ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Turk va Turkiston atamasining tarixi va geografiyasi: tarixiy manbalar asosida

A’zamova Mahliyo Panji qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

возвысил имеющих малые титулы. О том, что знатных именуют atlïğ, пишет
в своем произведении и Махмуд Кашгари.

Термин at в значении «титул» употребляется также в произведении
другого автора эпохи Караханидов Юсуфа Хас Хаджиба. Так, в
подтверждение этого можно привести следующие стихотворные строки из
его произведения «Кутадгу билиг»: ata ornï atï oğulqa qalïr – имя (должно
титул – А.К.) и положение отца достаются сыну; atïm qul tapuğčï kör ornum
qapuğ – звание мое раб-прислужник, место мое – у двери; qayu kök ayuqluq
üzä at alur – некоторые же приобретают имя благодаря смиренности (если
исходить из контекста, то здесь имеется в виду титул); ya ol at bulup aš berür
yatïŋa – или же он, удостоившись титула, устраивает пир для других (; bu has
hacib atïn tegürmiš muŋa – ему дал титул хас-хаджиба /он назвал его хасхаджибом; bu ol atqa tegmiš tapuğ qïlğučï – вот он, удостоенный звания
(~титула) служитель.

Таким образом, сведения «Диван лугат ат-Турк» позволяют говорить
о том, что в эпоху Караханидов, несмотря на принятие ислама, продолжали
существовать древнетюркские традиции государственности, в том числе и
система титулов, характерные для Тюркского каганата.

Литература
1. Айдаров Г. Язык орхонских памятников древнетюркской письменности
VIII века. – Алма-Ата: Ғылым, 1971. – С. 336, 347.
2. Беруний Абу Райҳон. Китоб ал-Ҳинд (матн таҳлили учун қаранг:
Lagaturman – the Last Turk Shahi Ruler based on Beruni’s “Kitab al-Hind”).
3. Кашгари, Маҳмуд. Диван лугат ат-Турк / Пер. З-А.М. Ауэзовой,
индексы Р. Эрмерса. – Алматы: Дайк-Пресс, 2005. – С. 80 (далее: ДЛТ).
4. Кочнев Б.Д. Нумизматическая история Караханидского Каганата (991–
1209). Ч. I: Источниковедческое исследование. – М.: София, 2006. – С. 28–31.
5. Малов С.Е. Памятники древнетюркской письменности Монголии и
Киргизии. – М.–Л.: Изд-во АН СССР, 1959. – С. 10, 36, 40.
6. Малов С.Э. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и
исследования. – М.–Л.: Изд-во АН СССР, 1951. – С. 37–38.
7. Tekin, T. Orhon yazıtları. Kül Tigin, Bilge Kağan, Tunyukuk. – İstanbul:
Sanat Kitabevi, 2003. – S. 40–43, 54, 66–67, 76.
8. User, H.Ş. Köktürk ve Ötüken Uygur Kağanlığı yazıtları. Söz varlığı
incelemesi. – Konya: Kömen Yayınları, 2009. – S. 294–295.
9. Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг (Саодатга йўловчи билим).
Транскрипция ва ҳозирги ўзбек тилига тавсиф. Нашрга тайёрловчи: Қ.
Каримов. – Т.: Фан, 1971. – Б. 58, 59, 107; 144, 622, 682.
10. Древнетюркский словарь / Под ред. В.М. Наделяева, Д.М. Насилова, Э.Р.
Тенишева, А.М. Щербака. – Л.: Наука, 1969. – С. 64–65.

TURK VA TURKISTON ATAMASINING TARIXI VA
GEOGRAFIYASI: TARIXIY MANBALAR ASOSIDA.

A’zamova Mahliyo Panji qizi

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti
E-mail: azamovamahliyo@9gmail.com
Orcid 0009-0003-5364 861X

Anotatsiya: Ushbu maqola “Turk” va “Turkiston” atamalarining tarixiy ildizlari,
shakllanish bosqichlari va geografik qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Miloddan
avvalgi yozma manbalar, o‘rta asr arxeologik topilmalari, numizmatik dalillar
hamda tarixiy xaritalar asosida ushbu atamalarning semantik taraqqiyoti tahlil
qilinadi. Mahalliy va xorijiy tadqiqotlar solishtirilgan holda, “Turkiston”
atamasining etnik va madaniy kontekstda qanday shakllangani ochib beriladi.
Kalit so‘zlar: Turon, Turkiston, Transoksiana, Movarounnahr, Al-Haytal, Bilod
al-Turk, Al-Ajam, Vorarud, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, o‘zbek, Tatariya.
Аннотация: Статья посвящена историографии использования термина
«Туркистон». На основе данных историографии в хронологическом порядке
анализируются труды античной эпохи, средневековья, царского периода,
советского времени, периода независимости, а также работы зарубежных
исследователей. В статье выделяются изученные аспекты термина
«Туркистон», а также те его стороны, которые остаются недостаточно
исследованными и требуют дальнейшего научного рассмотрения.
Ключевые слова: Туран, Туркестан, Мавераннахр, Моворауннахр, Аль
Хайтал, Билад ат Тюрк, Аль Аджам, Вораруд, Средняя Азия, Узбек, Тарария.
Abstract: This article is devoted to the historiography of the use of the term
"Turkiston". Based on the foundations of historiography, the article analyzes works
from ancient times, the Middle Ages, the Tsarist era, the Soviet era, the period of
independence, and foreign researchers in chronological order. It highlights which
aspects of the term "Turkiston" have been studied, and which remain open and
require further research.
Keywords: Turan, Turkistan, Transoxiana, Movarounnahr, Al-Haytal, Bilad al-
Turk, Al-Ajam, Vorarud, Central Asia, Uzbek, Tarariya.

Kirish
Turkiston atamasining qadimiy ildizi qanchalik chuqur ekanligi hali ham
muhim tadqiqot masalalaridan biridir. Bu atama ilk o‘rta asrlardan boshlab turli
tarixiy davrlar va hududiy chegaralar bilan talqin qilingan. Turkiston nomi ko‘proq
qadimiy manbalarda, jumladan buyumlarda uchraydi. Nemis sotsiologi Alfred
Veber bu atamaga izoh berishni murakkab va oson emasligini ta’kidlagan. Mazkur
maqolada Turkiston atamasi bo‘yicha turli olimlarning qarashlari, tadqiqotlari
yoritiladi. Turkiston hududi tarix davomida turli davlatlar — ayniqsa turk
qabilalari tomonidan shakllantirilgan, rivojlangan va ba’zan yo‘qolgan, keng
xilma-xillikka ega mintaqa sifatida namoyon bo‘lgan. Maqolamizda Turkiston
atamasining tarixiy va zamonaviy tushunchalari yuzasidan fikrlarni bayon etish
orqali ushbu sohadagi yangiliklarni izlab topishga intilamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Turon-Turkiston hududini bronza chog‘idan hozirgacha qanday nomlar
bilan atalishi juda ahamiyatli hisoblanadi. Dastlab qadimgi va o‘rta chog‘larga
tegishli manbalardan foydalanildi. Avesta, Regvida, arxeologik manbalar. Bu
mavzu yuzasidan izlanish olib borgan olimlar va ularning tadqiqotlari bilan

tanishib chiqildi va tahlil qilindi. Bu borada taniqli olimlar Bartold V. V, Asqarov
A, Ahmedov A, Is’hoqov M, Kamoliddin Sh, xitoyshunos Xo‘jayev A va turkolog,
Boboyorov G‘ kabilar tadqiqotlar olib borgan bo‘lishlariga qaramay, ushbu masala
bo‘yicha haligacha munozarali qarashlar mavjud[Ўринбоев А.1960.84-85].
Bundan tashqari, chet ellik olimlarning asarlaridan ham foydalanildi. Sims
Williams[Sims Williams. 2016.262-266], yapon olimi Y. Yoshida[Бобоёров
Ғ.2015.17-24], eronshunos olim R. Fraylar[Фрай Р. 2002] Turon atamasi haqida
o‘z asarlarida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

NATIJA VA MUHOKAMA.
“Turk”, “Turon” va “Turkiston” atamalarining qadimiy ildizlari “tur”
xalqiga borib taqaladi. Ushbu atamalar haqida ko‘plab munozaralar mavjud.
Mazkur maqolaning maqsadi “Turkiston” atamasining dastlab qaysi davrdan
qo‘llanila boshlaganligini yoritishdan iborat.
Qadimgi va o‘rta asr davri manbalariga ko‘ra, Turon mamlakatiga nom
bergan turklar haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar “Avesta” asarida uchraydi
(Avesta, 2017). Fransiyalik tarixchi va arxeolog Frants Grene “Turon” va
“Turkiston” atamalarining ildizlarini Avesto bilan bog‘laydi. Uning fikricha, Turon
nomi ushbu hududda yashagan turlar yoki turyalar bilan bog‘liqdir (A’zamova
M.2025). Xitoy tarixchilari “tele” atamasini “turo” deb ham atashgan, bu esa “tur”
so‘zining ko‘plik shakli sifatida qaraladi (Хўжаев А.2001.11). “Turk”
etnonimining Xitoy manbalarida yozilishi esa quyidagicha: miloddan avvalgi IImingyillikda “tiek (di)”, miloddan avvalgi I-mingyillikda “tiauk (turk)”, III-Vasrlardan keyin “tieklik (turklik)”, VI-asrdan keyin esa “tietkiuat (turk)” shaklida
qayd etilgan ( Хўжаев А.2024.453).
Germaniyalik tarixchi Frans fon Shvars, Turkistonda chor Rossiya
hukumatiga 15 yildan ortiq xizmat qilgan davrida, “Turkiston” atamasining ilk
shakllarini tadqiq qilgan. Uning fikricha, mazkur atama miloddan avvalgi VII
mingyillikdan to milodiy II asrgacha bo‘lgan davrda “Turkistanak” shaklida
qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Bu nom Eron va Arman adabiyotlarida milodiy VI
asrdan boshlab keng tarqalgan.
Ushbu fikrni tasdiqlovchi manbalardan biri — VIII asrda yashagan arman
tarixchisi Muso Xorenskiyning geografik asaridir. Unda “Turkistanak” atamasi
qadimgi yunon manbalarida uchraydigan “Skitiya” atamasiga muqobil tarzda
ishlatilgan. Ayniqsa bu nom hududning shimoliy qismini anglatgan.
Muso Xorenskiy "Turkistanak" hududining chegaralarini ham ko‘rsatadi:
g‘arbda Etil (hozirgi Volga) daryosi, sharqda Imaos (Tyanshan) tog‘lari, janubda
esa So‘g‘diyona (Xuroson) — hozirgi Transoksiana mintaqalarini qamrab olgan.
(J.Marquart.157-170)
Turkiston hududining nomlanishi uzoq tarixiy rivojlanish — evolutsion
jarayonlarni bosib o‘tgan. Qadimgi yunon manbalarida, xususan miloddan avvalgi
IV–III mingyilliklarga oid yozmalarda, Amudaryo “Ox” (yoki “Oks”) nomi bilan
tilga olingan. Keyinchalik esa, aynan shu daryodan shimolda joylashgan hududlar
“Transoxiana” deb atalgan. Bu atama yunon tilidan olingan bo‘lib, “Oks
daryosining narigi tomoni” degan ma’noni anglatadi.

Xitoy manbalarida "Xi-yu" (ya’ni “G‘arbiy o‘lka”) atamasi miloddan
avvalgi II mingyillikdan boshlab uchraydi. Mazkur atama ilk bor xitoy tarixchisi
Sima Syan (miloddan avvalgi II asr) tomonidan yozilgan mashhur “Tarixiy
xotiralar” (“Shiji”) asarida tilga olingan. Asarda “G‘arbiy o‘lka” hududlari va u
yerda yashovchi xalqlar haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan bo‘lib, bu
manba keyinchalik turli tarixiy va madaniy tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat
qilgan. [Хўжаев А.2001.11].

Arab manbalarida Turon va Turkiston hududlari “Movarounnahr” — ya’ni
“daryoning (Amudaryoning) narigi tomoni” deb atalgan. Shuningdek, arab
tarixchilari va geograflari turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarni umumiy holda al-
Ajam (“begona”, “g‘ayriarab”) atamasi bilan ifodalaganlar. Bu nom arablar
tomonidan o‘zga tilli va o‘zga madaniyatga mansub xalqlarni tasvirlashda keng
qo‘llanilgan bo‘lib, ayniqsa Eroniy va Turkiy xalqlarni umumlashtirishda
ishlatilgan. (Камолиддин. Ш. С.2023.109-bet).

Forslar “Movarounnahr” atamasini o‘z tillariga tarjima qilgan holda ba’zan
“Vorarud” yoki “Varojayhun” — ya’ni “daryoning orqa tomoni” deb ataganlar. Bu
atamalar, asosan, Amudaryo (Yayhon) daryosining geografik o‘rniga asoslanib
shakllangan. Arab geograflaridan biri — X asr olimi al-Muqaddasiy o‘zining
mashhur asarida Turon mintaqasini “al-Haytal” deb ataganini ko‘rish mumkin. Bu
nom arablar tomonidan Eftaliylar (qadimgi Xaytalliklar)ga nisbatan ishlatilgan
bo‘lib, al-Muqaddasiyning 1897-yilda nashr etilgan asarida bu holat aniq qayd
etilgan [Al-Muqaddasiy, 1897, s. 98]. Demak, arablar davrida faqatgina
Movarounnahr atamasi emas, balki ushbu mintaqani ifodalash uchun boshqa
nomlardan ham foydalanilganini kuzatish mumkin. Masalan, X asrda al-Haytal
atamasi islom dinini qabul qilgan turk xalqlari yashagan hududlarga nisbatan
qo‘llanilgan. Bu nom arablar tomonidan Eftaliylar davlati va undan keyingi turkiy
aholiga ega mintaqalar bilan bog‘liq tarzda ishlatilgan. XI asrga kelib esa mashhur
olim Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida “Bilād al-Turk” (“Turklar yurtlari”)
atamasini “Turon” mintaqasining sinonimi sifatida qo‘llaganini ko‘rish mumkin.
Beruniyning yondashuvi bu davrga kelib turkiy xalqlar islom dunyosida muhim
o‘rin egallaganini va ularning yashash hududlari geografik nomlar tizimida alohida
o‘rin olganini anglatadi.

“Bilād al-Turk” atamasi islom dinini qabul qilmagan turk xalqlarining
yashash hududlariga nisbatan ishlatilgan. Ushbu atama ostida qaysi geografik
mintaqalar tushunilishi mumkinligi haqida savollar tug‘iladi. Bu hududlar haqida
Mahmud Qashg‘ariy o‘z asarida quyidagicha tasvir beradi: “Bilād al-Turk” Xazar
dengizidan boshlab, hozirgi Rossiya hududlarigacha bo‘lgan keng maydonlarni o‘z
ichiga oladi [Mahmud Qashg‘ariy, 1963, 463-bet]. O‘rta asr manbalarida
“Turkiston” so‘zining qo‘llanilishi va uning geografik chegaralari turlicha talqin
qilingan. Bu atama mintaqaning siyosiy, madaniy va etnik holatiga qarab turli
davrlarda farq qilgan.

Arab sayyohi Ya’qubiy o‘zining “Kitob al-Buldon” (891-yil) asarida
“Turkiston” so‘zini bevosita ishlatgan. U Turkiston chegaralarini Idil (hozirgi
Volga) daryosidan boshlab, Tangri tog‘larining sharq tomonigacha bo‘lgan
hududlar bilan chegaralagan. Ya’qubiy “Turkiston” atamasini Siyiston atrofi uchun

ishlatgan bo‘lib, bu hududga shuningdek hozirgi Zarafshon daryosining yuqori
oqimi, Pomir, Qora Tigin va Dushanbe hududlari ham kirganligini tasvirlab beradi
(Ya’qubiy, 295-bet).

Xitoy manbalarini chuqur o‘rgangan Bichurin o‘z asarlaridan birida
xitoylarning Turkiston haqidagi qarashlarini quyidagicha ifoda etgan: “Xazar
dengizidan Kuhinor (Qohinor) tog‘igacha bo‘lgan hududlarda joylashgan
ko‘chmanchi bir qavm yashaydi. Ushbu qavm turk tilida so‘zlashadi va
Muhammad qonunlariga (Islom diniga) ishonadi. Bu odamlar o‘zlarini ‘Turk’ deb
ataydilar va yashayotgan hududlarini ‘Turkiston’ deb nomlashadi” (Xo‘jaev A.,
2024, 453-bet).

“Turkiston” yoki arabcha nomi bilan Movarounnahr atamasi aslida
“daryoning narigi tomoni” degan ma’noni anglatib, asosan Amudaryo daryosining
narigi qirg‘og‘idagi hududlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Ba’zan bu atama
o‘ziga xos tarzda Xurosondan aniq ajratilgan va Amudaryo tabiiy chegaralar
vazifasini bajaruvchi markaziy geografik unsur sifatida ko‘rsatilgan (Bartold,
1971, 263-bet). Shuningdek, o‘rta asr adabiyotida, jumladan, X asrga tegishli
“Shohnoma” dostonida Eron va Turon chegarasi sifatida Amudaryo ko‘rsatilgan.
Bu tasvir hozirgi Turkmaniston hududining geografik va tarixiy jihatdan Turon
(Turkiston) va Xuroson o‘rtasidagi muhim chegara sifatida qabul qilinganini
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Turkmaniston hududi ko‘pincha Xuroson va
Movarounnahr mintaqalari kesishgan hududi sifatida ham qaralgan.

Natijada, Turkmaniston hududi tarixiy jihatdan Movarounnahr tarkibida
bo‘lib, “Turkiston” atamasi doirasiga kiradi. Bu hududning ko‘plab tarixiy
manbalarda alohida e’tibor bilan tilga olinishi uning geografik ahamiyati va turkiy
hamda iran xalqlari madaniyati kesishgan markaz ekanligidan dalolat beradi.

“Turk” va “Turkiston” atamalarining XI asr hamda arxeologik
manbalardagi qo‘llanilishi. XI asrda, ayniqsa Chingizxon avlodlariga nisbatan
“turk” atamasining qo‘llanilishi keng tarqalganligini Rashididdin “Jome at-tavarix”
asarida ko‘rish mumkin. U mo‘g‘ullar orasida yashovchi turklarni “mo‘g‘ul
turklari”, “mo‘g‘ullar orasida yashovchi turklar” yoki “mo‘g‘ullashgan turklar”
deb ta’riflab, ularning etnik va madaniy o‘ziga xosligini ta’kidlagan. Bu
terminologiya turkiy xalqlarning mo‘g‘ullar bilan siyosiy va madaniy aloqalarining
murakkabligini aks ettiradi.

Shuningdek, “Turkiston” atamasi nafaqat yozma manbalarda, balki
arxeologik topilmalarda ham uchraydi. Hozirgi kunga qadar eng qadimiy yozma
manbalar orasida bu atamaning dastlabki uchrashi Sosoniy sulolasiga oid bitiklarda
qayd etilgan. Ushbu bitiklarda geografik nom sifatida “Turiston” shaklida – ya’ni
“turklar mamlakati” ma’nosida qo‘llangan (Kamoliddin Sh., 2002, 61–68-betlar).
Bu variant atamaning dastlabki shakli bo‘lib, keyinchalik “Turkiston” shakliga
evolyutsiyalashgan.

“Turiston” nomining “Turkiston”ga o‘zgartirilishi tarixi haqida Sh.
Kamoliddin o‘z asarida shunday ta’rif beradi: Eftaliylar davrida (V asr) hamda
turkiylarning (VI–VIII asrlar) tarixida bu atama “Turkiston”, ya’ni “turklar
mamlakati” degan ma’noni anglatgan [Kamoliddin, 2002, 61–68-betlar]. V–VI
asrlarga oid Kesh hududida topilgan tangalarda tik turgan kamonchi va

hukmdorning boshi tasvirlangan bo‘lib, ularda sug‘d tilida “Turk” yoki “Turak”
degan yozuvlar mavjud edi. Ushbu tangalar muomalada bo‘lgan va turkiy-sug‘d
madaniyatining muhim yodgorliklaridan hisoblanadi.

VI–VIII asrlarga oid turk-sug‘d tangalarining bir guruhi alohida e’tiborli
bo‘lib, ularda turkiy yuz qiyofasiga ega hukmdor tasvirlangan va “To‘rak
hukmdori” yoki “Turon hukmdori” yozuvi tushirilgan [Kamoliddin, 1996, 15-bet].
Bu topilmalar “Turkiston” atamasining qadimiy tarixiy manbalarda nafaqat yozma,
balki arxeologik tasviriy ifodalar orqali ham o‘z aksini topganligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, “Turiston” atamasi dastlabki shaklidan “Turkiston”ga evolyutsiya
qilib, tarixiy manbalarda turk xalqlari va ularning siyosiy markazlari bilan
bog‘langan geografik nom sifatida mustahkam o‘rin olgan.

Shu tarzda, xorijiy tadqiqotlar ham “Turkiston” atamasi va unga aloqador
tarixiy-geografik tushunchalarning shakllanishi, rivoji va talqinini o‘rganishda
muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Turkiston atamasi tarix davomida turli davr va
manbalarda turlicha shakllarda qo‘llanilgan bo‘lib, uning hududiy chegaralari ham
doimiy ravishda o‘zgarib kelgan. Bu holat atamaning murakkab tarixiy-geografik
va etno-madaniy ildizlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Turkiston atamasining zamirida, shak-shubhasiz, “tur” etnonimi yotadi.
Ushbu maqolada qadimdan — miloddan avvalgi I mingyillikdan to
zamonamizgacha — O‘zbekiston hududining geografik nomlanish tarixiga oid
manbalar tahlil qilindi. Ayniqsa, Turon va Turkiston atamalari bizning tarixiy
xotiramizda chuqur ildiz otgan, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Shuningdek, bu kabi nomlarning kelib chiqishi faqat yozma manbalar bilan
emas, balki arxeologik topilmalar orqali ham ishonchli tarzda tasdiqlanmoqda.
Tangalar, bitiklar va toponimik yozuvlar tarixiy-etnografik tadqiqotlar uchun
beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Ko‘plab afsona va rivoyatlarda uchraydigan Turon atamasi ham o‘zo‘zidan paydo bo‘lgan emas — u xalq xotirasida saqlanib qolgan tarixiy
haqiqatning ramziy shaklidir. Bu atamaning tub mohiyati, avvalo, o‘z tarixiy
identifikatsiyamizni aniqlashtirishda, tarixiy xotirani tiklashda muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. A’zamova M. Turkistonning tarixiy hududiy chegaralari va fikriy
yondashuvlar// Tamaddun nuri jurnali.-2025.-B 379
2. A’zamova M. Turon geografik joy nomining manbalarda keltirilishiga doir
ba’zi mulohazalar // International Journal of Science and Technology. -2025.-B
196.
3. Al-Muqaddasi. The best divisions for knowledge of the regions translated by
prof. Basil Collins: -1897.-B.98.
4. Avesto .-2017.
5. Is’hoqov M. Nomi azal – Turkiston / O‘zbekiston adabiyoti va san’ati
gazetasi.-1993.-№ 45–46.–B.1–5.

6. Ömer Faruk. Öztürk ibn battûta [er-rihle], ibn fadlân [er-risâle], el-girnâtî
[tuhfetu’l elbâb ve nuhbetu’l acâb] ve ibn havkal [sûretu’l arz] seyahatnamelerinde
türk figürü. Istanbul: - 2019 йил.-B. 19.
7. J.Marquart. Eransahr.-B. 157-170
8. Sims-Williams.N. Dictionary:Christian Sogdian, Syriac and English.2016.–
B.262–266.
9. V. Minorsky. A Greek Crossing on the Oxus’, Bulletin of the School of
Oriental and African Studies.1967.-B. 46.
10. Zeki Velidi Togan.Turk-Turkiston.1960. -B.9.
11. Абулғозий Баҳодирхон. Шажарайи турк.Қ. Маҳмудов.-Тошкент.-1992
йил.15-16-бет.
12. Бартолъд В.В.Работы по Исторической географии и истории Ирана.-
Москва.1971.-263-стр.
13. Бобоёров Ғ. Ғойибов Б. Кубатин А. Ўрта аср Самарқанд тангаларида
‘Турон’ топоними // Археология Ўзбекистонда. Самарқанд.-2015. -№2 [11-
сон].-B.17-24.
14. Бобоёров Ғ. Илк ўрта аср манбаларида Туркистон атамаси
мақоласи//Oyna. Тошкент.- 2004.-B.3-4.
15. Камолиддин Ш. С. Марказий Осиё тарихи замонавий тарихшунослигида ёндашувлар.-Тошкент. 2023.-117-бет.
16. Махмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони[Девону луғат-ут турк].-
Тошкент.1963.- 463-бет.
17. Смирнова О. И. Очерк из истории Согда.- Москва.-1970.
18. Тур //Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 8-жилд. 632-бет.
19. Ўринбоев. А.Абдураззоқ Самарқандийнинг Ҳиндистон сафарномаси.
Тошкент.-1960. 84-85 бет
20. Фирдавсий.Шоҳнома. [Биринчи китоб]. Форсийдан Ш.Шомуҳаммедов
таржимаси. Тошкент.-1975.-316-bet, ayniqsa 50-60-oyatlar.
21. Фрай Р. Наследие Ирана. Москва.-2002.
22. Хўжаев А. Ўзбек халқи ва давлатчилиги манбалари. Туркистон Хитой
ёзма манбаларида. – Тошкент: Фан, 2024.-453 bet
23. Хўжаев А. Хўжаев К. Қадимги манбаларда халқимиз ўтмиши.
Тошкент.-2001.-11-бет.
24. Хўжаев.А. Комилжон Хўжаев. Қадимги манбаларда халқимиз ўтмиши.-
Тошкент. 2001.-B. 11.
25. Ш.С.Камолиддин. Историческая география Южного Согда и
Тохаристана по Арабоязычным источникам IX -начала XIII вв.-Тошкент.-
1996.-15 cтр.

ТУРКИЙ ҚАБИЛАЛАРИНИНГ СУЛОЛАЛАРИ ВА ДАВЛАТЧИЛИГИ
ВАСФИ ИБН АЛ-АСИРНИНГ “АЛ-КОМИЛ ФИТ-ТАРИХ” АСАРИДА

УДК. Тож…9+902+908+39(575.3)+58
Одинаев Наим Абдулҳафизович – Тожикистон давлатчилик педагогий
университети Садриддина Айни номида, тожик халқи тарихи кафедрасини