EFTALIYLARDA DAVLAT MAFKURASI, HUQUQ VA MUDOFAA
TIZIMI HAQIDA MANBALAR TAHLILI
Oreantal universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti
PhD. J.Kamolov
Annotatsiya. Ushbu maqolada Eftaliylar davlati (V–VI asrlar) siyosiy va
mafkuraviy asoslari, huquqiy tartibotlari hamda mudofaa tizimi tahlil etiladi.
Tadqiqotda Eftaliylar hokimiyatining mafkuraviy poydevori, diniy va dunyoviy
qarashlar hamda ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek,
jamiyat hayotida amal qilgan huquqiy normalar, adolat tamoyillari va ijtimoiy
tabaqalanish jarayonlari haqida fikr yuritiladi. Maqolada Eftaliylar davlatining
mudofaa siyosati, qo‘shin tuzilishi, harbiy taktika va strategiyalar, shuningdek,
yirik yurishlar va tashqi xavflarga qarshi olib borilgan harbiy choralarga e’tibor
qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Eftaliylar, davlat mafkurasi, huquqiy tizim, mudofaa, qo‘shin,
yilnoma, din, marosim, qonun, monastr, ko`chmanchi.
Аннотация. В данной статье анализируются политические и идеологические
основы государства эвталиев (V–VI века), их правовой порядок и система
обороны. Исследование освещает идеологическую основу власти эвталиев,
их религиозные и светские взгляды, а также роль в управлении государством.
Кроме того, обсуждаются юридические нормы, действовавшие в обществе,
принципы справедливости и процессы социальной стратификации. В статье
уделяется внимание политике обороны эвталиев, структуре войска, военной
тактике и стратегиям, а также крупным походам и мерам против внешних
угроз.
Ключевые слова: эвталии, государственная идеология, правовая система,
оборона, войско, летопись, религия, обряд, закон, монастырь, кочевники.
Annotation. This article analyzes the political and ideological foundations, legal
order, and defense system of the Eftalites state (5th–6th centuries). The study
explores the ideological basis of Eftalites' power, their religious and secular views,
and their role in state governance. It also discusses the legal norms in society,
principles of justice, and social stratification processes. The article pays attention
to the defense policy of the Eftalites, army structure, military tactics and strategies,
as well as major campaigns and military measures against external threats.
Keywords: Eftalites, state ideology, legal system, defense, army, annals, religion,
ceremony, law, monastery, nomads.
Eftaliylardagi davlat mafkurasi va huquq tizimi bo‘yicha keng ma’lumotlar
yozma manbalarda o‘rin olmasa-da, ulardagi jinoyat va jazo masalasi, ko‘mish
marosimlari, ijtimoiy turmush tarzi haqida “Bey-shi” va “Vey-shu” yilnomalarida,
shuningdek qisman elchi Sun Yun keltirilgan ma’lumotlar bu borada birmuncha
tasavvurlar beradi. Elchi Eftaliylar davlati ijtimoiy tuzumida tabaqalashuv mavjud
ekanligini quyidagi ma’lumotlari orqali keltirib o‘tadi. “Ularda kambag‘allar va
boylarning kiyimlarida farqlilik ko‘zga tashlanadi”. [1, 256-266]
Eftaliylar jamiyati yuqori tabaqa va oddiy xalq o‘laroq ikkiga bo‘lingan.
Ya’ni katta boyliklarga ega boy kishilar (saroy a’yonlari, amaldorlar, urug‘-qabila
boshliqlari va h.k.) va o‘rtahol yoki kambag‘al aholi (dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik, turli xizmatlar bilan shug‘ullanuvchilar). Jamiyatdagi
tabaqalashuv ularning ko‘mish marosimlarida ham aks etgan. Eftaliylardagi
ko‘mish marosimlari haqida elchi Sun Yun keltirilgan quyidagi ma’lumot bu
borada birmuncha tasavvurlar beradi. “Boy xonadonlar marhumni tosh lavhalar
qo‘yilgan qabrlarga qo‘yiladi, yo‘qsillar esa qazma qabrlarga ko‘miladi”.[2, 265-
266]
Eftaliylarda davlat mafkurasi bevosita ularning diniy qarashlari bilan
bog‘lanib ketgan bo‘lib, urug‘-qabilachilikka asoslangan an’analardan iborat
bo‘lgan, deyish mumkin. Xo‘sh, ko‘chmanchilarga xos an’analar mohiyatan
qanday bo‘lgan. Bu masalada aniqroq tasavvurga ega bo‘lish uchun o‘z
an’analarining ko‘pchiligini Juan-juanlar orqali Xun saltanatidan olgan Turk
xoqonligi misolida ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, qadimgi turklarda qonunlar “to‘ru” (to‘ru) yoki «to‘ra» deb
atalgan. O‘rxun bitiktoshlarda to‘ru haqida ko‘p marotaba eslatilgan bo‘lsada‚
qonunlarning majmua holida yig‘ilib‚ yozuvda ifodalangani haqida ma’lumotlar
uchramaydi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarga ko‘ra‚ qadimgi turkiy qonunlar – to‘ru
og‘zaki bo‘lib‚ hech qachon yozuvga ko‘chirilmagan.[3, 854] Demak, qadimgi
turkiy urf-odatlarga asoslangan ushbu ibora ostida an’anaviy rasm-rusumlar, ya’ni
“odat huquqi” tushuniladi. Bitiktoshlarda “turk to‘rusini yo‘qotgan xalqni otabobolarim to‘rusi bo‘yicha tartibga solibdi, boshqaribdi” mazmunida jumlalar
uchraydiki, [4, 105] bu esa jamiyat a’zolari nazdida qonunlarning “ajdodlar meros”
ekanligidan va xalqning barcha qatlamiga tegishli deb bilinganidan darak beradi.
Turk xoqonligidan oldinroq ham to‘ru tushunchasi mavjud bo‘lganini
tasdiqlaydigan ma’lumotlar Juanjuanlarga oid manbalarda ham uchraydi.
Jumladan, 510 yillar atrofida xoqon bo‘lgan Chounu o‘ziga Doulo fubado ufa
kexan unvonini qabul qilgani va u Vey sulolasi tilida60 “boshqaruvni yorituvchi”
ma’nosini bildirishi xitoy yilnomalarida qayd etiladi. [5, 279] Yapon tadqiqotchisi
Shiratori fikricha‚ ushbu unvonning birinchi qismi doulo, aslida mo‘g‘ulcha türu
– “boshqarma/mahkama”‚ “davlat boshqaruvi” degan ma’noni anglatadi. [6, 413]
Demak, Turk xoqonligi davlat boshqaruviga xos bir qator an’analarni juanjuanlardan qabul qilish barobarida mazkur davlat jamiyatiga xos ayrim huquqiy
an’analarni ham o‘zlashtirgan.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, o‘z navbatida juan-juanlar ham markaziy osiyolik
qadimgi ko‘chmanchilar, shu jumladan, xunlardan bir qator an’analarni qabul qilib
olishgan. [7, 319] Masalan, Xun, Juan-Juan, Turk xoqonligida «Tangri, ya’ni
Osmon» bosh iloh bo‘lib, u barcha jonli va jonsiz narsalarning yaratuvchisi, deb
talqin qilingan. Shunga o‘xshash tushuncha Eftaliylarda ham mavjud bo‘lganini
* “Вэй сулоласи тили” – милодий 385–556 йилларда Хитойда ҳукм суриб, хитой йилномаларида “Тоба
сулоласи” ёки “Шимолий Вэй сулоласи” деб номланган ва келиб чиқиши марказий осиёлик кўчманчи
қабилаларга бориб тақаладиган сулола асосчиларининг тили. Ушбу тилни айрим тадқиқотчилар туркий
ҳисобласа, айрим тадқиқотчилар мўғулча бўлган, деб талқин қиладилар (Boodberg P. A. The Language of the
T'o-Pa Wei // Harvard Journal of Asiatic Studies. – 1936. – Vol. 1. No. 2. – P. 167–185).
xitoy elchisi Sun Yun (520) o‘zi guvoh bo‘lib yozib qoldirgan “Eftaliylar har kuni
ertalab chodirlaridan tashqariga chiqib, xudolarga ibodat qilishadi va shundan
so‘nggina nonushta qilishadi»” mazmunidagi qaydlar ham tasdiqlaydi. Shunga
o‘xshashroq ma’lumot Turk xoqonligi bilan bog‘liq ravishda shu tariqa uchraydi:
“O‘tog‘ining eshigi ham sharqqa qaratilgan bo‘lardi. Xoqon har tongda
o‘tog‘ining eshigidan chiqqanda muqaddas hisoblanuvchi quyoshga salom
berardi”. [8, 833]
Agar Eftaliylar davlatining Juan-juanlar bilan deyarli bir vaqtda yashab o‘tgan
o‘zaro qo‘ni-qo‘shni bo‘lganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek, ayrim
yozma manbalarda “Ko‘plab odatlari tukyue (Turk xoqonligi) odatlari bilan bir
xil” [9, 268] mazmunidagi ma’lumotlarning uchrashi ushbu davlatlarning davlat
mafkurasi va huquq tizimida birmuncha o‘xshashliklar bo‘lganligidan darak
beradi. Bu borada quyidagicha o‘xshash omillarni keltirib o‘tish mumkin:
- “Osmon xudosi”, ya’ni ko‘plab ko‘chmanchi davlatlarda mavjud bo‘lgan
ibora bilan aytiladigan bo‘lsa “Tangri” tushunchasi bu uchala davlatda ham
mavjud bo‘lib, boshqaruvchi toifa tomonidan bu e’tiqod bilan bog‘liq marosimlar
amalga oshirilgan;
- Ko‘plab urf-odatlari, xususan, huquq, jinoyatchilarni jazolash masalalarida
umumiylik bor. Ayniqsa, o‘g‘rilik jinoyati ushbu jamiyatlarda qattiq qoralanib, eng
katta jazolar ularga nisbatan qo‘llanilgan;
- türü / törü, ya’ni “qonun” so‘zi Juan-juanlar va Turk xoqonligida mavjud
bo‘lib, bu so‘z ko‘chmanchi jamiyatida o‘zaro muvozanatni saqlash, hokimiyat va
aholi orasidagi munosabatlarni tartibga solish ishlari u orqali amalga oshirilgan.
Juan-juanlarga bir qator jihatlardan o‘xshashlikka ega bo‘lgan Eftaliylarda ham
shunday qonun-qoidalar bo‘lgan deyish mumkin.
“Bey-shi” yilnomalarida Eftaliylardagi jinoyatchilarni jazolash bo‘yicha
“O‘g‘irlik uchun miqdoriga qaramasdan jinoyatchining boshi kesiladi;
o‘g‘irlangan mol-mulklarning o‘n miqdori undirib olinadi” mazmunida
ma’lumotlar keltirilsa, “Tundyan” asarida Turk xoqonligida jinoyat qilganlar va
ularga nisbatan ko‘riladigan choralar haqida “Ular (turklar)ning qonuni bo‘yicha
isyon ko‘targan‚ odam o‘ldirgan har qanday kishiga o‘lim jazosi buyuriladi. ... ot
o‘g‘irlaganlar o‘n misli to‘lov to‘lash majburiyatidadir” [10, 98] degan ma’lumot
keltiriladi. Shuningdek, “Sefu Yuankui” yilnomasida esa xoqonlikda jinoyat va
uning jazosi haqida “Ularning odatiga ko‘ra isyon ko‘targan‚ odam o‘ldirgan‚
zino qilgan‚ bog‘log‘liq otni o‘g‘irlaganlar o‘lim jazosiga tortilardi ... Ot va
molashyo o‘g‘irlagan kishi barchasining o‘n baravardan ko‘prog‘ini to‘lashi
shart edi”. [11, 112] Bundan ko‘rinadiki, Eftaliylar davlati bilan xoqonlik qonunqoidalarida umumiylik mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, o‘lim jazosi va birovlarning molmulkini o‘g‘irlaganda “10 baravar to‘lov to‘latish” kabi amaliyotlar bu fikrni
tasdqilaydi.
Eftaliylarning diniy qarashlari haqida dastlab xitoy manbalari ma’lumot
beradi. Xitoylik sayyoh Sun Yunning xabar berishicha Toxaristondagi Eftaliylar
buddizmga e’tiqod qilmaydilar, ular “begona xudolarga” sig‘inadilar.
V.A.Litviniskiyning yapon tarixchisi E.Enokiga tayanib bergan ma’lumotlariga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “begona xudolar” deb ko‘chmanchi eftallarning Ko‘k
tangri (Qam, shamaniylik ham bo‘lishi ehtimol)ga e’tiqod qilishlarini nazarda
tutgan bo‘lishi haqiqatga yaqin. Xuddi shunga o‘xshash ma’lumotni “Liang-shu»da
ham uchratish mumkin. Gandharadagi Eftaliylar “Eftallar jinlarni hurmat
qilishadi”, “ular Osmon xudosi va Olov xudosiga” sig‘inishadi. “Liang-shu”
yilnomasining yuqoridagi ma’lumotlaridan bilish mumkinki, eftaliylar ijtimoiy
hayotida tangrichilik, otashparastlik va shamaniylik amalda bo‘lgan. Tangrichilik
va shamanizm azaldan ularning hayotida muhim o‘rin tutgan bo‘lsa Markaziy
Osiyo, xususan, Toxariston hududiga kirib kelishi ular hayotiga otashparastlikni
ham olib kirdi. Kushonlardan esa meros bo‘lib, ular bunyod еtgan shaharlar va
buddizmning elementlari saqlanib qoldi. Buddizm ko‘proq ular hayotiga Shimoliy
Hindistonni zabt etgandan keyin rivojlandi. Yuqorida keltirib o‘tilganidek,
Eftaliylar har kuni ertalab chodirlaridan tashqariga chiqib, xudolarga ibodat qilib,
shundan so‘nggina nonushta qilishgan bo‘lib, bu esa ularning ko‘chmanchilarga
xos an’analarning ular Hindistonda hukmronlik qilgan chog‘larda ham davom
etganidan darak beradi.
Xitoy sayyohi Sun Yunning bergan ma’lumotlarida Eftaliylar buddizmga
e’tiqod qilmaganligi ta’kidlangan bo‘lsa-da, biroq Toxaristonda va boshqa
hududlarda buddizm keng tarqalgan. Bu faqatgina Eftaliylar emas, balki ular
egallagan hududlar aholisini e’tiqodi bilan bog‘liq holat edi. Deyarli uch asr
Kushon poshdoligi davrida buddizm mintaqada hukmron din bo‘lgani bois aholini
katta qismi bu dinga e’tiqod qilgan, Eftaliylar kirib kelganda Markaziy Osiyoda
buddizm bilan zardushtiylik asosiy e’tiqod dini edi. Buni hozirgi O‘zbekiston,
Tojikiston va Afg‘oniston hududlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar ham
tasdiqlaydi. Shuningdek bu davrda Afg‘onistonda va Toxaristonda hinduiylik dini
e’tiqodlari ham ko‘payib, moniylik va nestorianlik ham tarqala boshladi.
Eftaliylar hayotida dinlarning o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, materiallarni tahlil
qilish orqali ularning din borasida anchayin bag‘rikeng bo‘lganligini ko‘ramiz.
Eftaliylar o‘ziga xos madaniyat va diniy dunyoqarashga ega bo‘lgan turli
xalqlarni siyosiy jihatdan birlashtirgan. Milodiy IV – VI asrlarda O‘rta Osiyoda
ko‘plab diniy tizimlar va kultlar mavjud bo‘lgan. Markaziy Osiyoda zardushtiylik
mahalliy kultlar bilan aralashib ketgan. Buddizm Eftaliylar davrida, xususan,
ularning davlatining janubiy hududida keng tarqalgan. Biroq, Eftaliylarning bu
dinga aloqasi haqida ko‘plab ziddiyatli dalillar mavjud. “Bey-shi” yilnomasining
yozishicha, [12, 265-266] Eftaliylar hukmdori qarorgohida “Badiyan shahrida
hukmdorning saroyi joylashib, aylanasi qariyb 10 li (chamasi 5 km). Unda ko‘plab
buddaviy ibodatxonalar va tosh ustunlar joylashgan bo‘lib, barchasi oltin bilan
bezatilgan”. Bu ma’lumot Eftaliylarning bosh hukmdorlari keyinchalik buddizmni
qabul qilib, uni qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rsatadi.
Syuan Szan Eftaliylar haqida, ular buddizmga ishonmaganliklarini va hatto
buddistlarni quvg‘in qilganliklari bo‘yicha ma’lumot yozib qoldirgan.
B.A.Litvinskiyning fikricha, bu holat Eftaliylarning mahalliy aholini bo‘ysundirish
uchun qilgan hatti-harakatlari bilan izohlanadi. [13,150] Boshqa tomondan esa
Eftaliylarning ayrim guruhlari, ehtimol, ushbu sulolaning tarmoqlaridan birida bu
din ta’qiqlangan bo‘lib, ko‘rinishidan ular o‘zlarining qadimiy inonchlarini
saqlashga harakat qilib shunday yo‘l tutgan.
Eftaliylar davri shahar xarobalarida topilayotgan buddaviylikka xos
elementlar bir tomondan eftaliy boshqaruvchilarining keyinchalik ushbu dinga
rag‘bat ko‘rsatganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa bu davr
shaharlarining aholisi va ibodatxona ahlining o‘z an’analarini saqlab qolgan
mahalliy aholi bilan bog‘liqdir. Ya’ni bu shaharlar etnik jihatdan eftaliy bo‘lmagan
yеrli aholi, shu jumladan, baqtriyaliklarga aloqador bo‘lishi ehtimoldan yiroq
emas.
Eftaliylarning ma’lum bir qismi orasida xristianlik birmuncha keng tarqalgan
edi. Suriyadagi “Mar Aba tarixi” manbasining xabar berishicha, milodiy 549 yilda
Eftaliylar Nestorian patriarxi Mar Aba II ga bu ruhoniyni nasroniy bo‘lgan
Eftaliylar uchun o‘z yurtida еpiskop qilib tayinlash iltimosi bilan ruhoniy
yuborgan. Eftaliylarning iltimosi ma’qullanadi. Shunday qilib, Eftaliylarning bir
qismi nasroniylik ta’limotining nestorianlik oqimiga o‘tishadi. [14, 236]
Yegishe armanlar sosoniylardan mustaqillik uchun olib borgan kurashlari
chog‘ida forslarga qarshi ittifoq tuzish to‘g‘risida muzokaralar olib borish uchun
Xon (Xun)lar (ya’ni Eftaliylar) mamlakatiga o‘z vakilini yuborganlar. Eftaliylar
bunga rozi bo‘lishdi va «xristian bo‘lishga ishtiyoq bilan va’da berdilar». Bu
faktlar Eftaliylar orasida nasroniylik keng tarqalgan deb hisoblashga imkon beradi.
Marv nestorianlarning O‘rta Osiyodagi asosiy markazlaridan biriga aylanadi. [15,
236-238]
Ter-Mkrtichyanning fikricha, Eftaliylar orasida nasroniylikning tarqalishi
ularning armanlar bilan birga forslar va zardushtiylikka qarshi kurashidagi ishtiroki
bilan bog‘liqdir. [16, 53]
Zardushtiylik bilan bir qatorda O‘rta Osiyoda Erondagidan farqli bo‘lgan
moniylik – Mazdak tarafdorlari ta’limoti sosoniylar tomonidan ta’qib qilinib,
Erondan, jumladan, Eftaliylar davlatiga quvib chiqarilgach, tez tarqalishda davom
etdi. Qizig‘i shundaki, Sosoniylar hukmdorining o‘g‘li Kubod mazdakiylar
yordamida Eftaliylar huzuriga yordam so‘rab boradi. [17, 238]
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Eftaliylar davlatida bir nechta dinlar mavjud
edi: buddizm, zardushtiylik, nasroniylik (asosan nestorianlik), moniylik, hinduizm,
shuningdek, Markaziy Osiyo ko‘chmanchilariga xos qarashlar (Osmonga –
“Tangri”ga, olovga sig‘inish). Aftidan, Eftaliylar imperiyasida turli dinlar yonmayon yashab, diniy bag‘rikenglik xarakterli edi.
Eftaliylar davlatining davlat mafkurasini tashkil etgan unsurlarga keladigan
bo‘lsak, bu birinchi navbatda ushbu sulolani tashkil etgan elat – eftal qabilasiga
xos qadriyatlar: e’tiqod, ajdodlardan meros urf-odat va an’analar, qonun-qoidalar
ustuvorlik qilgan. Ayniqsa, ushbu sulolaga asos solingan va davlatning saltanatga
aylanish jarayonlari yuz bergan dastlabki yillarda ular o‘zlarining qadimiy
an’analarini saqlashga intilishgan. Keyinchalik esa egallangan hududlar aholisining
mahalliy an’analari ta’sirida davlat boshqaruvi va mafkurada o‘zgarishlar bo‘lib,
joylarga qarab zardushtiylik, buddaviylik kabi e’tiqodlar ham boshqaruvchi toifaga
o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlagan. Eftaliylarga xristian dinining kirib kelishi siyosiy
va g‘oyaviy asoslar bilan bog‘liq bo‘lib, Sosoniylarga qarshi ittifoqchi izlangan
paytda bu dinga rag‘bat ko‘rsatilgan. Sosoniylar tomonidan quvg‘inga uchragan
manixeylik ta’limoti ham shunga o‘xshash omillar tufayli Eftaliylar hukm
suradigan o‘lkalarda keng tarqala boshlagan. Albatta, bu kabi e’tiqodiy
o‘zgarishlarda tashqi ta’sirlar, xususan, missionerlarning ham o‘ziga xos roli
bo‘lgan.
Markaziy Osiyolik ko‘chmanchilarga xos an’ana – bosib olingan
hududlardagi mahalliy an’analarga, xususan, diniy inonchlarga zarar еtkazmaslik,
o‘z e’tiqodini bo‘ysundirilgan xalqlarga tiqishtirmaslik kabi holatlar Eftaliylar
davrida ham bo‘lgan, degan qarashlar bor. [18, 238] Bunday yondashuv har doim
ham bo‘lavermagan ko‘rinadi. Chunki, eftaliylarning buddaviy ibodatxonalarni
vayron qilganliklari, bu e’tiqod vakillarini quvg‘in qilganliklari haqida
ma’lumotlar uchraydi.
Bu kabi ma’lumotlar Eftaliylarning dastlabki paytlarda o‘z mafkurasini,
xususan, e’tiqodini saqlashga harakat qilib, bir qator qat’iy harakatlar qilganligini
ko‘rsatadi. Biroq yillar o‘tib mahalliy omillar – vaqt o‘tgan sayin madaniyat va
mafkurada o‘zaro bir-biriga ko‘nikish, hokimiyatda mahalliy vakillarning ham
ishtirok eta boshlashi, ayrim hukmdorlarning mahalliy e’tiqodlarni qabul qilishi
natijasida ularning bunday munosabatini yumshatishlariga olib kelgan, ehtimol.
Shu bilan birga, VII asrning ikkinchi choragida eftaliylar bilan yaqindan tanishgan
Syuan Szanning ularni buddaviy aholi sifatida emas, ko‘chmanchi an’analarni
saqlagan elat sifatida tilga olishi o‘zining izohini talab qiladi. Bizningcha,
Eftaliylarning turli xalqlardan birmuncha uzoq, tog‘ daralarida yashaydigan qismi
o‘zlarining ilk vatani – Oltoy tog‘lari atrofidagi elatlarga, xususan, Syun-nu
(Xun)larga xos qadimiy an’analarni davom ettirgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Гафуров Б.Г. Таджики, древнейшая, древняя и средневековая история.
Кн.1. – Душанбе: Ирфон, 1989.
2. Гафуров Б.Г. Таджики, древнейшая, древняя и средневековая история.
Кн.1. – Душанбе: Ирфон, 1989.
3. Koca A. Yeski Türklerde Devlet Geleneği...
4. Абдураҳмонов Ғ.‚ Рустамов А. Қадимги туркий тил...
5. Материалы по истории древних кочевых народов группы дунху /
Введение, перевод и комментарии В. С. Таскина. – Москва: Наука, 1984.
6. Материалы по истории древних кочевых народов...
7. Бобоёров Ғ. Ғарбий Турк хоқонлигининг давлат тузуми. – Тошкент: Янги
нашр, 2018.
8. Koca A. Yeski Türklerde Devlet Geleneği ve Teşkilatı // TÜRKLER. –
Ankara, 2002. – Cilt 2.
9. Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в
Средней Азии в древние времена. В 3-х томах. – Москва-Ленинград: Изд. АН
СССР. – том II. – 1950.
10. Taşağıl A. Gök-Türkler. I, 2. Baskı. – Анкара, 2003.
11. Бичурин Н. Я. Собрание сведений... I. – С. 230; Taşağıl A. Gök-Türkler. I.
– Анкара, 2003.
12. Гафуров Б.Г. Таджики, древнейшая, древняя и средневековая история.
Кн.1. – Душанбе: Ирфон, 1989.
13. Litvinsky B.A. The Hepthalite Еmpire // HCCA. Vol. III. UNESCO. – Delhi,
1999.
14. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis. PhD
thesis submitted to the Department of History and Cultural Studies of the Free
Univer. – Berlin, 2010.
15. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis.
16. ТерМкртичян Л. Х. Армянские источники о Средней Азии V-VII вв. –
Москва: Наука, 1979.
17. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis.
18. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis.
TURKISTONNING ILK O’RTA ASRLAR DAVRI TARIXI
Rahimova Umidaxon Tursunaliyevna,
Oriental universiteti Tarix fakultetining ,
1- kurs magistranti.
raximova527@gmail.com
Annotatsiya: Turkistonning ilk o’rta asrlar davrining o’ziga xos xususiyatlarida
Qashqadaryo viloyati qadimgi So’g’d vohasining, Kesh va Shahrisabz viloyatlari,
Surxondaryo viloyati, Toshkent shahri , Samarqand shahri kabi boshqa o’lkalarida
kishilarning yashash turmush tarzi haqida ma’lumot beriladi. O’sha davrdagi
hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik, haykaltaroshlik, mustahkam
inshootlar qurilishi haqida tushunchaga ega bo’ladi.
Kalit so’z: Movarounnahr,antik davr, mudofaa devor, G’arbiy Tohariston,
ravoqsimon uslub,ark.
Annotation:During the early medieval period of Turkistan,information is provided
about the lifestyle of people living in various regions such as the Kashkadarya
region-the ancient Sogd oasis with the cities of Kesh and Shakrisabz-as well as the
Surkhandarya region,the city of Tashkent and the city of Samarkand.One gains an
understanding of the crafts,trade,agriculture,sculpture and the construction of
strong architectural structures of that time.
Keywords: Transoxiana, antiquity,defensive, wall, Western Tokharistan, arched
style, citadel.
Аннотация:В период раннего Средневековья Туркестана представляется
информация о жизни людей в различных регионах, таких как
Кашкадарьинская область-древний согдийский оазис с городами Кеш и
Шахрисабз , а также Сурхандарьинская область,города Ташкент и
Самарканд.Можна получить представление о ремёслах ,торговле ,земледелии
скульптуре и строительстве прочных сооружений того времени.
Ключевые слова:Мавераннахр,античный период, оборонительная
стена,Западный Тохаристон, арочный стиль,цитадель.
Hozirgi O’zbekistonning Qashqadaryo viloyati qadimgi So’g’d vohasining
unumdor dehqonchilik hududini egallagan bo’lib, qadimda o’z suvlarini
Amudaryoga quyuvchi Zarafshon va Qashqadaryo daryolari oralig’ida,
Movarounnahrning qoq markazida joylashgan. Movarounnahrning barcha tarixiy
rivojlanish bosqichlari ushbu viloyat bilan chambarchas bog’liqdir. Kitob va