ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Saljuqiylar davlatining tarix sahnasiga chiqishi (X asr oxiri – XI asr boshlari)

Sapayeva Marxabo Achilovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SALJUQIYLAR DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOEGRAFIYASI

SALJUQIYLAR DAVLATINING TARIX SAHNASIGA CHIQISHI (X ASR
OXIRI – XI ASR BOSHLARI)
Sapayeva Marxabo Achilovna

Oriental universiteti Tarix mutaxassisligi 2-bosqich talabasi
Oriental universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchi-stajyor

Marhabosulton1984@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada Saljuq sub o‘g‘lining hayoti, O‘g‘uz yabg‘u davlatidagi
o‘rni, Jand shahriga ko‘chishi va uning sabablari, Saljuq oilasining dastlabki
harbiy-siyosiy faoliyati hamda Saljuqiylar davlatining shakllanishiga asos bo‘lgan
jarayonlar batafsil tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Saljuq sub o‘g‘lining shaxsiyati va
uning avlodlari orqali yaratilgan ulkan imperiyaning ilk poydevoriga qaratiladi.
Kalit so‘zlar: Saljuq sub o‘g‘li, O‘g‘uz yabg‘u davlati, Jand, Duqoq, Arslon
yabg‘u, Chig‘il bek, Tog‘rul bek, ko‘chmanchi turklar, Xuroson, Saljuqiylar
imperiyasi.
Аннотация: В статье подробно анализируется жизнь Сельджук б. Дукана,
его положение в Огузском ябгу-государстве, причины и обстоятельства
переселения в Дженд, начальная военно-политическая деятельность семьи
Сельджукидов и процессы, заложившие фундамент будущего Великого
Сельджукского государства. Основное внимание уделяется личности
Сельджук-бея и роли его потомков в создании огромной империи.
Ключевые слова: Сельджук б. Дукак, Огузское ябгу-государство, Дженд,
Дукак, Арслан-ябгу, Чагры-бек, Тогрул-бек, кочевые тюрки, Хорасан,
империя Сельджукидов.
Abstract: The article provides a detailed analysis of the life of Seljuq b. Duqaq,
his position within the Oghuz Yabghu state, the reasons and circumstances of his
migration to Jand, the early military-political activities of the Seljuq family, and
the processes that laid the foundation for the emergence of the Great Seljuq
Empire. Particular attention is paid to the personality of Seljuq Bey and the pivotal
role his descendants played in establishing one of the largest medieval Turkic
empires.
Keywords: Seljuq b. Duqaq, Oghuz Yabghu state, Jand, Duqaq, Arslan Yabghu,
Chaghri Beg, Tughril Beg, nomadic Turks, Khorasan, Seljuq Empire.

I. Saljuqiylar davlatining tarix sahnasiga chiqishi
X asrning ikkinchi yarmida Sirdayo bo‘ylarida va Orol-Qizilqum oralig‘ida
markaziy hokimiyat Jand shahrida joylashgan O‘g‘uz yabg‘u davlati edi. Bu davlat
o‘g‘uz qabilalarining 24 ta bo‘limidan iborat konfederatsiya bo‘lib, boshida
“yabg‘u” unvonli hukmdor turardi. Davlatning asosiy qudrati ko‘chmanchi harbiy
aristokratiya – beglarga tayanardi. Saljuq oilasi aynan shu davlatning eng nufuzli
harbiy oilalaridan biri edi[1, 124-b.].

Saljuqning otasi Duqoq (Dukak) temirchi (temir yoqali) degan ma’noda
“Duqoq” laqabini olgan va yabg‘u saroyida yuqori lavozim – suboshi (armiya
boshlig‘i) unvoniga ega bo‘lgan[2, 89-b.]. Duqoqning o‘limidan keyin (taxminan
960–970-yillar) bu lavozim uning o‘g‘li Saljuqqa o‘tdi. Saljuq sub o‘g‘li yabg‘u
Ali xon davrida (970–990-yillar) davlatning eng qudratli shaxslaridan biriga
aylandi.Saljuqning yabg‘u bilan munosabati dastlab ittifoqchilik xususiyatiga ega
bo‘lgan. Biroq yabg‘u Shohmalik (taxminan 990–1000-yillar) davrida markaziy
hokimiyat va Saljuq oilasi o‘rtasida ziddiyatlar boshlandi. Sabab – Saljuqning o‘z
qo‘shinini mustaqil boshqarishi va islom dinini qabul qilishi edi[3, 156-b.].

Taxminan 985–990-yillarda Saljuq oilasi o‘ziga qarashli qabilalar bilan birga
Sirdayoning quyi oqimidan Jand shahriga ko‘chib o‘tdi. Bu ko‘chishning asosiy
sabablari quyidagilar edi:
1. Yabg‘u bilan siyosiy ziddiyatlar: Saljuqning islomni qabul qilishi va o‘z
qo‘shinini mustaqil boshqarishi markaziy hokimiyatni bezovta qildi[4, 78-b.].
2. Iqtisodiy omillar: Jand shahri savdo yo‘llarining muhim nuqtasi bo‘lib, qishloq
va yaylovlar jihatidan boy edi.
3. Harbiy-strategik sabablar: Jand Xorazm va Movarounnahrga yaqin joylashgan
bo‘lib, yangi yurishlar uchun qulay baza edi.
4. Diniy omil: Saljuqning islomni qabul qilishi uni mahalliy musulmon aholi bilan
yaqinlashtirdi.
Jandda Saljuq o‘ziga xos mustaqil knyazlik tashkil etdi. U “Malik ul-ghuziyya”
(o‘g‘uzlar maliki) unvoni bilan tanildi[5, 201-b.].
Saljuq taxminan 1007–1009-yillarda Jandda vafot etdi va o‘sha yerda dafn qilindi
(hozirgi Qozog‘iston hududida). Uning to‘rt o‘g‘li – Mikoyil, Isroil (Arslon), Muso
va Yusuf (Inal) qoldi. Eng muhimi, Mikoyilning o‘g‘illari Chag‘ri bek va Tog‘rul
bek keyinchalik imperiyani boshqargan.
Saljuqning asosiy merosi:
- O‘z qabilasini islomlashtirish va sunnat yo‘lida sodiq bo‘lishga undash;
- Harbiy tashkilotchilik qobiliyati: 10–15 ming kishilik mustaqil qo‘shin yaratish;
- O‘g‘uz ko‘chmanchilarini janubga – Xurosonga yo‘naltirish strategiyasini
belgilab berish.
Saljuqning o‘limidan keyin uning nabirasi Tog‘rul bek 1037-yilda Nishopurda
“sulton” unvonini olib, rasman Saljuqiylar davlatini e’lon qildi. Shunday qilib,
Saljuq sub o‘g‘li shaxsan imperiya yaratmagan bo‘lsa-da, uning oilasi orqali o‘rta
asrlarning eng qudratli turkiy-musulmon davlatlaridan biri vujudga keldi[6, 234-
b.].
II. Saljuq oilasining ilk harbiy yurishlari (1000–1035 yy.)
Saljuqning o‘g‘li Isroil (Arslon yabg‘u) va nabiralari Chag‘ri va Tog‘rul 1010–
1030-yillarda Xorazm va Xurosonga bir necha marta yurishlar uyushtirdilar. 1025-
yilda Arslon yabg‘u G‘aznaviy sultoni Mahmud tomonidan asir olinib,
Hindistonga surgun qilindi. Bu voqea Saljuqiylarning G‘aznaviylarga qarshi
kurashini yanada kuchaytirdi[7, 167-b.].
III.Dandanakon jangi.
XI asr boshlarida Markaziy Osiyo va Xuroson hududida ikki yirik siyosiy kuch –
G‘aznaviylar davlati va yangi ko‘tarilayotgan Saljuqiy o‘g‘uzlari o‘rtasida keskin

ziddiyat vujudga keldi. 1040-yilgi Dandanakon jangi bu ziddiyatning yuqori
cho‘qqisi bo‘ldi va natijada G‘aznaviylar imperiyasi Sharqiy Xurosondan butunlay
siqib chiqarildi. Ushbu jang nafaqat harbiy, balki sivilizatsion burilish nuqtasi
hamdir: u ko‘chmanchi turkiy qabilalarning o‘troq eroniy madaniyat ustidan
g‘alaba qozonishining ramziy boshlanishi edi.
1037-yilda Saljuqiy rahbarlari To‘g‘rul va Chag‘ri beklar G‘aznaviylar sultoni
Mas‘ud I ga yiliga 700 ming dinor soliq to‘lash sharti bilan Niso, Farava va
Dehistonni o‘z tasarrufiga olgan edilar[8, B-132]. Biroq 1038-yilda Mas‘udning
Nishopurga qaytishi va Saljuqiylarga qarshi qattiq choralar ko‘rishga qaror qilishi
munosabatlarni keskinlashtirdi. 1040-yil bahorida Mas‘ud 50–60 ming kishilik
ulkan qo‘shin bilan Xurosondan chiqib, Saljuqiylarni butunlay yo‘q qilish
maqsadida yurish boshladi.
Qo‘shinlarning soni va tarkibi
G‘aznaviylar qo‘shini:
- 50–60 ming kishi (Bayhaqiy ma’lumoti);
- 100 tagacha jang fili;
- Og‘ir zirhli g‘ulomlar, hind va xurosonlik piyodalar.
Saljuqiylar qo‘shini:
- 16–20 ming chavandoz (taxminiy);
- Faqat otliq qo‘shin, deyarli barchasi yengil otliq kamonchilar;
- O‘g‘uz va turkman qabilalari.
Jang Marvdan 3 farsax (taxminan 18 km) shimoli-sharqda, Dandanakon qal‘asi
yaqinida bo‘lib o‘tdi. Saljuqiylar klassik ko‘chmanchi taktikasidan – “to‘da va
yonbosh urush” (turkiy: tulug‘ma) usulidan ustalik bilan foydalandilar: oldinga
chiqib o‘q otib, so‘ng orqaga chekinib, dushmanni suvsiz cho‘lga tortdilar.
Uchinchi kuni G‘aznaviylar qo‘shini suvsiz va och qoldi, intizom buzildi. 25-may
kuni Saljuqiylarning hal qiluvchi hujumi G‘aznaviylar armiyasini butunlay tor-mor
qildi.
Jang natijalari va oqibatlari
- Mas‘ud I qochib, Hindistonga yo‘l oldi;
- 1040-yil oxirigacha butun Xuroson Saljuqiylar tasarrufiga o‘tdi;
- G‘aznaviylar davlati faqat Panjob va Lahorda saqlanib qoldi;
- Saljuqiy imperiyasining asosi qo‘yildi (1055-yilda Bag‘dodni egallashgacha
yetadi).
Dandanakon jangi XI asrda Yevroosiyo bo‘ylab ro‘y bergan “ko‘chmanchi
kontrrevolyutsiya”ning eng muhim bosqichlaridan biridir. U Somoniylar-
G‘aznaviylar davridagi eroniy-o‘troq madaniyatning ustunligini tugatdi va turkiyko‘chmanchi harbiy tizimning g‘alabasini ta’minladi. Shu bilan birga, Saljuqiylar
keyinchalik eroniy-byurokratik an’analarni o‘zlashtirib, “sunniy uyg‘onish”ning
asosiy tashkilotchilariga aylanishdi.
III. Saljuqiylar davlatining shakllanishiga asos bo‘lgan omillar
1. Kuchli oilaviy-harbiy tuzum (beglik);
2. Islom dinini qabul qilish orqali mahalliy fors-tojik aholi bilan ittifoq;
3. G‘aznaviylar davlatining ichki zaifligi;
4. O‘g‘uz ko‘chmanchilarining demografik bosimi.

Xulosa
Saljuq sub o‘g‘li (taxminan 940–1007/09) o‘z hayoti davomida ulkan imperiya
yaratmagan bo‘lsa-da, uning Jandga ko‘chishi, o‘z qo‘shinini mustaqil boshqarishi,
islomni qabul qilishi va avlodlariga qoldirgan harbiy-siyosiy strategiyasi XI
asrning o‘rtalarida butun Yaqin va O‘rta Sharqni qamrab olgan Saljuqiylar
imperiyasining asosiy poydevori bo‘ldi. Saljuqning shaxsiy hayoti va faoliyati
o‘g‘uz ko‘chmanchilaridan markazlashgan musulmon turk davlati sari o‘tishning
ramziy boshlanishi edi. Saljuq sub o‘g‘lining vorislari To‘g‘rul bey va Chag‘ri bey
Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish uchun shaxdam harbiy harakatlar
olib boradilar. To‘g‘rulbey tomonidan g‘aznaviylarga qarshi harbiy harakatlar o‘z
samarasini beradi. Dandanakon jangidan so‘ng saljuqiylar Movarounnahr tarixida
muhim o‘rin egallashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия // Сочинения. Т.
I. М., 1963.
2. Bosworth C.E. The Political and Dynastic History of the Iranian World (A.D.
1000–1217) // The Cambridge History of Iran. Vol. 5. Cambridge, 1968.
3. Ibn al-Athīr. Al-Kāmil fī al-tārīkh. Beyrut, 1965, j. 9.
4. Agajanov S.G. Ocherki istorii oguzov i turkmen Sredney Azii IX–XIII vv.
Ashxabad, 1969.
5. Кашгарий Махмуд. Девону луғотит турк. Тошкент, 1960–1963, 3 жилд.
6. Pritsak O. Die Herkunft der Seldschuken // Oriens, 1952, № 5.
7. Босворт К.Э. Газневиды: их империя в Афганистане и Восточном Иране.
М., 1971.
8. Abul-Fazl Bayhaqiy. Tarixi Bayhaqiy (Tārikh-e Bayhaqi). Tahran: Markaz-i
nashr-i miras-i maktub, 2011.
9. Golden P.B. The Q’iniq Tribe and the Seljuqs // Archivum Eurasiae Medii Aevi,
1988, № 7.
10. Каримов Э., Тошкент давлат шарқшунослик университети илмий
мақолалари тўплами, 2020.

XORAZMSHOHLAR DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOEGRAFOIYASI

XORAZMSHOHLAR SALTANATINING TARIXIY-SIYOSIY
GEOGRAFIYASI

Raximov Sherbek Kamolovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti

Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, mayor
rahimovserbek305@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada Xorazmshohiylar davlatining shakllanishi, siyosiy
va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, hamda uning tanazzuliga olib kelgan omillar
tahlil qilingan. Unda Anushteginiylar sulolasining (1097–1231) Xorazm, Eron va
Kavkazorti hududlarida o‘rnatgan hukmronligi, shuningdek, Qutbiddin
Muhammad, Otsiz, Alovuddin Takash va Muhammad Xorazmshohlarning davlatni
mustahkamlash yo‘lidagi faoliyati yoritib berilgan. Tadqiqot natijasida XII–XIII
asr boshlarini Xorazmshohiylar davlatining “oltin davri” deb atash mumkinligi
ilmiy jihatdan asoslangan.
Kalit so‘zlar: Xorazmshohiylar davlati, Anushteginiylar sulolasi, Otsiz,
Muhammad Xorazmshoh, Turkon xotun, Saljuqiylar, mo‘g‘ullar bosqini, madaniy
yuksalish, “oltin davr”.
Аннотация: В статье анализируются становление, политическое и
социально-экономическое развитие государства Хорезмшахов, а также
факторы, приведшие к его упадку. Особое внимание уделяется правлению
династии Ануштегинидов (1097–1231) в Хорезме, Иране и Закавказье, а
также деятельности хорезмшахов Кутбиддина Мухаммада, Атсыза,
Аловуддина Такаша и Мухаммада по укреплению государства. В результате
исследования научно обосновано называть XII – начало XIII веков «золотым
веком» государства Хорезмшахов.
Ключевые слова: Государство Хорезмшахов, династия Ануштегинидов,
Отсиз, Мухаммад Хорезмшах, Туркон-хатун, Сельджуки, монгольское
нашествие, культурный расцвет, «золотой век».
Abstract: This article analyzes the formation, political and socio-economic
development of the Khorezmshah state, as well as the factors that led to its decline.
It highlights the rule of the Anushteginid dynasty (1097–1231) in Khorezm, Iran,
and Transcaucasia, as well as the activities of Qutbiddin Muhammad, Atsiz,
Alovuddin Takash, and Muhammad Khorezmshahs in strengthening the state. As a
result of the research, it is scientifically justified to call the 12th–early 13th
centuries the “golden age” of the Khorezmshah state.
Keywords: Khwarazmshah state, Anushteginid dynasty, Atsiz, Muhammad
Khwarazmshah, Turkan Khatun, Seljuks, Mongol invasion, cultural prosperity,
“Golden Age”.