Комплексное изучение археологических, нумизматических и письменных
данных позволяет раскрыть внутренние механизмы власти, роль идеологии и
культурных ценностей в укреплении политического единства.
Научная новизна исследования заключается в применении
междисциплинарного подхода, который впервые позволяет объединить
разнородные источники в единую аналитическую модель. Это открывает
новые возможности для понимания закономерностей исторического развития
и культурного взаимодействия в Центральной Азии.
Практическая значимость работы заключается в том, что результаты
исследования могут быть использованы при преподавании истории,
источниковедения, археологии и этнологии, а также в цифровом
моделировании древних государств Евразии.
Использованная литература
1. Ganieva D. Sh. Rannye tyurki i ikh kul'turnoe nasledie. — Samarkand, 2023.
— С. 58.
2. Karimova Z. Innovative Methods in Early Medieval Archaeology. — Journal
of Asian Studies, 2022. — С. 114.
3. Ochilov U. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari. — Toshkent: Yangi
asr, 2021. — С. 72.
4. Rakhimov S. Numismatics and Political Power in Early Turkic States. —
Central Asian Review, 2022. — С. 103.
5. Yuldasheva G. Pismennoe nasledie Tyurkskogo kaganata i ego
ideologicheskie osnovy. — Tashkent: Fan va taraqqiyot, 2024. — С. 77.
“TURK XOQONLIGI TARIXI VA TARIXIY JARAYONLARI”
Ilmiy rahbar :Baltayeva Ma’mura
UrDPI “Milliy g‘oya va falsafa”
kafedrasi o‘qituvchisi
+99897-513-79-90
mamura381@gmail.com
Ermatova Umida Kenjaboy qizi
UrDPI “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi” yo‘nalishi
2-bosqich talabasi +998977-306-21-10
umidaermatova80@gmail.com
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Turk xoqonligining shakllanish jarayoni,
siyosiy va ijtimoiy hayoti, davlat boshqaruvi tizimi hamda tarixiy geografiyasi
tahlil qilinadi. Maqolada xoqonlikning G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linish
sabablari, ularning O‘rta Osiyo xalqlari tarixidagi o‘rni, iqtisodiy hayoti va
madaniy merosi haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, O‘rxon-
Yenisey bitiklari orqali turkiy yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Turk xoqonligi, Elterish xoqon, Bumin xoqon, o‘rxon
bitiklari,G‘arbiy turk xoqonligi,Sharqiy turk xoqonligi, tarixiy geografiya ,O‘rta
Osiyo.
Aннотация: В данной статье анализируется процесс формирования,
политическая и социальная жизнь Тюркского каганата, система
государственного управления, а также его историческая география. В статье
представлены научные сведения о причинах разделения каганата на
Западную и восточную части, их месте в истории народов Средней Азии,
хозяйственной жизни и культурном наследии. Также через орхоно -kсейские
надписи освещаются особенности древней культуры и государственного
устройства тюркских народов.
Ключевые слова: Тюркский каганат, Эльтериш-каган, Бумын-каган,
Орхонские надписи, Западно-Тюркский каганат, Восточно-Тюркский
каганат, историческая география, Средняя Азия.
Annotation: this article analyzes the formation process, political and social life,
state administration system and historical geography of the Turkish khanate. the
article presents scientific information about the reasons for the division of the
Khaganate into Western and Eastern parts, their place in the history of the peoples
of Central Asia, their economic life and cultural heritage. also, through Orkhan-
Yenisei inscriptions, the ancient culture of the Turkic peoples and specific features
of the state system were illuminated
Keywords: Turkic khanate, Elterish khanate, Bumin khanate, Orkhan inscriptions,
Western Turkic khanate, Eastern Turkic khanate, historical geography, Central
Asia
Turk xoqonligi Markaziy Osiyo tarixining eng muhim davlatlaridan biridir.
Bu davrda turkiy xalqlar ilk marta yagona siyosiy tuzum ostida birlashib, o‘z
davlatlarini barpo etdilar. Xoqonlikning shakllanishi turkiy xalqlarning siyosiy,
iqtisodiy va madaniy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Turk xoqonligi VI asr o‘rtalarida Bumin xoqon tomonidan asos solingan
bo‘lib, u Rouran (Juan-juan) xoqonligini mag‘lub etgach, o‘zini “El xon” deb e’lon
qilgan. Shu tariqa tarix sahnasida “Turk” nomi bilan ataluvchi birinchi siyosiy
davlat vujudga keldi.Shuningdek turk xoqonligi 552-yilda tashkil topgan bo‘lib,
qisqa vaqt ichida katta hududlarni o‘z tasarrufiga olgan. Bumin xoqondan so‘ng
taxtga o‘g‘li Mug‘on xoqon chiqqan. Shu davrda Turk xoqonligi Sharqda
Manjuriyadan G‘arbda Qora dengizgacha cho‘zilgan ulkan imperiyaga
aylandi.Natijada turk xoqonligining siyosiy kuchi ikki asosiy omilga tayanardi:
1. Harbiy kuch – chorvador qabilalarning harakatchanligi va intizomi
2. Markazlashgan boshqaruv tizimi – xoqon boshchiligidagi qat’iy ierarxiya.
Turk xoqonligi tez orada ikki qismga bo‘lindi:
Sharqiy Turk xoqonligi — markazi Orxon daryosi havzasida joylashgan.
G‘arbiy Turk xoqonligi — markazi Yettisuv (hozirgi Qozog‘iston va
Qirg‘iziston) hududida joylashgan.Bu bo‘linish siyosiy raqobat va iqtisodiy
manfaatlar to‘qnashuvi natijasida yuz bergan. G‘arbiy Turk xoqonligi VII asrda
Istami yabg‘u boshchiligida gullab-yashnagan. Uning markazi Yettisuvda
joylashgan bo‘lib, bu hudud Buyuk Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arbni bog‘lab
turgan.O‘rta Osiyo shaharlarida — Samarqand, Buxoro, Farg‘onada savdo,
hunarmandchilik va madaniy aloqalar rivoj topgan. G‘arbiy Turk xoqonlari Eron
(Sosoniylar) va Vizantiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatganlar. Bu davrda turkiy
xalqlarning xalqaro nufuzi sezilarli darajada oshgan.VII asr oxirlariga kelib
xoqonlik ichki nizolar va Xitoy bosqinlari tufayli zaiflashdi. Shunga qaramay,
G‘arbiy Turk xoqonligi turkiy xalqlarning keyingi siyosiy tarixida muhim o‘rin
tutdi. Sharqiy Turk xoqonligi va yuksalish davri 682-yilda Elterish xoqon
boshchiligida Sharqiy Turk xoqonligi qayta tiklandi. Bu davrda davlat
mustahkamlanib, siyosiy va harbiy qudrati ortdi.Elterish xoqondan keyin taxtga
o‘g‘illari — Bilga xoqon va Kultegin chiqdi. Ularning davrida davlat boshqaruvi
yanada takomillashdi, xalq farovonligi oshdi, yozuv va madaniyat rivojlandi.
Aynan shu davrda Orxon-Yenisey bitiklari yaratilgan bo‘lib, ular turkiy xalqlarning
eng qadimiy yozma manbalaridir. Bu bitiklarda davlat tuzumi, xalqning birdamlik
g‘oyasi, xoqonlarning adolatli siyosati haqida ma’lumotlar berilgan.
Turk xoqonligi geografik jihatdan ulkan hududni egallagan edi. Uning
chegaralari quyidagicha bo‘lgan:Sharqda: Manjuriya va Xingan tog‘lari,G‘arbda:
Qora dengiz va Kaspiy dengizi,Shimolda: Baykal ko‘li va Irtish daryosi,Janubda:
Tyan-Shan, Pomir va Hindukush tog‘lari.Bu hudud turli iqlim va tabiiy zonalarga
bo‘lingan bo‘lib, chorvachilik, savdo va metall ishlov berish asosiy iqtisodiy
tarmoqlar hisoblangan. Xoqonlikning geografik joylashuvi Buyuk Ipak yo‘li orqali
xalqaro savdo va madaniy almashinuvni ta’minlagan.
Turk xoqonligining madaniy va ma’naviy merosi turk xoqonligi davrida
turkiy xalqlarning tili, dini, yozuvi va madaniy qadriyatlari shakllangan. Ular o‘z
davrida Turkiy Run yozuvi (Orxon yozuvi)ni yaratdilar.
Orxon bitiklarida “Turk buduni” — ya’ni “turk xalqi” degan ibora ilk bor
uchraydi. Bu esa milliy o‘zlikni anglash jarayonining boshlanishini
bildiradi.Shuningdek, bu davrda:diniy e’tiqodlarda tengrichilik (osmon xudosi
Tengri) ustuvor edi. San’at, tosh o‘ymakorligi va haykaltaroshlik rivojlandi.
Siyosiy birlik va vatanparvarlik g‘oyalari mustahkamlandi.
XULOSA
Turk xoqonligi Markaziy Osiyo tarixida ilk yirik turkiy davlatchilik
tizimini shakllantirgan qudratli imperiya sifatida alohida o‘rin tutadi. Ushbu davrda
turkiy qabilalar siyosiy va madaniy jihatdan birlashib, o‘ziga xos davlat
boshqaruvi, ijtimoiy tuzilma hamda madaniyatni yaratdilar. Xoqonlik davrida
vujudga kelgan yozma yodgorliklar, til va an’analar keyingi asrlarda turkiy
xalqlarning milliy o‘zligini saqlab qolishida muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
Turk xoqonligi merosi bugungi kunda ham turkiy xalqlarning tarixiy o‘zligini
anglash va davlatchilik an’analarini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Barthold, V.V. Turk xalqlari tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
2. Sodiqov, A. O‘rta Osiyo tarixi va madaniyati. Toshkent, 2010.
3. Qosimov, B. Turkiy xalqlar qadimiy davlatchiligi. Samarqand, 2015.
4. Orxon-Yenisey bitiklari. Tarjimalar to‘plami. Toshkent, 2004.
Bu betda matn yoʻq (rasm yoki jadval).На этой странице нет текстового слоя (изображение или таблица).No text layer on this page (image or table).
UYG‘UR XOQONLIGI DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOGRAFIYASI
УЙҒУР ХОҚОНЗОДАСИ ҚАРИ ЧОР ТИГИН АНТРОПОНИМИ
ХУСУСИДА (Циан битиги матни асосида)
Дустмуродов Маъруфжон Мансур ўғли
филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD),
доцент. Ориентал университети.
E-mail: maruf_dust@mail.ru
ORCID: 0009-0003-4954-9504
Аннотация. Туркийларнинг илк ўрта асрлар тарихига тегишли ёзма
манбалари фақатгина улар яшаган ёки ҳукмронлик қилган территориялардан
топилган эмас. Шундай ёзма ёдгорликлар борки, улар қўшни йирик
сулолалар марказида тикланган ва ҳозир ҳам ушбу тарихий сулолалар вориси
бўлган замонавий давлатлар томонидан муҳофаза этилади. Бу жараён қадим
туркийларнинг мазкур ғайритуркий тузумлар ҳарбий-сиёсий, ижтимоий,
қолаверса, маданий соҳасидаги ҳаётига таъсири, ундаги тутган муҳим ўрни
билан изоҳланса керак. Шундай битиглардан бири уйғур хоқонзодаси
шарафига хитой ва туркий (икки тилда) битилган Циан дафн ёдномасидир.
Қуйида мазкур битиг тегишли бўлган Qaṛï Čoṛ Tägin антропоними ҳақида
қисқа бўлса-да илмий мулоҳазаларни ёритамиз.
Калит сўзлар. Уйғур хоқонлиги, Яғлақарлар, Қари Чор Тегин (Циан) битиги,
эпитафия, турк-руник ёзуви.
Abstract. Written sources of the early medieval history of the Turks were not
found only in the territories where they lived or ruled. There are such written
monuments that were restored in the centers of neighboring major dynasties and
are still protected by modern states that are the successors of these historical
dynasties. This process can be explained by the influence of the ancient Turks on
the military-political, social, and cultural life of these non-Turkic regimes, and the
important role they played in it. One of such monuments is the Qian funerary
inscription, written in Chinese and Turkic in honor of the Uyghur khaganate.
Below we will briefly discuss the scientific considerations about the anthroponym
Qaṛï Çoṛ Tägin, to which this inscription belongs.
Keywords. Uyghur khaganate, Yaglakars, Qari Chor Tegin-(Xian) inscription,
epitaph, Turkic-runic inscription.
Аннотация. Письменные источники по раннесредневековой истории тюрков
были обнаружены не только на территориях их проживания или правления.
Существуют такие письменные памятники, которые были восстановлены в
центрах соседних крупных династий и до сих пор охраняются современными
государствами, являющимися преемниками этих исторических династий.
Этот процесс можно объяснить влиянием древних тюрков на военнополитическую, социальную и культурную жизнь этих нетюркских государств
и той важной ролью, которую они играли в ней. Одним из таких памятников