“MOTION CONTROL XR” INNAVATSION QURILMASINING KAR VA
ZAIF ESHITUVCHI OʻQUVCHILAR DARS MASHGʻULOTLARI
SAMRADORLIGIGA KOʻRSATADIGAN TAʼSIRI
https://zenodo.org/records/17732985
Xursanova Ruxsora Olimjon qizi,
Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat”
kafedrasi katta oʻqituvchisi
xursanovaruxsora1994@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada “motion control XR” innavatsion qurilmasining
kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar dars mashgʻulotlari samradorligiga koʻrsatadigan
taʼsiri hamda uning tahlili keltirilgan.
Kalit soʻz: “motion control XR” qurulmasi, tayyorgarlik, mashgʻulot, kar va zaif
eshituvchi, umumiy va motor zichlik.
Abstract: This article presents the impact of the innovative ʼMotion Control XRʼ
device on the effectiveness of lessons for deaf and hard-of-hearing students, as well as
its analysis.
Keywords: Motion Control XR” device, preparation, training, deaf and hard-ofhearing, motor density.
Maqolaning dolzarbligi. Dunyo miqyosida, bugungi kunda, eshitishida nuqsoni
bor oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish muhim va dolzarb
masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Eshitishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarda
harakatlar koordinatsiyasining yetarli darajada shakllanmaganligi va muvozanatni
saqlashdagi qiyinchiliklar ularning jismoniy faollik darajasining pasayishiga olib
kelmoqda. Maxsus mashqlar va metodikalar yordamida eshitishida nuqsoni bor
oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish nafaqat ularning jismoniy sogʻligʻini
yaxshilash, balki ularning ijtimoiy muhitga moslashuvini osonlashtirmoqda. Eshitish
organlarining funksional cheklanishi tufayli bu oʻquvchilar koʻplab sport turlari va
jismoniy mashgʻulotlarda yetarlicha ishtirok eta olmaydilar. Shu bois, maxsus
mashqlar yordamida bu toifa oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar va metodikalarni yaratish bugungi kunda
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Adabiyotlar tahlili (Literature review). Respublikamiz miqyosida adaptiv
jismoniy tarbiya hamda eshitishida nuqsoni bor shaxslarning jismoniy tayyorgarligi,
sport mashgʻulotlari hamda ularning ijtimoiylashuvini tezlashtirish masalalari
yaxshilash borasida zamonaviy nazariy va amaliy-ilmiy asoslangan metodlar ishlab
chiqilmoqda hamda amaliyotga joriy etishda keng qoʻllanilib kelmoqda. Ushbu
yoʻnalishda olib borilgan barcha tadqiqotlar oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini
yaxshilashga qaratilgan boʻlib olimlardan, R.S.Salomov, N.K.Svetlichnaya,
M.X.Mirjamolov, L.B.Sobirova, Sh.A.Abdiyev M.A.Ibragimov va Sh.Z.Rajapovlar
oʻzlarining ilmiy-uslubiy ishlarida sportchilarning tayyorgarligini optimallashtirish va
rejalashtirish uslubiyatini ochib turli takliflar berishgan.
Zaif eshituvchi oʻquvchilarning jismoniy tarbiya mashgʻulotlarida umumiy va
motor zichlikni aniqlash maqsadida xronametraj oʻtkazildi. Jismoniy tarbiya darslarida
xronometraj darsning umumiy va motor zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Darsning umumiy zichligi deb pedagog nuqtayi nazardan toʻgʻri foydalanilgan
vaqtning butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi.
Darsning motor zichligi deb, oʻquvching bevosita harakat faoliyatiga, mashq
bajarish uchun sarflangan vaqtga aytiladi. Xronometrajdan olingan maʼlumotlar
darsning pedagogik taxlilini maʼlum darajada chuqurlashtiradi, chunki har xil faoliyat
uchun ketadigan vaqtni ratsional sarflash imkonini beradi.
Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomasiga dars vazifalarini,
shuningdek har xil boʻlimlarga yoki dars qismlariga belgilangan vaqtni aniqlab olishi
kerak. Buning uchun tekshiruvchi dars oʻtuvchining dars rejasi bilan tanishishi shart.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Mashgʻulot jarayonining
uzviyligini, belgilangan vaqtdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida biz
tomonimizdan ishlab chiqilgan “Motion control XR” texnalogik qurulmasini tadqiqot
jarayonida qoʻllashni taqozo etdi. “Motion control XR” qurilmasi haqida tavsif
beradigan boʻlsak, U taʼlim jarayonida eshitishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun
moʻljallangan boʻlib, uning asosiy funksiyasi vibratsiya signalini uzatish orqali mashq
jarayonini boshqarishdan iborat. Ushbu qurilma quyidagi asosiy qismlardan iborat:
Mobil ilova: Oʻqituvchi tomonidan mashgʻulot vaqtida buyruqlarni soat
qurulmasiga yuborish vazifasini bajaradi.
1-rasm. “Motion control XR” mobil ilovasi
Ushbu mobil ilova 12 ta mashgʻulot jarayonida koʻp qoʻllaniladigan, shuningdek,
dars davomida oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi muloqot vositasi sifatida
qoʻllaniladi. Rasmda koʻrib turganingizdek, har bir raqamga alohida buyruq yozilgan.
Vibratsiya beruvchi soat: oʻquvchilarning qoʻllariga mos ravishda taqiladi
hamda ularning vibiratsiyalarni qabul qiluvchi vositasi sifatida qoʻllanadi.
2-rasm. “Motion control XR” qurulmasining vibratsiya soati
Simsiz ulanish tizimi: Qurilmaning mustaqil va qulay ishlashini taʼminlaydi. u
bulyutus orqali ulanadi hamda 12 ta soatga ham bir vaqtning oʻzida signalni yuborish
xususiyatiga ega. Shuningdek, u miyya ham hisoblanib qizil tugamasi orqali mobil
ilovasiz ham viberatsiyalarni soatlarga yubora oladi.
3-rasm. “Motion control XR” qurulmasining miyasi
Qurilmaning texnik imkoniyatlari oʻquvchilar uchun signalni aniq va tezkor qabul
qilishni taʼminlashga imkon beradi, bu esa jismoniy tarbiya mashgʻulotlarida oʻzaro
muloqotni sezilarli darajada soddalashtiradi. Ushbu qurilma yordamida
mashgʻulotlarni tashkil qilish yanada qulay va samarali boʻladi. Bundan tashqari,
signal orqali boshqaruv xavfsizlikni oshiradi va oʻquvchilar uchun qulay sharoit
yaratadi. Vibratsion signal orqali mashqlarni boshqarish yangi pedagogik yondashuv
hisoblanadi. Qurilma dars jarayonining umumiy sifatini yaxshilaydi va koʻproq
oʻquvchining darsga jalb qilinishiga yordam beradi. Mashgʻulot davomida signal
orqali harakatlarni boshqarish travmalar xavfini kamaytiradi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). Shu asosda ushbu texnalogik qurulma
ishlab chiqilishidan oldin va keyin 45 daqiqalik dars mashgʻulotlarni xronametraj
oʻtkazish orqali ularning umumiy va motor zichligi aniqlandi. Xronametraj har ikki
nazorat va tajriba guruhlaridan olindi. Tadqiqot oxirida har ikki guruhning ham
natijalari tahlil qilindi.
1-jadval
Nazorat va tajriba guruhilarining xronametraj tahlili
Guruh Тadqiqot boshi Таdqiqot oxiri
TG NG TG NG
Umumiy zichlik 77,5% 80,7% 85,5% 79 %
Motor zichlik 38 % 40 % 56,6 % 42,4 %
Ushbu jadvaldan koʻrinib turibdiki, oʻtkazilgan tajriba yaʼni “Motion control XR”
texnologik qurulmasining belgilangan vaqtdan samarali foydalanishda yuqori samarasi
mavjud ekan. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun dars mashgʻulotlarida motor
zichlikni foizi yuqori boʻlishi murakkabroq boʻlgan holatdir. Ularning eshitmasligi har
bir berilayotgan topshiriqlarni oʻz vaqtida qabul qilib, bajarishiga toʻsqinlik qiladi.
Shuning uchun ham biz aynan “Motion control XR” texnologik qurulmasini ishlab
chiqdik va amaliyotga tadbiq etdik. Bu aynan oʻquvchilarning mashgʻulot vaqtida
buyruqlarni tez anglashi va vaqtdan samarali foydalanishga olib keldi.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib aytganda,
“Motion Control XR” texnalogik qurilmasining qoʻllanilishi mashgʻulot vaqtining
samarali taqsimlanishini taʼminladi, oʻquvchilarning mashqlar bajarishga boʻlgan
eʼtiborini kuchaytirdi hamda dars jarayonini boshqarishni soddalashtirdi. Belgilangan
vaqtdan samrali foydalanish darajasining tajriba guruhida nazorat guruhiga qaraganda
ancha farqli darajada oʻsganligi biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodikalar hamda
zamonaviy yondashuvlarning samarasi deb baholaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-oktabrdagi PF-6099-son
“Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ – 5148 –
son “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
3. G.W. Ladd, H.L. Munson, J. K. Miller &"Social Integration of Deaf
Adolescents in Secondary-Level Mainstreamed Programs" Exceptional Children,
1984, 50(5), 420–428.
4. Sari I., & Bayazit B. - The Relationship Between Perceived Coaching
Behaviours, Motivation and Self-Efficacy in Wrestlers. Journal of Human Kinetics,
57(1), 2017.
5. Ibragimov M.A. - Imkoniyati cheklangan shaxslarga Yunon-rum kurashini
oʻrgatishning optimal nisbatlari \\ pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori.diss…,
OAK Oʻz.Res. Chirchiq. OʻzDJTSU. 2024-100 b.
6. Salamov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Oʻquv qoʻllanma IIjild. Т.: 2015. – 180 b.
7. Lieberman, Lauren Joy. The Effect of Trained Hearing Peer Tutors on the
Physical Activity Levels of Deaf Students in Inclusive Elementary Physical Education
Classes // for the degree of Doctor of Philosophy in Human Performance presented on
August 14. 1995. 143. pp.
8. SARAH SOMERSET. - Investigating the experiences of deaf or hard of hearing
children participating in Sport // Thesis submitted to the University of Nottingham for
the degree of Doctor of Philosophy. 28th June 2018. – 311. pp.