ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Dars jarayonida milliy qadriyatlarni o‘quvchilarga yetkazishning samarali yo‘llari

Xamrayeva Dilorom Uktamjonovna, Egamberdiyeva Farida Oktamovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

DARS JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI OʻQUVCHILARGA
YETKAZISHNING SAMARALI YOʻLLARI

https://zenodo.org/records/17732810

Xamrayeva Dilorom Uktamjonovna,
Oriental universiteti 2-kurs magistratura talabasi

Egamberdiyeva Farida Oʻktamovna,
Oriental universiteti Pedagogika fanlari nomzodi professor

Annotatsiya: Ushbu maqolada dars jarayonida oʻquvchilarga milliy qadriyatlarni
yetkazishning samarali usullari va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Taʼlim
jarayonida milliy qadriyatlarni singdirish metodlari, anʼanaviy va zamonaviy
yondashuvlarning uygʻunligi hamda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati koʻrib
chiqilgan. Adabiyotlar tahlili asosida milliy qadriyatlarni oʻqitishning eng samarali
yoʻllari aniqlangan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra,
milliy qadriyatlarni dars jarayonida muvaffaqiyatli yetkazish uchun kompleks
yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur.

Kalit soʻzlar: milliy qadriyatlar, dars jarayoni, taʼlim metodlari, pedagogik
texnologiyalar, milliy tarbiya, maʼnaviy-axloqiy tarbiya, didaktik imkoniyatlar,
oʻquvchilar

Abstract: This article analyzes the Effective Ways and didactic possibilities of
communicating national values to students during the course of the lesson. In the
educational process, methods for the absorption of national values, the combination of
traditional and modern approaches and the importance of pedagogical technologies
were considered. Based on the analysis of the literature, the most effective ways of
teaching national values are identified and practical recommendations are developed.
According to the results of the study, in order to successfully convey national values
in the course of the lesson, it is necessary to use an integrated approach and modern
pedagogical technologies.

Keywords: national values, lesson process, educational methods, pedagogical
technologies, National Education, spiritual and moral education, didactic
opportunities, students

KIRISH. Mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotining soʻnggi oʻttiz yili davomida
milliy qadriyatlarni tiklash va kelajak avlodga yetkazish masalasi davlat siyosatining
muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Professor Muhammadjon Quronov
taʼkidlaganidek, “Oʻzligimizni koʻksimizda asrab, bir-birimizga jonu jigar boʻlishimiz
kerak. Biz birlashsak, bizni toʻxtata oladigan kuch yoʻq” [1]. Bu fikr milliy
qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishning muhim ahamiyatini koʻrsatib turadi.

Taʼlim tizimi milliy qadriyatlarni shakllantirish va yetkazishning asosiy
institutlaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan
sharoitda oʻquvchilarda milliy oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlarni qadrlash va ularni
hayotda qoʻllay olish koʻnikmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda [2].
Dars jarayonida milliy qadriyatlarni samarali yetkazish pedagoglardan zamonaviy
didaktik yondashuvlar va innovatsion metodlarni qoʻllashni talab qiladi.

Milliy qadriyatlar deganda millatning oʻziga xos maʼnaviy boyliqlari, urf-odatlari,
anʼanalari, axloqiy meʼyorlari, tarixiy tajribasi va madaniy merosi tushuniladi. Bu
qadriyatlar oʻquvchilarning shaxsini shakllantirish, ularning dunyoqarashi va hayotiy
pozitsiyasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi [3]. Shuning uchun ushbu
tadqiqotning maqsadi dars jarayonida milliy qadriyatlarni oʻquvchilarga yetkazishning
samarali yoʻllarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI. Ushbu tadqiqot milliy
qadriyatlarni taʼlim jarayonida yetkazish masalalariga bagʻishlangan Oʻzbek, rus va
xorijiy olimlarning ilmiy asarlarini tahlil qilish metodiga asoslangan. Tadqiqotda
adabiyotlar tahlili usuli, qiyosiy tahlil va sintez metodlari qoʻllanilgan.

Oʻzbek pedagogi va olimi M. Quronov oʻzining “Otalar kitоbi” asarida
taʼkidlaganidek, “Haqiqiy tarbiya faqat milliy qadriyatlar asosida amalga oshirilishi
mumkin” [1]. Bu fikr milliy qadriyatlarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilishning
zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, uning “Bolam baxtli boʻlsin desangiz” asarida
oilaviy tarbiya va milliy qadriyatlarning uygʻunligi masalalari chuqur yoritilgan [4].

Rus pedagogi V.A. Slastenin oʻzining Pedagogika nomli oʻquv qoʻllanmasida
oʻquvchiga milliy qadriyatlarni taʼlim jarayonida yetkazishning metodologik asoslarini
ishlab chiqqan. Uning fikricha, milliy qadriyatlar shaxsning maʼnaviy rivojlanishining
asosini tashkil etadi [5]. A.N. Djurinskiy esa “Teoriya i metodika vospitaniya” asarida
milliy tarbiyaning zamonaviy konseptual asoslarini koʻrib chiqqan [6].

Xorijiy tadqiqotchilar ham milliy qadriyatlarni taʼlimda qoʻllash masalalariga
alohida eʼtibor qaratganlar. J.A. Banks “Cultural Diversity and Education” asarida koʻp
madaniyatli taʼlim muhitida milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish yoʻllarini
tadqiq etgan [7]. Ch. Grant va C.E. Sleeter esa “Making Choices for Multicultural
Education” asarida milliy qadriyatlarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilishning amaliy
usullarini taklif etganlar [8].

Zamonaviy tadqiqotlarda milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishning turli
yoʻllari koʻrib chiqilgan. M. Apple “Official Knowledge” asarida taʼlim mazmuni va
milliy madaniyat oʻrtasidagi bogʻliqlik masalalarini tahlil qilgan [9]. H. Giroux esa
“Border Crossings” asarida milliy identifikatsiyani shakllantirishda taʼlimning rolini
oʻrgangan [10].

Oʻzbek pedagog olimi N. Azizxoʻjayeva milliy qadriyatlarni taʼlim jarayonida
qoʻllashning didaktik asoslarini ishlab chiqqan. Uning fikricha, milliy qadriyatlarni
yetkazishda eng samarali usul - bu anʼanaviy va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning uygʻun qoʻllanilishidir [3].

NATIJALAR VA MUHOKAMA. Adabiyotlar tahlili natijasida dars jarayonida
milliy qadriyatlarni oʻquvchilarga yetkazishning quyidagi samarali yoʻllari aniqlandi:

Birinchidan, taʼlim mazmunini milliy qadriyatlar bilan boyitish zarur. Bu jarayon
barcha fanlarni oʻqitishda amalga oshirilishi mumkin. Tarix darslarida milliy

qahramonlar va ulugʻ shaxslarning hayoti, adabiyot darslarida milliy adiblar ijodi,
matematik darslarida milliy hunarmandchilik geometriyasi kabi mavzularni qamrab
olish mumkin.

Ikkinchidan, interfaol taʼlim metodlaridan keng foydalanish talab etiladi. Guruh
muhokamasi, loyiha metodi, kreativ yozuv, dramatizatsiya kabi usullar orqali
oʻquvchilar milliy qadriyatlarni faol ravishda oʻzlashtirishadi. Bu metodlar
oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va milliy qadriyatlarni
chuqur anglashga yordam beradi.

Uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Multimedia taqdimotlar, virtual sayohatlar,
interaktiv doskalar yordamida milliy madaniyat va qadriyatlarni vizual tarzda
namoyish etish samaradorlikni oshiradi.

Toʻrtinchidan, darsdan tashqari faoliyatni tashkil etish zarur. Milliy bayramlar,
anʼanaviy oʻyinlar, folklor kechasi kabi tadbirlar orqali oʻquvchilar milliy qadriyatlarni
amaliy faoliyat jarayonida egallashadi.

Beshinchidan, oila va maktab hamkorligini kuchaytirish kerak. Ota-onalarni
taʼlim jarayoniga jalb qilish, ularning milliy qadriyatlar haqidagi bilim va tajribalaridan
foydalanish samaradorlikni oshiradi.

1-jadval. Dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazish
metodlari va ularning samaradorligi

Metod nomi Qoʻllanish sohasi Samaradorlik darajasi Afzalliklari
Hikoya qilish Barcha fanlar Yuqori Emоtsional taʼsir
Loyiha metodi Ijtimoiy fanlar Juda yuqori Mustaqil izlanish
Dramatizatsiya Adabiyot, tarix Yuqori Faol ishtirok
Multimedia Barcha fanlar Juda yuqori Vizual taʼsir

Jadval tahlili koʻrsatadiki, eng samarali metodlar loyiha metodi va multimedia
texnologiyalari hisoblanadi. Bu metodlar oʻquvchilarning faol ishtiroki va chuqur
anglashni taʼminlaydi. Milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishda
pedagoglarning shaxsiy namunasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchi
oʻzining xatti-harakati, nutqi va munosabati orqali milliy qadriyatlarning tirik
namunasini koʻrsatishi kerak. Bu jarayon oʻquvchilarga milliy qadriyatlarning amaliy
qiymatini anglatishga yordam beradi.

Shuningdek, dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazishda individual
yondashuvni qoʻllash zarur. Har bir oʻquvchining individual xususiyatlari, qiziqishlari
va ehtiyojlarini hisobga olib, milliy qadriyatlarni ularga yetkazishda turli usullardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Hikoya qilish metodikasi-bu oʻquvchilarga bilim, axborot va tarbiyaviy
gʻoyalarni ogʻzaki bayon qilish orqali yetkazish metodidir. U koʻproq boshlangʻich va
oʻrta taʼlim bosqichlarida qoʻllaniladi, chunki kichik yoshdagi oʻquvchilar matnni
oʻqib tahlil qilishda qiynalishi mumkun, ammo tinglash orqali mazmunni yaxshi qabul
qiladi. Hikoya qilish metodikasining maqsadi- oʻquvchilarda diqqatni jamlash,
tasavvur qilish va xotirani rivojlantirish, yangi bilimlarni sodda, obrazli va tushunarli

shaklda yetkazish, tarbiyaviy gʻoyalarni singdirishdan iborat. Hikoya qilish
metodikasining asosiy xususiyatlari- oʻqituvchi ogʻzaki bayon orqali hikoya qilib
beradi,oʻquvchilarni qiziqtirish uchun qiziqarli misollar, voqealar, obrazli
qahqamonlar keltiradi, voqealar mantiqiy ketma-ketlikda boʻladi, tarbiyaviy
yoʻnalishda hikoya nafaqat bilim beradi, balki axloqiy qadriyatlarni ham shakllantiradi.
Hikoya qilish turlari:

1. Axborotli hikoya- yangi bilimlarni sodda va tushunarli shaklda berish.
2. Badiiy hikoya-asar, rivoyat, ertak yoki voqeani obrazli qilib etkazish.
3. Tarixiy hikoya-tarixiy voqealarni jonli misollar orqali tushuntirish.
4. Tarbiyaviy hikoya-maʼnaviy-axloqiy gʻoya va qadriyatlarni singdirish.
Oʻqituvchi hikoya mavzusi, asosiy gʻoya va materiallarni tanlaydi, ovoz,
intonatsiya, pauza va taʼkidlar orqali qiziqarli tarzda bayon etadi, hikoya asosida
oʻquvchilarni fikrlashga undaydi, hikoyadan olinadigan asosiy bilim va tarbiyaviy
gʻoya ajratib koʻrsatiladi. Xulosa qilib aytganda, hikoya qilish metodikasi-oʻquvchilar
ongiga yangi bilimlarni sodda, obrazli va taʼsirchan usulda singdirishning samarali
yoʻlidir. Uni suxbat, savol-javob va koʻrgazmali vositalar bilan uygʻunlashtirib
qoʻllash yanada foydali boʻladi.
Loyiha metodi-bu taʼlim jarayonida oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini hayotiy
vaziyatlarga tatbiq etish, mustaqil izlanish, amaliy faoliyat hamda ijodiy yondashuv
orqali shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitish metodidir. Bu metod oʻquvchilarni faol
ishtiroki sifatida jalb etadi, u oʻrganayotgan nazariy bilimlarini amaliy topshiriqlar
orqali mustahkamlaydi va yangilik yaratishga undaydi. Loyiha metodining maqsadi-
Oʻquvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirib, nazariy bilimlarni
hayotiy vaziyatlarda qoʻllab, jamoada ishlash, hamkorlik va masʼuliyatni oshiradi,
tadqiqot olib boorish, maʼlumot yigʻish, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi.
Loyiha metodining afzalliklari- oʻquvchilarda faollik va qiziqishni oshiradi, mustaqil
izlanishga oʻrganadi, amaliyot bilan nazariyani bogʻlaydi, jamoaviy ishlash
koʻnikmasini rivojlantiradi, tashabbuskorlik, masʼuliyat va liderlikni shakllantiradi.
Asosiy xususiyatlari muammoni hal qilishga qaratilgan boʻladi, oʻquvchilar mustaqil
reja tuzadi va uni amalda bajaradi, yakunida aniq natija yoki mahsulot yaratiladi
(maʼruza,maket,taqdimot, video, loyiha hujjati va h.k. Oʻquvchi ijodkor va izlanuvchi
sifatida shakllanadi. Qoʻllash bosqichlari: Muammoni talash va maqsad qoʻyish,reja
tuzish va vazifalarni taqsimlash, maʼlumot yigʻish va ishlov berish, Loyiha ustida
ishlash, natijani taqdim etish (himoya qilish) xulosa va baholashdan iborat.
Dramatizatsiya metodikasi-taʼlim jarayonida oʻquv materialini rolli oʻyin,
sahnalashtirish, teatrlashtirish orqali oʻquvchilarga yetkazish usulidir. Bu metod
koʻproq adabiyot, tarix, ona tili, xorijiy tillar va tarbiya darslarida samarali qoʻllaniladi.
Drammatizatsiya metodikasining maqsadi- oʻquvchilarda nutq madaniyatini
rivojlantirish, ijodiy tafakkurini shakllantirish, kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini
oshirish, muloqot madaniyatini oʻrgatish, Vatanparvarlik, insonparvarlik,
mehnatsevarlik kabi fazilarlarni tarbiyalashdan iboratdir. Drammatizatsiya
metodikasining asosiy xususiyatlari: faollik-oʻquvchi bevosita dars jarayonida faol
ishtirok etadilar.Hissiy taʼsir-sahnalashtirish orqali obrazlarni his qilish, ularni
kayfiyatini tushunish imkoniyati yaratiladi. Ijodkorlik-oʻquvchilar mustaqil fikrlaydi,

obraz yaratadi va oʻz talqinini namoish etadi. Kommunikativlik- muloqot qilish,
jamoada ishlash koʻnikmalari rivojlanadi. Qoʻllash bosqichlari:

1. Matn tanlash-sahnalashtirishga mos hikoya, ertak, sheʼr yoki voqeani belgilash.
2. Rollarni taqsimlash-oʻquvchilar qiziqishni va qobiliyatiga qarab roller
belgilanadi.
3. Namoish etish-sinf oldida sahnalashtirish.
4. Tahlil va muhokama-oʻquvchilarning ishi baholanadi, xatolar va yutuqlar
koʻrsatib oʻtiladi.
Multimedia metodi-bu taʼlim jarayonida turli xil axborot manbalari (matn, rasm,
tovush, video, animatsiya, grafika interaktiv dasturlar)ni uygʻunlashtirib qoʻllash
metodidir. Bu metod oʻquvchilarda mavzuni tezroq, qiziqarli va samarali
oʻzlashtirishga yordam beradi. Multimediya metodining asosiy xususiyatlari:
Koʻrgazmalilik- mavzular rasmlar, sxemalar, grafikalar orqali osonroq qabul qilinadi.
Interfaollik-oʻquvchilar dars jarayonida multimediya dasturlari yordamida faol ishtirok
etadi. Bir nechta sezgi organlari orqali taʼsir qilish- eshitish, koʻrish, oʻqish va amaliy
bajarish jarayoni uygʻunlashadi. Axborotni tez va samarali uzatish- kata hajmdagi
maʼlumot qisqa vaqt ichida yetkaziladi. Darslarni jonli va interaktiv tarzda tashkil
qilish imkoniyatini beradi. Qoʻllash shakllari-video darslar hujjatli film, tajriba yozuvi
yoki animatsiya orqali tushuntirish. Prezentatsiyalar-PowerPoint, Prezi va boshqa
dasturlar yordamida. Virtual labaratoriya-amaliy mashgʻulotlarni kompyuter orqali
bajarish. Interaktiv testlar-onlayn platformalarda bilimlarni baholash.
Dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazishning samarali yoʻllarini tahlil qilish
jarayonida bir qator muhim pedagogik tamoyillar aniqlandi. Birinchi navbatda, milliy
qadriyatlarni yetkazish jarayoni ketma-ketlik tamoyiliga asoslangan boʻlishi zarur. Bu
degani, milliy qadriyatlar toʻgʻrisidagi bilimlarni sodda tushunchalardan
murakkabrogiga, konkret holatlardan umumiy xulosalarga oʻtkazish orqali tizimli
ravishda yetkazish kerakligi demakdir. Masalan, boshlangʻich sinflarda milliy
kiyimlar, taomlar, oʻyinlar kabi sodda tushunchalar orqali boshlanib, keyinchalik
milliy falsafa, madaniyat nazariyasi kabi chuqur mavzularga oʻtish maqsadga
muvofiqdir.
Tadqiqot natijalarida aniqlangan yana bir muhim jihat - milliy qadriyatlarni
yetkazishda kontekstual yondashuvning ahamiyati. Bu yondashuv milliy qadriyatlarni
abstrakt tushunchalar sifatida emas, balki real hayotiy vaziyatlar va amaliy faoliyat
orqali yetkazishni nazarda tutadi. Dars jarayonida milliy qadriyatlarni konkret misollar,
hayotiy holatlar va amaliy topshiriqlar orqali tushuntirish oʻquvchilarning chuqur
anglashi va qabul qilishiga yordam beradi. Bu usul ayniqsa oʻrta maktab yoshidagi
oʻquvchilar uchun samarali boʻlib, ular mavhum tushunchalarni konkret misollar orqali
yaxshi oʻzlashtirishadi.
Milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadigan
yana bir omil - bu madaniyatlararo muloqot va taqqoslash metodidir. Oʻquvchilarga
oʻz milliy qadriyatlarini boshqa xalqlarning qadriyatlari bilan taqqoslash imkoniyati
berish, ularning oʻziga xos jihatlarini ajratib koʻrsatish milliy gʻurur va
identifikatsiyani mustahkamlashga yordam beradi. Bunda asosiy maqsad boshqa
madaniyatlarni kamsitish emas, balki oʻz milliy qadriyatlarining noyob va qimmatli

jihatlarini taʼkidlashdir. Bu yondashuv oʻquvchilarda milliy tolerantlik va hurmatni
ham rivojlantiradi, bu esa zamonaviy koʻp millatli jamiyat uchun juda muhimdir.

Dars jarayonida milliy qadriyatlarni yetkazishning samaradorligini oshirishda
emоtsional omilning roli ham katta ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar nafaqat
aqliy, balki hissiy darajada ham qabul qilinishi kerak. Shuning uchun dars jarayonida
milliy qoʻshiqlar, sheʼrlar, ertaklar, afsonalar kabi emоtsional taʼsirga ega boʻlgan
materiallardan foydalanish zarur. Bu materiallar orqali oʻquvchilarda milliy
qadriyatlarga nisbatan ijobiy emоtsional munosabat shakllanadi, bu esa ularning
barqaror oʻzlashtirilishiga yordam beradi.

Zamonaviy taʼlim muhitida milliy qadriyatlarni yetkazishda texnologik
integrasiyaning ahamiyati ham ortib borayapti. Raqamli resurslar, virtual reallik,
augmented reallik kabi zamonaviy texnologiyalar orqali milliy madaniy merosni
yanada jonli va interaktiv tarzda namoyish etish mumkin. Masalan, virtual muzey
ekskursiyalari, tarixiy shaxslar bilan virtual suhbat, milliy hunarmandchilik
jarayonlarining 3D modellari orqali oʻquvchilar milliy qadriyatlarni yanada chuqur va
qiziqarli tarzda oʻzlashtirishadi. Bu usul ayniqsa zamonaviy texnologiyalarga qiziqish
bildiruvchi yosh avlod uchun juda samarali hisoblanadi.

Milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazishda muhim rol oʻynadigan
omillardan biri ham pedagogning shaxsiy tayyorgarlik darajasi va uslubiy mahoratidir.
Oʻqituvchi milliy qadriyatlarni faqat nazariy jihatdan bilishi kifoya emas, balki ularni
oʻz hayotida amalda qoʻllay olishi va oʻquvchilarga shaxsiy namuna koʻrsata olishi
zarur. Pedagog oʻzining nutq madaniyati, xatti-harakati, munosabat tarzida milliy
qadriyatlarning aksi boʻlishi kerak. Bu oʻquvchilarda milliy qadriyatlarga nisbatan
ishonch va hurmatni mustahkamlaydi.

Xulosa. Tadqiqot natijalariga koʻra, dars jarayonida milliy qadriyatlarni
oʻquvchilarga samarali yetkazish uchun kompleks yondashuvdan foydalanish zarur.
Bu jarayon taʼlim mazmunini milliy qadriyatlar bilan boyitish, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qoʻllash, interfaol metodlardan foydalanish va oila-maktab
hamkorligini kuchaytirishni oʻz ichiga oladi.

Milliy qadriyatlarni yetkazishning eng samarali yoʻllari loyiha metodi,
multimedia texnologiyalari, dramatizatsiya va guruh ishi metodlaridir. Bu usullar
oʻquvchilarning faol ishtiroki va chuqur anglashini taʼminlaydi.

Kelajakda milliy qadriyatlarni dars jarayonida yetkazish boʻyicha yangi
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, mavjud metodlarni takomillashtirish va
ularning samaradorligini empirik tadqiqotlar orqali oʻrganish zarur. Shuningdek, bu
sohadagi xalqaro tajribalarni oʻrganish va mahalliy sharoitlarga moslash muhim
ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar roʻyxati
1. Azizxoʻjayeva, N.N. (2018). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Toshkent: Oʻqituvchi. (2) – 156 b.
2. Apple, M.W. (2014). Official Knowledge: Democratic Education in a
Conservative Age. New York: Routledge. (9)
3. Banks, J.A. (2019). Cultural Diversity and Education: Foundations,
Curriculum, and Teaching. Boston: Pearson. (7) – 432 p.

4. Giroux, H.A. (2015). Border Crossings: Cultural Workers and the Politics of
Education. New York: Routledge. (10)

5. Grant, C.A., & Sleeter, C.E. (2018). Making Choices for Multicultural
Education: Five Approaches to Race, Class, and Gender. New York: Wiley. (8) – 368
p.

6. Джуринский, А.Н. (2014). Теория и методика воспитания. Москва:
Юрайт. (6) – 292 с.

7. Inomova, M. (2016). Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida milliy gʻururni
tarbiyalash. Toshkent: Fan. (3) – 128 b.

8. Сластенин, В.А., Исаев, И.Ф., Шиянов, Е.Н. (2013). Педагогика. Москва:
Академия. (5) – 496 с.

9. Quronov, M. (2007). Otalar kitоbi. 25-b. Toshkent: Oʻzbekiston NMIU. (1)
10. Quronov, M. Bolam baxtli boʻlsin desangiz. Toshkent: Maʼnaviyat. (2010).
(4) – 96 b.