tomondan esa, soʻfiy mutafakkirlar tomonidan maxsus maskanlar –
xonaqohlar barpo etila boshlandi. IX–X asrlar koʻplab buyuk soʻfiylar faoliyat yuritgan
davr boʻlib, tasavvufga oid ilmiy asarlar yozildi va shu orqali tasavvufning asosiy
nazariy poydevori yaratildi.
Tasavvufning diniy-axloqiy mohiyatiga kelsak, islomiy hayotning maʼnaviyaxloqiy qadriyatlari tasavvuf tushunchasi bilan bevosita bogʻliqdir. Ushbu diniyfalsafiy taʼlimot insonning axloqiy fazilatlarini takomillashtirishni koʻzda tutib, nafsni
isloh qilish, uni tarbiyalash, moddiy dunyo va shahvoniy istaklardan voz kechish, Alloh
bilan ruhiy birlashishni maqsad qiladi. Ayrim soʻfiy taʼlimotlarda tasavvuf dunyoviylik
bilan doimiy kurash, insonning oʻz nafsidan ozod boʻlishi, shaytonga boʻysunmaslik,
shahvat istaklaridan ilohiy iroda yoʻlida kechish, tashqi dunyodan ichki dunyoga
yuzlanish, hayotiy sinovlarni sir saqlash, ulugʻvorlik, muloyimlik va poklik sifatida
taʼriflanadi.
Soʻfiylikning shu qadar jozibador boʻlishining sabablaridan biri uning ilohiy sirlar
va bilimlarni oʻzida mujassam etuvchi mistik fikr bilan bogʻliqligidir. Maʼlum
maʼnoda, tasavvufdagi sir va mistitsizm moddiy-amaliy holatlarni axloq, ruhiyat
(asketizm) va sayr va suluk (axloqiy kamolot yoʻli) tushunchalariga qarama-qarshi
qoʻyadi. Turli diniy va falsafiy taʼlimotlarda mistik unsurlar qadimdan mavjudligi esa
hammaga maʼlum fakt hisoblanadi.
Soʻfiylar barcha gunoh koʻrinishlariga qarshi kurash olib borganlarini taʼkidlash
lozim. Ularning kurashi koʻpincha moʻminlarning, ayniqsa ilmli insonlarning axloqini
zaiflashtirishga tahdid solganlarga qarshi qaratilgan edi. Islomning dastlabki davrlarida
paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ning sahobalaridan biri Abu Zar dunyoviy
hukmdorlarni tanqid qilgani uchun ular tomonidan hibsga olingan (Ibn Arabi, 2006,
r.33).
Tasavvuf oʻzida islom qonunlari (shariat) va haqiqatni birlashtiradi. Soʻfiylarning
eʼtiqodicha, agar diniy marosimlar chin qalbdan bajarilmasa, ular foydasizdir. Baʼzilari
tasavvufni yashirin ilm (ilm al-botin) va moddiy dunyodan voz kechish, gunoh bilan
ichki kurash gʻoyasi bilan bogʻlashadi. Ilm al-botin prinsipi ichki haqiqatni qabul
qilish, yaʼni “Allohdan boshqa hech narsa eslatilmaydi” degan maʼnoda talqin qilinadi.
Tasavvufda eng oliy mavjudot Alloh hisoblanadi va unga faqat uni sevish orqali
yaqinlashish mumkin.
Qabul qilingan qarashlarga koʻra, mistik-amaliy tafakkur islom, xristianlik va
iudaizm olamida, yunon falsafasida, shuningdek braxmanizm va buddizm dinlarida
ham turli shakllarda namoyon boʻlgan. Biroq, tasavvufni faqatgina mistitsizm sifatida
talqin qilib boʻlmaydi. Tasavvuf va islomdan tashqari mistitsizm oʻrtasidagi farq
quyidagicha tushuntiriladi: islomiy boʻlmagan mistitsizm tartibsizlik va passivlik
xususiyatiga ega. Masalan, bunday oqimlarda shayxga boʻlgan bogʻliqlik holati
mavjud emas. Tasavvufda muhim oʻrin tutgan tsikliklik xususiyati boshqa
mistitsizmlarda mavjud emas, chunki murshidlar anʼanasi yoʻq. Shuningdek,
belgilangan vaqtda bajariladigan vird va zikrlar ham yoʻq. Natijada odamlar oʻz
qobiliyatiga qarab mistitsizmda maʼlum oʻrinni egallaydi. Islomiy boʻlmagan
mistitsizmning yana bir oʻziga xos jihati shundaki, unda ierarxiya mavjud emas,
erishiladigan yakuniy maqsad esa ilm ul-yaqin (Allohga yaqinlashuv taʼlimoti) sifatida
talqin etiladi (Komilov N. Tasavvuf. 2009. - B.3 ).
Islomiy mistitsizmda esa boshqa dinlardagi mistitsizmdan farqli ravishda usul va
faoliyatga katta ahamiyat beriladi. Har bir soʻfiy oʻtishi lozim boʻlgan ruhiy yoʻl —
sayr va suluk, murshid rahbarligi ostida boshlanishi va davom etishi kerak. Shu nuqtai
nazardan shayx (murshid) markaziy shaxs sifatida zikr, riyoziyot va boshqa
rituallarning tartibi hamda davomiyligini belgilaydi. Tasavvufda shuningdek qatʼiy
ierarxik tuzilma mavjud boʻlib, unda har kimning oʻrni aniq belgilangan. Agar boshqa
taʼlimotlarda mistitsizmning choʻqqisi ilm ul-yaqin boʻlsa, soʻfiylarning erisha
oladigan eng oliy darajasi haqq ul-yaqin (ilohiy haqiqat bilan toʻliq birlashish)
hisoblanadi (. Frithjof Schuon,Islomni anglash,1999).
“Tasavvuf” soʻzining ilk qoʻllanishi oʻz davrining mashhur soʻfiyi Maruf Karxiy
nomi bilan bogʻlanadi. Soʻfiy tafakkuriga “maʼrifat” (maʼnaviy maʼrifat) tushunchasini
olib kirgan Zunnun Misriy, tasavvuf holatlarini oʻrgangan Sari as-Saqatiy nomlari ham
mashhurdir. Asketizm va tasavvufga yangi tushuncha va mezonlarni olib kirganlardan
biri Bayoziyid Bistomiy hisoblanadi ( Frithjof Schuon , Islomni anglash,200-bet)
Dastlabki tasavvuf davriga oid Bayoziyid Bistomiy, Junayd Bagʻdodiy kabi
soʻfiylarning gʻoyalari keyinchalik Abu Homid al-Gʻazzoliy tomonidan tizimlashtirilib
mukammallashtirildi. Tasavvufning falsafiy asosini yaratgan Ibn Arabi esa tasavvuf
tarixidagi eng muhim siymolardan biri hisoblanib, vahdat ul-vujud (borliq birligi)
nazariyasini yaratdi. Bu nazariya jahon falsafiy merosida chuqur iz qoldirdi. Ibn
Arabining qarashicha, Allohni anglash uchun aql va falsafa yetarli emas, balki bu
yoʻlda eng zarur boʻgʻin – muhabbatdir. Shu sababli, uning vahdat ul-vujud nazariyasi
tasavvufiy anʼanada asosiy taʼlimotga aylangan (Morewedge, 1995).
Tasavvuf tizimining rivojlanishidagi uchinchi bosqich – tariqatlar davri XII
asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda tasavvufning qoidalari va usullariga
oʻziga xos yangiliklar kiritgan mashhur soʻfiylar tomonidan turli tariqatlar tashkil
etilgan. Keyingi tasavvufiy taraqqiyot aynan ushbu tariqatlar bilan chambarchas
bogʻliq boʻlib, ular bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Islom madaniyatida katta
oʻrin tutgan yirik tariqatlarga: Yassaviya, Rifoiya, Kubraviya, Suhrawardiya,
Shaziliya, Bektashiya, Mawlaviya, Naqshbandiya, Hurufiya, Xalvatiya tariqatlarini
misol keltirish mumkin.
Xulosa. Tasavvuf islom falsafasining eng chuqur va taʼsirchan yoʻnalishlaridan
biri sifatida nafaqat diniy hayot, balki insoniyatning maʼnaviy-madaniy taraqqiyotida
ham beqiyos oʻrin tutadi. U islomning asosiy manbalari – Qurʼon va Hadisi sharifga
tayangan holda inson qalbini poklash, nafsni tarbiyalash va Allohga yaqinlashish
gʻoyalarini ilgari surdi. Tasavvufning mohiyati, avvalo, insonning oʻzini anglash, ruhiy
kamolotga erishish va hayotni ilohiy haqiqat bilan uygʻunlashtirishdan iboratdir.
Tarixiy rivojlanish jarayonida tasavvuf uch bosqichni bosib oʻtdi: zohidlik
(asketizm), tasavvuf va tariqat davrlari. Har bir davrda soʻfiylik yangi mazmun kasb
etib, nafaqat individual ruhiy tajriba, balki keng ijtimoiy-madaniy hodisaga aylandi.
Ayniqsa IX–X asrlardan boshlab soʻfiylik tizimlashtirilgan taʼlimot darajasiga
koʻtarilib, ilmiy-falsafiy asarlar, maxsus maktablar va tariqatlar orqali yanada boyidi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Frithjof Schuon, Islomni anglash (Tarj.: Mahmut Kanik), Istanbul, 1999, 203-
bet
2. Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnomai sultoniy» A.Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti,1994. Najmiddin Komilov tarjimasi
3. Jaʼfar Xolmoʻminov.Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya taʼlimoti.
Monografiya. Toshkent "Tafakkur"2020
4. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi
// Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
5. Komilov N. Tasavvuf. - T.: Movarounnahr" - "Oʻzbekiston", 2009. - B.3
6. Majid Fahri, Islom falsafasi tarixi (Tarj.: QosimTurxon), Istanbul, 2004, 278-
bet.
7. Al-Gʻazzoliy, Abu Homid. Ihyo ulum ad-din. – Qohira: Dar al-Maʼrifa, 2005.
8. Parviz Morewedge, Essays in Islamik Philosophy, Theology,and
Mysticism(1995,Oneonta Philosophy,New York at Oneonta)/ Global Academik
Publishing.
9. Bagʻdodiy, Junayd. Risola fiʼt-tasavvuf. – Istanbul: Kitabevi, 1999.
10. Jaloliddin Rumiy. Masnaviy maʼnaviy. – Tehron: Amir Kabir, 2008.
11. Bahouddin Naqshband. Maqomot. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi
nashriyot, 2000.
12. Enver Behnan Çapolyo, Mezhepler ve tarikatlar tarihi,-Istanbul,1964).
13. Knysh, Alexander. Islamic Mysticism: A Short History. – Leiden: Brill, 2000.
14. Gʻaniyeva, S. Oʻzbek mumtoz adabiyotida tasavvuf. – Toshkent: Fan, 2007.
15. Trimingham, J. Spencer. The Sufi Orders in Islam. – Oxford: Oxford
University Press, 1998.