BASKETBOLCHILARNING MAXSUS CHIDAMLILIGINING AHAMIYATI
VA UNING 17-18 YOSHLI BASKETBOLCHILARNING MUSOBAQA
FAOLIYATI SHAROITIDA NAMOYON BOʻLISHI
https://zenodo.org/records/17732954
Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi,
Oriental universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi katta oʻqituvchisi
Keldiyeva Sayyora Murodjon qizi,
Oriental universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi talabasi
Annotatsiya. Maqolada basketbol sport turida sportchilarning maxsus
chidamlilik tayyorgarligi bilan bogʻliq savollar oʻrganilgan. Musobaqa sharoiti vaqtida
17-18 yoshli basketbolchilarda oʻyin chidamliligini namoyon boʻlishi tadqiq etilgan.
Musobaqa jarayonida basketbolchilar uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlarni
takomillashtirish.
Abstract. The article examines questions related to the special endurance training
of athletes in the sport of basketball. The manifestation of game endurance in 17-18-
year-old basketball players during competition conditions was studied.
Improving the physical qualities necessary for basketball players during
competitions.
Kalit soʻzlar. Maxsus chidamlilik, oʻyin chidamliligi, musobaqa faoliyati, texniktaktik harakatlar, texnik-taktik harakatlar hajmi, texnik-taktik harakatlar samaradorligi
Keywords. Special endurance, game endurance, competition activity, technicaltactical actions, volume of technical-tactical actions, efficiency of technical-tactical
actions.
Kirish. Mamlakatimizda sport turlari ichida basketbol sport turini rivojlantirish
masalalariga har doim davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilib kelingan. Basketbolni
rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan qator qaror va
farmonlar sport turini taraqqiy etishga zamin yaratib keldi. Natijada, terma jamoamiz
hamda klublarimizning bir muncha saviyasini ortishiga va xalqaro miqyosdagi
maqomini oshirishga erishildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 4 dekabr kunidagi “Oʻzbekistonda basketbolni
rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PF-5887-sonli Farmonini eʼlon qilinishi va uni hayotga faol targʻib etish zamirida,
yaqin yillar ichida oʻzbek basketbolini yanada yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqish
kabi asosiy vazifalardan birini hal etish nazarda tutilgan (1). Bunga erishish esa,
“Oʻzbekistonda basketbolni 2030 yilgacha rivojlantirishni yangi bosqichga olib
chiqish konsepsiyasi” asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Konsepsiya
doirasida bir qator vazifalarni hal etish bilan birga, basketbolchilarni musobaqa
faoliyati jarayonining samaradorligini keskin yaxshilash masalasi borasidagi vazifalar
ham alohida oʻz oʻrniga ega. Basketbolchilarning musobaqa faoliyati jarayoni
xususiyatlari, doimiy tarzdagi vaziyatlarni oʻzgarishi, organizmga taʼsir etadigan
yuklamalarning turli koʻrinishlarda boʻlishi, ish bajarishni dam olish bilan doimiy
almashinib borishi bilan tavsiflanadi. Bunda basketbolchi tomonidan amalga oshirilishi
kerak boʻladigan texnik-taktik harakatlar ham turli koʻrinishlarda va turli nisbatlarda
amalga oshirilib boriladi. Bitta oʻyinda kuzatilgan texnik-taktik harakat parametrlarini
aks ettiradigan koʻrsatkichlar, misol uchun, ularning hajmi yoki samaradorlik
koʻrsatkichlari, ikkinchi uchrashuvda boshqacha koʻrinishni hosil qilishi mumkin. Bir
uchrashuvning koʻrsatkichlari ikkinchi uchrashuvning koʻrsatkichlariga koʻp hollarda
toʻgʻri kelmaydi. Bu holat basketbolni yana bir bor boshqa sport turlaridan tubdan farq
qilishi, nostandart vaziyatlarga boy sport turi ekanligini izohlaydi. Oʻz navbatida, bu
omillar basketbolchining jismoniy va funksional imkoniyatiga nisbatan talablar yuqori
ekanligini bildirib, bu holat, ayniqsa, bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etib
borayotganligini taʼkidlash oʻrinli. Mahalliy olimlarimizning taʼkidlashicha,
zamonaviy basketbolning xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻquv-mashgʻulotlarning
tuzilmasini oʻzgartirish hamda basketbolchilar tayyorgarligiga nisbatan talablarni
oshirish lozimligi koʻrsatib oʻtiladi (3). 17-18 yoshli basketbolchilarning musobaqa
sharoitida oʻyin chidamliligi tayyorgarligini oʻrganish. Tadqiqot ishining vazifalari:
mavzuga tegishli maxsus ilmiy manbalarni oʻrganish va tahlil etish;
17-18 yoshli basketbolchilarning musobaqa faoliyati jarayonida oʻyin
chidamliligini aks ettiruvchi texnik-taktik harakatlarning hajmi va sifat
koʻrsatkichlarini aniqlash.
Mavzuga tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, musobaqa faoliyati jarayonini
pedagogik kuzatish usullari, toʻplangan natijalarni matematik-statistik tahlil etish
usullari. Tadqiqotni tashkil etilishi. Tadqiqotlar davomida yosh basketbolchilarning
musobaqa faoliyati jarayonlari pedagogik kuzatish va tahlil etish usullari yordamida
oʻrganib borildi. Pedagogik kuzatish ishlari Toshkent shahar besh tashabbus
musobaqalarida ishtirok etib kelayotgan Oriental universitetining “Oriental”
basketbolchilaring 17-18 yoshli basketbol jamoasining uchrashuvlarida amalga
oshirildi. Tadqiqotlarimiz oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri, musobaqa sharoiti
vaqtida oʻyin faoliyati spesifikasini aniqlashdan iborat boʻlgan. Bunda oʻyin
chidamliligi koʻrsatkichlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan musobaqa faoliyatining
samaradorlik koʻrsatkichlari ham tahlil etib borildi. Basketbol uchrashuvi vaqtida
basketbolchilarni oʻyin chidamliligini aks ettiruvchi koʻrsatkichlarni aniqlash uchun
olib borilayotgan kuzatish ishlari davomida uchrashuv boʻlimlarining har 15 daqiqalik
vaqtlari ichida basketbolchilar tomonidan amalga oshiriladigan texnik-taktik
harakatlarni maxsus qayd etish yoʻli bilan yozib borilgan. Soʻngra, toʻplangan
maʼlumotlar maxsus qaydnomalarga koʻchirib tushirilgan hamda toʻplangan natijalarni
matematik-statistik tahlil etish usullari yordamida qayta ishlanib, oʻyin chidamliligini
aks ettiruvchi harakatlar hajmi va samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlashga erishilgan.
Tadqiqot ishining natijalari. Basketbolda maxsus chidamlilik deganda,
basketbolchining maʼlum oʻyin rejimlarida mushak faoliyatini amalga oshirishda
vujudga kelib boradigan charchash alomatlariga qarshi kurasha olish qobiliyatlari
tushunilib, bunda sportchi tomonidan amalga oshiriladigan texnik-taktik
harakatlarning samaradorligi ham vaqt oʻtib borishi bilan pasaymasligi kerak (7).
Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, basketbolchilarning maxsus tayyorgarlik
darajasini oshirish maqsadida, mashgʻulotlar hajmi va ularning shiddatini oshirish,
mashgʻulotlarda maxsus vositalar, maxsus kuch va boshqa maxsus sifatlarni
rivojlantirish tadbirlarini nafaqat tayyorgarlik davrida, balki musobaqa davrining
oʻyinlararo sikllarida ham davom ettirish kerakligi kabi tavsiyalar mahalliy
mutaxassislar tomonidan eʼtirof etiladi. Maxsus ilmiy manbalarni tahlil etish natijalari
shuni koʻrsatmoqdaki, mashgʻulot-musobaqa tizimida sportchining tayyorgarlik
tomonlari oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda, integral tarzda boʻladi.
Basketbol oʻyini jamoaviy xarakterga ega, shu sababli musobaqa faoliyati
davomida koʻp sonli texnik-taktik harakatlarni bajarish, maxsus jismoniy sifatlarni
rivojlanganligiga bogʻliq boʻladi. Shu bilan birga, oʻyin chidamliligi, oʻyinning
nostandart sharoitlarida maʼlum shiddatlarda uzoq vaqt davomida ish bajara olish
qobiliyati sifatida ham baholanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, oʻyin chidamliligi
basketbolchining integrativ jismoniy qobiliyati sifatida, maʼlum koʻrinishdagi
tizimlashtirilgan baholashni talab etadi. Lekin masalaning bu jihatini tadqiq etish
natijalari, bu boradagi izlanishlarni davom ettirish kerakligini koʻrsatib berdi. Xususan,
basketbolchilarning oʻyin chidamliligini nazorat qilishda amaliyotga ishonchli testlarni
joriy etish kerakligi maʼlum boʻlmoqda. Shu oʻrinda aytish joizki, basketbolchilarning
oʻyin chidamliligini musobaqa faoliyati sharoitlarida baholash oʻziga xos
murakkabliklarni keltirib chiqaradi.
Chunki basketbol sport turi xususiyatlari: aytish kerakki, turli koʻrinishlardagi
texnik-taktik harakatlar, hakamlik, koʻp sonli amplua oʻyinchilarini hisobga olish
omillarining mavjudligi, oʻz oʻrnida basketbolchilarning oʻyin chidamliligini
baholashda va aniqlashda qiyinchiliklarni tugʻdiradi. 17-18 yoshli basketbolchilarning
sport mahorati koʻp jihatdan ularning yosh xususiyatlari, sport tayyorgarligining vosita
va usullari, mashgʻulot va musobaqa yuklamalarining hajmi va shiddati hamda texnika
va taktikadagi har taraflamalik kabi omillar bilan asoslanadi (2).
60
50 48 49
40 37,5 41 21,5
34,5 17,5
30
22,67 28,33 texnik-taktik harakatlar
20 keskin uzatmali to'p
PВB
10 O'ВB
BВB
PВB
O'BB
BВB
PBB
O'ВB
BВB
0
to'p uzatish
Past bo'yli basketbolchilar O'rta bo'yli basketbolchilar Uzun bo'yli basketbolchilar
1. Rasm. Basketbolchilar toʻp uzatishining qiyosiy tahlili.
Shaxsiy olib borilgan pedagogik kuzatish va tahlil etish ishlari natijasida maʼlum
boʻldiki, 17-18 yoshli basketbolchilarni musobaqa faoliyati tuzilmasini tashkil etuvchi
asosiy harakat – turli koʻrinishlardagi “toʻp uzatish” harakatlari hisoblandi. “Oriental”
jamoasida toʻp uzatish texnik-taktik harakatlar hajmi jami texnik-taktik harakatlarning
49,2-54,8 %ini tashkil etdi. Bunda jami toʻp uzatish harakatlarining 21-22 % – “orqaga
va yonga qisqa toʻp uzatish” harakatlariga, 19-22 % – “qisqa va oʻrta masofaga oldinga
toʻp uzatish” harakatlariga, 3-4,3 % – “oldinga harakatlanib ketayotgan sherigiga toʻp
uzatish” harakatlariga, 2-2.8 % – “oldinga uzoq masofaga toʻp uzatish” harakatlariga
hamda 3-4.2 % harakatlar – “keskin uzatmali toʻp uzatish harakatlariga” toʻgʻri keldi.
Kuzatuvdagi basketbolchilarning musobaqa faoliyati vaqtida, ularning oʻyin
chidamliligini aks ettiruvchi harakatlarning hajm koʻrsatkichlari uchrashuvning
birinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻi ichida umumjamoa hisobida 103 ta texnik-taktik
harakatni tashkil etdi. Bu birinchi boʻlimda jami amalga oshirilgan harakatlarning
31.1%iga toʻgʻri keladi. Harakatlarning samaradorlik koʻrsatkichi 73.1 % ga teng
boʻldi. Uchrashuvning ikkinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida harakatlar soni 132 ta
texnik-taktik harakatni (39.7 %) va 70.2 % samaradorlik koʻrsatkichini tashkil etdi.
Uchrashuvning uchinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida harakatlar soni 97 ta texnik-taktik
harakatni (29.2 %) va samaradorlik koʻrsatkichi 62.6 % ni tashkil etdi. Ikkinchi
boʻlimning 15 daqiqalik vaqt oraligʻidagi basketbolchilar tomonidan amalga oshirilgan
harakatlarining hajmi va sifat koʻrsatkichlari quyidagi koʻrinishni hosil qildi: birinchi
15 daqiqalikda harakatlar hajmi 114 ta texnik-taktik harakat (37.7 %) va samaradorlik
koʻrsatkichi 66.4 %; ikkinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida harakatlar hajmi 102 ta
harakat (33.7%) va samaradorlik koʻrsatkichi 62.5 %; uchinchi 15 daqiqalik vaqt
oraligʻida harakatlar hajmi 86 ta harakat (28.4 %) va samaradorlik koʻrsatkichi 59.3 %.
Boʻlimlarda amalga oshirilgan harakatlar hajmi va sifat koʻrsatkichlari orasida ham
sezilarli tafovutlar aniqlandi.
Kuzatilgan uchrashuvlarda basketbolchilar tomonidan birinchi boʻlimda oʻrtacha
332 tadan texnik-taktik harakatlar (jami harakatlarning 53 %i) amalga oshirilib,
ularning samaradorlik koʻrsatkichi 68.6 %ni tashkil etgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda
basketbolchilar jami 302 marotabadan texnik-taktik harakatlarni (jami harakatlarning
47%i) amalga oshirib, ularning samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtacha 62.7 % ni tashkil
etdi. Tahlillarning koʻrsatishicha, 17-18 yoshli basketbolchilarning musobaqa faoliyati
tuzilmasida eng koʻp amalga oshirilgan texnik-taktik harakatlar –“toʻp uzatish”
harakatlarini tashkil etdi. Lekin bu harakatni bajarishda ham basketbolchilar
tomonidan koʻp sonli nuqsonlarga yoʻl qoʻyildi. Misol uchun, “sherigiga toʻp uzatish”
harakatlarining samaradorlik koʻrsatkichlari 52-54%ni tashkil etdi, xolos. “Oldinga
harakatlanib ketayotgan sherigiga toʻp uzatish” harakatlarining samaradorlik
koʻrsatkichlari 55-58%ni tashkil etdi. Hujum harakatlarini tashkil etishda
foydalanilgan “raqibni aldab oʻtish” texnik-taktik harakatlarining samaradorlik
koʻrsatkichlari ham past koʻrinishlarda boʻldi.
Bu harakatda samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtacha 62%ni tashkil etdi. Boshqa
texnik-taktik harakatlarni basketbolchilar tomonidan bajarilishida ham koʻp sonli
nuqsonlarga yoʻl qoʻyilgan holda musobaqalashish amalga oshirilganligi va
harakatlarni boʻlimlar soʻngiga borib sezilarli darajada kamayib borganligi aniqlandi.
(1-rasm0
Xulosa. Maxsus ilmiy manbalarni tahlil etish natijalarining koʻrsatishicha,
basketbolchilarni – maxsus chidamlilik tayyorgarliklari ichida ularning oʻyin
chidamliligining ahamiyati yuqori hisoblanadi va bu zamonaviy basketbolni tobora
shiddatlashib borayotganligi holatida, ayniqsa, yuqori ahamiyatga ega. Chunki
basketbolchilar tomonidan amalga oshirilayotgan texnik-taktik harakatlarni bajarishda,
samaradorlik koʻrsatkichlari boʻlimlar oxiriga borib 7.1%dan 10.5 % gacha kamayib
borayotganligi bunday xulosa qilishga asos boʻladi. Shu bilan birga, harakatlar
hajmining uchrashuv boʻlimlarining oxiriga kelib sezilarli nisbatlarda kamayib borish
holatlari ham, basketbolchilarda maxsus oʻyin chidamliligining yetarli darajada
shakllanmaganligi xulosa qilishga asos boʻladi. Ayniqsa, ikkinchi boʻlimning soʻnggi
15 daqiqalik vaqt oraligʻida amalga oshirilgan harakatlar hajmi birinchi 15 daqiqalik
vaqt oraligʻida amalga oshirilgan harakatlar hajmidan 10- 13%ga kam boʻlib
borayotganligi, tayyorgarlikni samarali tashkil etish yoʻllarini izlash va amaliyotga
joriy etish masalalari borasida tegishli tadqiqot ishlarini faol tarzda olib borish
kerakligini bildiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pulatov.A.A., Umarov A.A., “Sport va harakatli oʻyinlar (Basketbol)” T: 2020
y.
2. Miradilov B.M, Karimov B.Z, Umbetova M.A. “Spot pedagogik mahoratini
oshirish (Basketbol)” Toshkent 2018 y.
3. Каримов Б.З. “ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА БАСКЕТБОЛА” Чирчик-2019г.
4. B.M.Miradilov, B.Z.Karimov, M.A.Umbetova “Sport pedagogic mahoratini
oshirish (Basketbol)” T;-2018 y
5. Pulatov A.A., Ganiyeva F.V, Miradilov B.M, Xusanova D.T, Pulatov F.A.
“Basketbol nazariyasi va uslubiyati” (Darslik) Toshkent – 2017.
6. Gʻaniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda toʻpni urib
yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T:
2015 yil-50b
7. Umarov D.X., T.Z.Xolmurodov. “Maktabgacha taʼlimda jismoniy tarbiya“ T;
2018 yil.
8. Gʻaniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda toʻpni urib
yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T:
2015 yil-50 b
9. Eshmanova, U., & Xoshimova, C. (2025). Inson organizmida harakat
faoliyatining pasayishi va uning oqibatlari jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati.
Modern Science and Research, 4(5), 851-859.
10. Mamadaliyev, S., & Eshmanova, U. (2025). Oliy taʼlim muassasalarida tahsil
oluvchi talaba-qizlarning jismoniy faolligini oshirish metodikasi. Modern Science and
Research, 4(5).