ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Arab xalifaligi davri tarixi va evolutsiyasi”

Baltayeva Ma’mura, Raimberganova Farangiz Mansur qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

Arabiston Iroqi. Arablar Iroqning janubiy va g‘arbiy qismlarini
Arabiston Iroqi deb ataganlar; yunon manbalarida esa bu hudud Arabia
Deserta sifatida qayd etiladi. Bu keng hududga quyidagilar kirgan: Fors
ko‘rfazi bo‘ylari, Furot daryosi atrofi, Suriya cho‘li, Najd. Qadimda Amoliklar
bu yerda ham ulkan davlat barpo qilgan. Rabi‘a qabilasining bir bo‘lagi ham
uzoq vaqt shu yerda yashagan. Islom davrida, hususan xalifa Umar ibn
Xattob(r.a) davrida Iroqdagi Kufa va Basra shaharlariga asos solingan va ular
keyinchalik arab adabiyoti, ilm-fani va madaniyatining markazlariga aylangan.

Tarixchi Ibn Xaldun yozishicha, Islomdan avval Abid qabilasi Iroqda Furot
daryosi yaqinida Sanjar davlatini davlat tuzgan, uning so‘nggi hukmdori Dizān bin
Mu‘oviyya edi. Bu sulolaga oid imorat xarobalari Sanjar tekisligida hozirgacha
mavjud. Tay’ qabilasining bir urug‘i Zubayd Yaman bo‘ylab tarqalgan, Banu Ajal
qabilasining bir bo‘lagi butun bir Yaman va Iroqda bo‘ylab yoyilgan. Islom
davrida Manādḥira (Laxmiylar) arab sulolasi Forslar hokimiyati ostida Iroqni
boshqargan va ularning poytaxti Kufa yaqinidagi Hira bo‘lgan.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Arabiston hududi tabiiy-geografik tuzilishi,
qabilaviy-urug‘chilik munosabatlari, savdo va iqtisodiy geografiyasi, diniy va
mafkuraviy geografiyasi jihatidan farqli ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Sosoniylar va Rum (Vizantiya) raqobati Arabistonning siyosiy va mafkuraviy
qiyofasiga ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rishimiz mumkin. Diniy jihatidan ko‘p
xudolik (butparastlik), yahudiylik, nasroniylik, zardushtiylik, hanif (Ibrohim dini)
e’tiqodidagilar ham hududiy jihatidan alohida belgilarga ega ekanligi Sayid
Muzafaruddin Nadviy asarida aks etgan. Ayniqsa, Arabiston viloyatlari, shaharlari,
markazlarida yashovchi qabila-urug‘lar haqida keltirilgan ma’lumotlar qiymayli
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Syed Muzaffar-ud-din Nadvi. A Geographical History of the Qur’an. Sh.
Muhammad Ashraf printing Press. Lahore. Vol.1. 1992. 158 pages. 44-56 pages.
2. Sifat Jazīrat al- ʻArab ‫ بن الحسن ،همداني ,أحمد‬Müller, D.H. т. 1.
https://books.google.co.uz/books?id=9lA_AQAAMAAJ 1884. ‫،بريل‬
3. The Gold-Mines of Midian and The Ruined Midianite Cities. A Fortnight's Tour
in Northwestern Arabia. By Richard Francis Burton. First edition of 1878. C.
Kegan Paul: London. https://burtoniana.org/books/1878-
The%20Gold%20Mines%20of%20Midian/index.htm.

“ARAB XALIFALIGI DAVRI TARIXI VA EVOLUTSIYASI”
Ilmiy rahbar: Baltayeva Ma’mura
UrDPI “Milliy g‘oya va falsafa”
kafedrasi o‘qituvchisi
+99897-513-79-90
ma’mura381@gmail.com

Raimbergenova Farangiz Mansur qizi
UrDPI “Milliy g‘oya, ma’naviyat asosloari

va huquq ta’limi” yo‘nalishi

2-bosqich talabasi.+99894-201-80-44
farangizreimbergenova2@gamil.com

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Arab xalifaligi davrining shakllanishi, siyosiy
tizimi va hududiy rivojlanishi tarixiy-geografik nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Xalifalikning paydo bo‘lish omillari, boshqaruv shakllari, iqtisodiy va madaniy
markazlari o‘rganilib, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.
Maqola tarixiy geografiyaning ahamiyatini ochib berish hamda Islom
sivilizatsiyasi shakllangan hududlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rsatishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Arab xalifaligi, tarixiy geografiya, Islom tarixi, Roshidun,
Umaviylar, Abbosiylar, madaniyat, ilm-fan, Bag‘dod, sivilizatsiya.
АННОТАТЦИЯ: В данной статье анализируется формирование,
политическая система и территориальное развитие периода Арабского
халифата с историко-географической точки зрения. Изучаются факторы
возникновения халифата, формы правления, экономические и культурные
центры, а также освещается его вклад в мировую цивилизацию. Цель статьи
– раскрыть значение исторической географии и показать взаимодействие
регионов, в которых формировалась исламская цивилизация.
Ключевые слова: Арабский халифат, историческая география, исламская
история, Рашидуны, Омейяды, Аббасиды, культура, наука, Багдад,
цивилизация.
ANNOTATION: This article analyzes the formation, political system and
territorial development of the Arab Caliphate period from a historical and
geographical perspective. The factors of the emergence of the Caliphate, forms of
government, economic and cultural centers are studied, and its contribution to
world civilization is highlighted. The article aims to reveal the importance of
historical geography and show the interaction of the regions in which Islamic
civilization was formed.
Keywords: Arab Caliphate, historical geography, Islamic history, Rashidun,
Umayyads, Abbasids, culture, science, Baghdad, civilization.

KIRISH
Arab xalifaligi insoniyat tarixidagi eng yirik va ta’sirli siyosiy tuzumlardan
biri bo‘lib, VII asrda Islom dini asosida shakllangan. Muhammad (s.a.v.) vafotidan
so‘ng musulmonlar jamoasi siyosiy birlikni saqlab qolish maqsadida xalifalik
tizimini yaratgan. Xalifalik nafaqat diniy boshqaruv shakli, balki ilm-fan, savdo,
siyosat va madaniyat sohalarida ham ilg‘or tajribani namoyon etgan.Tarixiy
geografiya nuqtai nazaridan, xalifalikning rivojlanishi tabiiy sharoit, savdo yo‘llari,
suv manbalari va strategik joylashuv bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Arab
yarim oroli, Suriya, Iroq, Misr, Andalusiya va Markaziy Osiyoni birlashtirgan bu
imperiya Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajargan
Mazkur maqola Arab xalifaligi davrining siyosiy va madaniy taraqqiyotini,
tarixiy geografik o‘ziga xosliklarini tahlil qilish hamda Islom olamining jahon
tarixidagi o‘rnini yoritishga qaratilgan.
ASOSIY QISM

1. Roshidun xalifaligi (632–661-yillar)
Roshidun xalifaligi Islom davlatining dastlabki siyosiy shakli bo‘lib,

Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin musulmonlar jamoasini birlashtirgan. Abu
Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.) xalifalikni boshqargan. Bu davrda Arabiston
yarim orolining deyarli barcha qabilalari islomni qabul qilgan va davlat chegaralari
Iroq, Suriya hamda Misrgacha kengaygan. Madina shahri davlat markazi sifatida
diniy va siyosiy boshqaruv markaziga aylangan. Roshidun davrida adolatli
boshqaruv, maslahat (shura) tizimi va soddalikka asoslangan siyosat hukm surgan.
Tarixiy geografik jihatdan esa bu davr xalifalikning asosiy poydevorini yaratgan
davr sifatida ahamiyatlidir.
2. Umaviylar xalifaligi (661–750-yillar)

Umaviylar hokimiyati paytida xalifalik siyosiy jihatdan kuchaydi va
kengayib, Ispaniya (Andalusiya), Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo va Markaziy
Osiyogacha yoyildi. Poytaxt Damashqqa ko‘chirilgach, Suriya hududi markaziy
ahamiyat kasb etdi. Bu joylashuv savdo yo‘llari ustida bo‘lgani sababli xalifalik
iqtisodiy jihatdan mustahkamlandi. Umaviylar davrida arab tili rasmiy tilga
aylantirilib, boshqaruvda markazlashuv kuchaydi. Qurilish, yo‘lsozlik, qishloq
xo‘jaligi va savdo rivoj topdi. Andalusiya orqali arab madaniyati Yevropaga kirib
bordi va ilm-fan sohalarida yangi bosqich boshlandi.
3. Abbosiylar xalifaligi (750–1258-yillar)

Abbosiylar davrida xalifalik siyosiy jihatdan zaiflashgan bo‘lsa-da, madaniy
va ilmiy jihatdan gullab-yashnadi. Bag‘dod poytaxt sifatida o‘rta asrlardagi eng
muhim markazlardan biriga aylandi. “Bayt ul-hikma” (Donishmandlik uyi) tashkil
etilib, yunon, hind va fors manbalari arab tiliga tarjima qilindi. Algebra, tibbiyot,
geografiya va astronomiya kabi fanlar rivoj topdi. Tarixiy geografik jihatdan
Bag‘dodning Dajla daryosi bo‘yida joylashuvi uni savdo va madaniy almashinuv
nuqtasiga aylantirdi. Bu davrda xalifalik hududi G‘arbda Andalusiyadan Sharqda
Hind vodiysigacha cho‘zilgan.
4. Xalifalikning madaniy va geografik merosi

Arab xalifaligi davrida shakllangan madaniyat, shaharsozlik, ilm-fan va
savdo tarmoqlari keyingi asrlarda ham o‘z ta’sirini saqlab qolgan. Qohira,
Damashq, Bag‘dod, Kordova, Samarqand kabi shaharlar ilm va ma’rifat
markazlariga aylangan. Xalifalik tarixiy geografiyasi orqali Sharq va G‘arb
o‘rtasidagi madaniy aloqalar kuchayib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida yangi
bosqich yuzaga kelgan.

XULOSA
Arab xalifaligi davri insoniyat tarixida siyosiy, madaniy va ilmiy
taraqqiyotning eng yuksak bosqichlaridan biridir. U uch qit’ani birlashtirgan holda,
Islom sivilizatsiyasining yuksalishiga zamin yaratgan. Xalifalikning tarixiy
geografiyasi bugungi musulmon mamlakatlarining shakllanishi va ularning
madaniy rivojida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shu bois, Arab xalifaligi davrini
o‘rganish nafaqat tarixiy, balki geosiyosiy, madaniy va ilmiy jihatdan ham muhim
ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A. Aliyev Islom tarixi va madaniyati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
universiteti nashriyoti, 2019.
2. S. Saidov Arab xalifaligi: siyosiy va madaniy rivojlanish bosqichlari. –
Toshkent, 2021.
3. A. Muhammadjonov 7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligi Toshkent 2017.
4. B.Yusupov Tarixiy geografiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2020.

ARAB XALIFALIGIDA ISLOM DINI VA BOSHQA DINLARNING
TARQALISH GEOGRAFIYASI

Muyassarxon Djaxongirova Anvarovna
Ijtimoiy- gumanitar fanlar
kafedrasi o’qituvchi,

Oriental Universiteti Toshkent,
Olmazor tumani, 52B Norastepa ko’chasi, Toshkent,

100060, Uzbekiston

Annotatsiya: Maqolada Arab xalifaligi davrida islom dinining tarqalish jarayoni
va uning geografik xususiyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda VII–VIII asrlarda
arablar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy va harbiy yurishlar, savdo-sotiq
aloqalari, diplomatik munosabatlar hamda madaniy almashinuvlar islom dinining
keng hududlarga yoyilishida tutgan o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, islomning
Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo va Iberiya (Ispaniya)
yarimoroligigacha tarqalish bosqichlari, mintaqalararo o‘zaro ta’sirlar va mahalliy
xalqlarning islomni qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlil etiladi.
Maqola doirasida islom dinining Arab xalifaligi hududlarida diniy e’tiqod sifatida
shakllanishi bilan bir qatorda, uning siyosiy tizim, ijtimoiy hayot va madaniyat
rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
Arab xalifaligi davrida islom dini global sivilizatsion jarayonlarning markaziy
omiliga aylangan.
Kalit so‘zlar: Arab xalifaligi, islom dini, geografiya, tarqalish jarayoni,
madaniyat, islom sivilizatsiyasi, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo.
Аннотация: В статье представлен научный анализ процесса
распространения ислама в период Арабского халифата и его географических
особенностей. Раскрывается роль политических и военных походов,
торговых связей, дипломатических отношений и культурных обменов,
осуществлявшихся арабами в VII–VIII веках, в распространении ислама на
обширных территориях. Анализируются этапы распространения ислама на
Ближнем Востоке, в Северной Африке, Центральной Азии и на Пиренейском
полуострове (Испания), межрегиональные взаимодействия и факторы,
влияющие на процесс принятия ислама местными народами. В статье
рассматривается становление ислама как религиозной веры на территориях
Арабского халифата, а также его влияние на развитие политической системы,
общественной жизни и культуры. Результаты исследования показывают, что