13. Litvinsky B.A. The Hepthalite Еmpire // HCCA. Vol. III. UNESCO. – Delhi,
1999.
14. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis. PhD
thesis submitted to the Department of History and Cultural Studies of the Free
Univer. – Berlin, 2010.
15. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis.
16. ТерМкртичян Л. Х. Армянские источники о Средней Азии V-VII вв. –
Москва: Наука, 1979.
17. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis.
18. Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis.
TURKISTONNING ILK O’RTA ASRLAR DAVRI TARIXI
Rahimova Umidaxon Tursunaliyevna,
Oriental universiteti Tarix fakultetining ,
1- kurs magistranti.
raximova527@gmail.com
Annotatsiya: Turkistonning ilk o’rta asrlar davrining o’ziga xos xususiyatlarida
Qashqadaryo viloyati qadimgi So’g’d vohasining, Kesh va Shahrisabz viloyatlari,
Surxondaryo viloyati, Toshkent shahri , Samarqand shahri kabi boshqa o’lkalarida
kishilarning yashash turmush tarzi haqida ma’lumot beriladi. O’sha davrdagi
hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik, haykaltaroshlik, mustahkam
inshootlar qurilishi haqida tushunchaga ega bo’ladi.
Kalit so’z: Movarounnahr,antik davr, mudofaa devor, G’arbiy Tohariston,
ravoqsimon uslub,ark.
Annotation:During the early medieval period of Turkistan,information is provided
about the lifestyle of people living in various regions such as the Kashkadarya
region-the ancient Sogd oasis with the cities of Kesh and Shakrisabz-as well as the
Surkhandarya region,the city of Tashkent and the city of Samarkand.One gains an
understanding of the crafts,trade,agriculture,sculpture and the construction of
strong architectural structures of that time.
Keywords: Transoxiana, antiquity,defensive, wall, Western Tokharistan, arched
style, citadel.
Аннотация:В период раннего Средневековья Туркестана представляется
информация о жизни людей в различных регионах, таких как
Кашкадарьинская область-древний согдийский оазис с городами Кеш и
Шахрисабз , а также Сурхандарьинская область,города Ташкент и
Самарканд.Можна получить представление о ремёслах ,торговле ,земледелии
скульптуре и строительстве прочных сооружений того времени.
Ключевые слова:Мавераннахр,античный период, оборонительная
стена,Западный Тохаристон, арочный стиль,цитадель.
Hozirgi O’zbekistonning Qashqadaryo viloyati qadimgi So’g’d vohasining
unumdor dehqonchilik hududini egallagan bo’lib, qadimda o’z suvlarini
Amudaryoga quyuvchi Zarafshon va Qashqadaryo daryolari oralig’ida,
Movarounnahrning qoq markazida joylashgan. Movarounnahrning barcha tarixiy
rivojlanish bosqichlari ushbu viloyat bilan chambarchas bog’liqdir. Kitob va
Shahrisabzda joylashgan qadimgi shaharlarda olib borilgan qazish ishlari
davomida arxeologlar tomonidan topilgan xilma xil moddiy boyliklar va tangalar
silsilasi antik So’g’diyonaga xos bo’igan boy madaniyatdan dalolat beradi. Antik
davrdan keyingi ilk asrlardagi mustaqil davlatlar hisoblanmish Kitob, Zahoki
Maron va Qarshi yaqinidagi Yerqo’rg’on shaharlari tarixiy qatlamlarda yorqin iz
qoldirgan. Yangi eraning V asriga kelib esa antik shaharlarning tanazzulga yuz
tutishi kuzatiladi. IV- VII asrlarda birin-ketin ilk feodallarning mustahkam
qal’alari paydo bo’la boshladi. Arxeologik qazishmalar mobaynida IV-VII
asrlarda mavjud bo’lgan Kadjartepa, Tog’aytepa, Ko’x nafazli shaharchalarining
qoldiqlari topildi [M. Nauka, 1948.]. Shu vaqtda Kesh viloyati va Naxshab
(hozirgi Qarshi shahri) Turk hoqonligi davlatining to’qqiz federatsiyasi tarkibiga
kirardi. Ular muxtoriyat hisoblanar hamda Samarqandda hukmronlik qiluvchi
hoqonga hiroj to’lardi.
O’sha vaqtdagi shaharlarda loydan qurilgan qalin devorlar, ularda
qo’riqlash uchun baland minoralar va mustahkam darvozalar, ba’zi shahar
darvozalarida esa mustahkam qulflar mavjud edi. Shahar hududi gavjum aholi
yashaydigan ijtimoiy-madaniy markaz hisoblanardi.
VIII asr boshlarida Kesh va Shahrisabz viloyatlariga arablar hujumi
boshlangan, ushbu viloyatlar aholisi esa ularga qattiq qarshilik ko’rsatgan edi.
Ammo shunga qaramay, arablar 729 yilda Keshni katta jang bilan olishga
muvaffaq bo’ldilar; 783-786 yillarda Zarafshon va Qashqadaryo vohalari
Muqanna boshchiligidagi So’g’diylarning xalq-ozodlik harakati maydoniga
aylandi. IX asrdan boshlab to XIII asrgacha bo’igan davrda, dastlab mahalliy
Somoniylarning, so’ngra esa turk Qoraxoniylarining o’zaro shiddatli feodal
urushlari davom etishiga qaramay, viloyatda xalq xo’jaligining o’sishi kuzatiladi.
Aynan ana shu davrda qo’shni viloyatlarda, xususan, Qashqadaryoda ajoyib
yodgorliklar barpo etildi. Jadal ravishda ibodatxona imoratlari hamda fuqarolar
yashaydigan binolar qurildi. Bu davrni haqli ravishda monoxrom dekor rel’efli
(figurali g’isht, kesilgan terrakota, kesilgan buyum) pishirilgan g’ishtlardan
foydalanilgan yuqori taraqqiy etgan arxitektura davri deyish mumkin.
O’rta asrlardagi shahar va qishloqlari qurilishda to’g’ri burchakli, aylana va
kvadrat shaklidagi burjlarning qurilishi antik davr qal’alari mudofaa tizimi
elementlarini takrorlangan, asosan ta’mir ishlarida paxsadan qurilgan to’gri
burchakli xom va pishgan g’isht ishlatilgan.
Xorazm vohasida shaharlar mudofaa tizimida to’gri burchakli bo’rj eng qadimgi
davrdan ya’ni miloddan avvalgi VI-V asrdan ishlatilgan miloddan avvalgi V
asrda to’gri burchakli bo’rj shaharlar mudofaa tizimida ishlatilishi davom etdi.
Bo’rjlar shakli va uning yon tomonga o’sib chiqishi, ular o’rtasidagi mudofaa
maydoni juda o’xshaydi
Turon zaminining tarixiy madaniy zonalarida qurilgan shaharlarida arkning
rejalashtirilishi Xorazm shaharlari arki tuzilishiga o’xshaydi, ya’ni to’griburchak,
kvadrat shaklda rejalashtirilib, shaharning ma’lum bir burchagida yoki ma’lum
bir tomonidagi devor o’rtasida joylashgan. Xorazm vohasida o’rta asrlarda
madaniy hayot antik davrdagi ba’zi shaharlarda davom etishi natijasida arklarda
ta’mir ishlari olib borilgan, natijada ark mudofaa devorlari baland bo’lgan.
XII-XIII asr boshlarida ham Xorazm vohasida antik davrda qurilgan
ko’pchilik qal’alarda va uning arkida hayot davom etdi. Katta shaharlar atrofida
«Ko’shk»lar qurish markazlashgan davlatning qurilish sohasidagi asosiy faoliyat
edi.Ark omborxona, qurol-aslaxa va boshqa oziq-ovqat zaxiralarini saqlagan, shu
bilan birga himoyalanish vazifasini bajargan. O’rta asrlarda qal’alar mudofaa
devorida to’gri burchakli va nayza o’qi uchli shinaklar qo’llanilgan. Ba’zi qal’alar
devorida tashqi tomondan shinaklar ko’p qo’yilgan, bu shinaklarning ba’zilari
soxta bo’lib, dushmanga ruhiy tomondan ta’sir ko’rsatish uchun qilingan. Ba’zi
qal’alar devorida shinaklarga alohida e’tibor berilgan.
Milodiy IV-asr oxiridan boshlab Baqtriya o`lkasi tarixiy manbalarda
Tohariston deb yuritila boshlangan. Tohariston o`z tarkibiga Surxondaryo
viloyati, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg`oniston yerlarini qamrab olgan
bo`lib, hududiy jihatdan Kushon davri Baqtriya o`lkasiga teng bo`lgan. Milodiy
III asr oxiri – IV asr davomida Tohariston Sosoniylar Eroni davlatiga qaram
viloyatga aylangan. V asrda o`lka Xioniylar va Eftaliylar davlati tasarrufida
bo`lgan. VI asrning 60-yillariga kelib, Eftaliylar davlatining Turk hoqonligi va
Sosoniylar Eroni qo`shinlari tomonidan tor-mor etilishi tufayli Tohariston Turk
hoqonligi davlati qo`l ostiga olgan. VII asrning 70-yillaridan Tohariston Arab
qo`shinlari tomonidan bosib olina boshlagan. Bu jarayon VIII asrning 40-yillariga
kelib o`lkaning batamom Arab xalifaligi tarkibiga qo`shib olinishi bilan
yakunlangan. V-VIII asrlar davomida Tohariston markaziy hokimiyatga rasman
qaram ko`plab kichik mulkliklarga bo`lingan. Chag`oniyon, Kuftan,
Termizshohlar mulkliklari shimoili – g`arbiy Tohariston, ya`ni Surxon vohasida
joylashgan. Toharistonning V-VIII asrlar davri shaharlari Kushon davri shaharlari
kabi asosan ikki, yani arki a`lo va shahriston kabi tarkibiy qismlardan iborat
bo`lgan. Zangtepa, Hayitobodtepalarning arki a`losida asosan hukmdor saroyi va
u bilan bog`liq inshootlar joylashgan. Markaziy Osiyoning V-VIII asrlardagi
tarixiy va madaniy o`lkalari shaharlari kabi Tohariston shaharsozligida juda
murakkab me`morchilik uslublari qo`llanilgan.[G’ulоmоv YA.G’. 1959]. Bular
turkumiga gumbazli xonalar, tomlarini g`ishtlar yordamida ravoqsimon uslubda
yopib, uning tepasidan ikkinchi va uchunchi qavatini qurish va hokazolar kiradi.
Toharistonlik me`mor ustalar shaharlardagi qabul marosimlari o`tadigan zallarni,
mehmonxonalarni, kundalik hayotga mo`ljallangan xonalarni bezashda somon
suvoq, devoriy rang tasvir, mahobatli haykaltaroshlik va o`yma ganchdan juda
mohirona foydalanganlar. Shimoliy Tohariston shaharlari kushon davri shaharlari
singari diniy markazlar vazifasini o`tagan. Ko`hna Termizda qazib ochilgan
g`orsimon binolar, Chordingak o`rnidagi buddaviylik inshooti, Zangtepadan
topilgan qayin po`stlog`iga bitilgan matnlar shular jumlasidandir. V-VIII asrlar
davri yodgorliklari turkumiga, shuningdek, ko`shk va hovlilar, savdo yo`llari
yoqasida joylashgan bojxonalar ham kiradi. Angor vohasidagi Kuyovqo`rg`on,
Bolaliktepa, Yumaloqtepa kabi ko`shklardagi muhtasham qabulxona va
mehmonxonlar dunyoviy mazmunda ishlangan devoriy rang tasvirlarga, rangbarang haykallarga, loy yoki yog`ochga o`yib ishlangan naqshin lavhalarga
bezalgan.
Afrosiyob-Samarqand shahari yaqinida harоba хоlida saqlanib qоlgan.
Tuzilishi ko’p burchakli, umumiy хajmi 219 ga. Mudоfaa dеvоr bilan o’rab
оlingan. Ularning vujudga kеlishi va rivоjlanish jarayonini o’rganish maqsadida
qazish ishlari оlib bоrildi. Tadqiqоt natijasida shaharning vujudga kеlishini
miloddan avvalgi VII asr bilan bеlgilashga imkоn bеrdi. Shahar ilk o’rta asrlarda
iqtisоdiy, madaniy va harbiy markaz bo’lgan. Ilk o’rta asrga оid dеvоriy rasmlar,
o’rta asr mudоfaa dеvоri atrоflicha o’rganiladi.
Samarqand vilоyati hududida Afrosiyobdan tashqari хajmi katta o’rta asr
shahari topilmagan.
Ustrushona shaharlari ayniqsa uning asоsiy shahari to’g’risida
ma’lumоtlarni Ibn Хavkal bеradi. Uning ko’rsatishicha «Uning bоsh shahari
Banjikеnt» unda ming erkak yashaydi. Paхsa va yogоchdan. Uning ichki
tоmоnida madina bo’lib alоhida dеvоr bilan o’rab оlingan. Dеvоr atrоfida rabad
mavjud. Ichki madinada 2 darvоza bo’lib, 1 - yuqоri, 2- madina darvоzasi
nоmida. Madina ichki qismida masjid va kuхеndiz. Rabad dеvоrida 4 ta darvоza,
Zamin darvоzasi, Marsmand, Nulfjakеnt, Kaхlaband darvоzasi dеb nоmlanadi.
Toshkent shaharining tarixi eramizdan avvalgi III asrning oxiri – yozma
manbalar va zamonaviy shaharning ichidagi qadimiy qo`rg`on qoldiqlari saqlanib
qolgan davrdan boshlab kuzatilishi mumkin. Bu qadimiy shahar Salar arig’i
bo’yida joylashgan Mingo’rik qo`rg`onidir. Arxeologlar o’zlarining qazilmalari
asosida qo`rg`onning birinchi mustahkamlovchi inshootlari eramizdan avval 1-
asrning oxirida – eramizning 1 asri boshida qurilgan, degan xulosaga kelganlar,
ya’ni shahar 20 asrlik tarixga ega. Birinchi yozma manbalarning orasida Xitoy
elchisi Chjan Tszan yozuvlariga asoslangan Xitoy solnomalarini aytib o’tish
mumkin, Buyuk ipak yo’li bo’ylab birinchi karvon yo’lining o’tkazilishi shu
elchining ismi bilan bog’liq deb hisoblanadi.
Eramizning IV asridan boshlab Choch shahri ko’pgina to’qnashuvlarning
markazida bo’lib qoladi. 550 yilda Turk hoqonligi tuziladi, unga turklar zabt
etgan Choch shahri ham kirgan. Shaharga ko’chmanchi turk qabilalarining ko’p
sonli aholisi kelgan. Turk hoqonligining ag’darilganligidan keyin Choch shahrini
mahalliy hukmdorlar boshqarar edilar.
VII – VIII asrlarda shaharning aholisi aralash edi. Jamoatchilikning sara
qismini turk va so’g’d aholisining zodagonlari tashkil etar edi.
713 yilda arab sarkardasi ibn Qutaybaning lashkarlari Choch shahriga yurish
qilib, u yerda xalifaning hukmronligini o’rnatganlar. Shu vaqtda Toshkent
vohasida, ilk o’rta asrlar davrida to’rtta shahar va 20 ta qal’adan iborat bo’lgan
tarmoq hosil bo’lib, ularning biri – Madinat ash-Shosh markaziy o’rin tutgan.
Mingo’rik qal’asidagi qoldiqlari o’rganilgan shaharni arab manbalari shunday deb
atar edilar.
VII – VIII asrlarda Mingo’rik rivojlanib, gullab-yashnagan. Uning ichiga
ark qal’asi va shaharning o’zi – Shahriston kirar edi. Islomning tarqalishi sekinlik
bilan borar edi. Chochning aholisi Muqannaning ta’limotini qo’llab-quvvatladilar.
Xalifalik arboblariinng zulmiga qarshi bosh ko’tarib chiqdilar. Jazo choralari
ko’rilib, Choch shahri yer bilan yakson etildi. Xarobalarga aylantirilgan shahar
anchagacha avvalgi holatiga kela olmay, qachonlardir katta shahar bo’lgan
Mingo’rik o’rnida asrlar bo’yi kichikkina qishloq mavjud bo’lgan. IX asrda
xalifalikning hukumati bergan farmoyishiga ko’ra shaharning obodonchiligi va
suvsozligi ehtiyojlari uchun katta mablag’lar ajratilgan.
IX-X asrlarning yozma manalarida shaharning yana bir nomi aytib o’tiladi
– Binkent. U ark qal’asiga, ichki shaharga va ikkita shahar yoni o’troq aholisi
yashaydigan qismlariga bo’lingan: ichki (rabad-dexil) va tashqi (rabad-xaridj).
Ark ikkita darvozasi bo’lgan devor bilan o’ralgan, uning ichida hukmdorning
saroyi, xazina va zindon bo’lgan edi.
IX-XII asrlar – hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyatning gullabyashnab rivojlangan davri edi. Bu davr Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotidagi «oltin asr», «Musulmon Tiklanish davri» deb ataladi, bunda
Toshkent shahri asosiy o’rinlardan birini egallab turar edi.
X asrning oxirida Abu-Rayhon Beruniyning asarida poytaxtning nomi ilk bor
Toshkent kabi yozilgan edi. XI asrning ikkinchi yarmida Toshkent nomi turk
tilshunos olimi Mahmud Qoshg’ariy asarida aytib o’tilgan, olim Toshkent –
Binkentning turkcha nomi ekanligini ta’kidlagan.
Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va strategik mavqei
ko`plab davlatlar va hukmdorlarning diqqat-e`tiborini o`ziga tortar edi. Shuning
uchun u Eron va grek, arab va mo`g`ul bosqinchilarining hujumlariga duchor
bo`ldi, Movarounnahr ichki qon to’kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy
hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli janglarida yonib
ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo bo`lardi, o`sib shon-shuhrat va
qudratga ega bo`lardi. U yana halok bo`lardi, yonardi, kulga aylanardi va yana
o`zini tiklab ulg`ayardi. Shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi
qadimgi o`rnida yuz bermagan.
Ko`hna Termiz yoki Kushon Termizi Amudaryo bo`yida rivoj topgan bo`lsa,
Chingizxon bosqinidan so’ng u sharqroqda Surxondaryo bo`yida qad ko`tarib
gullab-yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi o`zaro urushlar tufayli
vayronaga aylangan Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda
Pattakesar qishlog`i zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi. Ko`hna Termiz
obidalari o`zining takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk
o`rta asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri tarixchilarining diqqat-markazida
bo`lib keldi.
Termiz haqidagi qimmatli yozma ma`lumotlar VII asrda Xitoy sayyohi,
buddizm monaxi Syuan Tzyan yozmalarida;[ Bеrnshtam A.N.]. IX-X asrlar arab
muarrixlari Ibn Xo`rdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istahriy asarlarida, grek,
arman, xitoy, fors, arab manbalarida, qadimiy “Shohnoma” dostonida, ulug`
alloma Abu Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya elchisi Ryui
Gonsales de Klavixo, venger sharqshunosi Herman Vamberilar asralarida, o`rta
asr mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Bobur, Hofiz
Abru, Anvariy, Hofizi Tanish Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida
berilgan. Termiz tarixini o`rganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmi
va XX asr boshlaridan yanada kuchaydi. Arxeolog olimlarimiz Termizni
shaxsan o`rgandilar va ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar.
V-VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh Eftaliylar
hukmronligi, gohida eron Sosoniylari hukmronligi ostida bo`ldi. VII asrdan
boshlab Termizni Termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab
istilochilari zabt etdilar. IX -XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida
ma`muriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-ma`rifat markaziga aylandi. Bu davrda
shaharni o`rab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta
darvozasi bo`lgan. Shu davrda O’rta Osiyoda dunyoga mashhur bo`lgan shoirlar,
allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Tоlstоv S.P. Drеvniy Хоrеzm. -M. Nauka, 1948.
2. Tоlstоv S.P. Pо drеvnim dеltam Оksa i Yaksarta.- M.,Nauka, 1962.
3. G’ulоmоv YA.G’. Хоrazmning sug’оrilish tariхi. –Toshkent: Fan, 1959.
4. Bеrnshtam A.N. Istоrikо-arхеоlоgichеskiе оchеrki T.Sеntralnоgо Tyan-Shnyan.
ABU BAKR NARSHAXIY “BUXORO TARIXI” ASARIDA SAMARQAND
TARIXIGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI
Gаnixоdjаyev Yаshnаr Аbbаsоvich
Oriental universiteti tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqola Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” nomli
asarida keltirilgan Samarqand shahri tarixiga oid ma’lumotlarni tizimli tahli
qilishga bag‘ishlangan. Asarning asosiy diqqat markazida Buxoro bo‘lishiga
qaramasdan, unda Samarqand haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ma’lumotlar
muhim tarixiy manba hisoblanadi. Maqolada ushbu ma’lumotlar quyidagi jihatlar
nuqtai nazaridan o‘rganilgan: diniy-afsonaviy tasvir (hadislar orqali), geografik
o‘rni va Buxoro bilan o‘zaro bog‘liqligi (ayniqsa, Zarafshon daryosi tizimi
kontekstida), arablarning birinchi bosqinlari davridagi vaziyat, Somoniylar davlati
tashkil topishi va undagi Samarqandning siyosiy-ma’muriy maqomi. Tadqiqot
shuni ko‘rsatadiki, Narshaxiy asarida Samarqand Buxoroning muhim raqobi,
ittifoqchisi va madaniy hamnafasi sifatida tasvirlanadi, bu esa o‘rta asr
Movarounnahrining ikkita yirik shahri o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni ochib
beradi.
Kalit so‘zlar: Narshaxiy, “Buxoro tarixi”, Samarqand, tarixiy geografiya, Ismoil
ibn Axmad, Said ibn Usmon, Rofe’ ibn Lays, Somoniylar davri, Movarounnahr,
Qusam ibn Abbos, Zarafshon daryosi.
АННОТАЦИЯ:Данная статья посвящена системному анализу сведений об
истории Самарканда, содержащихся в труде Абу Бакра Наршахи «История
Бухары». Несмотря на то, что основное внимание источника сосредоточено
на Бухаре, прямые и косвенные упоминания о Самарканде представляют
собой важный исторический источник. В статье эти сведения исследуются со
следующих аспектов: религиозно-легендарное описание (через хадисы),
географическое положение и взаимосвязь с Бухарой (особенно в контексте
системы реки Зарафшан), положение в период первых арабских завоеваний, а
также политико-административный статус Самарканда в период