ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Arab xalifaligi davrida jamiyatda ayollarning o‘rni

Salohiddinova Mohira Shahobiddin qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

33. Петрушевский И. П. Ислам в Иране в VII-XV веках. (Курс лекций). –
Ленинград, 1966; Строева Л. В. Государство исмаилитов в Иране в XI-XIII
вв. – Москва: Наука, 1978; .‫فقيهي علي أثقر، آل بويه نخواصتين سلسلهء قدرتمند شيعه. -تيهران‬
‫؛‬214 .‫ -ص‬.1365 Наққош Ҳ. И. Сулолаи Бувайҳиён. (Асрҳои Х–ХИ) –
Душанбе: Ирфон, 1988. – Б. 79. ; Сюкияйнен Л.Р. Мусульманское право
(вопросы теории и практики). – Москва: Наука,1986. – 256 с.
34. Бартольд В. В. Сочинения. Т. VII. – С 335. Грюнебаум Э. Классический
Ислам. – С. 65.
35. Петрушевский И. П. Ислам в Иране в ВИИ-ХВ веках (курс лекций)
Мусульманское государственное право. Глава ВИ. ). – Ленинград, 1966; – СС
149, 150, 154, 155, 158, 198.
36. Абдуҳалимов Б.А. Байт ал-ҳикма ва Ўрта Осиё олимларининг Бағдоддаги
илмий фаолияти. – Тошкент: Тошкент ислом университети, 2004. – Б. 236;
Зоҳидий А. Берунийнинг ақл чироғи//Тафаккур, 2005. – № 4. – Б. 102–107.
37. Багирова. С. Г. Сочинение. Татимма сиван ал-ҳикма Ал-Байхаки как
образец средневекового энциклопедического справочника. – Тошкент: Фан,
1987. – С. 46; Уильрих Рудолф. Самарқанд илоҳиёт мактаби. – Тошкент:
2005. –325 б.
38. Абдуҳалимов Б. А. Байт ал-ҳикма ва унинг Марказий Осиё олимларининг
Бағдоддаги илмий фаолияти (ИХ–ХИ асрларда аниқ ва табиий фанлар)/Б.
Абдуҳалимов; масъул муҳаррир: М. М. Хайруллаев; ЎзРФА, Абу Райҳон
Беруний номидаги Шарқшунослик институти. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010.
– 264 б.

Батафсил маълумот учун қаранг: Ўзбекистон халқаро ислом
академияси ҳузуридаги илмий даражалар берувчи ДСc
26.04.2018.Исл/Тар.57.01 рақамли Илмий Кенгаш Ўзбекистон миллий
университети. Қўлёзма ҳуқуқида. УДК 94 (575) (093) 930.2 (575.1). Жўраев
Зиёвуддин Муҳитдинович. Ал-Мовардийнинг “ал-Аҳком ас-султониййа”
асари – мусулмон Шарқи давлат бошқаруви тарихига оид муҳим манба (ХИ
аср). Ихтисослик: 24. 00. 01 – Ислом тарихи ва манбашунослиги. Тарих
фанлари бўйича фалсафа доктори (ПҳД) илмий даражасини олиш учун
тақдим этилган д и с с е р т а ц и я. Илмий раҳбар: З. И.Мунавваров - сиёсий
фанлар доктори, профессор. – Тошкент: Ўзбекистон халқаро ислом
академияси. 2019. – 267 б.

ARAB XALIFALIGI DAVRIDA JAMIYATDA AYOLLARNING O’RNI

Salohiddinova Mohira Shahobiddin qizi Qo’qon Davlat Universiteti Gumanitar
fanlar va tillar fakulteti Tarix yo’nalishi 202-guruh 2-bosqich talabasi.
mohirasalohiddinova369@gmail.com
+998 93 121 54 84

Annotatsiya: Ushbu maqolada Arab xalifaligi davridagi,ayollarning ijtimoiyiqtisodiy va diniy hayotdagi o’rni hamda ularga bo’lgan munosabatlarni tarixiy-

ilmiy nuqtaiy nazardan tahlil qiladi.Maqolada ayollarning turli ijtimoiy
qatlamlardagi vaziyati, ularning meros huquqi, nikoh va ajralish masalalari
islomgacha va islomdan keying holatlar tahlil etiladi.
Kalit so’zlar:Islomgacha bo’lgan davr, johiliyat davri,Quraysh, xitba, mahr, islom
ayollari, ko’chmanchi arablar.
Abstract: The article analyzes the relations of the Arab Caliphate in Ushba, the
socio-economic status of women and their place in religious life and their relations
with them from a historical and scientific perspective. The article analyzes the
situation of women in different social strata, inheritance rights, marriage and
divorce issues in pre-Islamic and post-Islamic processes.
Keywords: Pre-Islamic period, period of ignorance, Quraysh, khitba, dowry,
Islamic women, nomadic Arabs.
Аннотация: В статье аналируются отношения Арабского халифата в Ушбе,
социально-экономическое положение женщин и их место в религиозной
жизни, а также отношения между ними с исторической и научной точки
зрения. В статье анализируется положение женщин в различных социальных
слоях, права наследования, вопросы брака и развода в доисламский и
постисламский периоды.
Ключевые слова: доисламский период, период невежества, курайшиты,
хитба, приданое, исламские женщины, кочевые арабы.

Islomgacha bo’lgan davrda, ya’ni johiliyat davrida arab qabilalarida
ayollar juda kamsitilgan. Qiz farzand tug'ilganda oilada qayg’u bo'lib, ba’zi
qabilalarda hatto qizlar tiriklayin ko’milib ketilgan. O’g’il bola esa merosxo'r
sifatida juda qadrlangan. Ayollar erlarining mulki deb hisoblangan va ularning
ijtimoiy mavqei juda past bo'lgan. Erkaklar ayollar bilan teng huquqli bo'lmagan,
ularni o'zlaridan past darajadagi mavjudot deb hisoblashgan [Грюнебаум
1986:13].

Qadimgi arab qabilalarida, jumladan, Quraysh va Hind kabilarda qiz
bola tug‘ilganda uni tiriklayin ko‘mib tashlash dahshatli odati mavjud edi. Buning
sababi, ular qiz bolaning oilaga baxt keltirmasligiga ishonishardi. Ko‘chmanchi
arablar omon qolgan qiz bolalarga og‘ir mehnatni yuklab, ularni doimo kamsitardi.
Ba’zida esa, qizcha olti yoshga to‘lganda uning otasi uni olis safarga olib ketaman
deb, tayyorlangan chuqurga tashlab, ustini tuproq bilan bekib ketardi. Rivoyatlarga
qaraganda, homilador ayollarni yolg‘iz xonaga olib kirib tug‘dirishar va agar
tug‘ilgan chaqaloq qiz bo‘lsa, uni darhol shu yerga ko‘mib tashlashardi. Johiliyat
davrida ayollarning hayoti erkakka qaram edi. Qizning turmushga berilishida uning
fikri va yoshi muhim ahamiyatga ega bo‘lmasdi. Erkakning otasi yoki yaqin
qarindoshi kelin bo‘ladigan qizning otasidan uni so‘rab kelardi. Bu ishga “xitba”
deyilardi. Mahr to‘langach, nikoh o‘qilardi. Arablarda bunday noinsoniy va
axloqsiz nikoh turlari juda ko‘p uchrar edi [Азимов 1991:5].

Islom dini paydo bo‘lish arafasida dunyoda ikki kuchli davlat – Rim va
Eron o‘rtasida kuchli raqobat kechar edi. Ular boshqa xalqlarni o‘z hokimiyatiga
bo‘ysundirishga harakat qilardi. Rim – nasroniylik dinini qabul qilgan, Eron esa
otashga sig‘inuvchilar yurti edi. Bu davlatlarda adolatsiz qonunlar hukm surib,
inson huquqlari poymol etilardi. Ichki janjallar tufayli ular zaiflashgan edi.

Arabiston yarim oroli doimo bu ikki davlatning tajovuzlariga uchrab turardi. Islom
dinining paydo bo‘lishi Arabistondagi ijtimoiy va siyosiy hayotni tubdan
o‘zgartirishga qaratilgan dastur sifatida qabul qilindi. Hayotning barcha sohalarini
qamrab olgan Islom ayollar huquqlariga ham katta e’tibor qaratdi [Жабборов
2001:47].

Islom dunyosida eng birinchi ta'lim muassasalari, ya'ni maktablar,
madrasalar va masjidlar ochildi. Bu muassasalar odamlarni diniy va dunyoviy
bilimlar bilan boyitishga muvaffaq bo'ldi. Diniy va boshqa fanlarni o'rganishda
ayollar ham, erkaklar ham teng huquqli edi. Chunki Islomda ilm olish har bir
insonning, hohlasi erkak bo'lsin, hohlasi ayol bo'lsin, muqaddas burchi hisoblanadi.
“Ilm izlash har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan hadis ham bu
fikrni tasdiqlaydi.

Islom ta’limotiga ko‘ra, dindagi eng muhim uch tayanch – ilm, amal va
ixlosdir. Ammo, to‘rt xalifadan keyingi davrlarda ba’zi noto‘g‘ri fikrlovchi din
peshvolari ayollarning bilim olishini man qiluvchi yolg‘on hadislarni tarqatishgan.
Holbuki, Payg‘ambarimiz va Horun ar-Rashid davrida ayollar ilmning eng yuqori
cho‘qqilariga erishganlar. “Agar kimdir muslima ayollarning bilim olishini din
man qiladi, desa, bilsin-ki, u kishi Islomga xiyonat qilgan” [Жабборов 2001:47],
degan hadis ham ayollarning dinimizdagi o‘rnini yaqqol ko‘rsatadi.

Islom dinining ko‘plab yaxshi jihatlari bo‘lishiga qaramasdan,
ayollarga nisbatan ba’zi kamsituvchi qarashlar ham bo‘lgan. Masalan, ayollar uzoq
vaqtlar davomida faqat oila ishlari bilan shug‘ullanib kelganlar, erta turmushga
berilish, ko‘p xotinlilik va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik kabi holatlar ham uchrab
turgan. Bu kabi holatlar ayollarning huquqlarini cheklab kelgan. O‘tmishda
ayollarni kamsitish jamiyatda odat tusiga kirib qolgan va buni ba’zi qonunlar bilan
oqlashga harakat qilingan.Saudiya ayol tarixchisi Xatun Al-Fassining
ta’kidlashicha, qadimgi davrlarda arab ayollari, masalan, Nabatiylar qirolligida
yuqori huquqlaraga ega bo’lgan,ammo Rim imperiyasi tomonidan joriy etilgan
yangi qonunlar kuchga kirganida ular o’z huquqlarini yo’qotgan, keyinchalik bu
cheklovlar qonun asosida saqlanib qolgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Arab xalifaligi davrida ayollarning
ahvoli murakkab va ziddiyatli bo’lgan.Bir tomondan, islom ayollarga johiliyat
davriga nisbatan ko’proq huquqlar berd.Masalan meros, ta’lim, iqtisodiy faoliyat
huquqlari. Boshqa tomondan, patriarxal jamiyat tuzilishi saqlanib qoldi va ayollar
ko’p sohalarda erkaklarga nisbatan kam huquqli edi. Tarixiy manbalar shuni
ko'rsatadiki, ayollarning haqiqiy ahvoli turli hududlarda, davrlarda va ijtimoiy
qatlamlarda sezilarli farq qilgan. Ba'zi ayollar yuqori ta'lim olgan, ilm-fan va
adabiyotga hissa qo'shgan, savdo yuritgan va ijtimoiy hayotda faol ishtirok
etganlar. Ammo ko'pchilik ayollar uy xo'jaligi va tarbiyalash bilan cheklangan.

Ushbu davrni to'g'ri tushunish zamonaviy islom dunyosida gender
munosabatlarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Грюнебаум Г.Э. Классический ислам. Очерк истории (660-1258). М.: 1986.
С.13.

2.Азимов А. Ислом ва ҳозирги замон.-Т.:Ўзбекистон.1991,-Б.5
3.Жабборов С. Мусулмон ҳуқуқи ва одат нормалари. Т.: 2001-Б.47

SOMONIYLAR DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOEGRAFIYASI

SOMONIYLAR DAVRIDA ILMIY MUHIT VA UNING TARIXIY
AHAMIYATI
Jo‘rayev Muxriddin Xasanovich
Katta o‘qituvchi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Email: muxriddin241992@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Movarounnahrning islomlashuv jarayoni, xususan,
Buxoro va Samarqand shaharlarining diniy va madaniy o‘zgarishlari, shuningdek,
Somoniylar davrida ilm-fan va ma’naviyatning yuksalishi tahlil qilinadi. Somoniy
hukmdorlarining ilm ahliga e’tibori, ulamolarning jamiyatdagi mavqei va ilmiy
majlislar faoliyati orqali mintaqaning sivilizatsion taraqqiyoti yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Somoniylar, Movarounnahr, Buxoro, Samarqand, Ismoil ibn
Ahmad, ilm-fan, islomlashuv, madaniyat, ulamolar, siyosat.
Аннотация: В статье рассматривается процесс исламизации Мавераннахра, в
частности религиозные и культурные изменения в городах Бухара и
Самарканд. Особое внимание уделено роли династии Саманидов в развитии
науки, культуры и духовной жизни региона, а также поддержке учёных и
организации научных собраний, способствовавших цивилизационному
прогрессу.
Ключевые слова: Саманиды, Мавераннахр, Бухара, Самарканд, Исмаил ибн
Ахмад, исламизация, наука, культура, учёные, политика.
Abstract: This article examines the Islamization of Transoxiana, focusing on the
religious and cultural transformation of Bukhara and Samarkand. It analyzes the
Samanid dynasty’s contribution to the development of science, culture, and
spirituality, highlighting their patronage of scholars and the flourishing of
intellectual gatherings that advanced the region’s civilizational growth.
Keywords: Samanids, Transoxiana, Bukhara, Samarkand, Ismail ibn Ahmad,
Islamization, scholarship, culture, scholars, politics.

Kirish: Qutayba ibn Muslim tomonidan Movarounnahr zabt etilishidan
avval ham Buxoro va Samarqand shaharlarining islom dini bilan tanishuvi
sahobalar va tobe‘in avlodidan bo‘lgan musulmonlarning bu o‘lkalarga kelishi
orqali yuz bergan edi. Shuningdek, mintaqa aholisi savdo maqsadida islom
diyorlariga borib-kelib turganlari tufayli ham islom dini bilan tanishish imkoniga
ega bo‘ldilar. Sahobalardan Qusam ibn Abbos[Narshaxiy, 66-67] Said ibn
Usmonning hijriy 56 / milodiy 675-yilda Samarqandga uyushtirgan yurishida u
bilan birga kelgan va shu yerda shahid bo‘lgan. Yana sahobalardan al-Asvad ibn
Hazm Buxoroning Bemikkas (Bemikat) qishlog‘ida istiqomat qilgan[Ibn Hajar, al-
Isoba: I, 222-223]. Shuningdek, Said ibn Usmonning Samarqand safarida
tobe‘inlardan Rufay ibn Mihron (h. 90 / m. 708) va Abu Amr Abdulmalik ibn
Umayr (h. 130 / m. 747) ham ishtirok etib, ushbu shaharda yashaganlar.