ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Xorazmshohlar davri tarixi va tarixiy geografiyasi

Mehmonaliyeva Mohiraxon Muhammadjon qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

7 . Bosworth, C. E. (1996). The New Islamic Dynasties: A Chronological and

Genealogical Manual. Edinburg: Edinburg University Press.

XORAZMSHOHLAR DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOGRAFIYASI
Mehmonaliyeva Mohiraxon Muhammadjon qizi
Qo ‘qon davlat universiteti 1-bosqich magistranti
E-mail: mohiramehmonaliyeva@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada Xorazmshohlar davrining siyosiy, iqtisodiy va madaniy
hayoti, shuningdek, davlatning tarixiy geografiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot
Anushteginiylar sulolasining shakllanishi, Xorazmshohlar davlatining siyosiy
qudratga erishish jarayoni, Gurganch shahrining poytaxt sifatidagi o‘rni hamda
mo‘g‘ullar istilosi davrida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni yoritishga
bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar: Xorazmshohlar, Anushteginiylar, Xorazm, Gurganch, Muhammad
II, Jaloliddin Manguberdi, tarixiy geografiya, siyosiy tizim.
Аннотация: В статье анализируется политическая, экономическая и
культурная жизнь государства Хорезмшахов, а также его историческая
география. Рассматриваются процессы становления государства династии
Анущекинидов, рост политической мощи Хорезма, роль города Гурганджа
как столицы и исторические события периода монгольского нашествия.
Ключевые слова: Хорезмшахи, Анущекиниды, Хорезм, Гургандж, Мухаммад
II, Джалолиддин Мангуберди, историческая география, политическая
система.
Abstract: The article analyzes the political, economic, and cultural life of the
Khwarezmshah state, as well as its historical geography. It explores the rise of the
Anushteginid dynasty, the political expansion of the Khwarezm Empire, the role of
Gurganj as the capital, and the historical changes during the Mongol invasion.
Keywords: Khwarezmshahs, Anushteginids, Khwarezm, Gurganj, Muhammad II,
Jalal al-Din Manguberdi, historical geography, political system.

Kirish
Xorazm o‘lkasi qadimdan Markaziy Osiyoning eng rivojlangan madaniy va siyosiy
markazlaridan biri bo‘lib, bu yerda qadimdan davlat boshqaruvi an’analari
shakllangan54. XI–XIII asrlarda esa Xorazm hududida mustaqil va qudratli davlat
— Xorazmshohlar davlati vujudga keldi55.

Xorazmshohlar sulolasiga asos solgan Anushtegin dastlab Saljuqiylar
xizmatida turgan bo‘lsa-da, uning avlodlari — Qutbiddin Muhammad, Otsiz,
Takash va Olovuddin Muhammad II davrida Xorazm siyosiy mustaqillikka erishdi.

54Bartold V.V. Turkestan v epokhu mongolskogo nashestviya. — Moskva: Nauka, 1963.
55 Karimov A. Xorazmshohlar davlati tarixi. — Toshkent: Fan, 2007.

Maqolaning maqsadi Xorazmshohlar davrining tarixiy jarayonlarini va
geografik chegaralarini tahlil qilish, ularning mintaqa siyosiy rivojidagi o‘rnini
aniqlashdan iborat.

Anushteginiylar sulolasi XI asr oxirida Saljuqiylar davlatining G‘arbiy
mintaqalarida xizmat qilgan turkiy lashkarboshilardan Anushtegin nomi bilan
bog‘liq. Uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad (1097–1127) davrida Xorazm siyosiy
jihatdan mustaqillikka intila boshladi.

Otsiz (1127–1156) davrida esa bu jarayon tezlashib, Xorazm o‘zini mustaqil
hukmdorlik sifatida namoyon qildi. Otsiz Saljuqiylarga qarshi muvaffaqiyatli
harbiy yurishlar olib borgan va Xorazm hududini kengaytirgan56.

Olovuddin Muhammad II (1200–1220) davrida Xorazmshohlar davlati o‘z
qudratining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. U Movarounnahr, Xuroson, G‘arbiy
Eron va Iroqning bir qismini o‘ziga bo‘ysundirgan.

Poytaxt Gurganch (Urganch) o‘sha davrda Sharq dunyosining eng yirik
savdo, fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Bu shahar orqali Buyuk
Ipak yo‘lining shimoliy tarmoqlari o‘tgan bo‘lib, xalqaro savdo va diplomatik
aloqalar rivojlandi57.

Xorazm Amudaryoning quyi oqimida, bugungi Qoraqalpog‘iston va Xorazm
viloyatlari hududida joylashgan edi. U qadimdan sug‘oriladigan vohalar va
unumdor yerlar bilan mashhur bo‘lgan.

Xorazmshohlar davrida Kat, Gurganch, Hazarasp kabi yirik shaharlar rivoj
topgan. Amudaryodan chiqarilgan Gurganch kanali sug‘orish tizimining asosiy
manbai bo‘lgan.

Bu tabiiy-iqtisodiy omillar Xorazmni nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro
ahamiyatga ega siyosiy markazga aylantirdi.

Xorazmshohlar davrida ilm-fan, falsafa, adabiyot va me’morchilik yuksak
darajada rivoj topgan. Al-Beruniy, Az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro kabi
allomalar Xorazm madaniy muhitining yuksak darajasini ko‘rsatadi.

Gurganchdagi madrasa va kutubxonalar o‘z davrining yirik ilmiy markazlari
bo‘lgan. Bu davrda arab, fors va turkiy tillarda asarlar yaratilgan.

1219-yilda Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Xorazm
hududiga bostirib kirdi. Dastlab Xorazmshoh Muhammad II mo‘g‘ullarga qarshi
kurash boshlagan bo‘lsa-da, ichki siyosiy beqarorlik natijasida davlat tez orada
parchalanib ketdi58.Shundan so‘ng uning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi (1220–
1231) mo‘g‘ullarga qarshi mardona qarshilik ko‘rsatdi. U Ozarbayjon, Armaniston
va Hindistongacha yurishlar qilib, milliy qahramonga aylandi59.

Xulosa
Xorazmshohlar davri Markaziy Osiyo tarixida siyosiy qudrat, iqtisodiy barqarorlik
va madaniy taraqqiyotning yuksak bosqichi sifatida alohida o‘rin tutadi. Bu davrda
shakllangan davlat tizimi va ilmiy-madaniy meros keyingi asrlarda — Temuriylar,

56 Bosworth C.E. The History of the Khwarezmshahs. — London: Oxford University Press, 1968.
57 Al-Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar haqida. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot,
1981.
58 Nasaviy Shihobiddin. Siyrat as-Sulton Jaloliddin Manguberdi. — Toshkent: Fan, 1991.
59 Kattabekov A. Jaloliddin Manguberdi va uning davri. — Toshkent: Ma’naviyat, 2010.

Shayboniylar va Xiva xonligi davrida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.Xorazmshohlar
tarixini va tarixiy geografiyasini chuqur o‘rganish o‘zbek davlatchiligi
evolyutsiyasini tushunishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bartold V.V. Turkestan v epokhu mongolskogo nashestviya. — Moskva: Nauka,
1963.
2. Karimov A. Xorazmshohlar davlati tarixi. — Toshkent: Fan, 2007.
3. Bosworth C.E. The History of the Khwarezmshahs. — London: Oxford
University Press, 1968.
4. Al-Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar haqida. — Toshkent:
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1981.
5. Nasaviy Shihobiddin. Siyrat as-Sulton Jaloliddin Manguberdi. — Toshkent:
Fan, 1991.
6. Kattabekov A. Jaloliddin Manguberdi va uning davri. — Toshkent: Ma’naviyat,
2010.

ANUSHTEGINIYLAR DAVRI XORAZM VOHASI

SHAHARLARINING IJTIMOIY HAYOTI.

Shomurotov Otojon Xamidovich –

Urganch Innovatsion universiteti

tarix fani o’qituvchisi.

https://orcid.org/0009-0004-5883-5999

otojonshomuratov29@gmail.com

Annotatsiya: X – XV asrlar va xususan Anushteginiylar davri (1097-1231

yillar) Xorazm vohasi shaharlari ijtimoiy hayoti masalasi juda sust o`rganilgan

mavzulardan biri hisoblanadi. Aslida bu holat butun musulmon dunyosi

shaharlariga ham tegishli. Jumladan, shu davr shaharlarida ijtimoiy hayot, shahar

aholisi ijtimoiy turmush tarzi kabi masalalar mazkur davrlar yozma manbalarida

juda kam aks etgan. Umuman olganda mazkur kamsonli ma’lumotlarni ham

mazkur shahar xarobasi yoki o`rnida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar

ma’lumotlari bilan qiyosiy tahlil qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu

jihatdan olganda mazkur maqola dolzarb mavzulardan biriga bag`ishlangan.

Kalit so`zlar: Anushteginiylar, shahrsozlik madaniyati, Gurganch, Kat,

Mizdahqon, Xiva, Hazorasp, Jand, muxtasib, aholi turmush tarzi.

Аннотация: Вопрос общественной жизни городов Хорезмского

оазиса X–XV вв., и в частности эпохи Ануштегинидов (1097–1231),

относится к числу наиболее малоизученных. По сути, эта ситуация

характерна для городов всего мусульманского мира. В частности, такие

вопросы, как общественная жизнь городов этого периода, быт горожан,

крайне редко отражены в письменных источниках этих периодов. В целом,

весьма важно сопоставлять эти скудные сведения с данными

археологических исследований, проведенных на руинах или городище. В

связи с этим данная статья посвящена одной из актуальных тем.