ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Qur’oniy (islom) davrda Arabiston tarixiy geografiyasi (Sayid Muzafaruddin Nadviyning “Qur’onning tarixiy geografiyasi” asari asosida)

Sharipov Azamat Shamilevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

Diğer taraftan İslamiyet lehine çok hayırlı gelişmelerde olmuştur. Bu cümleden
olmak üzere mahalli Türk hükümdarlarının birçoğu ve onların yakın çevrelerı
müslüman olmuşlardır. Ayrıca İslam dini, bölge sakinleri ve Türkler arasında çok
süratli bir şekilde yayılmaya başlamış ve müslüman toplum, yine bu zaman
zarfında güçlü bir varlık haline gelmiştir. Bu gelişmelerin devamı olarak Türk
yurtlarında aristokrat tabakaya mensup birçok kimse de müslüman
olmuşlar[Kitapçı 2002: 481].

Kaynakзa
1.Taşağıl 2012-Taşağıl A. Türkistan. İslam Ansiklopedisi. İstanbul 2012
2.Türkeş 2010-Türkeş-Günay Umay. Türklerin tarihi (Geçmişten geleceğe).
Ankara 2010
3.Koyuncu 2002-Koyuncu M. Türkler ve İslam dünyası. Yeni türk yay. Ankara
2002
4.Yıldız 2015-Yıldız H.D. İslamiyet ve türkler. İstanbul. İlgi kültür sanat yay.
2015
5.Aycan 2014-Aycan, İ. ve Sarıçam, İ. Emeviler. Ankara: TDV Yay. 2014
6.Arifoğlu 2013- Arifoğlu Y. VIII. Yüzyıl ile XI. yüzyıllar arasında Horasanın dini
ve sosyal yapısı. Yüksek lisans tezi. Aralık 2013
7.Belazuri 2013-Belazuri A. Ülkelerin fetihleri. İstanbul. Siyer yay. 2013
8.Tabarı 1987-Tabarı A. Between Civil Wars: The Caliphate of Muawiyah. (The
History of al-Tabari) New York 1987
9.Akyürek 2013-Akyürek Y. Emeviler dönemi fetih politiksaı ve Maveraünnehirin
fethi. Uludağ universitesi ilahiyat fakültesi dergisi.Bursa 2013
10.Apak 2002-Yrd. Doç. Dr Apak A. Emeviler dönemi Türk-Arap ilişkileri ve
türklerin İslamlaşma sürecinin başlangıcı. Türkler cilt 4. Ankara 2002
11.Aydınlı 2015-Aydınlı O. Seçmeli İslam Tarihi. Devlet kitapları 2015
12.Barthold 1990-Barthold V. Moğol istilasına kadar Türkistan. Ankara 1990
13.Tabarı 1989-Tabarı A.The Empire in Transition. (The History of al-Tabari)
New York 1989
14.Aydınlı 2011-Aydınlı O.Fethinden Samanilerin yıkılışına kadar (93-389/711-
999) Semerkant tarihi. İstanbul: İsam yay 2011
15.Kitapçı 1988-Kitapçı Z. Türkistanda İslamiyet ve türkler. Konya. Nur Basımevi
1988
16.Kister 1986-Kister M.Jal-Harih b.Suraydj. In the encyclopedia of İslam (Vol
III, p. 224) Leiden 1986
17.Kitapçı 2002-Kitapçı Z.Orta Asyanın Müslüman araplar tarafından fethi.
Türkler cilt 4. Ankara 2002

QUR’ONIY (ISLOM) DAVRDA ARABISTON TARIXIY GEOGRAFIYASI
(SAYID MUZAFARUDDIN NADVIYNING “QUR’ONNING TARIXIY
GEOGRAFIYASI” ASARI ASOSIDA)
Azamat Sharipov
Oriental Universiteti,

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,
katta o‘qituvchi

 tarixiypochta@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada pokistonlik olim Sayid Muzafaruddin Nadviyning
“Qur’onning tarixiy geografiyasi” (Arḏ-ul-Qur’ãn) asarida Arabiston yarim
orolining tarixiy geografiyasi borasidagi fikr-mulohazalari keltirib o’tiladi.
Shuningdek, Arabiston yarim orolidagi tarixiy hududlar, viloyat va joylarning
nomi kelib chiqishi borasidagi qarashlar keltirib o‘tildi.
Kalit so‘zlar: Arabiston, Hijoz, Najd, Yaman, Makka, Madina, Arud, Najron,
O‘mon, Bahrayn, Arabiston Suriyasi, Arabiston Iroqi, Adnon, Qahton, Banu Ajal,
Toif, Haybar, Ahqaf, Sano, Madyan, Hadramaut.
Аннотация. В данной статье представлены взгляды пакистанского учёного
Саййида Музаффар-уд-дина Надви на историческую географию Аравийского
полуострова, изложенные в его труде «Историческая география Корана» (Arḍ
al-Qur’ān). Кроме того, в статье рассматриваются его взгляды на
происхождение названий исторических областей, провинций и местностей
Аравийского полуострова.
Ключивые слова: Аравия, Хиджаз, Неджд, Йемен, Мекка, Медина, Аруд,
Наджран, Оман, Бахрейн, Аравийская Сирия, Аравийский Ирак, Аднан,
Кахтан, Бану Аджаль, Та’иф, Хайбар, Ахкаф, Санаа, Мадьян, Хадрамавт.
Annotation. This article presents the views of the Pakistani scholar Sayyid
Muzaffar-ud-din Nadwi regarding the historical geography of the Arabian
Peninsula as discussed in his work “The Historical Geography of the Qur’an” (Arḍ
al-Qur’ān). In addition, the article outlines his perspectives on the origins of the
names of historical regions, provinces, and places within the Arabian Peninsula.
Keywords: Arabia, Hejaz, Najd, Yemen, Mecca, Medina, Arud, Najran, Oman,
Bahrain, Arabian Syria, Arabian Iraq, Adnan, Qahtan, Banu Ajal, Taif, Khaybar,
Ahqaf, Sana’a, Midian, Hadramawt (Hadramaut).

Arablar o‘zlari yashab turgan hududlariini “Jazirat-ul-' Arab” deb atashadi.
Sir William Muir va D.G. Hogart13 kabi islomshunos olimlar Arabistonni qadimgi
dunyoning yuragi deb atashgan. Antik olimlardan Herodot, Pliniy, Strabon,
Ptolomey, Diodor Qadimgi Arabiston geografiyasi haqida ma’lumot berib
o‘tishgan. O‘rta asr islom davri olimlaridan Al-Ya’qubiy (Kitāb al-Buldān), Ibn
Xurdodbeh (Kitāb al-Masālik wa-l-Mamālik), Al-Mas’udiy (Muruj adh–Dhahab),
Al-Hamdaniy (Ṣifat Jazīrat al-‘Arab), Al-Idrisi (Nuzhat al-Mushtāq), Al-Balazuriy
(Futūh al-Buldān) Arabiston geografiyasi haqida o‘z asarlarida bayon etishgan. Biz
keltirib o‘tayotgan Sayyid Muzaffaruddin Nadviy yangi davr olimlaridan bo‘lib,
Arabiston tarixiy geografiyasini “Qur’on davri tarixiy geografiyasi” asari bilan

13 Devid Jorj Hogart — britaniyalik arxeolog va olim bo‘lgan, Sir Uilyam Myur esa shotlandiyalik sharqshunos,
Britaniya Hindistonidagi mustamlaka ma’muri hamda Edinburg universitetining rektori edi. Hogart arxeolog bo‘lish
bilan birga muzey kuratori va Qirollik Geografiya jamiyati prezidenti lavozimlarida ham faoliyat yuritgan, Myur esa
muhim mustamlaka ma’muri va islomshunos olim sifatida tanilgan.

boyitgan. XX asrda Arabiston tarixiy geografiyasini asosan g‘arblik olimlar tadqiq
qilgan. Ular orasida yagona musulmon olimi aynan Sayyid Muzaffaruddin Nadviy
hisoblanadi.

Arabiston chegaralari. Arab geograflariga ko‘ra, Arabistonning g‘arbiy
chegarasi Suriya cho‘lining bir qismi bilan (Balqodan Ila yaqinidagi Aqabaga
qadar cho‘zilgan) belgilanadi; janubi-g‘arbda Qizil dengiz, Midyon hamda Jidda
shahridan Yaman qirg‘og‘igacha bo‘lgan hudud bilan; sharqda Hind okeani, Adan
va Zafordan Muhragacha bo‘lgan yerlar bilan; sharqda yana O‘omn qo‘ltig‘i, Fors
qo‘ltig‘i, Muhra, O‘mon hamda Bahrayndan Basra va Kufagacha bo‘lgan yerlarga
tutashadi; shimolda esa Furot daryosi va Balqo bilan chegaralanadi. Boshqacha
aytganda, Arabiston sharqda Fors qo‘ltig‘i va Ummon qo‘ltig‘i, janubda Hind
okeani, g‘arbda Qizil dengiz, shimoli-g‘arbda Aqaba qo‘ltig‘i, Suriya va Falastin,
shimoli-sharqda esa Furot daryosi bilan chegaralangan.

Arab geograflari chizgan Arabiston xaritasiga nisbatan yahudiylarlar,
yunonlar va rimliklar tasvirlagan Arabiston nisbatan kichik tasvirlanganligini
ko‘rishimiz mumkin. Chunki unda Sinay yarimoroli to‘liq ko‘rsatilmagan hamda
Arabiston va Suriyaning bir qismini o‘z ichiga olmagan. Buning sababi, yunonlar
bosib olgan hududlargina tasvirlashganligi va bu hududlarni arablar Islom
kelguniga qadar qaytarib ololmaganligidan edi. Shu sababli ular bu yerlarga
Arabistondan tashqari hudud sifatida qaraganlar. Aslida esa, o‘sha hududlar har
doim Arabistonning bir qismi bo‘lgan va juda yaqin etnik va madaniy aloqalarga
ega edi.

Daniel Stoekl, Helene David-Cuny va Astrid Emery (2020-yil) tomonidan ishlangan
Arabiston xaritasi

Arabiston hududi. Arab geograflari odatda biror yurtning maydonini uning
bir chetidan ikkinchi chetiga borish uchun ketadigan vaqtga qarab tasvirlaydilar.
Abū al-Fidāʾ o‘zining Taqvīm al-Buldān14 nomli kitobida Arabiston yurtini yetti

14 https://www.britannica.com/topic/Taqwim-al-buldan

oy o‘n bir kunda kezib chiqish mumkinligini yozadi. Arabiston hech qachon
hozirgi zamonaviy ma’noda to‘liq o‘lchanmagan. Shunga qaramay, uning ulkan
yurt ekani aniq hamda Hindiston yarimoroliga qaraganda kattaroq, Germaniya va
Fransiya maydonining to‘rt baravariga teng. Shimoldan janubga (ya’ni Port-
Saiddan15 Adangacha16) u 1500 mil17 uzunlikda, g‘arbdan sharqqa (Port-Saiddan
Furot daryosigacha) esa 600 mil kenglikda bo‘lib, umumiy maydoni 1,200,000
kvadrat milni tashkil etadi.

Tabiiy xususiyatlar. Ulkan Arabiston yurti kam aholi yashaydigan, qumli va
tog‘li hududdir. Bu — suvsiz cho‘l. Deyarli daryo nomiga arzigulik birorta suv
havzasi yo‘q. Odamlar odatda tog‘lardan oqib tushadigan soylar, suv havzalari
(hovuzlar) va ochiq maydondagi quduqlarga tayanadilar. Iqlimi issiq va quruq.
Suriyadan Arabistonning shimoligacha cho‘zilgan ulkan cho‘lni arablar “Suriya
cho‘li”, arab bo‘lmaganlar esa “Arabiston cho‘li” deb ataganlar. Ikkinchi katta
cho‘l “ad-Dahnā” (ya’ni, qumli cho‘l) bo‘lib, “Rub‘ al-Xolī” (“yolg‘izlik
mamlakati”) nomi bilan ham tanilgan. Bu cho‘l 11° shimoliy kenglik va 2° sharqiy
uzunliklar oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning maydoni 250.000 kvadrat milga
teng. Mamlakat bo‘ylab shimoldan (Suriya) janubga (Yaman) cho‘zilgan eng katta
tog‘ tizmasi mavjud bo‘lib, u “Jabal-us-Sarāt” nomi bilan tanilgan; uning eng
baland cho‘qqisi 8000 fut18dir.

Yuqorida aytilganidek, Arabistonda daryo nomiga munosib birorta suv
havzasi yo‘q. Ammo bu kamchilik tog‘lardan doimiy ravishda oqib tushadigan
soylar orqali yetarlicha qoplanadi. Ushbu soylar tog‘ etaklari va vodiylarni
unumdor holatda ushlab turadi. Bu soylar yonma-yon oqib, oxir-oqibat sun’iy
daryoga aylanadi va u esa cho‘l qumlariga singib ketadi yoki dengizga quyiladi.
Qadim zamonlarda Arabiston podshohlari suv oqimini nazorat qilish uchun
to‘g‘onlar qurganlar, chunki soylar ba’zan toshqin paytida xavfli tus olardi.
Arabistonning qirg‘oq bo‘ylarida joylashgan shahar va viloyatlar, ayniqsa Hind
okeani va Qizil dengiz qirg‘og‘ida joylashgan Yaman viloyati juda unumdor
hisoblanadi. Shu sababli bu hudud yunonlar orasida “Arabia fertilia” (“Unumdor
Arabiston”) nomi bilan mashhur bo‘lgan. O‘mon, Hadramavt, Najd va Toif
Arabistonning eng serhosil va eng unumdor hududlari hisoblanadi.
Arabiston mahsulotlari. Arabistonning mahsulotlari asosan xurmo, olma va boshqa
turdagi mevalardan iborat. Ba’zi joylarda dehqonchilik uchun yaroqli yerlar ham
uchraydi. Qadimiy xalqlar orasida Arabiston kumush va oltin konlari hamda atirlar
bilan mashhur bo‘lgan. Oltin konlari va kundur (ladan) haqida ma’lumotlar
Bibliyada ham, antik manbalarda ham uchraydi. Hamdaniy o‘zining Ṣifātu Jazīrat
al-‘Arab [Müller,D.H., 1884] asarida Arabiston konlarini batafsil tasvirlagan.
R.F.Burton esa “Madyanning Oltin Konlari” [Richard Francis Burton, 1878]
nomli kitob yozgan. O‘mon va Bahrayn sohillari, go‘yo “marvarid konlari”dir,
chunki har yili minglab suv tubiga sho‘ng‘uvchilar marvarid ovlash bilan
shug‘ullanadi. Biroq arab savdogarlari bu mehnatning foydasidan juda oz ulush

15 Misrda Suvaysh kanali yaqinidagi shahar
16 Yamandagi port shahar
17 1 mill (mile) — bu uzunlik o‘lchovi bo‘lib, taxminan 1,609 kilometrga teng.
18 1 fut (foot) — bu uzunlik o‘lchovi bo‘lib, 0,3048 metrga (1 fut ≈ 30,48 sm) teng.

olganlar, chunki daromadning “katta ulushi” ingliz kompaniyalari cho‘ntagiga
ketgan. 1910-yilda faqat Bahrayn marvaridlarining o‘zi 12 00 000 funt sterling
(1,2 million funt) bilan baholangan edi.

Arabistonda uchraydigan hayvonlar ichida ot go‘zalligi va tezligi jihatidan
tengsizdir, tuya esa eng foydali va qimmatli hayvondir. Bu yerda kiyiklar, sherlar
va boshqa hayvonlar ham uchraydi. Tarixchi Gerodot Arabistonning yirqich
qushlari va zaharli ilonlari haqida eslatib o‘tgan.

ARABISTON VILOYATLARI
Arab geograflari Mesopotamiya va Arabiston Suriyasini hisobga olmagan
holda o‘z yurtlarini besh viloyatga bo‘lganlar. Bular: Tihāmah, Hijoz, Najd,
Yaman va ‘Arūd. Ko‘plab zamonaviy geograflar Tihāmahni Hijozning bir qismi
deb hisoblaydi. Arabistondagi eng katta tog‘ tizmasi — Jabal-us-Sarāt,
shimoldagi Suriya chegarasidan tortib, janubda Arabiston (Yaman) chegarasigacha
cho‘zilib, Arabistonni ikki qismga — sharqiy va g‘arbiy qismga bo‘lib turadi.
G‘arbiy qism sharqiy qismga qaraganda kichikroq bo‘lib, Suriyadan Yaman
chegaralarigacha, kengligi esa Sarāt tog‘laridan Qizil dengiz qirg‘oqlarigacha
yetadi. Bu qism Hijoz nomi bilan mashhur. Hijozning janubiy tomonidagi
pasttekisliklar (Yaman tomonga qaragan) Tihāmah va G‘avr deb ataladi (G‘avr —
“past yotgan yer” degani). Sharqiy qism balandroq bo‘lib, Sarāt tog‘laridan
Mesopotamiyagacha cho‘zilgan hudud Najd nomi bilan tanilgan (Najd — “baland
yer” demakdir). Tihāmah va Najd oralig‘idagi tog‘li hudud Hijoz deb ataladi,
chunki u ikki yurt orasida to‘siq bo‘lib turadi (Hijoz yoki Hijiz so‘zi aslida “to‘siq,
parda” degan ma’noni bildiradi). Yamāmah, O‘mon, Bahrayn va Najd bilan Iroq
oralig‘idagi Fors qo‘ltig‘i bo‘ylab joylashgan yerlar ‘Arūd deb ataladi. “Arūd”
so‘zi “egri chiziq” degan ma’noni bildiradi va bu hududning shakliga ishora qiladi.
Arabistonning janubiy qismi, Qizil dengiz qirg‘oqlaridan O‘mon qo‘ltig‘igacha
cho‘zilgan (Hijoz va ‘Arūd qismlari bundan mustasno) Yaman deb ataladi. Yaman
“serhosil va barakali yer” degan ma’noni anglatadi (Yamn — “baraka” demakdir).

VI asr. Arabiston yarim oroli siyosiy xaritasi

ARŪD VILOYATI
U uchta tumandan iborat: Yamāma, Bahrayn va O‘mon.
Yamāma. U sharqda O‘mon va Bahrayn, janubda Ahqāf (qumli cho‘l),
g‘arbda Hijoz va Yamanning bir qismi, shimolda esa Najd bilan chegaradosh.
Yamāmaning shimoliy qismi juda unumdor.
Qadim zamonlarda Yamāma Tasm va Jadīs qabilalarining yurtlari bo‘lgan.
Hududdagi mashhur shaharlardan Hijr (yoki Qariyah) va Ja‘da nomlari ma’lum.
Shu qabilalarga tegishli bino va qal’alar xarobalari Islom davriga qadar Yamāmada
mavjud bo‘lgan. Hijr shahri, “Qariyah” deb ham atalgan, ushbu qabilalarning
markazi bo‘lgan. Rivoyatga ko‘ra, ko‘kko‘z Zarqā’ ismli ayol shu qishloqda
yashagan bo‘lib, uning ko‘rish qobiliyati shu qadar o‘tkir ediki, uch kunlik
masofadagi (ya’ni 30 mil uzoqlikdagi) dushmanni ko‘ra olgan, deyiladi. Islom
kelishidan biroz oldin Yamāma mashhur Banū Hanīfa qabilasining vatani edi. Bu
qabila Bakr ibn Voil qabilasining bir bo‘lagi sanalgan. Ularning bir guruhi 8-hijriy
yilda Payg‘ambar (S.A.V.) huzuriga kelib Islomni qabul qilgan. Abu Bakr (r.a.)
davridagi Al-Ridda janglarida o‘ldirilgan kazzob payg‘ambar Musaylima al-
Kazzāb Banū Hanīfa qabilasidan edi.
Bahrayn. Bahrayn “al-Ihsā’” nomi bilan ham tanilgan va bu qirg‘oqdagi
port shahar. U g‘arbda Yamāma, sharqda esa Iroq bilan Fors qo‘ltig‘i o‘rtasida,
janubda esa O‘mon bilan chegaralangan. Yuqorida aytilganidek, Bahrayn
marvaridlari bilan mashhur bo‘lib, har yili minglab suv tubiga sho‘ng‘uvchilar
marvarid ovlash bilan shug‘ullanadi. Bahrayn tarixida Jadis qabilasi (Tasmni

mag‘lub etgach Yamāmani egallagan) Yamāma podshohi Hisān tomonidan quvib
chiqarilgan va Bahraynga qochib ketgan. Keyinchalik u yerga ‘Abdul Qays qabilasi
(Adnon naslidan) kelib joylashgan. Rabi‘a qabilasining ba’zi urug‘lari ham shu
yerda yashagan. Milodiy VI asrda Bahrayn forslar hokimiyati ostida bo‘lgan, va
Manādḥira(Laxmiylar) (Iroq va qo‘shni hududlarning fors noibi) hamda uning
naslidan bo‘lgan kishilar bu yurtni boshqargan. Mashhur arab shoiri Tarafoh
Bahraynda Manādḥira (Laxmiylar) avlodlaridan biri tomonidan o‘ldirilgan. Hijriy
6-yilda Bahrayn hukmdori Munzir ibn Sāvīy va o‘zining barcha arab fuqarolari
bilan Islomni qabul qilgan va musulmon bo‘lgan. Bahrayndagi Abdul Qays
qabilasidan bir guruh vakillar Payg‘ambar (S.A.V.) huzuriga kelib bay‘at qilgan.
Islom davrida Bahraynda ro‘y bergan eng mashhur voqealardan biri —
Qarmatiylar (yarim musulmon, yarim majusiy guruh)ning shu yerni o‘z siyosiy
markaziga aylantirganidir.

O‘mon. Sharqda O‘mon qo‘ltig‘i, janubda Bahrayn, g‘arbda Ahqāf (qumli
cho‘l), shimolda esa Yaman bilan chegaralangan. Qirg‘oq hududlari serhosil va
boy. Bu yerning eng baland tog‘i Jabal Akhdar bo‘lib, balandligi 3000 metrga
yetadi. O‘mon tog‘larida ko‘plab konlar, daryolarida qimmatbaho toshlar uchraydi,
vodiylari esa g‘alla, meva va xushbo‘y o‘simliklarga boy. O‘mon yaxshi zotli
otlari, sigir va echkilari bilan mashhur. Arab tarixchilari O‘mon shahrining
asoschilarini Qahṭon naslidan deb biladilar, ammo Qadimgi Ahdga (Injilning
Qadimgi Ahd qismi) ko‘ra u Lutning o‘g‘li — O‘mon ibn Lūt nasliga mansub
bo‘lishi kerak. O‘monda Islomdan avval “Asad” nomi bilan tanilgan Azd qabilasi
shu yerlarda yashagan.

NAJD VILOYATI
Bu viloyat Arabiston markazida joylashgan serhosil baland tekislik bo‘lib,
dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan. U uch tomondan cho‘llar bilan
o‘ralgan bo‘lib, shu sababdan tashqi hujum va aralashuvlardan yaxshi
himoyalangan. U shimolda — Suriya cho‘li, g‘arbda — Hijoz cho‘li, sharqda —
Ahqāf (qumli cho‘l), janubda — Yamāma viloyati bilan chegaradosh.
Najd qadimda mashhur Bakr ibn Voil qabilasining yurti bo‘lgan. Ularning
yetakchisi Kulaybning o‘ldirilishi Bakr va Tag‘lib qabilalari o‘rtasida 40 yil davom
etgan mashhur urushga sabab bo‘lgan. Arabistonning Kinda davlati ham Najd
viloyatiga kirgan. No’shervonning otasi Qobod (sosoniy shoh, Kubod ham
deyiladi) Mazdak19 dinini qabul qilganida, Kinda hukmdorlari ham (Manozira
sulolasiga qarshi kurashda Eron podshosining marhamatini qo‘lga kiritish
maqsadida) ushbu diniy ta’limotni qabul qildilar. Biroq aynan shu qaror oxiroqibat ularning tanazzuliga sabab bo‘ldi.
Adnon avlodi juda qadim zamonlardan beri Najdga joylashgan edi.
Keyinchalik mashhur Kahlаnilardan bo‘lgan Tay qabilasi tog‘li hududlarga kelib
joylashdi. Yana bu yerda Payg‘ambar (S.A.V.) 4-hijriy yilda harbiy yurish
uyushtirgan G‘atafоn qabilasi ham yashardi. Najdning g‘arbiy qismini Havāzin va

19 Mazdak dini (Mazdakizm) — milodiy V–VI asrlarda Eronda (Sosoniylar davrida) paydo bo‘lgan diniy-ijtimoiy
harakat bo‘lib, uning asoschisi Mazdak ibn Bomdod (Mazdak al-Buzurg) hisoblanadi. U zardushtiylikka yaqin
bo‘lgan, ammo jamiyatni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan islohotchi-sotsialistik g‘oyalarni ilgari surgan.

Salim qabilalari egallagan edi. Hatim qabilasining ayrim urug‘lari ham shu yerda
yashagan.

YAMAN VILOYATI
Arabistonning eng serhosil va eng rivojlangan viloyatidir. Islomdan oldin
ham, keyin ham ilm va madaniyat markazi bo‘lgan. Uning o‘tmishi boy bo‘lib,
ko‘plab vayronalar, qadimiy binolar va qal’alar uning ulug‘ tarixidan darak beradi.
Yaman o‘z tarixida ba’zida muvaffaqiyatli, ba’zida muvafaqqiyatsiz tarzda Rim,
Fors va Habashiston kabi qo‘shni imperiyalar tomonidan bir necha bor bosib
olingan. Yaman haqida yunon va rim tarixchilari juda ko‘p ma’lumot qoldirgan,
arxeologlar ham bu borada sezilarli ishlar qilganlar. Yaman viloyatining ma’muriy
chegaralari turli davrlarda, turli hukumatlar davrida o‘zgarib turgan. U janubda —
Arab dengizi, g‘arbda — Qizil dengiz, shimolda — Hijoz, Najd va Yamāma,
sharqda — O‘mon va Bahrayn bilan chegaralanadi. Tarixdan ma’lum bo‘lishicha,
Yaman ko‘plab mustaqil davlatlarga bo‘lingan va bir nechta qabilalar —
Amoliklar, Main, Od, Sabo qabilasi, Himyariylar — turli davrlarda o‘z
podsholiklarini barpo qilganlar. Ular bu yerda ulkan va go‘zal inshootlar qurdilar,
ularning qoldiqlari hali ham ko‘rinib turadi. Tog‘lardan oqib tushadigan suvlarni
boshqarish va sug‘orishda foydalanish uchun to‘g‘onlar qurilgan. Bu
to‘g‘onlarning eng mashhuri — Ma’rib to‘g‘oni20 bo‘lib, u Qur’onda ham tilga
olingan. Hindiston, Fors, Habashiston (Efiopiya), Misr va Mesopotamiya Yaman
aholisi orqali Arabiston bilan savdo aloqalariga ega bo‘lganlar. Yaman minerallar,
ziravorlar va atirlar savdosining markazi bo‘lgan va o‘z mahsulotlarini dunyoning
rivojlangan mamlakatlariga eksport qilgan.
Habashlar (Aksumiylar) Islomdan qariyb yuz yil oldin Yamanni bosib olib,
70 yil davomida boshqarganlar. Keyinchalik ularni forslar quvib chiqargan. Forslar
tomonidan tayinlangan Yaman hokimi Bādhān 7-hijriy yilda Islomni qabul qilgan.
Uning aholisi, asosan yahudiylardan bo‘lgan, ular ham 10-hijriy yilda Ali ibn Abu
Tolib orqali Islomni qabul qilganlar. Yamanning mashhur qabilalaridan Hamdan
ham shu davrda Islomni qabul qilgan.
Yamandagi qadimiy shaharlardan bir qismi hozirda kimsasiz yoki qum
ostida qolib ketgan. Ba’zilari aholi yashaydi, ammo ularning nomlari o‘zgargan.
Yaman hududining ulkanligi va aholining zichligi tarixchi Ya‘qubiyning
ma’lumotiga ko‘ra, bu yurt ilgari 84 dan ortiq tumanga bo‘lingan. Quyida mashhur
tumanlar ro‘yxati:
Hadramaut. Hind okeani qirg‘og‘ida joylashgan. Shimolda — Hind okeani,
janubda — al-Rub‘ al-Xolī (Yolg‘izlik mamlakati) va Ahqāf cho‘li, g‘arbda —
Sano bilan chegaradosh. Bu hudud dastlab yamanlik arablarning ajdodi Qahton
urug‘i yashagan (Yoqton yoki Joktan) yeri edi. Qadimgi Ahd (Injil) uning o‘n ikki
o‘g‘lidan birining ismini Hazarmaveth deb keltiradi, shuning uchun bu yurtning
nomi ham Hadramaut deb atalgan bo‘lishi mumkin. Hadramautda bir paytlar
mustaqil davlat ham tashkil topgan bo‘lib, uning qisqa tarixi Ibn Xaldun tomonidan
yozib qoldirilgan. Bu yurt qadimda Od va Samud qabilalarining ham vatani
bo‘lgan. Keyinchalik Od qabilasi Ahqāf tomon ko‘chib ketib u yerga joylashgan.

20 Ma’rib to‘g‘oni haqida Qur’onda Saba’ surasi 15–17-oyatlarida zikr etilgan.

Ahqāf shaharlari. Rub‘ al-Xolī (Yolg‘izlik mamlakati) Yamāma, O‘mon,
Bahrayn, Hadramaut va Yamanning g‘arbiy qismigacha yoyilgan ulkan qumli
cho‘l bo‘lib, odam yashashiga yaroqsiz hudud sanaladi. Biroq ayrim odamlar,
xususan Hadramautdan Najronga cho‘zilgan joylarda istiqomat qilishgan. Bu
hudud qadimda mashhur Od qabilasining vatani bo‘lib, ular Allohning g‘azabiga
uchrab halok bo‘lgan21.

Sano. Yaman viloyatining yuragi va qadimgi Arabiston sivilizatsiyasining
markazi hisoblanadi. U Hind okeani va Qizil dengizga tutash hududda,
Arabistonning shimoli-g‘arbiy chekkasida joylashgan. Bu yerda Mainliklar,
Himyarlar va Sabo qabilalari o‘z podsholiklarini barpo qilganlar. Mashhur Ma‘rib
to‘g‘oni ham shu yerda qurilgan. Zafar, Uzāl va Ma‘rib turli davlatlarning
poytaxtlari sifatida bo‘lgan. Sabo malikasi (Qirolicha Sheba) ham shu yerda
yashagan. Sanoda qadimiy G‘amdan, Na‘it, Rubdah, Sarvah va Madar kabi
qal’alar mavjud edi. Ularning xarobalarini IV asr islom tarixchisi Hamdaniy o‘z
ko‘zlari bilan ko‘rgan deb rivoyat bor.

Najron. Ahqāf va Asir o‘rtasidagi kichik shahar. Qadimda u yerga Ismoil
(a.s) avlodidan bo‘lgan shaxs Bayjal ibn Nazār kelib joylashgan. Islomdan oldin
Najronda nasroniylik keng tarqalgan bo‘lib, u yerda yahudiylik va xristianlik
o‘rtasida keskin diniy tortishuvlar bo‘lgan. Yaman yahudiy podsholigi22 najronlik
nasroniylarni yahudiylikka o‘tkazishga uringan. Bunga javoban Rim va
Habashiston imperiyalari Najron nasroniylarini himoya qilgan. Najronda arablar
orasida “Ka‘ba-i Najrān” deb mashhur bo‘lgan ulkan, ajoyib bir cherkov bor edi.
Hijriy 9-yilda Najrondan kelgan nasroniy elchilari Payg‘ambar (S.A.V.) huzuriga
tashrif buyurdilar va ularga Payg‘ambar masjidida turishga ruxsat berildi.

HIJOZ VILOYATI
Qizil dengiz bo‘yida joylashgan bo‘lib, Qadimgi Ahdda Fārān nomi bilan
qayd etilgan. Bu yer ilohiy zohir bo‘lish o‘rni sifatida tilga olinadi. Hijoz sharqda
— Najd, janubda — ‘Asir, g‘arbda — Qizil dengiz, shimolda — Arabiston
Suriyasi (Arabia Petra) bilan chegaralanadi. Mamlakat bo‘ylab janubdan shimolga
cho‘zilgan Jabal-us-Sarāt tog‘ tizmasi o‘tadi, uning eng baland cho‘qqisi 8000
futga yetadi. Tog‘lar orasidan oqib o‘tuvchi soylar bu yurtni unumdor, bog‘-
rog‘larga boy va dehqonchilikka qulay qiladi. Hijozning eng serhosil qismi Qizil
dengiz qirg‘og‘iga tutash bo‘lgan hududdir; qolgan joylari esa quruq cho‘l bo‘lib,
dehqonchilik imkonsiz. Hijozning Makkaga olib boruvchi eng yirik port shahri —
Jidda, Madinaga oli boruvchi ikkinchi yirik port shahri — Yambū port shahridir.
Hijozning eng muhim shaharlari Makka, Madina va Toifdir.

21 Od qavmi borasida Qur’onning Hud surasi (11-sura), 50–60-oyatlar, A’rof surasi (7-sura), 65–72-oyatlar,
Sho‘aro surasi (26-sura), 123–140-oyatlar, Ahqof surasi (46-sura)21–28-oyatlar, Haqqa surasi (69-sura), 6–8-
oyatlar, Qamar surasi (54-sura), 18–21-oyatlar, Zariyat surasi (51-sura), 41–42-oyatlar, Fussilat surasi (41-sura), 15–
16-oyatlarda nozil bo‘lgan. Od qavmi Ahqof hududida Irom nomli ustunlari ko‘p bo‘lgan shaharda yashashgan.
22 Qur’onning Buruj surasi 4-9-oyatlarida “As’hab-ul-Ukhdud (Choh egalari)” yahudiy podsho Zu-Navos
tomonidan Najron nasroniylarini olovda yoqilishi bobida keladi.

Makka. Makka (yoki Bakka), Umm-ul-Qurā — “shaharlarning onasi” deb
ham ataladi va Hijoz viloyatining poytaxti hisoblanadi. Uni Payg‘ambar Ibrohim
(a.s.) qurgan, keyinchalik o‘g‘li Ismoil (a.s.) shu yerda istiqomat qilgan va Islom
payg‘ambari Muhammad (S.A.V.) ham shu yerda tug‘ilgan. Geografik joylashuvi
21°38' shimoliy kenglik, 40°9' sharqiy uzunlikda joylashgan

Shahar dengiz sathidan 330 metr balandda joylashgan bo‘lib, barcha
tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Hozirda uning uzunligi sharqdan g‘arbga qariyb
30 km, shimoldan janubga esa 1,5 kmga teng.

Miloddan avvalgi 2500-yilda Makka savdo karvonlari uchun muhim bekat
bo‘lgan. Taxminan miloddan avvalgi 2000-yilda Ibrohim (a.s.) va uning o‘g‘li
Ismoil (a.s.) bu yerda Alloh nomiga bag‘ishlab qurilgan muqaddas uy Ka’bani
barpo etdilar. Ismoil avlodlari bu hududda ustun mavqega ega bo‘lib kelgan, biroq
keyinchalik Qahtoniylarning kuchayishi bilan ularning siyosiy hukmronligi
susaydi. Keyingi davrda Ismoil avlodidan bo‘lgan Qusay Makka ustidan
hokimiyatni qo‘lga olib, mustaqil bir qirollikni shakllantirdi. U Qurayshlarning
otasi va asoschisi bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan Quraysh qabilasi Makkaning mutlaq
hukmdorlariga aylandi. Ular o‘zlariga xos boshqaruv tizimini o‘rnatib, shahardagi
boshqaruv bo‘limlari oilaning turli a‘zolari qo‘liga topshirildi. Ismoil avlodidan
bo‘lgan ayrim arablar Makkaga yaqin bo‘lgan boshqa shaharlarga ham
joylashganlar.

Madina. Madina dastlab Yasrib deb atalgan. Payg‘ambar (S.A.V.) bu yerni
o‘z vatanlari sifatida qabul qilganlaridan so‘ng, u Madīnat-un-Nabiy —
“Payg‘ambar shahri” deb nomlana boshladi. Keyinchalik shahar nomi Madīna
yoki Madīnah tarzida mashhur bo‘ldi. Shahar: dengiz sathidan 619 metr balandda
joylashgan, geografik joyi: 24°15' shimoliy kenglik, 39°55' sharqiy uzunlik,
ekvatordan shimolda joylashgan. Mashhur iqlim xususiyatlari: yozda harorat 28° C
gacha ko‘tariladi, qishda kunduz 10° C, tun esa –5° C gacha tushadi, qishda suvlar
hatto muzlab qoladi.

Yasribning dastlabki aholisi sifatida birinchi bo‘lib Amoliklar yashagan,
keyin yahudiylar kelib joylashgan, undan so‘ng Azd qabilasining ikki bo‘lagi —
Avs va Xazraj yashay boshlagan. Payg‘ambar (S.A.V.) oldin, aynan Avs va Xazraj
qabilalariga “Ansor” (“Yordamchilar”) unvoni bergan, chunki ular Islomni qabul
qilib, musulmon muhojirlarga yordam berishgan. Ular Islomni birinchi bo‘lib
qo‘llab-quvvatlagan arab qabilalaridan bo‘lib, Madinani Islom markaziga
aylantirganlar.

Toif. Bu shahar go‘yo Hijozning “jannati” sifatida ta’riflanadi. U serhosil va
sog‘lom iqlimli bo‘lib, Hijozning boy aholisi odatda yoz faslini shu yerda
o‘tkazadi. Hijratdan oldin Payg‘ambar (S.A.V.) o‘z da’vatlarini yetkazish uchun
Toifga borgan edilar, ammo hatto tinglashga ham ruxsat berilmagan. Hijriy 8-yilda
Payg‘ambar Toifga qarshi qo‘shin tortganlar. 9-hijriy yilda Toif qabilasi boshlig‘i
Islomni qabul qildi, lekin bu tufayli o‘z qabiladoshlari tomonidan o‘ldirildi. Biroq
uning ovozi cho‘lda yo‘q bo‘lib ketmadi va o‘sha yili shu qabiladan yana bir
elchilar guruhi kelib, Payg‘ambar (S.A.V.) huzurida Islomni qabul qildi.

Hijozning boshqa shaharlari. Quyidagi diqqatga sazovor Hijoz shahar
va joylari:

1) Jauf yoki Vādī-ul-Qurā. Madinaning shimolida joylashgan. Bu yerni
Samud qabilasi egallab, Hijr shahrini poytaxt qilgan. Qur’onda bu shahar va uning
odamlari zikr etilgan. U Madā’in Sāliḥ nomi bilan mashhur.

2) Tabuk. Payg‘ambar (S.A.V.) Rim qo‘shinlariga qarshi tayyorgarlik
ko‘rish uchun bir muddat shu yerda turganlar. Bu yurish chog‘ida ular Hijr
shahridan ham o‘tganlar.

3) Haybar. Madinaning g‘arbida joylashgan bo‘lib, yahudiylarning siyosiy
markazi va mustahkam qal’asi edi. Hijriy 7-yilda Payg‘ambar (S.A.V.) tomonidan
zabt etilgan.

4) Madyan. Qizil dengiz qirg‘og‘ida, Hijrga qarama-qarshi tomonda
joylashgan. Bu yer Yoshua (Yusha a.s.)ning vatani, Muso (a.s.)ning qaynotasi
Shuayb (Yitro)ning yurti va Midyon davlatining poytaxti bo‘lgan.

Islomning boshlanishida bu shaharlarda yahudiylar yashar edi va ular
mustahkam qal’alarga ega bo‘lganlar, biroq Payg‘ambar (s.a.v.) hayotliklarida
musulmonlar ularni zabt etdilar.

Arabiston Suriyasi (Arabian Syria). Yunonlar Arabia Petra deb atagan
Arabiston Suriyasi quyidagi hududlarning barchasini o‘z ichiga olgan: Suriya,
Misr, Suriya cho‘li, Hijoz, Najd. Bu hududning muhim tarixiy jihati shuki, Muso
(a.s.) Tur tog‘ida (Sinay) Alloh bilan suhbat qilgan. Shu hududda Alloh tomonidan
Bani Isroilga va’da qilingan yurt joylashgan. Zamonaviy arxeologik tadqiqotlar bu
hududning tarixiy ahamiyatini yanada chuqurroq yoritmoqda. Amoliklar bu
hududda yashab, juda qudratli bir podsholik barpo qilganlar. Ularning hukmronligi
ba’zan Hijozgacha yetgan va Balqo, O‘mon, Busro, Tadmor (Palmira) kabi
shaharlarni o‘z ichiga olgan. Tadmor ayniqsa savdosi bilan mashhur edi.
Shuningdek, bu yurtning malikasi sifatida mashhur bo‘lgan Zabā (Zenobiya)
haqida arablar orasida rivoyatlar qolgan. Islomdan biroz oldin G‘assoniylar
Suriyada hukmronlik qilib, Busroni poytaxt qilganlar. Tarixchi Hamdaniyning
yozishicha, Islomdan keyin Banu Ajal qabilasining avlodlari Suriyaning katta
qismiga, hatto Halabgacha tarqalgan. Tay’ qabilasining bir urug‘i bo‘lgan Rabi‘a
urug‘i ham bu yerga kelib joylashgan, Jadhima avlodining bir qancha bo‘linmalari
esa G‘azo yaqinida ravnaq topgan. Islom paydo bo‘lgan vaqtda bu shaharlar va
qishloqlar arab nasroniylari va yahudiylari qo‘lida bo‘lgan va ular Rim
imperiyasi hokimiyati ostida yashaganlar.

Arabiston Iroqi. Arablar Iroqning janubiy va g‘arbiy qismlarini
Arabiston Iroqi deb ataganlar; yunon manbalarida esa bu hudud Arabia
Deserta sifatida qayd etiladi. Bu keng hududga quyidagilar kirgan: Fors
ko‘rfazi bo‘ylari, Furot daryosi atrofi, Suriya cho‘li, Najd. Qadimda Amoliklar
bu yerda ham ulkan davlat barpo qilgan. Rabi‘a qabilasining bir bo‘lagi ham
uzoq vaqt shu yerda yashagan. Islom davrida, hususan xalifa Umar ibn
Xattob(r.a) davrida Iroqdagi Kufa va Basra shaharlariga asos solingan va ular
keyinchalik arab adabiyoti, ilm-fani va madaniyatining markazlariga aylangan.

Tarixchi Ibn Xaldun yozishicha, Islomdan avval Abid qabilasi Iroqda Furot
daryosi yaqinida Sanjar davlatini davlat tuzgan, uning so‘nggi hukmdori Dizān bin
Mu‘oviyya edi. Bu sulolaga oid imorat xarobalari Sanjar tekisligida hozirgacha
mavjud. Tay’ qabilasining bir urug‘i Zubayd Yaman bo‘ylab tarqalgan, Banu Ajal
qabilasining bir bo‘lagi butun bir Yaman va Iroqda bo‘ylab yoyilgan. Islom
davrida Manādḥira (Laxmiylar) arab sulolasi Forslar hokimiyati ostida Iroqni
boshqargan va ularning poytaxti Kufa yaqinidagi Hira bo‘lgan.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Arabiston hududi tabiiy-geografik tuzilishi,
qabilaviy-urug‘chilik munosabatlari, savdo va iqtisodiy geografiyasi, diniy va
mafkuraviy geografiyasi jihatidan farqli ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Sosoniylar va Rum (Vizantiya) raqobati Arabistonning siyosiy va mafkuraviy
qiyofasiga ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rishimiz mumkin. Diniy jihatidan ko‘p
xudolik (butparastlik), yahudiylik, nasroniylik, zardushtiylik, hanif (Ibrohim dini)
e’tiqodidagilar ham hududiy jihatidan alohida belgilarga ega ekanligi Sayid
Muzafaruddin Nadviy asarida aks etgan. Ayniqsa, Arabiston viloyatlari, shaharlari,
markazlarida yashovchi qabila-urug‘lar haqida keltirilgan ma’lumotlar qiymayli
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Syed Muzaffar-ud-din Nadvi. A Geographical History of the Qur’an. Sh.
Muhammad Ashraf printing Press. Lahore. Vol.1. 1992. 158 pages. 44-56 pages.
2. Sifat Jazīrat al- ʻArab ‫ بن الحسن ،همداني ,أحمد‬Müller, D.H. т. 1.
https://books.google.co.uz/books?id=9lA_AQAAMAAJ 1884. ‫،بريل‬
3. The Gold-Mines of Midian and The Ruined Midianite Cities. A Fortnight's Tour
in Northwestern Arabia. By Richard Francis Burton. First edition of 1878. C.
Kegan Paul: London. https://burtoniana.org/books/1878-
The%20Gold%20Mines%20of%20Midian/index.htm.

“ARAB XALIFALIGI DAVRI TARIXI VA EVOLUTSIYASI”
Ilmiy rahbar: Baltayeva Ma’mura
UrDPI “Milliy g‘oya va falsafa”
kafedrasi o‘qituvchisi
+99897-513-79-90
ma’mura381@gmail.com

Raimbergenova Farangiz Mansur qizi
UrDPI “Milliy g‘oya, ma’naviyat asosloari

va huquq ta’limi” yo‘nalishi