emas, balki siyosiy barqarorlik, savdo yo‘llarining rivoji, madaniy almashinuvlar
va xalifalik tomonidan yaratilgan ijtimoiy-administrativ tizim orqali ham kuchaydi.
Xalifalik tarkibiga kirgan xalqlarning ko‘pchiligi vaqt o‘tishi bilan islomni
ixtiyoriy ravishda qabul qildi, biroq boshqa dinlar ham o‘z mavqeini saqlab qoldi.
Nasroniylik, yahudiylik hamda zardushtiylik kabi e’tiqodlar musulmon hukmdorlar
tomonidan "ahl ul-kitob" maqomi sababli muayyan huquqiy himoyaga ega bo‘ldi.
Natijada hududlarda diniy rang-baranglik saqlanib qoldi, bu esa xalifalik
madaniyatining o‘ziga xos ko‘p qirrali bo‘lishiga xizmat qildi.
Arab xalifaligi davrida islomning geografik kengayishi nafaqat diniy tarixda,
balki siyosiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o‘ynadi. Bu jarayon
Sharq va G‘arb tamaddunlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlab, keyingi asrlarda
shakllangan global sivilizatsiya asoslaridan biriga aylandi.
FOYDALANILGAN ADABIYORLAR
1. Arabchadan Zokirjon Ismoil tarjimasi. Imom Buhoriy. Sahihul Buhoriy.
Qomuslar Bosh tahririyati Toshkent 1991. – B. 70.
2. Аhmed, Kаssim. А Shоrt Nоte оn the Medinа Chаrter. The First Written
Cоnstitutiоn in the Wоrld, Sh. Muhаmmаd Аshrаf, Lоhоre 1968. – P. 46.
3. Адҳам Иброҳим ўғли. Энг комил инсон. Тошкент. Шамсуддинхон
Бобохонов. 2022. – B. 167.
4. Bouziane Mounira.Comparison Between the Constitution of Medina and the
Constitution of the United States: the Application of Deconstruction and the
Projections of Chaos Theory. Anglo-American Studie. 2013. – P. 34.
5. Dr. Muhаmmаd Tаhir-ul-Qаdri. Cоnstitutiоnаl Аnаlysis оf the Cоnstitutiоn оf
Mаdinа.Bouziane.2014. – P. 3.
6. Hаsselblаtt, Bоris; Аnаtоle Kаtоk. А First Cоurse in Dynаmics: With а Pаnоrаmа
оf Recent Develоpments. Cаmbridge University Press 2003. – P. 56.
7. Mo‘minov A.Q. Dinshunoslik asoslarini o‘qitish va o‘rganishning yagona
konsepsiyasi. T., Toshkent Davlat Sharqshunoslik inistituti, 1999.
8. Mоаddel, Mаnsооr. The Study оf Islаmic Culture аnd Pоlitics: аn Оverview аnd
Аssessment. Аnnuаl Review оf Sоciоlоgy.vоl. 28. 2002. – P. 45.
9. Shаyh Аlouddin Mаnsur. Qurоni Kаrim mа’nоlar tаrjimаsi. Toshkent. Chо‘lpon
1992. – B.542.
10.Sаid Аbdullаh. Islаmic Thоught Аn Intrоductiоn. UK: Rооtledge., 2006. – P. 2.
ARAB XALIFALIGIGA QARAMLIK DAVRIDA TURONDA
TANGA-PUL MUOMALASI. (VII ASR O‘RTALARI- IX ASR BOSHLARI)
Azimqulov Javohir Zafarzoda
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Tarix instituti kichik ilmiy xodimi
azimkulob@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada Arab xalifaligi tomonidan Movarounnahr hududi fath
etilgan davrdan to Somoniylar sulolasi hokimiyatga kelgan vaqtga qadar bu
hududda yurtilgan tanga-pul munosabatlari haqida ma’lumot berilgan. Ma’lumki,
arab fathlari Movarounnahrning iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga katta ta’sir o‘tkazdi.
Bu ta’sir o‘lkada mavjud bo‘lgan tanga–pul munosabatlarida ham sezildi.
Movarounnahrda bu davrga kelib ilk musulmon tangalari zarb etila boshlandi va
muomalaga kiritildi. Maqolada ushbu masalalar ustida bahs yurutilgan bo‘lib
birlamchi xulosalar taqdim etilgan.
Kalit so‘zlar: Turon, Arab xalifaligi, Abbosiylar, Muhammad Ibn Dahda, Buxoro,
G‘itrif ibn Ato, Samarqand, Xo‘jand, Muhammadiy, Musayyabiy, G‘idrifiy.
Abstract: The article provides information about the coin-money relations in this
area from the time of the conquest of the Movarounnahr region by the Arab
caliphate to the time when the Samanid dynasty came to power. It is known that
the Arab conquests had a great impact on the economic and social life of
Movarounnahr. This effect was also felt in the coin-money relations existing in the
country. By this time, the first Muslim coins were minted and put into circulation
in Movarounnahr. The article discusses these issues and presents primary
conclusions.
Key words: Turan, Arab caliphate, Abbasids, Muhammad Ibn Dahda, Bukhara,
Gitrif ibn Ato, Samarkand, Khojand, Muhammadi, Musayabi, Ghidrifi.
Аннотация: В статье представлена информация о денежных отношениях,
существовавших на территории Мавераннахра с момента завоевания этой
области Арабским халифатом и до прихода к власти династии Саманидов.
Известно, что арабские завоевания оказали значительное влияние на
социально-экономическую жизнь Мавераннахра. Это воздействие
проявилось и в системе денежного обращения региона. В этот период на
территории Мавераннахра начали чеканиться первые мусульманские монеты,
которые были введены в обращение. В статье рассматриваются данные
вопросы и приводятся первичные выводы по теме.
Ключевые слова: Туран, Арабский халифат, Аббасиды, Мухаммад ибн
Дахда, Бухара, Гитриф ибн Ата, Самарканд, Худжанд, Мухаммади,
Мусайаби, Гидрифи.
VII asr о‘rtalaridan boshlab Turon hududiga Arab xalifaligi qо‘shinlari
tomonidan yurishlar boshlandi. Ilk davrlarida bu yurishlar mintaqa aholisini
о‘rganish, ularning harbiy salohiyatidan xabardor bо‘lish va shu bilan birga bu
hududning boyliklarini qо‘lga kiritish maqsadida amalga oshirildi. 651 yilda
arablar о‘sha paytning boy va madaniy jihatdan rivojlangan shaharlaridan bо‘lgan
Marvga yaqinlashib, uni deyarli jangsiz egallab oldilar. Basra voliysi Abdulloh ibn
Omir (625-677/678) boshchiligidagi qо‘shin 652 yilda Hirot va Bodg‘isni jang
qilmasdan egallaydi[ Abu Jarir at-Tabariy. 4-jild. 1967 : 167] 34.
34 Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix at-Tabariy. Qohira. 1967. J.4. 167- bet.
VII asrning о‘rtalarida Turon о‘lkasi Turk hoqonligi nazorati ostida bо‘lib,
hoqonlik tomonidan tayinlangan turli xil mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilib
kelinardi.
Turk xoqonligining boshqaruvida ikki xil tizim mavjud edi: 1)
bо‘ysundirilgan ba’zi о‘lka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saqlanib
qolgan va ular xoqonlikka о‘lpon tо‘lab turgan; 2) tobe о‘lka va viloyatlarning
ayrimlari boshqaruviga tayinlangan xukmdor xonadonga mansub vakillar
hokimiyati. О‘sha kezlarda Sirdaryo – Amudaryo oralig‘i hamda tutash hududlar
G‘arbiy Turk xoqonligi qaramog‘ida bо‘lib, Chochda Teginlar va Tudunlar,
Farg‘onada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sug‘dda ixshidlar, Buxoroda
buxorxudotlar, Xorazmda afrig‘iylar, Toxaristonda yabg‘ular hokimiyati mavjud
edi. Ularning ba’zilarining kelib chiqishi Turk xoqonligining boshqaruvchi sulolasi
– Ashina xonadoniga mansub bо‘lishgan. Jumladan, Choch Teginlari (605-750),
Toxariston yabg‘ulari (620-750), Farg‘ona Ashina sulolasi (640-810)[Boboyorov.
2021: 35].35
VIII asr boshiga kelib Xuroson voliysi sifatida tayinlangan Qutayba ibn
Muslim arablar tomonidan “Movarounnahr” deb nom berilgan hududni deyarli
tо‘liq Arab xalifaligiga bо‘ysundirdi.
Xalifalikda bu davrga kelib umaviylar (661-750) sulolasi, asosiy hududlar
egallangan davrda xalifa Valid ibn Abdulmalik hokimiyatda bо‘lib, egallab olingan
hududlarni о‘z hokimiyatlari ostida birlashtirib, bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayotga ta’sir о‘tkazishdi.
VIII-IX asrlar davomida Turon hududida asosan kumushdan
tayyorlanadigan dirhamlar, oltindan ishlanadigan dinorlar va misdan yasaladigan
fuls chaqalardan o‘zaro oldi berdi munosbatlarida foydanilgan. Manbalarning
guvohlik berishicha arablar o‘lkaga kirib kelishidan oldin Turonda asosan Turk
hoqonligi tangalari namunasidagi milliy hokimliklar tomonidan zarb etilgan
tangalar keng tarqalgan. Samarqand ixshidlari tomonidan VII asr ikkinchi
yarmidan VIII asr о‘rtasigacha zarb qildirilgan xitoy taqlidi tangalarda sug‘diy
yozuvda Ixshid Shishpir, Vahshuman (655-696), Tapaspadak (696-698), Tarhun
(700-710), G‘urak (710-737), Turg‘ar (738–750) kabi hukmdorlar ismi о‘rin olgan
bо‘lib‚ ular haqidagi ma’lumotlar asosan xitoy va arab manbalarida‚ qisman esa
sug‘diy hujjatlarda uchraydi[Bahaeddin Ögel 1984:184].36 Xoqonlikning о‘z
vassallari ustidan bо‘lgan nazorati birmuncha zaiflashgan paytda Samarqand
hukmdorlari о‘z tangalarini Xitoy ta’sirida zarb qila boshlaydilar. Shunga qaramay,
xoqonlikning Samarqanddagi ta’siri VIII asr birinchi yarmigacha saqlanib qolgani
ma’lum. Bu tangalar o‘lkaga islom kirib kelgandan keyin ham ma’lum vaqt
musulmon voliylar tomonidan ham zarb etilgan.
VII– VIII asrlarda esa Farg‘ona vodiysida qadimgi turk-run va sug‘diy
yozuvda “xoqon” unvonli tangalar bostirilgan bо‘lib, bu holat vodiyda Ashina
sulolasibir tarmog‘ining о‘z boshqaruvini о‘rnatishi bilan bog‘liq edi. Ham Choch,
35G‘. Boboyorov. G‘arbiy Turk xoqonligi tarixi va tanga-pul tizimi. Toshkent. 2021. 35- bet.
36Bahaeddin Ögel. Islamiyyetden Önce Türk Kültür Tarihi. Ankara. 1984. S. 184.
ham Farg‘ona tangalarida deyarli bir xil qiyofadagi hukmdor tasviri va Ashina
sulolasi tamg‘asi uchrashi bundan darak beradi.
VI asr sо‘nggi choragi – VIII asr ilk yarmida Choch (Toshkent) vohasida
sug‘diy yozuvda “jabg‘u”, “jabg‘u-xoqon” va “xoqon” unvonlari bilan,
“Turkxoqon”, “Tardu xoqon”, “Tun jabg‘u-xoqon”, “Ishbara jabg‘u-xoqon”,
“Tо‘n-xoqon” singari hukmdor ismi va etnosiyosiy nomlar bilan mis tangalar
bostiradi.
Ayni shu asrlarda Tо‘xoriston (Janubiy О‘zbekiston)da Sosoniylar Eroni
tangalari ustiga sug‘diy yozuv bilan bosma (kontramark) tarzda qadimgi turkcha
“xoqon”, “tegin”, tarxon” unvonlari tushirilib, Ashina aslli Tо‘xoriston yabg‘ulari
(620–750) shu tariqa ushbu tangalarning о‘z hududida muomalada bо‘lishini
ta’minlaydilar[Boboyorov 2021: 262].37
Turon hududida bu davrda iste’molda bo‘lgan kumush tangalardan bir turi
Narshaxiyning guvohlik berishicha Kono Buxorxudot tomonidan zarb etilgan
kumush tangalar bo‘lib, ilk dahfa bu tangalar Abu Bakr r.a xalifalik davrida (632-
634) yillarda bosilgan [Abu Bakr Muhammad Narshaxiy 2022: 63]38 va arablar
Buxoroni egallagan davrda muomalada mavjud bo‘lgan. Bu tanga sof kumushdan
ishlangan bo‘lib, unga Buxorxudotning toj kiygan holatdagi surati aks ettirilgan.
Bu davrda Buxoroga qo‘shni hududlarda ham mahalliy hokimlar tomonidan
kumush tangalar zarb etilgan, ayniqsa Xorazm kumush tangasi ancha keng
tarqalgan.
Islom dini o‘lkaga kirib kelgan so‘ng o‘lkada ilk islomiy tangalarning zarb
etilishi Panjikent xarobalaridan topilgan bu davrga oid tangalardan aniqlanishicha
hijriy 143/760-761-yillarga to‘g‘ri keladi [Bahaeddin Ögel 1984:184].39 Ya’ni
xalifalikda Abbosiylar sulolasi hokimiyatga kelgandan keyin Turon hududida ilk
musulmon tangalari zarb etilishi boshlangan bo‘lishi mumkin. Ustida arab harflari
mavjud bo‘lgan bu tangalarning qolgan qismi 765, 768, 770-yillarda bosilganidan
xulosa qilish mumkinki abbosiylar davrida Turonda musulmonlar andozasidagi
tangalarni zarb qilishga etibor qarata boshlangan va voliylar tomonidan iqtisodiy
hayotni nazoratda ushlash va uni rivojlantirish maqsadida bu kabi siyosat olib
borilgan.
VIII asr oxiri IX asr boshlariga kelib Turon o‘lkasida muomalada bo‘lgan va
hududlarning xiroj solig‘i bu tangalar bilan to‘plangan uch xil turdagi kumush
tangalar keng tarqalgan bular muhammadiy, musayyabiy va g‘itrifiy bo‘lgan. Bu
tangalar Turonning barcha hududlarida bir xilda ishlatilinmagan, balki ma’lum bir
shaharlarga moslangan bo‘lib, xalifalik turli hududlardan o‘zlarida ishlatilinadigan
tanga turida soliq yig‘ib olgan.
“Muhammadiy” dirhami Gardiziyning asarida keltirilishicha Xuroson voliysi
Muhammad Dahda buyrug‘i bilan zarb etilgan bo‘lib asosan Samarqand va unga
tutash bo‘lgan Kesh, Nasaf hamda Buttam va Farg‘ona hududlarida keng
muomalada bo‘lgan. Bu hududlarning xiroji aynan muhammadi dirhamlari orqali
37G‘. Boboyorov. G‘arbiy Turk xoqonligi tarixi va tanga-pul tizimi. Toshkent. 2021. 262- bet.
38 Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. 2022. 63-bet.
39Bahaeddin Ögel. Islamiyyetden Önce Türk Kültür Tarihi. Ankara. 1984. S. 184.
to‘langan [Abu Said Muhammad Gardiziy 1944: 283].40 Bu tangalar aynan
Muhammad ibn Dahda buyrug‘i bilan zarb etilgani uchun ham “muhammadi”
dirhamlari deb nom olgan. Lekin Gardiziy Xuroson voliysi sifatida keltirigan
Muhammad ibn Dahda Xuroson voliysi bo‘lmagan balki, Xuroson voliysi
nazoratidagi arab noyiblaridan biri bo‘lgan [Osman Aydinli 2011: 369].41
“Muhammadiy” dirhamlari kumush, temir va boshqa m’adanlar
qorishmasidan yasalgan bo‘lib, ularda islomiy tangalardan farqlanarli shakllar va
arabcha bo‘lmagan harflar ham mavjud bo‘lgan.42
“Musayyabiy” dirhamlari 780-782-yillarda Xuroson voliysi bo‘lgan
Musayyab ibn Zuhayr buyrug‘i bilan zarb etila boshlangan va “musayyabiy” nomi
bilan atalagan. 43 “Musayyabiy” dirhamlari Xo‘jand, Shosh, Iloq va Ustrushona
hududlarida keng tarqalgan va bu hududlarning xiroji shu turdagi tangalar bilan
to‘langan. 44
Buxoroda 632-634-yillarda Buxorxudot tomonidan zarb etirilgan dirhamlar
IX asr boshida kelib aholi orasida kamayib bordi, Buxoro hududida qo‘shni
Xorazmda zarb etilgan kumush tangalar ko‘p ishlatilina boshladi lekin Buxoro
xalqi bu kumush tangalarni ishlatishni uncha xush ko‘rmasdilar. 801-yilda xalifa
Horun Rashid tomonidan Xuroson voliysi etib tayinlangan G‘itrif ibn Ato
buxoroliklarning bildirgan takliflari bilan Buxoroda oldingi Buxorxudot davridagi
kumush tangalarga monand yangi tangalar zarb qilishga buyruq berdi.45
IX asr boshlarida Buxoroda kumush kamyob bo‘lib, tangani sof kumushdan
emas balki oltin, kumush, rux, qalay, mis vat emir qorishmasidan tayyorlashga
Buxoro xalqi kelishib olishgan va shu holatda tanga zarb qilish boshlandi.46
Tangalar G‘itrif ibn Ato buyruqi asosida zarb qilingani uchun ham bu tangalarga
“Siymi G‘itrifiy” ya’ni “g‘itrif kumushi” deb nom berildi. Odiiy xalq orasida esa
bu turdagi tangalar “g‘itirifiy” nomi bilan shuhrat topdi. Avvalida tangalar sof
kumushdan quyilmagani sababli qora rangli bu tangalar aholi orasida qabul
qilinmadi, voliyning g‘azabiga uchrashdan qo‘rqqan xalq asta –sekin bu
tangalardan foylana boshlagan. Bunga yana bir sabab olti g‘itrifiy tanganing bir sof
kumush tangaga teng qilib qoyilgani ham bo‘ldi. Shu paytdan boshlab
Buxoroliklar xiroj solig‘ini g‘idrifiy tangalari bilan to‘lashga buyurildi va ma’lum
vaqt o‘tib g‘idriify tangalari ham aholi orasida kamaya boshladi vas of kumush
tanga bilan endi oltiga bir holatda emas teng holga keldi.47
G‘itrifiy tangalarini Buxorodagi Ko‘shki Mohak nomli joyda zarb qilingan.
Buxoro va unga tutash hududlarning xiroji g‘itirifiy tangalarida olingan va bu
tangalar XII asrda ham Buxoroda muomalada bo‘lib, hatto sof kumush tangadan
qiymat jihatidan yuqoriroq baholangan.48 Buxoroda mahsulotlar, mulk va qullar
40Abu Said Muhammad Gardiziy. Tarixi Gardiziy. Tehron. Chopxnaye Armug‘on. 1944. 283 - bet.
41Osman Aydinli. Semerkent tarihi. Istanbul. 2011. s. 369.
42 Istaxriy. Al-masalik val-mamalik. Toshkent. 2019. 323- bet.
43 Ibn Havqal. Kitab surat al-arz/ Movarounnahr. Toshkent. 2011. 490- bet.
44 Ibn Xurdodbeh. Al-masalik va-l-mamalik. 38-39-betlar.
45 Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. 2022. 64- bet.
46Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. 2022. 65- bet.
47 Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. 2022. 67- bet.
48 Abu Rayhon Beruniy. Al-jamohir fi ma’rifat al-javahir. 401-402- bet.
savdosi, ayol mahri (falonchi falon ismli ayolga ming g‘itrifiy dirham mahr berdi
kabi) va xaroj faqat shu dirham bilan to‘langan49.
G‘itrifiy tangalari kursi almashib turgan. 835 yilda 100 toza kumush dirham
85 g‘itrifiy dirhamga teng bo‘lgan, Ibn Fazlon 921 yilda 1 kumush dirham – 100
g‘itrifiy dirhamga, 1128 yilda esa 100 kumush dirham 70 g‘itrifiy dirhamga teng
bo‘lgan. Bir misqol qizil tilla narxi yetti yarim g‘itrifiy dirhamga teng bo‘lgan50.
Beruniy zamonida bir g‘itrifiy bir kumush dirhamga teng bo‘lgan, ba’zan undan
ham narxi yuqori bo‘lgan.
G‘itrifiy tangalaridan oldin Xuroson va Movarounnahr hududida Xorazm
kumush tangalari ko‘p ishlatilingan, Xorazm dirhami toza (tozcha) deb atalgan va
u to‘rt yarim donaq bo‘lgan. Xorazm xaroji mana shu dirham bilan to‘langan. 51
Buxoroda mis tangalar ham ishlatilgan va ularning qirqtasi bitta kumush
tangaga teng bo‘lgan va samarqand tangalaridan oltitasi bir doniq kumush tangaga
teng bo‘lgan52.
Tangalar zarb etilgan asosiy zarbxonalar bu davrda Iloq, Shosh, Farg‘ona,
Toxariston, Kesh, Naxshab, Qubo, Buxoro, Samarqand, Badaxshon, Termiz,
Xuttal, Rasht, Chag‘oniyon, Xurosonda Balx, Panjhir, Toliqon, G‘arjiston, Marv,
Nishopur, Hirotda joylashgan.
Zarbxonalarda ishchilar, tilla, kumush va boshqa metallar erituvchilari,
naqqoshlar (o‘ymakorlar), tamg‘a bosuvchilar, zarroblar va tangalardagi
qimmatbaho metal probasini tekshiruvchilar kabilar faoliyat ko‘rsatganlar. Bu ishni
boshqaruvchisi “nozir” deb atalgan53.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Arab xalifaligi tomonidan Turon hududi
egallab olinishining ilk davrlarida xalifalik Turondagi tanga pul muomalasiga katta
daxl qilmagan. Keyinchalik abbosiylar hokimiyatga kelgandan keyin esa Turonda
eski tangalardan voz kechish va faqat xalifalik ma’murlari tomonidan belgilangan
me’yorda zarb etiladigan musulmonlar andozasidagi tangalardan o’zaro oldi berdi
munosabatlarida foydalanish keng tarqalgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YIXATI
1. Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. 2022. 155 b.
2. Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forisiy al-Istaxriy. Al-masalik val-mamalik.
Toshkent. 2019. 480 b.
3. Abu Said Muhammad Gardiziy. Tarixi Gardiziy. Tehron. Chopxnaye Armug‘on.
1944. 320 b.
4. Abul Qosim Ubaydulloh ibn Abdulloh Ibn Xurdozbah. Al-Masalik va al-mamalik.
– Bayrut: Dar sodir, 1889. 338 b.
5. Bahaeddin Ögel. Islamiyetden Önce Türk Kültür Tarihi. Ankara. 1984.
49 Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. 2022. 51-bet.
50 Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. 2022. 52-bet.
51 Muqaddasiy. Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim. Bayrut. 1987. 286, 340- betlar.
52 Ibn Havqal. Kitab surat al-arz/ Movarounnahr. Toshkent. 2011. 120-121-betlar.
53 Muqaddasiy. Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim. Bayrut. 1987. 360- bet.
6. G‘. Boboyorov. G‘arbiy Turk xoqonligi tarixi va tanga-pul tizimi. Toshkent. 2021.
320 b.
7. Ibn Havqal. Kitab surat al-arz/ Movarounnahr. Toshkent. 2011. 389 b.
8. Ibn Jarir at-Tabariy. Tarix at-Tabariy. – Ar-Riyod: Bayt al-afkar ad-davliya, 2005.
2260 b.
9. Muqaddasiy. Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim. Bayrut. 1987. 569 b.
10.Osman Aydinli. Semerkent tarihi. Istanbul. 2011. 596 b.
X –XI АСРЛАР АББОСИЙЛАР ҲУКМРОНЛИГИ ДАВРИ
АЛЛОМАЛАРИДАН – АБУЛҲАСАН МОВАРДИЙНИНГ ИЖТИМОИЙ,
СИЁСИЙ ВА ҲУҚУҚИЙ ФАОЛИЯТИГА БИР НАЗАР
Jo’rayev Ziyovuddin Muhitdinovich
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti “Pedagogika va tillar” kafedrasi v.b.
dotsenti., tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
mawardi964barlos@mail.ru (+99899)8931970
Аннотатция: Мазкур – “Х –ХI асрлар аббосийлар ҳукмронлиги даври
алломаларидан – Абулҳасан Мовардийнинг ижтимоий, сиёсий ва ҳуқуқий
фаолиятига бир назар” номли илмий мақолада инқирозга тобора юзтубан
қулаётган араб халифалигининг аббосийлар даври қисқача сатрларда очиқлаб
берилган.Шу билан бирга бу таҳликалаи вазиятлардан муваффақиятла ғалаба
қозонишга бош вазир Абулҳасан Мовардий раҳнамолигида ва ўша давр
туркийлари билан ҳамоҳанг уруниш аббосий ҳукмдорларга яхшигина
натижалар олиб келингани борасида тўхтаб ўтилган. Хусусан, Қодир Биллоҳ
ва унинг ўғли Қоим Биамриллоҳ аббосийлар даврида яшаб илмий ижод
этган: машҳур фақиҳ, соитсиолог, муфассир, адиб, ижтимоий-сиёсий
фаолиятда: сиёсий арбоб сифатида дипломат, қозиюл қуззот, машҳур
элчилик фвазифалари, адлия вазири, бош вазир сифатидаги мансабларида
фаолият олиб борганига ҳам озгина тўхталинган. Абулҳасан Мовардийнинг
аббосий халифаларига маслаҳатгўй сифатидаги кўрсатмалари, салтанат
қурилишидаги энг янги назарий ва амалий ҳамда унинг илмий меросидаги
таълимотлари асосида муҳташам султонлик сиёсий ва ҳуқуқий жиҳатдан
исботлаб берилди ва тезкорлик билан шиддатла амалда йўлга қўйилди. Бу
қисқа даврда аббосийлар тамомила турғунлик даврини бошдан кечиришга
маҳкум эдилар. Тарихнинг ғилдирагини ижтимоий барқарорликни
таъминлашга қаратилган “Аҳли сунна вал-жамоа” мазҳабий тузилмаларини
расмийлаштириш, самарали жамоалар ва жамиятларни юзага келтиришга
қаратилган ҳаракатлар бошланган.
Абулҳасан Мовардий ана шу эзгу мақсад йўлида Туркийлардан
Ғазнавийлар ва Слжуқийларга жаҳон давллатчилик тарихи ва тараққиётида
илк бора султонлик мақомини беришни кашф этгани. Уларнинг адолатли
салтанат юритишлари учун “ал-Аҳком ас-султонийя вал-валоёт ад-динийя”