194-betlar.
9. Zuev, Y. Early Turks: Essays on History and Ideology. Almaty, 2002, 45–60-
betlar.
10. Baypakov, K. Archaeology of the Early Turks. Almaty, 2014, 57–72-betlar.
TURK XOQONLIGIDA SUG ‘DIYONANING AVTONOM
HUQUQLARI
Qodirjonov Omadjon Tavakkaljon o‘gli
Andijon davlat univeristeti
Tarix yo‘nalishi
1-kurs magistri
Qodirjonovomadjon15@gmail.com
Anotatsiya: Ushbu maqola, Turk xoqonligi davlatida iqtisodiy jihatdan muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan Sug‘diyonaning tarixiy geografiyasi va uning bir qator
muxtor huquqlari haqida asosli tarixiy manbalarga asoslangan holda yozildi.
Barcha tarixchilarga ma’lumki sug‘diylar Buyuk Ipak yo‘li savdosida muhim
ahamiyatga ega bo‘lishgan va o‘z mulklarini boshqarishda bir qator muhtor haqhuquqlarga ega bo‘lishgan.
Kalit so‘zlar: So‘g‘diyona, savdo, muhtor, soliq, boshqaruv, oqsoqollar kengashi,
ixshid.
Abstract: This article is based on reliable historical sources about the historical
geography of Sogdiana, which was an economically important state in the Turkic
Khaganate, and its number of autonomous rights. All historians know that the
Sogdians played an important role in the trade of the Great Silk Road and had a
number of autonomous rights in managing their possessions.
Keywords: Sogdiana, trade, mukhtar, tax, administration, council of elders,
ikhshid.
Аннотация: Статья основана на достоверных исторических источниках,
описывающих историческую географию Согдианы, экономически важного
государства в составе Тюркского каганата, и ряд её автономных прав. Всем
историкам известно, что согдийцы играли важную роль в торговле на
Великом Шёлковом пути и имели ряд автономных прав в управлении своими
владениями.
Ключевые слова: Согдиана, торговля, мухтар, налог, администрация, совет
старейшин, ихшид.
Kirish.
So‘g‘diyona nafaqat O‘zbekiston tarixida balki butun dunyo tarixida ham
o‘zining muhim o‘rniga ega hisoblanadi, bunga ushbu tarixiy hududning faqatgina
Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashganigina sabab bo‘lmasdan, ularning
muvaffaqqiyatli savdo-sotig‘i, davlat boshqaruv usullarining o‘z davridan ilg‘orlab
ketgani va hunarmandchilik sohasining yaxshi rivojlanganidir. Turk xoqonligi
O‘rta Osiyo hududini egallaganidan so‘ng sug‘dliklar o‘z mulklarini Turk
xoqonligiga qaram bo‘lsalarda o‘zlari boshqardilar va xoqonlikning tarixida
muhim o‘rin egallab, ushbu davlatning muhim iqtisodiy markazlaridan biriga
aylandilar.
Natijalar.
563-567-yillar oralig‘ida Turk xoqonligi va Eftallar davlati o‘rtasida sodir
bo‘lgan urush natijasida O‘rta Osiyo, shu jumladan So‘g‘diyona ham turk
xoqonligi tarkibiga qo‘shilgan [1. –B. 75]. Turk xoqonligi davrida Sug‘d mulklari
tarkibida Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Maymurg‘, Qo‘bodiyon, Panjikent, Kesh,
Nasaf va boshqa bir qator hududlar kirgan [2. –P. 10].
Sug‘diyona Turk xoqonligi tarkibiga qo‘shilsada u o‘zining mustaqil
boshqaruv tizimini saqlab qola oldi. Turk xoqonligining ushbu mintaqaga kirib
kelishi natijasida sugdliklar o‘z konfederatsiyalarining avtonom huquqlarini saqlab
qolish uchun turklarga soliq to‘lashga majbur bo‘lgan bo‘lsalarda, ular ushbu
davlat tarkibiga qo‘shilish orqali bir qator imkoniyatlarni ham qo‘lga kiritdilar.
Jumladan, ular Turk xoqonligi fuqarolari sifatida butun xoqonlik hududida eminerkin harakatlana olishgan va savdo ishlarini xavfsiz usulda amalga oshirishgan.
Sug‘d davlatini hukmdori ixshid xisoblansada, amalda hokimyat oqsoqollar
kengashining ixtiyorida bo‘lgan. Davlat boshqaruvida, ular ichki erkinliklaridan
foydalanganlar. Bu esa konfederatsiyaning o‘z iqtisodiy imkoniyatlaridan
boshqalarga nisbatan yaxshiroq foydalanishlariga imkon yaratgan.
So‘g‘diyonaliklar turklarning harbiy qudratidan foydalangan xolda Xitoy
bilan savdoda bir qator haq-huquqlarga ega bo‘lishgan. Nafaqat ular bu qudratdan
Xitoy balki Eron bozorlariga kirib borishda ham foydalanishar edi [3. –P. 217]. Bu
esa shuni ko‘rsatadiki So‘g‘diyonaliklarning avtonom huquqlari faqatgina ichki
bo‘lib qolamy balki tashqi savdo-sotiq masalalarida ham Turk xoqonligidan va
boshqa davlatlardan imtiyozlarga ega bo‘lib olishgan.
Umuman olganda Sug‘d mulklari O‘zbekistonning Zarafshon va
Qashqadaryo vohalarida joylashgan bo‘lib, juda katta savdo bozorlariga va ancha
yaxshi tashkil etilgan ichki boshqaruv tizimiga ega edi. Yuqorida aytilgan
oqsoqollar kengashining mavjud bo‘lgani va ushbu organning ixshid hokimyatini
cheklab qo‘ya olgani shuni ko‘rsatadiki, davlatda asosiy rolni boy zodagonlar
qatlami egallagan va ularning ichki haq huquqlarni saqlab qola olgani esa, bu
ularning diplomatiya mahoratidan yaxshigina habardor bo‘lganliklarini ko‘rsatadi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, sug‘diy elchilari Xitoy, Hindiston va
Eron saroylariga muntazam ravishda borib turgan. Ular ko‘pincha Turk xoqonlari
nomidan diplomatik aloqalar o‘rnatgan, bu esa sug‘diylarning xalqaro siyosatdagi
nufuzini yanada oshirgan. Shuningdek, sug‘diy tilining o‘sha davrda diplomatik
yozishmalarda keng qo‘llanilganligi ham ularning madaniy ta’sir doirasining
kengligini ko‘rsatadi.
Sug‘diyonada mavjud bo‘lgan avtonom boshqaruv tizimi ijtimoiy
tabaqalashuv bilan chambarchas bog‘liq edi. Oqsoqollar kengashi a’zolari
ko‘pincha yirik savdogarlar va zodagonlardan iborat bo‘lib, ular davlat ichki
siyosatini belgilashda katta rol o‘ynagan. Ixshid esa nomigagina hukmdor bo‘lib, u
siyosiy barqarorlikni ta’minlash, soliqlarni xoqonlikka yetkazish va tashqi
siyosatni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan. Bu tizim o‘z davriga xos “shaharkonfederatsiya” shaklidagi boshqaruv modelini yaratgan.
Sug‘diyonaliklarning iqtisodiy mustaqilligi, ularning nafaqat ichki, balki
tashqi bozorlarga ham chiqish imkoniyatini bergan. Ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li
orqali amalga oshirilgan savdo tufayli Sug‘diyona xalqaro miqyosda iqtisodiy
jihatdan eng rivojlangan mintaqalardan biriga aylangan. Bu jarayon o‘z navbatida
Turk xoqonligining iqtisodiy barqarorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Turk xoqonligi va Sug‘diyonaning o‘zaro munosabatlari o‘sha davr
Markaziy Osiyo tarixida bir-birini to‘ldiruvchi tizim sifatida namoyon bo‘lgan.
Sug‘diylar turklar uchun iqtisodiy vositachilar bo‘lgan bo‘lsalar, turklar sug‘diylar
uchun harbiy himoya va siyosiy barqarorlik kafolati vazifasini bajargan. Bu
hamkorlik uzoq muddat davom etib, ikki xalqning madaniy integratsiyasiga ham
zamin yaratgan.
Turk xoqonligi davrida Sug‘diyonaning siyosiy tuzilmasi va iqtisodiy
mustaqilligi haqida tarixiy manbalar aniq ma’lumot beradi. Masalan, É. de La
Vaissière o‘zining “Sogdian Traders: A History” nomli asarida shunday deydi:
“Sogdiylar faqat savdogar xalq emas, balki o‘z siyosiy tizimiga ega bo‘lgan
avtonom jamoalar bo‘lib, ular turklar bilan ittifoq asosida o‘z manfaatlarini himoya
qilishgan” [3. –P. 315].
Bu fikr shuni ko‘rsatadiki, Turk xoqonligi Sug‘diyona ustidan to‘liq siyosiy
nazorat o‘rnatmagan, aksincha, o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlik shaklida
siyosiy barqarorlikni ta’minlagan.
Shuningdek, tarixchi S. B. Sulaymanova ham o‘z tadqiqotida sug‘diylar
boshqaruv tizimining o‘ziga xosligi haqida to‘xtalib, quyidagicha yozadi: “Sug‘diy
hukmdorlari — ixshidlar o‘z shaharlarini markaziy hokimiyatdan mustaqil
boshqargan bo‘lsalar-da, ular Turk xoqonlari bilan siyosiy ittifoqni saqlab qolish
orqali o‘z ichki barqarorligini ta’minlagan” [2. –P. 12].
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Turk xoqonligi davrida Sug‘diyonaning siyosiyiqtisodiy mavqei yuqori bo‘lib, u o‘zining ichki boshqaruv tizimini saqlab qolgan
avtonom hudud sifatida faoliyat yuritgan. Sug‘d mulklarining Turk xoqonligi
tarkibiga qo‘shilishi ularning mustaqillikni to‘liq yo‘qotishi emas, balki yangi
iqtisodiy va diplomatik imkoniyatlar ochilishiga sabab bo‘lgan. Sug‘diylar
o‘zlarining boy savdo an’analari, oqsoqollar kengashiga asoslangan boshqaruv
tizimi hamda ixshidlar orqali davlatni idora etish tajribasi bilan ajralib turgan. Ular
Turk xoqonligi bilan tuzilgan siyosiy ittifoq orqali Buyuk Ipak yo‘li savdosida
ustun mavqeni saqlab qolishgan va tashqi aloqalarda ham o‘z manfaatlarini ilgari
sura olganlar. Shuningdek, Sug‘diyonaliklarning ichki va tashqi siyosatda erkin
harakat qila olganligi ularning diplomatik salohiyatini, iqtisodiy faolligini va
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini namoyon etadi.
Natijada, Sug‘diyonaning Turk xoqonligi tarkibidagi avtonom huquqlari
Markaziy Osiyo tarixida o‘ziga xos davlat boshqaruvi modeli sifatida namoyon
bo‘lib, mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o‘rin tutgan.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. Shamsutdinov R, Mo‘minov X. O‘zbekiston tarixi. – Toshkent:
Akademnashr 2019.
2. Sulaymanova Sokhiba Bakhodirovna. (2022). TURKIC TITLES IN EARLY
MEDIEVAL SOGD RULE. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE
& INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact Factor:
8.036, 11(10), 10–15. Retrieved from
https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR/article/view/944
3. De La Vaissière, É. Sogdian Traders: A History / É. de la Vaissière; transl. by
J. Ward. – Leiden; Boston: Brill, 2005.
ИСТОЧНИКОВЕДЧЕСКАЯ РЕКОНСТРУКЦИЯ ПОЛИТИКО-
КУЛЬТУРНОГО РАЗВИТИЯ ТЮРКСКОГО КАГАНАТА НА ОСНОВЕ
АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ, НУМИЗМАТИЧЕСКИХ И ПИСЬМЕННЫХ
ПАМЯТНИКОВ РАННЕГО СРЕДНЕВЕКОВЬЯ
Абдухоликова Дилдора Абдухолик кизи
Студентка 2 курса факультета дошкольного и начального образования,
Жиззахский государственный педагогический университет имени Абдуллы
Кадыри
ottesh@mail.ru , +998 91 625 05 55
Аннотация. В статье представлен комплексный анализ политикокультурного развития Тюркского каганата (VI–VIII вв.) на основе
археологических, нумизматических и письменных источников раннего
Средневековья. Исследование направлено на реконструкцию политической
структуры, идеологических основ власти и культурного взаимодействия
народов Евразии. Впервые предпринята попытка системного сопоставления
археологических находок, монетных материалов и текстов орхонских
надписей, что позволило уточнить хронологию и структуру государственного
управления. Научная новизна работы заключается в применении
междисциплинарного подхода и использовании цифровых методов
картографирования древних политических центров. Результаты исследования
вносят вклад в развитие источниковедения, археологии и исторической
антропологии, открывая новые перспективы в изучении тюркской
цивилизации раннего Средневековья.
Ключевые слова: Тюркский каганат, археология, нумизматика,
источниковедение, письменные памятники, раннее Средневековье, Евразия,
политическая культура, идеология, историческая реконструкция.
Annotatsiya. Maqolada ilk o‘rta asrlardagi Turk xoqonligining siyosiy-madaniy
rivojlanishi arxeologik, numizmatik va yozma manbalar asosida tahlil qilingan.
Tadqiqotning asosiy maqsadi — siyosiy tuzilma, hokimiyatning mafkuraviy
asoslari hamda Evroosiyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rekonstruksiya
qilishdir. Ilk bor arxeologik topilmalar, tangalar va Orxon yozuvlari tizimli tarzda
solishtirilib, tarixiy xronologiya va boshqaruv tizimi aniqlashtirilgan. Ishning ilmiy
yangiligi multidisiplinar yondashuvni qo‘llash hamda qadimiy siyosiy markazlarni
raqamli kartalashtirish metodlaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot
natijalari manbashunoslik, arxeologiya va tarixiy antropologiya sohalarining
rivojiga hissa qo‘shadi hamda Turk sivilizatsiyasining o‘rta asr davridagi o‘rnini
yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.