BOLA HAYOTIDA MULTFILMNING OʻRNI VA TAʼSIRI
https://zenodo.org/records/17732650
Islamova Oʻzbekoyim,
Oriental universiteti magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar sevib tomosha qiladigan multfilmlarni
ularning tarbiyasiga, nutqiga va oʻqish savodxonligiga taʼsiri yoritib berilgan. Bundan
tashqari, multfilm tomosha qilishning yosh va vaqt chegaralari va olimlarning bu
boradagi tadqiqotlari keltirib oʻtilgan.
Аннотация: В статье рассматривается влияние любимых мультфильмов
детей на их воспитание, речь и грамотность чтения. Приводятся возрастные и
временные ограничения для просмотра мультфильмов, а также исследования
учёных по этой теме.
Kalit soʻzlar: bola, multfilm, yosh, oʻqish savodxonligi, muammo, tasavvur,
personaj, ota-ona.
Ключевые слова: ребенок, мультфильм, возраст, читательская
грамотность, проблема, воображение, персонаж, родители.
Biz koʻpincha bizga muammo boʻlib koʻringan obyekt bilan kurashamiz. Lekin aslida
u bizning yonimizga muammo sifatida chiqishidan oldin qandaydir jarayonlar sodir boʻlib
oʻtgan boʻladi. Deylik, uyingizga suv toshsa, xoʻl boʻlgan yerlarni quritish bilan
shugʻullanishdan oldin, albatta suv toshish manbaini aniqlash lozim. Balki joʻmrak ochiq
qolgandir, balki suv kanalida yorilish bilan bogʻliq qandaydir muammo boʻlgandir. Xuddi
shunday har qanday masalada oldin muammoni topib unga qarshi kurashsak, natija
oʻzgaradi. Biz esa negadir buning aksini qilamiz. Yaʼni asl muammo bilan emas, uning
natijalari bilan kurashamiz. Natijada esa vaqtimiz va kuchimiz samarasiz ketadi.
Bu bilan nima demoqchiman? Oʻqish savodxonligini oshirishda, diqqatni aynan
oʻqishning oʻziga emas, balki unga taʼsir qiladigan orqa fondagi omillarga qaratishimiz
darkor. Ularni har birini sanasak, ancha boʻladi. Lekin bugun ochib bermoqchi boʻlgan
mavzuyimiz, ularning biri – multfilmlarning bola ongiga va oʻqish savodxonligiga bevosita
taʼsirini koʻrib chiqamiz.
Olimlarning fikricha, bolaga 3 yoshigacha multfilmlarni umuman koʻrsatish tavsiya
qilinmaydi. Chunki bolada koʻrish, eshitish va dunyoni qabul qilish instinktlari endi
rivojlanayotga boʻladi. 3 yoshdan keyin asta-sekin fikrlash jarayoni shakllana boshlaydi.
Bunda bolaga har qanday qiyin maʼnolar yuklanmagan, boshi va oxiri maʼlum boʻlgan
kichik hikoyachalar koʻrinishidagi multfilmlar koʻrsatish tavsiya qilinadi. Bu orqali boʻladi
tasavvur olami shakllanadi, bola hech qachon boʻlmagan joylarida boʻlib koʻradi, oʻzini
qahramonlarning biri deb hisoblaydi. Enshteyn aytganidek: “Hammani nimagadir oʻrgatish
mumkin, lekin tasavvurga qilish kuchiga hamma egalik qilolmaydi”1. Xayolot dunyosi esa
oʻqish savodxonligi uchun muhim asos sifatida xizmat qiladi. Chunki bola oʻquvchi sifatida
1 Bolalar psixiatori, psixoterapevt Olshanskiy Oleg Viktorovich.
313
oʻqiyotgan hikoya, rivoyatni tushunishi uchun oldin uni tasavvur qila olishi kerak. Keyin
matnni tushunishi-yu, oʻz soʻzlari bilan almashtirib qayta gapirib berishini kutsak arziydi.
Umuman olganda, 3-6 yoshlar oraligʻida multfilm tomosha qilish vaqt oraligʻi haftada
2 marta, boshlangʻich sinflarda esa bu koʻrsatkich haftada 3 martaga oshirilishi mumkin
ekan.
Nima uchun multfilmlar sodda boʻlishi kerak? Chunki bolani miyyasi hamma
maʼlumotlarni birdaniga qabul qila olmaydi. Multfilmlarda ranglar juda yorqin, kadrlar
harakati tez, personajlar nutqi tez va qoʻshimchasiga orqa fonda musiqa yangrab turadi.
Bola bularni hammasini bitta kartinaga keltirib joylashga qiynaladi. Bu esa miyyaga, vizual
qabul qilish sistemasiga ortiqcha yuk sifatida xizmat qiladi. Natijada esa bola juda asabiy,
baqiroq boʻlib qoladi. Kadrlarni tez almashinuvi sababli bolada sabrsizlik, diqqatni bir joyga
yigʻa olmaslik muammosi kuzatilishi mumkin. Ushbu muammodan hozirda kattalar ham
afsuski qiynalishadi. Bola ham bitta narsadan tez zerikadigan boʻlib qoladi. Bu esa
keyinchalik insonda hayotdan zerikishga ham olib kelishi mumkin.
Multfilmlar bolaning oʻqishiga, lugʻat boyligini oshirishga, soʻzlarni, emotsiyalarni
tushunishiga va tanqidiy fikrlashini rivojlanishiga yordam beradi. shuning uchun ham
multfilmdagi qahramonlar soʻzlani talaffuz qilishi, oʻgʻizlari harakatga kelishi va
harakatlari gapirayotgan soʻzlariga mos kelishi shart. Hozirgi kunda BabyBus, Buba kabi
nomlar ostida oʻz faoliyatini yurgazib kelayotgan multfilmlarda soʻzlar umuman
qoʻllanilmaydi, multfilm faqat tovushlardan iborat. Kunimizda mashhurlikka erishib
ulgurgan “labubu” oʻyinchogʻining ham multfilmi ishlab chiqilgan ekan. U yerda esa ogʻiz
shunchaki ochilib-yopiladi, ogʻiz artikulyatsiyasi talaffuz qilinayotgan soʻzlarga umuman
toʻgʻri kelmaydi. Bundan tashqari baʼzi qismlarida oʻqituvchiga nisbatan juda katta
hurmatsizlik koʻrsatilgan sahnalar ham mavjud. Nima uchun chet el multfilmlaridan misol
keltiryapman? Chunki, telegram kanalimda oʻtkazgan kichik soʻrovnomamda qatnashgan
obunachilar farzandlariga rus, ingliz va turk tillaridagi yoki rus tiliga tarjima qilingan ingliz
multfilmlarni koʻrsatishar ekan. shuning uchun ham urgʻuni aynan shularga qaratayapman.
Multfilmlarning yuqorida sanab oʻtilgan ijobiy mahsullar uchun yordami beqiyos.
Faqatgina hamma narsada boʻlganidek, multfilmni tomosha qilishda ham cheklangan vaqt
boʻlishi kerak. Bunda ota-onalar budilnikli soatlardan, qumsoatlardan foydalansalar boʻladi.
Yaʼni bola vaqt nihoyasiga yetganda multfilm tomosha qilish vaqti tugaganini masʼuliyat
bilan his qiladi va amal qilishi kerak boʻladi. Albatta bu boshida qiyin boʻlishi mumkin.
Lekin sekin-asta urishmasdan tushuntirilib, xuddi kattalardek kelishilsa, bola albatta
tushunadi va tartibga oʻrganadi.
Bundan tashqari, bizning mentalitetimizga, qadriyatlarimizga yod boʻlgan
multfilmlardan koʻra oʻz yurtdoshlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Bek va Lola”
multfilmini tavsiya qilaman. Unda tarbiyaviy ahamiyatga ega mavzular qalamga olingan
boʻlib, nafaqat bolani zavqlantiradi, balki unga hayoti davomida kerak boʻladigan asosiy
bilimlarni oʻrgatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://youtu.be/RS7jtFKENSg?feature=shared
2. https://youtu.be/5LGRGwzS2Lk?feature=shared
3. EuroSchool - 7 Amazing Benefits of Watching Cartoons for Children
4. www.kinderpedia.co - Cartoons : impact on children
314