Tarixiy manbalarda Jaloliddin Manguberdi haqida ko‘plab ma’lumotlar
uchraydi. Ulardan eng to‘liq va ishonchlisi tarixchi Shahobiddin Muhammad
Nasafiy tomonidan yozilgan. 1231-yilda Jaloliddinning vafoti bilan nafaqat buyuk
lashkarboshi hayotdan ko‘z yumdi, balki xorazmshohlar unvoni va butun sulola
ham o‘z yakuniga yetdi.
Xorazm o‘zining eng yuksak taraqqiyot bosqichiga chiqqan, qudratli davlat
sifatida tanilgan paytda, uning atrofida qang‘li, qipchoq, turkman va tub xorazm
(sart) qabilalari birlashib, Bag‘dod xalifaligiga qarshi yurishga tayyorgarlik
ko‘rayotgan edi. Ammo aynan shu paytda, shafqatsiz Chingizxon boshchiligidagi
mo‘g‘ul lashkarlari Xorazm yerlariga vahshiylarcha bostirib kiradi. Tashqaridan
qudratli ko‘ringan bu davlat ichkarida chuqur qarama-qarshiliklar, nizolar bilan
zaiflashgan edi. Natijada, bu bosqin Xorazmshohlar davlatining tanazzuliga sabab
bo‘ldi va buyuk Xorazmshohlar sulolasi tarix sahnasidan butunlay chiqib ketdi.
Xorazm davlatchiligining rivojlanishida muhim burilish yasagan XII- XIII asr
boshlari davlatning tabir joiz bo‘lsa “oltin davri” bo‘ldi. Ushbu davr Xorazmda
anushteginiylar sulolasidan chiqqan chiqqan hukmdorlar Otsiz, Takash va Sulton
Muhammadxon Xorazmshoh mamlakatni boshqarishning yanada mukammal
tizimi, tartiboti va uslublarini yarata olganligi bilan yanada ahamiyatli hisoblanadi.
Shunga qaramasdan davlat sarhadlari naqadar bepoyon o‘lkalarga tutashib
ketmasin, biroq haqiqiy markazlashgan davlatchilik asoslari yaratilmadi. Xolisona
yondoshilsa, Xorazmshohlar davlati o‘z davrining ilm-fan va madaniyati rivoji
bilan avlodlar yodida o‘chmas iz qoldirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yuldosheva 2023 – Yuldosheva B. IX–XIII asr boshlarida Movarounnahrdagi
ijtimoiy-iqdisodiy voqealar tarixiy-geografiyasi. Gospodarka i Innowacje. 41,
2023.
2. Saidboboyev 2010 - Saidboboyev Z. Tarixiy geografiya. – Toshkent. “Noshir”,
2010.
3. Bobobekov 2007 - Bobobekov X. O‘zbekiston tarixi. – Toshkent. “Fan”, 2007.
4. Matlyubov 2016 - Matlyubov A. 55 sulola tarixi. – Toshkent. “A.Navoiy”, 2016.
5. Islomova 2023 - Islomova S. IX-XIII asrlarda Movarounnahrning siyosiy-tarixiy
geografiyasi. Miasto Przyszłości, 41, 2023.
XORAZMSHOHLAR DAVRIDA TARIXIY GEOGRAFIYA
Muallif: Allaberganov Azizbek Saparboyevich Toshkent Davlat Tibbiyot
Universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi
azizbekallaberganov1985@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazmshohlar davlati (XI asr oxiri – XIII asr
boshi) tarixiy geografiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xorazm vohasining tabiiy va
iqtisodiy-geografik xususiyatlari, davlat hududining kengayishi, hamda Amudaryo
va Kaspiy dengizi oralig‘idagi strategik joylashuvining ahamiyati yoritilgan.
Sug‘orish tizimlari, savdo yo‘llari va Urganch (Ko‘hna Urganch) kabi
shaharlarning Ipak yo‘lidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada o‘rta asr arab va
fors manbalari — al-Biruniy, al-Istaxriy, Yoqut al-Hamaviy asarlaridan
foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Xorazmshohlar davri Markaziy
Osiyoda siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda muhim rol o‘ynagan.
Kalit so‘zlar: Xorazmshohlar, tarixiy geografiya, Markaziy Osiyo, Amudaryo,
Urganch, Ipak yo‘li, al-Beruniy, sug‘orish tizimi, o‘rta asr davlati, hududiy
kengayish.
Аннотация: В данной статье анализируется историко-географическое
положение государства Хорезмшахов (конец XI – начало XIII века). В
исследовании рассматриваются природно-экономические особенности
Хорезмской долины, расширение территории государства, а также значение
его стратегического положения между Амударьей и Каспийским морем.
Рассматриваются системы орошения, торговые пути и роль городов, таких
как Ургенч (Старый Ургенч), на Шелковом пути. В статье использованы
средневековые арабские и персидские источники — труды аль-Бируни, аль-
Истахри, Якута аль-Хамави. Результаты показывают, что период
Хорезмшахов сыграл важную роль в политическом, экономическом и
культурном развитии Центральной Азии.
Ключевые слова: Хорезмшахи, историческая география, Центральная Азия,
Амударья, Ургенч, Шелковый путь, аль-Бируни, система орошения,
средневековое государство, расширение территории.
Abstract: This article analyzes the historical and geographical aspects of the
Khwarazmshahs’ state (late 11th – early 13th century). The study examines the
natural and economic-geographical features of the Khwarazm region, the
expansion of the state’s territory, and the significance of its strategic location
between the Amu Darya River and the Caspian Sea. Irrigation systems, trade
routes, and the role of cities such as Urgench (Old Urgench) on the Silk Road are
highlighted. Medieval Arab and Persian sources, including the works of al-Biruni,
al-Istakhri, and Yaqut al-Hamawi, were used. The results indicate that the
Khwarazmshah period played a significant role in the political, economic, and
cultural development of Central Asia.
Keywords: Khwarazmshahs, historical geography, Central Asia, Amu Darya,
Urgench, Silk Road, al-Biruni, irrigation system, medieval state, territorial
expansion.
Kirish
Markaziy Osiyo tarixida Xorazm vohasi eng qadimiy sivilizatsiya
o‘choqlaridan biridir. Ayniqsa, XI–XIII asrlarda Xorazmshohlar sulolasi davrida
bu hudud siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksak darajada rivojlandi.
Xorazmning qulay geografik joylashuvi, sug‘oriladigan yerlar tizimi, va Ipak yo‘li
ustidagi strategik o‘rni bu davlatning yuksalishiga sabab bo‘ldi [5].
Mazkur maqolaning maqsadi — Xorazmshohlar davlati tarixiy geografiyasini,
uning tabiiy, siyosiy va iqtisodiy jihatlarini ilmiy asosda tahlil qilishdir.
1. Xorazm vohasining tabiiy-geografik xususiyatlari
Xorazm vohasi Amudaryo quyi oqimida joylashgan bo‘lib, bugungi
O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi va Turkmanistonning shimoliy hududlarini
qamrab olgan. Daryo tarmoqlari va qadimiy kanallar — G‘azavat, Daryoliq,
Janbasqal’a — orqali sug‘oriladigan dehqonchilik yuritilgan [1].
Bu tabiiy sharoitlar natijasida Xorazm vohasi o‘rta asrlarda eng yirik agrar
hududlardan biriga aylangan [6].
2. Xorazmshohlar davlatining hududiy kengayishi Xorazmshohlar
davlati XI asr oxirlarida Anushteginlar sulolasi asos solgan davlat sifatida
vujudga kelgan. Bu sulola nomini Anushtegin G‘arib (1077–1097 yillar)dan
olgan. U dastlab Saljuqiylar imperiyasining Xorazmdagi noibi (viloyat hokimi)
bo‘lgan, ammo asta-sekin markaziy hokimiyatdan mustaqillik sari intilgan.
Anushtegindan keyin uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad I (1097–1127) davrida
Xorazm siyosiy jihatdan kuchaya boshladi. Shu davrda Xorazmshohlar o‘z
mustaqil siyosatini yurita boshladilar, lekin hali Saljuqiylarga qaram edi.
3. Mustaqillik sari qadamlar (XII asr o‘rtalari)
Davlatning haqiqiy siyosiy mustaqillikka erishishi Atsiz ibn Anushtegin
(1127–1156) davriga to‘g‘ri keladi. U o‘z davrida Saljuqiylar bilan bir necha marta
to‘qnashgan va amalda mustaqil siyosat yuritgan.
Atsiz davrida Xorazm hududi quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
• Amudaryo quyi oqimi,
• Orol dengizi atrofidagi vohalar,
• Gurganj (Ko‘hna Urganch), Hazarasp, Kat shaharlarini.
U Saljuqiylarga qarshi yurishlar olib borib, Xurosonning shimoliy qismlarini ham
egallagan. Shu davrdan boshlab Xorazm mustaqil siyosiy markaz sifatida tanila
boshlaydi [4][5].
3. Ala ad-Din Takash davrida kengayish (1172–1200)
Xorazmshohlar davlatining eng kuchli davri Ala ad-Din Takash davrida
boshlanadi.
U 1172 yildan 1200 yilgacha hukmronlik qilgan va davlat hududini g‘oyatda
kengaytirgan.
Hududiy yutuqlar:
• G‘arbda: Kaspiy dengizigacha bo‘lgan yerlar, ya’ni hozirgi Turkmaniston
va Eronning shimoliy hududlari (Gurgon, Niso, Abivard, Dehiston).
• Sharqda: Sirdaryo vodiysi, Orolbo‘yi dashtlari, Qozog‘iston janubigacha
cho‘zilgan.
• Janubda: Xuroson (Marv, Nishopur, Tus), Ray, Hamadon, Isfahon kabi
shaharlar bosib olingan.
• Shimolda: Orol dengizi atroflari, Aralbo‘yi dashtlari, hatto Qipchoq (Dashti
Qipchoq) bilan chegaralangan.
• Bu davrda Xorazmshohlar davlatining poytaxti Ko‘hna Urganch
(Gurganj) edi.
Urganch nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va madaniy markaz sifatida ham tanilgan
[4][5][6]Anushteginlar sulolasi davrida (XI–XIII asrlar) Xorazmshohlar davlati
qisqa muddatda qudratli imperiyaga aylandi.
Ala ad-Din Takash (1172–1200) va Alouddin Muhammad (1200–1220) davrida
davlat quyidagi hududlarni o‘z ichiga olgan:
• G‘arbda — Kaspiy dengizigacha;
• Sharqda — Sirdaryo havzalarigacha;
• Janubda — Xuroson, Ray, Gurgon;
• Shimolda — Orol dengizi atrofidagi dashtlargacha [4][5].
Poytaxt dastlab Kat, keyinchalik Ko‘hna Urganch shahri bo‘lgan [5]
3. Iqtisodiy geografiya va savdo yo‘llari
Xorazmshohlar davrida Urganch shahri Buyuk Ipak yo‘lining asosiy
markazlaridan biriga aylangan [2]. Urganch orqali Buxoro, Samarqand, Marv, Ray,
Hamadon va Bag‘dod bilan faol savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilgan [5].
Hunarmandchilik, ipak to‘qimachiligi, metallsozlik va keramika ishlab chiqarish
rivoj topgan. Savdo yo‘llari orqali Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan
iqtisodiy aloqalar mustahkamlangan [2][6].
4. Tarixiy-geografik manbalar
Xorazmshohlar davriga oid eng muhim yozma manbalar — al-Beruniy, al-Istaxriy,
Yoqut al-Hamaviy, Ibn al-Asir va Bartold kabi olimlarning asarlaridir.
Al-Biruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida
Xorazmning tabiati, aholisi va sug‘orish tizimlari haqida batafsil ma’lumot beradi
[1].
Yoqut al-Hamaviy “Mu‘jam al-buldan” asarida Xorazmning o‘sha davrdagi
shaharlarini tasvirlab beradi [3]. Bartold esa o‘zining “Turkiston mo‘g‘ullar
bosqini davrida” asarida Xorazmshohlar davlatining siyosiy geografiyasi va
mo‘g‘ul bosqiniga qadar bo‘lgan davrni ilmiy asosda yoritadi [4].
5. Xorazmshohlar davrining madaniy va ilmiy geografiyasi
Ko‘hna Urganch o‘sha davrda yirik ilmiy va ma’naviy markazlardan biri bo‘lgan
[5]. Bu yerda mashhur allomalar — Abu Rayhon al-Beruniy, Zamahshariy,
Najmiddin Kubro kabi olimlar faoliyat yuritgan [1][5].
Madrasalar, kutubxonalar va rasadxonalarning mavjudligi Xorazmni ilm-fan
markaziga aylantirgan [6].
Xulosa
Xorazmshohlar davri tarixiy geografiyasi O‘rta Osiyo tarixida alohida o‘rin
egallaydi. Bu davrda davlat hududi kengaygan, iqtisodiy tizim mustahkamlangan,
shaharlar rivoj topgan va madaniyat yuksalgan. Geografik joylashuv — Amudaryo
havzasi va Ipak yo‘lidagi markaziy o‘rin — Xorazmshohlar davlatining siyosiy
qudratiga asos bo‘lgan [5][6]. Bugungi kunda Xorazmshohlar davrining tarixiy
geografiyasi nafaqat tarixshunoslik, balki zamonaviy geosiyosiy tadqiqotlar uchun
ham muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Beruniy, A. (1879). Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar (Al-Osor al-
boqiya). London: W. H. Allen & Co.
2. al-Istaxriy, A. (1927). Kitob al-Masolik va al-Mamolik (Yo‘llar va mamlakatlar
kitobi). Leyden: Brill.
3. Yoqut al-Hamaviy. (1866). Mu‘jam al-buldan (Mamlakatlar lug‘ati). Bayrut:
Dar Sadir.
4. Bartold, V. V. (1958). Turkiston mo‘g‘ullar bosqini davrida. London: Luzac &
Co.
5. Ziyo Bunyodov (1998). Xorazmshohlar davlati tarixi. Toshkent: Fan nashriyoti.
6. Jo‘rayev, M. (2004). O‘zbekistonning tarixiy geografiyasi. Toshkent:
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
7 . Bosworth, C. E. (1996). The New Islamic Dynasties: A Chronological and
Genealogical Manual. Edinburg: Edinburg University Press.
XORAZMSHOHLAR DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOGRAFIYASI
Mehmonaliyeva Mohiraxon Muhammadjon qizi
Qo ‘qon davlat universiteti 1-bosqich magistranti
E-mail: mohiramehmonaliyeva@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada Xorazmshohlar davrining siyosiy, iqtisodiy va madaniy
hayoti, shuningdek, davlatning tarixiy geografiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot
Anushteginiylar sulolasining shakllanishi, Xorazmshohlar davlatining siyosiy
qudratga erishish jarayoni, Gurganch shahrining poytaxt sifatidagi o‘rni hamda
mo‘g‘ullar istilosi davrida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni yoritishga
bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar: Xorazmshohlar, Anushteginiylar, Xorazm, Gurganch, Muhammad
II, Jaloliddin Manguberdi, tarixiy geografiya, siyosiy tizim.
Аннотация: В статье анализируется политическая, экономическая и
культурная жизнь государства Хорезмшахов, а также его историческая
география. Рассматриваются процессы становления государства династии
Анущекинидов, рост политической мощи Хорезма, роль города Гурганджа
как столицы и исторические события периода монгольского нашествия.
Ключевые слова: Хорезмшахи, Анущекиниды, Хорезм, Гургандж, Мухаммад
II, Джалолиддин Мангуберди, историческая география, политическая
система.
Abstract: The article analyzes the political, economic, and cultural life of the
Khwarezmshah state, as well as its historical geography. It explores the rise of the
Anushteginid dynasty, the political expansion of the Khwarezm Empire, the role of
Gurganj as the capital, and the historical changes during the Mongol invasion.
Keywords: Khwarezmshahs, Anushteginids, Khwarezm, Gurganj, Muhammad II,
Jalal al-Din Manguberdi, historical geography, political system.
Kirish
Xorazm o‘lkasi qadimdan Markaziy Osiyoning eng rivojlangan madaniy va siyosiy
markazlaridan biri bo‘lib, bu yerda qadimdan davlat boshqaruvi an’analari
shakllangan54. XI–XIII asrlarda esa Xorazm hududida mustaqil va qudratli davlat
— Xorazmshohlar davlati vujudga keldi55.
Xorazmshohlar sulolasiga asos solgan Anushtegin dastlab Saljuqiylar
xizmatida turgan bo‘lsa-da, uning avlodlari — Qutbiddin Muhammad, Otsiz,
Takash va Olovuddin Muhammad II davrida Xorazm siyosiy mustaqillikka erishdi.
54Bartold V.V. Turkestan v epokhu mongolskogo nashestviya. — Moskva: Nauka, 1963.
55 Karimov A. Xorazmshohlar davlati tarixi. — Toshkent: Fan, 2007.