ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Qoraxoniylar davrining siyosiy, madaniy va savdo aloqalari: Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi tarixiy-geografik bog‘liqlik

Asadova Ra’no Baymanovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

QORAXONIYLAR DAVRINING SIYOSIY, MADANIY VA SAVDO
ALOQALARI: MARKAZIY OSIYO VA HINDISTON O‘RTASIDAGI

TARIXIY-GEOGRAFIK BOG‘LIQLIK
Asadova Ra’no Baymanovna,

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
“Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi
dotsenti, tarix fanlari nomzodi
E-mail: ranoasadova66@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraxoniylar davrida (X–XII asrlar) Markaziy
Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy, madaniy hamda iqtisodiy aloqalar tarixiygeografik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda Qoraxoniylar va
G‘aznaviylar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, Buyuk Ipak yo‘li orqali shakllangan
savdo-sotiq tizimi hamda ilm-fan va madaniyat sohasidagi o‘zaro ta’sirlar
yoritilgan. Maqolada arab va fors manbalari hamda zamonaviy tadqiqotlar asosida
ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi madaniy almashuvning mintaqaviy integratsiyadagi
o‘rni tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Qoraxoniylar, Markaziy Osiyo, Hindiston, G‘aznaviylar, Ipak yo‘li,
siyosiy aloqalar, madaniy almashuv, tarixiy geografiya, savdo tizimi.
Аннотация: В статье рассматриваются политические, культурные и
экономические связи между Центральной Азией и Индией в эпоху
Караханидов (X–XII вв.) с историко-географической точки зрения.
Анализируются политические отношения между Караханидами и
Газневидами, торговые маршруты Великого шелкового пути, а также
взаимное влияние в области науки и культуры. Исследование основано на
арабских и персидских источниках, а также современных научных трудах,
что позволяет выявить роль культурного обмена в процессах региональной
интеграции.
Ключевые слова: Караханиды, Центральная Азия, Индия, Газневиды,
Шелковый путь, политические связи, культурный обмен, историческая
география, торговые отношения.
Abstract: This article analyzes the political, cultural, and economic relations
between Central Asia and India during the Karakhanid period (10th–12th
centuries) from a historical and geographical perspective. It explores the political
interactions between the Karakhanids and the Ghaznavids, the role of the Silk
Road trade routes, and the exchange of knowledge and culture between the two
regions. Based on Arabic and Persian sources as well as modern scholarship, the
study highlights the significance of cultural exchange in shaping regional
integration across Central and South Asia.
Keywords: Karakhanids, Central Asia, India, Ghaznavids, Silk Road, political
relations, cultural exchange, historical geography, trade networks.

Kirish. Qoraxoniylar davri Markaziy Osiyo tarixida ilk musulmon turkiy
sulolalardan biri sifatida muhim o‘rin tutadi. Ular X asr o‘rtalarida Movarounnahr
va Sharqiy Turkiston hududlarida mustaqil davlat tuzib, o‘z siyosiy va madaniy
markazlarini Balasog‘un, Kashgar, Buxoro va Samarqand kabi shaharlar atrofiga

joylashtirganlar. Bu davrda Markaziy Osiyo nafaqat siyosiy, balki madaniy va
savdo jihatdan ham keng tarmoqli xalqaro aloqalarga ega bo‘lgan. Ayniqsa,
Hindiston bilan bo‘lgan aloqalar mintaqaviy integratsiyaning muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. Qoraxoniylar davrida Markaziy Osiyo va Hindiston
o‘rtasidagi aloqalar, asosan, G‘aznaviylar davlati orqali shakllangan. Ikkala
mintaqa o‘rtasida siyosiy raqobat bilan bir qatorda iqtisodiy va madaniy hamkorlik
ham mavjud bo‘lgan. Ushbu maqola ana shu aloqalarning tarixiy-geografik
asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Qoraxoniylar davlati taxminan 840-yildan boshlab shakllana boshlagan va
999-yilda Somoniylar davlatining Movarounnahrdagi hukmronligini tugatgan.
Davlatning asosiy markazlari Sharqiy Turkiston (Balasog‘un, Kashgar) va
Movarounnahr (Samarqand, Buxoro) shaharlarida joylashgan edi. Ularning hududi
g‘arbda Amudaryodan sharqda Yettisuv va Tarim havzasigacha, shimolda
Tyanshan tog‘laridan janubda Hindukush etaklarigacha cho‘zilgan. Bu geografik
joylashuv Qoraxoniylarga Ipak yo‘li savdosida muhim strategik ustunlik bergan.
Aynan shu yo‘l orqali Hindiston bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalar yo‘lga
qo‘yilgan.

Qoraxoniylar va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy aloqalar asosan G‘aznaviylar
davlati orqali amalga oshgan. Mahmud G‘aznaviy (998–1030) davrida
Hindistonning shimoliy hududlari (Panjob, Sind, Lahor) islomlashgan va
G‘aznaviylar davlatining iqtisodiy markaziga aylangan edi. Shu davrda
Qoraxoniylar bilan G‘aznaviylar o‘rtasida Movarounnahr va Xuroson ustidan
siyosiy raqobat vujudga kelgan. Biroq bu raqobat ko‘p hollarda diplomatik
muvozanat asosida davom etgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, XI asr
boshlarida Qoraxoniy hukmdori Yusuf Qodirxon va Mahmud G‘aznaviy o‘rtasida
elchilik aloqalari o‘rnatilgan (Bayhaqiy, Tarix-i Bayhaqiy). Bu holat ikki davlat
o‘rtasidagi savdo va ilmiy almashuvlarga zamin yaratgan.

Buyuk Ipak yo‘li Qoraxoniylar davrida o‘zining eng muhim iqtisodiy
arteriyasiga aylangan. Hindistonning shimoliy viloyatlaridan Markaziy Osiyoga
ipak, ziravorlar, qimmatbaho toshlar, dori-darmonlar olib kelingan. Aksincha,
Markaziy Osiyodan Hindistonga otlar, mo‘yna, metall buyumlar va ipak
gazlamalar eksport qilingan. Kashgar va Balasog‘un shaharlarida hind savdogarlari
uchun maxsus bozorlar mavjud bo‘lgan. Ularning ayrimlari Buxoro va Samarqand
orqali Xuroson hamda Hindiston bilan savdo qilganlar. Bu jarayon Markaziy
Osiyoda savdo madaniyatining rivojlanishiga, shaharlarning iqtisodiy markazga
aylanishiga xizmat qilgan.

Qoraxoniylar va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar faqat iqtisodiy emas, balki
ilmiy va madaniy sohada ham rivoj topgan. X–XI asrlarda yashagan buyuk alloma
Abu Rayhon al-Biruniy Hindistonga borib, u yerdagi madaniyat, din, geografiya va
ilm-fan haqida “Kitob al-Hind” asarini yozgan. Bu asar o‘sha davrda Markaziy
Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi ilmiy aloqalarning eng muhim mahsuli hisoblanadi.
Bundan tashqari, Qoraxoniylar davrida islom madaniyatining Hindistonning
shimoliy hududlariga kirib borishida markaziy osiyolik ulamolar va sufiylarning
roli katta bo‘lgan. Ayniqsa, Turkiston va Hindiston o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy

aloqalar keyinchalik Chishtiya va Naqshbandiya tariqatlarining Hindistonda keng
tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Tarixiy geografiya jihatidan qaralganda, Qoraxoniylar davlati Markaziy Osiyo
va Janubiy Osiyo (Hindiston) o‘rtasidagi tabiiy geografik ko‘prik vazifasini
bajargan. Hindukush, Pomir va Tyanshan tizmalari osha o‘tgan savdo yo‘llari ikki
mintaqani bog‘lab turgan. Tarixchi Istahriy va al-Muqaddasiy asarlarida bu yo‘llar
“Turk yo‘li” deb nomlanib, u orqali har yili minglab savdogarlar harakatlangani
qayd etiladi.

Qoraxoniylar davri (X–XII asrlar) Markaziy Osiyo tarixida siyosiy
markazlashuv, iqtisodiy yuksalish va islom madaniyatining rivojlanish davri
sifatida alohida o‘rin tutadi. Ushbu davrda Markaziy Osiyo va Hindiston
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar faqat siyosiy raqobat yoki harbiy yurishlar bilan emas,
balki savdo, madaniyat va ilm-fan sohalaridagi uzviy hamkorlik orqali ham
rivojlangan.

Bu jarayonni chuqur o‘rganish uchun ko‘plab tarixiy manbalar va zamonaviy
tadqiqotlar tahlil qilingan. Quyida ularning asosiy ilmiy yondashuvlari, tahlil
metodlari va xulosalari jamlangan.

Qoraxoniylar davlatining siyosiy asoslari va tuzilishi bo‘yicha eng muhim
manbalardan biri — B. A. Ahmedovning “Qoraxoniylar davlati tarixi” asaridir.
Muallif Qoraxoniylar davlatining siyosiy shakllanish jarayonini, uning ikki asosiy
markazi — Sharqiy va G‘arbiy qanotlari o‘rtasidagi boshqaruv tizimini tahlil
qiladi. Ahmedov fikricha, Qoraxoniylar Markaziy Osiyo tarixida ilk turkiymusulmon davlat bo‘lib, ular Somoniylar siyosiy merosini davom ettirgan holda
o‘ziga xos siyosiy tizim yaratgan [Ахмедов 1965:212].

Tadqiqotchi olim N. Negmatov esa “Markaziy Osiyo tarixi” asarida
Qoraxoniylar davlati geografik jihatdan G‘aznaviylar bilan to‘qnashganini, bu esa
Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasida siyosiy raqobat bilan birga diplomatik
aloqa ham kuchayganini ta’kidlaydi. U Qoraxoniylar-G‘aznaviylar munosabatlarini
“raqobat va hamkorlik dialektikasi” sifatida baholaydi [Negmatov 1998: 356].

Shuningdek, Bayhaqiy (Tarix-i Bayhaqiy) va Gardiziy (Zayn al-axbor) kabi
fors tilidagi manbalar ikki sulola o‘rtasidagi elchilik aloqalari, hududiy chegaralar
va savdo masalalarini tarixiy faktlar asosida yoritadi .

Bayhaqiy yozishicha, Mahmud G‘aznaviy bilan Yusuf Qodirxon o‘rtasida
elchilik aloqalari bo‘lgan, bu esa savdo va siyosiy munosabatlarga zamin yaratgan .

Qoraxoniylar davrining iqtisodiy tizimi Buyuk Ipak yo‘li bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan. Xorijlik olim R. Frye o‘z asarida Ipak yo‘lining XI–XII asrlarda
faqat g‘arbiy yo‘nalish emas, balki janubiy — Hindiston tomonga ham faol
ishlaganini ta’kidlaydi. Frye’ning fikricha, Qoraxoniylar davlati bu davrda
“strategik tranzit zonasi” sifatida Markaziy Osiyo, Xitoy, Eron va Hindistonni
bog‘lab turgan iqtisodiy markazga aylangan [Frye 1975:364].

Xorijlik tadqiqotchi olim A. Winkning uch jildlik monumental asarida
Hindiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning uzoq muddatli
rivojlanishini tahlil qiladi. U Qoraxoniylar davrida savdo yo‘llarining ko‘p qirrali
xarakterga ega bo‘lganini, Kashgar va Samarqand orqali Hindiston bilan faol tovar

almashuvi bo‘lganini yozadi. Wink shuningdek, Qoraxoniylar iqtisodiy tizimida
hind savdogarlarining ishtiroki yuqori bo‘lganini qayd etadi [Wink 1990:425].

Shuningdek, arab geograflari Istahriy, al-Muqaddasiy va al-Idrisi asarlarida
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr orqali o‘tgan savdo yo‘llari haqida batafsil
ma’lumotlar mavjud. Ularning yozishicha, Samarqand va Buxoro orqali
Hindistonning shimoliy shaharlariga olib boruvchi karvon yo‘llari faol ishlagan, bu
esa ikki mintaqa o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning intensivligini ko‘rsatadi.

Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi madaniy aloqalar haqida eng muhim
ma’lumotlar Abu Rayhon Beruniyning “Kitob al-Hind” asarida keltirilgan. Al-
Beruniy Hindistonga borib, u yerdagi xalq, din, geografiya, tibbiyot va falsafa
haqida keng qamrovli tadqiqot olib borgan. Uning asari Markaziy Osiyo olimining
Hindiston sivilizatsiyasiga ilmiy yondashuvining eng yaqqol namunasidir. Bu,
shubhasiz, ikki hudud o‘rtasidagi ilmiy almashuv darajasining yuqoriligidan
dalolat beradi [Beruniy 1963:400].

B. Ahmedov ham Qoraxoniylar davrida islomiy madaniyat va ilm-fan rivoji
bilan bir qatorda, Hindiston bilan ilmiy va diniy aloqalar kuchayganini ta’kidlaydi.
Unga ko‘ra, bu aloqalar keyinchalik sufiylik maktablari orqali davom etgan.
Ayniqsa, Chishtiya va Naqshbandiya tariqatlari orqali Hindiston va Markaziy
Osiyo o‘rtasida diniy-madaniy aloqalar yanada mustahkamlangan.

Zamonaviy tadqiqotlardan A. Subtelny bu davrda Markaziy Osiyolik
olimlarning Hindistondagi ilmiy muhitga kirib borishini “transregional intellektual
almashuv” deb ataydi. Uning fikricha, Qoraxoniylar davrida boshlangan bu jarayon
keyinchalik Boburiylar imperiyasida o‘z cho‘qqisiga yetgan [Subtelny 2007:312].

Qoraxoniylar davrining tarixiy geografiyasini o‘rgangan tadqiqotchilar,
xususan, N. Negmatov va V. Bartoldning ishlari alohida e’tiborga loyiq.
Bartoldning “Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya” nomli asarida
Qoraxoniylar davrida Ipak yo‘li orqali o‘tgan geografik yo‘nalishlar batafsil tahlil
qilinadi. U Qashg‘ar, Farg‘ona va Samarqand orqali o‘tgan yo‘llar Hindistonning
shimoliy viloyatlari bilan iqtisodiy bog‘liqlikni ta’minlaganini ko‘rsatadi
[Бартольд 1963:550].

Shuningdek, M. Hodgson “The Venture of Islam” asarida Qoraxoniylar
davlatini “islomiy geografiyaning markaziy bo‘g‘ini” deb ataydi. Unga ko‘ra,
aynan shu davrda islomiy dunyo xaritasida Hindistonning shimoliy hududlari
Markaziy Osiyo bilan siyosiy va madaniy jihatdan integratsiyalasha boshlagan
[Hodgson 1974:356].

Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Qoraxoniylar davri Markaziy
Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning
shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
-Siyosiy jihatdan, Qoraxoniylar va G‘aznaviylar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar
mintaqaviy barqarorlikni saqlagan.
-Iqtisodiy jihatdan, Ipak yo‘li orqali savdo-sotiq ikki mintaqani iqtisodiy jihatdan
bog‘lagan.
-Madaniy va ilmiy jihatdan, al-Beruniy kabi allomalar faoliyati ikki sivilizatsiya
o‘rtasidagi ilmiy almashuvning eng yorqin namunasi bo‘lgan.

Shunday qilib, adabiyotlar tahlili Qoraxoniylar davrining Hindiston bilan
aloqalari nafaqat o‘rta asr tarixining bir bo‘lagi, balki butun Osiyo tarixidagi
sivilizatsiyalararo muloqotning asosiy ko‘prigi bo‘lganini isbotlaydi.

Qoraxoniylar davrida Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar ko‘p
qirrali va uzoq muddatli bo‘lgan. Siyosiy raqobatga qaramay, ikki mintaqa
o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik va madaniy almashuv kuchaygan. Ipak yo‘li orqali
savdo-sotiq, ilmiy almashuv va diniy g‘oyalar tarqalishi mintaqaviy integratsiyani
mustahkamlagan. Bu jarayon keyingi asrlarda ham — Xorazmshohlar, Temuriylar
va Boburiylar davrida — Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi aloqalarning
uzviy davomi sifatida davom etgan. Shu bois Qoraxoniylar davrini ikki mintaqa
o‘rtasidagi sivilizatsion aloqalarning shakllanish bosqichi sifatida baholash
mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Б. А. Ахмедов. Қорахонийлар давлати тарихи. – Тошкент: Фан, 1965. – 212
б.
2. Н. Н. Негматов. История Средней Азии: С древнейших времен до эпохи
Тимуридов. – Москва: Наука, 1998. – 356 с.
3. R. N. Frye. The Golden Age of Persia: The Arabs in the East. – London:
Weidenfeld & Nicolson, 1975. – 364 p.
4. A. Wink. Al-Hind: The Making of the Indo-Islamic World. Vol. 1: Early
Medieval India and the Expansion of Islam (7th–11th Centuries). – Leiden: Brill,
1990. – 425 p.
5. Абу Райхон Беруний. Китоб ал-Ҳинд (Ҳиндистон ҳақида китоб). – Бейрут:
Дар ал-Кутуб ал-Илмия, 1963. – 400 б.
6. M. E.Subtelny. Central Asia in the Medieval Islamic World. – Cambridge:
Cambridge University Press, 2007. – 312 p.
7. В. В. Бартольд . Туркестан в эпоху монгольского нашествия. – Ленинград:
Наука, 1963. – 550 с.
8. M. G. Hodgson. The Venture of Islam: Conscience and History in a World
Civilization. Vol. 2. – Chicago: University of Chicago Press, 1974. – 389 p.

G‘AZNAVIYLAR DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOEGRAFOIYASI

GʻAZNAVIYLAR DAVLATI TARIXI VA TARIXSHUNOSLIGI
Oriental Universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Koraboyev Murodjon Oldashovich

Annotatsiya: Maqola Gʻaznaviylar sulolasi (977–1187) davlatining tashkil topishi,
siyosiy-madaniy gullashi, tanazzuli va oxirgi davrlarini tahlil qiladi. Shu bilan
birga, Gʻaznaviylar tarixi boʻyicha oʻrta asr manbalari (Bayhaqiy, Gardiziy, Utbi,
Juzjoniy), XIX–XXI asr tadqiqotlari (Bosworth, Nazim, Habib, Nizomulmulk,
oʻzbek va tojik olimlari) hamda zamonaviy yondashuvlarni muhokama qiladi.
Gʻaznaviylar davlatining turkiy xususiyatlari, Somoniylar merosi va Hindiston
islomlashuvidagi roli alohida eʼtibor markazida.
Kalit soʻzlar: Gʻaznaviylar, Mahmud Gʻaznaviy, Sabuktegin, Saljuqiylar,
Gʻuriylar, turkiy gʻulomlar davlati, Hind yurishlari, Bayhaqiy, tarixshunoslik,
islomlashuv.
Аннотация: Статья анализирует процесс формирования, расцвет, упадок и
последние годы государства Газневидов (977–1187). Рассматриваются
средневековые источники (Байхаки, Гардизи, Утби, Джузджани),
исследования XIX–XXI вв. (Босворт, Назим, Хабиб, Низамульмульк,
узбекские и таджикские учёные) и современные подходы. Особое внимание
уделено тюркскому характеру государства, сомонийскому наследию и роли
Газневидов в исламизации Индии.
Ключевое слово: Газневиды, Махмуд Газневи, Себуктегин, Сельджуки,
Гуриды, тюркское мамлюкское государство, индийские походы, Байхаки,
историография, исламизация.
Abstract: The article examines the formation, political and cultural heyday,
decline, and final years of the Ghaznavid state (977–1187). It discusses medieval
sources (Bayhaqi, Gardizi, Utbi, Juzjani), 19th–21st-century studies (Bosworth,
Nazim, Habib, Nizam al-Mulk, Uzbek and Tajik scholars), and contemporary
approaches. Special attention is given to the Turkic character of the state, the
Samanid legacy, and the Ghaznavids’ role in the Islamization of India.
Keywords: Ghaznavids, Mahmud of Ghazni, Sebuktigin, Seljuks, Ghurids, Turkic
slave dynasty, Indian campaigns, Bayhaqi, historiography, Islamization.

Gʻaznaviylar davlati (977–1187) XI asr boshlarida Oʻrta Sharq, Markaziy
Osiyo va Shimoliy Hindistonni qamrab olgan eng qudratli musulmon
imperiyalaridan biri edi. Uning poytaxti Gʻazna shahri oʻsha davrda Bagʻdod va
Qohiradan keyingi uchinchi muhim madaniy markazga aylandi. Davlatning
asoschisi hisoblangan Sebuktigin va uning oʻgʻli Mahmud Gʻaznaviy nomi bilan
bogʻliq boʻlgan bu sulola nafaqat harbiy kuch, balki madaniy homiylik bilan ham
tarixda oʻchmas iz qoldirdi. Shu sababli Gʻaznaviylar tarixi nafaqat siyosiy