PEDAGOGIK TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL QILISHDA KREATIV
YONDASHUVNING AHAMIYATI
https://zenodo.org/records/17732927
Gʻulomova Adiba Nozimjon qizi,
Oriental universiteti Pedagogika fakulteti
Pedagogika psixologiya yoʻnalishi talabasi
Ilmiy rahbar: Egamberdiyeva Farida Oktamovna
Annotatsiya: Maqolada pedagogik taʼlim jarayonida kreativ yondashuvning
nazariy asoslari, uning taʼlim sifatiga taʼsiri hamda oʻqituvchi va oʻquvchilar
faoliyatida tutgan oʻrni yoritilgan. Oʻzbekistonda kreativ pedagogika rivojlanishining
asosiy yoʻnalishlari, interfaol va innovatsion metodlarning qoʻllanishi, ularning dars
jarayonidagi bosqichlarga tatbiqi keng yoritiladigan. Shuningdek, xorijiy
mamlakatlarning kreativ yondashuv tajribalari tahlil qilinib, Oʻzbekiston taʼlim tizimi
uchun muhim xulosalar berilgan.
Kalit soʻz va iboralar: Kreativlik, innovatsion taʼlim, interfaol metodlar,
pedagogik texnologiya, STEAM-taʼlim, mustaqil fikrlash.
Abstract: The article explores the theoretical foundations of a creative approach
in the pedagogical education process, its impact on the quality of education, and its
role in the activities of teachers and students. It provides a comprehensive analysis of
the main directions of the development of creative pedagogy in Uzbekistan, the use
of interactive and innovative methods, and their application at various stages of the
learning process. The experiences of foreign countries in implementing creative
approaches are also examined, and important conclusions are drawn for the
improvement of Uzbekistanʼs education system.
Keywords: creativity, innovative education, interactive methods, pedagogical
technology, STEAM education, independent thinking.
Bugungi kunda taʼlim tizimining bosh maqsadi – jamiyatga faqat bilimli emas,
balki mustaqil fikrlaydigan, ijodkor va tashabbuskor yoshlarni yetishtirishdir. Bunga
erishishda kreativ pedagogika muhim oʻrin tutadi. Kreativ yondashuv , bu yangicha
fikrlash, muammolarga noodatiy qarash va taʼlim jarayonini samarali tashkil etishning
zamonaviy metodidir. Oʻzbekistonda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarda
kreativ pedagogika alohida eʼtibor qaratilayotgan yoʻnalishlardan biridir. Chunki
zamonaviy iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sharoitida kreativ tafakkurga ega insonlargina
raqobatbardosh boʻla oladi.
Kreativ pedagogikaning mohiyati va ahamiyati. Kreativ pedagogika anʼanaviy
taʼlimdan farqli ravishda oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan boʻlib, uning qiziqishlari,
qobiliyati va tashabbusini qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi. Uning ahamiyatlariga
toʻxtaladigan boʻlsak. Bilimlarning puxta oʻzlashtirilishi oʻquvchi faqat yod olmaydi,
balki bilimni amaliy vaziyatlarda qoʻllashni oʻrganadi. Mustaqil fikirlar, oʻz
qarashlariga ega , yangi gʻoyalarga boy boʻlagan
kelajak avlodni shakillantirladi. Kreativ pedagogikada oʻquvchilar bilimni faqat
yodlash bilan cheklanib qolmaydi, balki uni hayotiy vaziyatlarda qoʻllashni ham
oʻrganadilar. Masalan, matematik formulani eslab qolish emas, balki uni kundalik
hayotdagi muammolarni hal qilishda ishlata olish muhim sanaladi. Bu jarayon:
mavzularni chuqur tushunishga, bilimlarni mustahkam xotirada saqlashga, kerakli
paytda qoʻllay olish koʻnikmasini shakllantirishga yordam beradi.
Ijodkorlikni rivojlantirish – oʻquvchi yangicha gʻoyalar yaratishga undaladi.
Kreativ taʼlim oʻquvchini tayyor bilimni oʻzlashtirishga emas, balki yangi gʻoyalar
yaratishga undaydi. Bu esa oʻquvchining ijodiy tafakkurini faollashtiradi. Turli
topshiriqlarga noodatiy yechim topish, yangi loyihalar, modellar yoki ijodiy ishlar
yaratish, oʻz qiziqishlariga mos faoliyat yoʻnalishlarini sinab koʻrish. Natijada,
oʻquvchi faqat bilim oluvchi emas, balki yangilik yaratuvchi shaxsga aylanadi.
Mustaqil fikrlashni shakllantirish – oʻquvchilar oʻz qarashini asoslash va himoya
qilishga odatlanadi. Kreativ pedagogika oʻquvchilarni oʻz fikrini mustaqil
shakllantirishga, uni asoslash va himoya qilishga oʻrgatadi. Bu esa: tahliliy fikrlashni
rivojlantiradi oʻz qarashiga ega boʻlishga, erkin mulohaza yuritishga yordam beradi,
turli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishga tayyorlaydi Shu orqali oʻquvchi
kelajakda nafaqat bilimli, balki oʻz pozitsiyasini mustaqil himoya qila oladigan shaxs
sifatida shakllanadi.
Shaxsiy faollik – dars jarayoni qiziqarli va motivatsion boʻlilishini tamillaydi.
Kreativ taʼlim jarayonida darslar faqat oʻqituvchining maʼruzasi bilan cheklanmaydi,
balki oʻquvchining faol ishtirokini taqozo etadi. Bu esa: oʻquvchining qiziqishini
oshiradi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi, dars jarayonini qiziqarli, interfaol va samarali
qiladi. Natijada, oʻquvchi oʻzini darsning faol ishtirokchisi sifatida his qiladi va oʻz
bilimini amalda qoʻllashga intiladi.
Kreativ metodlarning qoʻllanilishi
1. Interfaol metodlar
Aqliy hujum – yangi mavzu yoki muammoni hal qilishda qoʻllaniladi. 6–11-
sinflarda samarali. Darsning kirish bosqichida mavzu yuzasidan imkon qadar koʻp
gʻoya yigʻiladi.
Klaster – tushunchalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatishda qoʻllaniladi. 5–9-
sinflarda, asosan mavzuni mustahkamlash bosqichida ishlatiladi.
Debat – yuqori sinflarda (9–11-sinflar) dolzarb masalalar boʻyicha bahs yuritish
orqali tanqidiy fikrlashni shakllantiradi.
Rol oʻynash – boshlangʻich sinflarda ham, yuqori sinflarda ham mavzuga mos
hayotiy vaziyatlarni sahnalashtirish orqali oʻquvchilarning qiziqishini oshiradi.
2. Raqamli texnologiyalar.
Elektron darsliklar, interaktiv taqdimotlar, onlayn test tizimlari taʼlim jarayonida
qoʻllanilib, vizual materiallar yordamida oʻquvchilarda mavzu yanada chuqurroq
oʻzlashtiriladi. Masalan, boshlangʻich sinflarda animatsion darsliklar, oliy sinflarda
laboratoriya simulyatsiyalari samaradorligi yuqori.
3. STEAM-taʼlim
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) uslubi
oʻquvchilarni fanlararo bogʻlanishda kreativ fikrlashga oʻrgatadi. Masalan, matematika
darsida geometrik shakllardan foydalangan holda sanʼat asarlari, loyhalar yaratish. Bu
usul 7–11-sinflar uchun mos boʻlib, loyiha ishlari bosqichida qoʻllaniladi.
4. Keys-stadi (muammoli vaziyatlar tahlili)
Oʻquvchilar oldiga real hayotiy vaziyat qoʻyiladi va uni hal qilish yoʻllari
izlanadi. Bu usul yuqori sinflarda darsning mustahkamlash va yakunlovchi bosqichida
samarali.
Kreativ yondashuvning oʻqituvchi uchun zarurati.
Oʻz pedagogik mahoratini oshiradi. Kreativ yondashuv oʻqituvchidan yangicha
metodlar, oʻyinlar, loyiha asosidagi topshiriqlar, muammoli vaziyatlardan
foydalanishni talab qiladi. Bu esa uning pedagogik mahoratini yanada boyitadi va
zamon talablariga moslashtiradi. Matematika oʻqituvchisi murakkab masalalarni oddiy
formulalar bilan emas, balki real hayotdagi hisob-kitoblar orqali tushuntirsa, masalan,
“oilaviy budjetni hisoblash” topshirigʻi orqali, oʻquvchilar mavzuni qiziqish bilan
oʻzlashtiradilar. Dars jarayonini jonlantiradi. Kreativ yondashuv yordamida darslar
quruq maʼruza shaklida emas, jonli muloqot, bahs-munozara, ijodiy topshiriqlar orqali
oʻtkaziladi. Bu esa darsning samaradorligini oshiradi. Adabiyot darsida asar matnini
shunchaki tahlil qilish oʻrniga, oʻquvchilarga “asar qahramoni intervyu berdi” tarzida
rolik tayyorlash topshirilsa, oʻquvchilar oʻzlari obrazga kirib, jarayonni jonlantiradilar.
Oʻquvchilarni faollikka undaydi. Kreativ metodlar oʻquvchini passiv tinglovchidan
faol ishtirokchiga aylantiradi. Oʻquvchi savol beradi, yechim izlaydi, oʻz fikrini
bildiradi. Biologiya darsida oʻqituvchi “agar siz olim boʻlsangiz, inson genetikasi
boʻyicha qanday tajriba oʻtkazar edingiz?” degan savol bersa, oʻquvchilar oʻz
gʻoyalarini faol taklif qilishadi. Shaxsiy innovatsion salohiyatini rivojlantiradi. Kreativ
yondashuvni qoʻllash jarayonida oʻqituvchi ham yangi texnologiyalar, pedagogik
metodlar va interfaol usullarni sinab koʻrish orqali oʻz ijodkorligini rivojlantiradi.
Oʻqituvchida kreativlikni shakllantirish uchun. Ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish.
Oʻqituvchining ilmiy maqolalar yozishi, tadqiqotlarda qatnashishi, yangi metodikalar
ishlab chiqishi uning tafakkurini kengaytiradi va kreativlikni rivojlantiradi. Tarix
oʻqituvchisi “Oʻzbekistonda qadimiy shaharlar taʼlimiy merosi” mavzusida ilmiy
tadqiqot olib borib, uni darslarda qoʻllasa, oʻquvchilar tarixni yangicha qarashda
oʻrganadilar. Malaka oshirish kurslarida kreativ metodlardan foydalanish, Maxsus
trening va kurslar oʻqituvchiga kreativ metodlar bilan tanishish, ularni dars jarayoniga
moslashtirish imkonini beradi. Oʻqituvchi “STEAM yondashuvi” boʻyicha kursda
qatnashib, matematika, texnologiya va sanʼatni birlashtirgan holda loyiha asosida dars
oʻtsa, bu dars nafaqat oʻquvchilarni, balki oʻqituvchining oʻzini ham yangilik
yaratishga ruhlantiradi.
Xorij mamlakatlarida kreativ taʼlim jarayonini tashkil qilishning dars
samaradorligini oshirishga taʼsiri.
1.Finlyandiya – loyiha va amaliy mashgʻulotlarga asoslangan kreativlik. Amaliy
misol: Biologiya darsida oʻquvchilar faqatgina kitobdagi maʼlumotlarni oʻqib
chiqmaydi, balki oʻzlari kichik tadqiqot loyihalarini bajaradilar. Masalan, mahalliy
oʻrmon yoki bogʻda tuproq namunalari toʻplanib, undagi organizmlar oʻrganiladi.
Keyin natijalar sinfda taqdimot qilinadi. Oʻquvchilar ilmiy izlanish, kuzatish va tahlil
qilish koʻnikmalariga ega boʻladilar, faqat nazariy emas, balki amaliy tajribadan ham
foydalanadilar.
2. Singapur – “Kreativ va tanqidiy tafakkur” dasturi. Matematika darsida masala
faqat anʼanaviy formulalar bilan emas, balki hayotiy vaziyatlar orqali yechiladi.
Masalan, “Bir tadbir uchun 200 kishi kelishi kutilmoqda, agar stul narxi 15 dollar
boʻlsa va chegirma qoʻllansa, qanday optimal narxda koʻproq foyda olish mumkin?”
kabi savollar beriladi. Oʻquvchilar nafaqat hisob-kitob qiladi, balki iqtisodiy fikrlashni,
optimal yechim topishni oʻrganadi. Bu yondashuv ularga xalqaro PISA testlarida
yuqori natija koʻrsatishga yordam bermoqda.
3. Janubiy Koreya – STEAM-taʼlim . Oʻquvchilar “Smart uy” loyihasini
yaratishadi. Ular fizikada – elektr toki va sensorlarning ishlashini oʻrganadi.
4. AQSh – “Design Thinking” (dizayn tafakkuri) Amaliy misol: Dars jarayonida
oʻquvchilarga “Shahar transport muammosini hal qilish” topshirigʻi beriladi. Ular
quyidagi bosqichlarni bajaradilar: Muammoni tushunish uchun shahar aholisi bilan
suhbat oʻtkazib, asosiy qiyinchiliklarni aniqlash. Tahlil qilish orqali eng koʻp
uchraydigan muammo – avtobuslarning kechikishi ekanligini belgilash. Yechim
yaratish: mobil ilova orqali avtobus kelish vaqti haqida aniq maʼlumot beruvchi gʻoya
ishlab chiqish. Prototip yasash: oddiy mobil interfeysni chizib chiqish. Oʻquvchilar real
hayotiy muammolarga innovatsion yechim topish, jamoada ishlash va ijodkorlikni
rivojlantirishadi.
Xulosa. Pedagogik taʼlim jarayonida kreativ yondashuv oʻqituvchi va oʻquvchi
oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, darslarni samarali va qiziqarli qiladi,
shuningdek, yoshlarni kelajakda mustaqil fikrlaydigan, ijodkor shaxs sifatida
shakllantirishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda joriy etilayotgan interfaol metodlar,
raqamli texnologiyalar va STEAM-taʼlim bu boradagi muhim qadamdir. Xorijiy
tajribalar esa koʻrsatadiki, kreativ pedagogika taʼlim sifatini oshirishning eng muhim
omillaridan biridir. Yuqoridagi xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda dars
jarayonini har bir qismini puxta oʻylab chiqqan holda kreativ , innavatsion gʻoyalar
asosida tashkillashtirishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim tizimini rivojlantirishga oid
qaror va farmonlari.
2. Yoʻldoshev J. “Pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar” – Toshkent,
2020.
3. Qodirov N. “Kreativ pedagogika asoslari” – Samarqand, 2021.
4. Gʻulomova D. “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” – Toshkent, 2022.
5. Xalq taʼlimi vazirligi metodik qoʻllanmalari.
6. Robinson K. “Creative Schools: Revolutionizing Education” – London, 2015.