ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘rta asr allomalari ilmiy faoliyatini Yevropada o‘rganilishiga oid ayrim mulohazalar

Ismatullayev Farxodjon Odiljonovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

3. Раёҳий, М. А. Джахон-наме. Теҳрон: 1963.
4. Renaud, F. Fragment d’un manuscrit géographique persan de la Bibliothèque
impériale. Journal Asiatique. Paris: 1862.
5. Дорн, Б. Извлечения из Масалик ал-Мамалик Сеид Али Джурджани XV
века. Санкт-Петербург: 1876.
6. Rieu, Ch. Catalogue of the Persian Manuscripts in the British Museum.
London: 1879.
7. Туманский, А. Г. Описание бухарского списка Джахан-наме. Бухара:
1893.
8. Туманский, А. Г. Известия о Джахан-наме с текстом и переводом
отдельных частей. Санкт-Петербург: 1897.
9. Бартольд, В. В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Ленинград:
1928.
10. Blochet, E. Catalogue des manuscrits persans de la Bibliothèque Nationale.
Paris: 1934.
11. Миклухо-Маклай, Н. Д. Материалы по Джахан-наме. Санкт-Петербург:
1912.
12. Крачковский, И. Ю. Арабская географическая литература. Москва–
Ленинград: 1939.
13. Борщевский, Ю. Е. Джахан-наме. Факсимильное издание списка
Института востоковедения АН СССР (№ C 612). Ленинград: 1960.
14. Раёҳий, М. А. Джахон-наме. Теҳрон: 1963.
15. Ўзбекистон тарихи манбалари. Т. XI. Тошкент: 2001.

O‘RTA ASR ALLOMALARI ILMIY FAOLIYATINI YEVROPADA
O‘RGANILISHIGA OID AYRIM MULOHAZALAR

Nizomiy nomidagi O‘zMPU
Tarix kafedrasi dotsenti,
tarix fanlari doktori(DSc)

Ismatullayev Farxodjon Odiljonovich

Annotatsiya. Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati va
tiliga oid Yevropaliklarni tadqiqotlari haqida fikr yuritilgan. Muallif asosiy
e’tiborini allomalar, renessans davri tadqiqiga oid ilmiy izlanishlarni yoritishga
uringan. Shu bilan birga jahon ma’naviy me’rosiga Markaziy Osiyolik o‘rta asr
allomalarining qo‘shgan munosib hissasini ko‘rsatib berishga harakat qilgan.
Kalit so‘zlar. Markaziy Osiyo, Yevropa, Xorazmiy, Imom Buxoriy, Hakim
Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino,
Imom Motrudiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘beklar, Arastu, Rui Gonzales de
Klavixo, Avitsenna, Shayx ur-rais.
Abstract. This article discusses European studies devoted to the history, culture,
and language of the peoples of Central Asia. The author focuses mainly on the
research related to prominent scholars and the Renaissance period. At the same

time, the author seeks to highlight the significant contribution made by medieval
Central Asian scholars to the spiritual heritage of the world.
Keywords. Central Asia, Europe, Khorezm, Imam Bukhari, Hakim Termizi, Abu
Nasr Al-Farabi, Ahmad Ferghani, Abu Rayhan Al-Biruni, Ibn Sina, Imam Matrudi,
Alisher Navoi, Mirza Ulugbeks, Aristotle, Rui Gonzalez de Clavijo, Avicenna,
Sheikh Ur-Rais.
Аннотaция. В данной статье рассматриваются исследования европейцев,
посвящённые истории, культуре и языку народов Центральной Азии. Автор
сосредоточил основное внимание на изучении трудов учёных и научных
изысканиях, связанных с эпохой Ренессанса. Вместе с тем он стремился
показать достойный вклад средневековых учёных Центральной Азии в
мировое духовное наследие.
Ключевые слова: Центральная Азия, Европа, Хорезм, Имам Бухари, Хаким
Термизи, Абу Наср аль-Фараби, Ахмад Фергани, Абу Райхан аль-Бируни,
Ибн Сина, Имам Матруди, Алишер Навои, Мирза Улугбек, Аристотель, Руи
Гонсалес де Клавихо, Авиценна, Шейх Ур-Раис.

Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati va tilini o‘rganishga
qiziqish Yevropa xalqlarida ancha asrlar avval paydo bo‘lgan. Bunga misol qilib,
XVI asrda Italiya, Ispaniya va XVII asrda shakllangan Fransuz ixtisoslashgan
sharqshunoslik maktablarini ko‘rsatish mumkin[1]. Hozirda ham bunday ilmiytadqiqot markazlari faoliyat ko‘rsatib, xalqimiz tarixi va uning jahon madaniyatiga
qo‘shgan munosib hissasi atroflicha o‘rganilmoqda.

G‘arb madaniyatidan bir necha asr avval paydo bo‘lgan, ta’kidlash lozim
bo‘lsa, G‘arb uyg‘onish davri mutafakkirlari ibrat olgan, o‘rgangan, ko‘hna Sharq
madaniyati o‘zida juda katta ilmiy-adabiy merosni jamlagan bo‘lib, bu esa
yangidan - yangi ilmiy tadqiqotlarga manba bo‘lib xizmat qilmoqda va bu borada
umidli istiqbol yo‘llari ochilmoqda.

Bu davrda Sharq uyg‘onish davrining taniqli namoyondalari: Muso
Xorazmiy, Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy,
Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Motrudiy, Alisher Navoiy, Mirzo
Ulug‘beklar yashab, ijod qildi[2].

IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarimizdan
Muso Al-Xorazmiy (783-850 yillar)ning “Hind hisobi haqida”, “Yahudiylarning
taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” asarlari,“Sharq Aristoteli” nomi
bilan mashhur Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar)ning “Arastuning “Metafizika”
asariga sharh”i hamda hozirga qadar dunyoning ko‘plab siyosatchilari uchun
noyob qo‘llanma bo‘lib kelayotgan “Fozil odamlar shahri” singari asarlar bunga
yaqqol misol bo‘la oladi. Shuningdek, hozirda ham hind xalqi minnatdorlik bilan
qayd etganiday, “bizning ko‘hna hind tarixini Abu Rayhon Beruniy (973-1048
yillar) o‘zining “Hindiston” asarini yozib berish orqali, bizga yetkazdi”, - deya
e’tirof etishining o‘zi ham bizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi[3].

Ushbu mutafakkirlarning asarlari o‘z davridayoq Yevropa tillariga tarjima
qilinib, oliy o‘quv yurtlarida darslik, qo‘llanama sifatida uzoq vaqt foydalanib
kelindi. Ular o‘zlarining sermahsul ijodlari bilan O‘rta Osiyo dovrug‘ini butun
dunyoga yoydilar va shu orqali jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib,

O‘rta Osiyo renessansining yuzaga kelishida salmoqli o‘rinni egalladilar.
Mintaqada barq urgan bunday tarixiy jarayon keyinchalik Yevropada XIV-XVII
asrlarda shakllangan G‘arb renessansiga muhim zamin bo‘lib xizmat qildi.

Shu bilan birga Yevropada Amir Temur va Temuriylar davri tarixi,
madaniyati va jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini o‘rganish o‘rta asrlar
davridayoq boshlangan. Ayniqsa, bu masalada Ispaniya qirollgi elchisi bo‘lgan Rui
Gonzales de Klavixoning xizmatlari kattadir. Rui Gonzales de Klavixo o‘zining
elchiligi davrda ko‘rgan va tanishgan hamda o‘qigan manbalariga tayanib, “Buyuk
Temur tarixi”, “Temur qarorgohi”, “Samarqandga sayohat kundaligi” nomli
kitoblarni yozdi va nashr qildirdi. Demak, Yevropa xalqlari XVI asrdayoq
buyuk Amir Temur va temuriylar davlati hamda uning dovrug‘i haqida ma’lum
darajada ma’lumotlarga ega bo‘lishgan. Temuriylar davri va umuman Sharq o‘rta
asrlar davri tarixi hamma davrlarda ham g‘arb tarixchilarini diqqat markazida
turgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayniqsa XX asrda ham Yevropalik olimlar tomonidan ko‘plab tadiqiqotlar
amalga oshirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda ayniqsa Fransiyada 1988
yilda tashkil etilgan “Temuriylar uyushmasi” tomonidan amalga oshirilgan ilmiy
izlanishlar tahsinga sazovordir. Uyushma asosan Temuriylar davri san’ati va
tarixini ilmiy o‘rganish va targ‘ib etish faoliyatini yuritmoqda.

1996 yil sentyabrda “Fransiya – O‘zbekiston” jamiyati va O‘rta Osiyoni
o‘rganish fanlar instituti tomonidan “Temur merosi va uning jahonga yoyilishi”
Dehlidan Istambulgacha va boshqa mavzularda kollokvium o‘tkazdi. O‘tgan
kollokviumda 10 dan ortiq mamalakat olimlari ishtirok etdilar. Unda Temur
faoliyatiga boho berilar ekan, uning nafaqat jahon islom madaniyati
rivojlaninishiga balki Temur davri madaniyatini yaratilishida tutgan o‘rni ta’kidlab
o‘tildi.

Bundan tashqari 2004 yildan jahon tibbiyotiga munosib hissa qo‘shgan
O‘rta Osiyolik alloma Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish va uning
targ‘iboti bilan shug‘ullanadigan “Avitsenna-Fransiya” assosiatsiyasi foliyat olib
bormoqda[4]. Bularning barchasi Fransiyada Markaziy Osiyo tarixiga qiziqishlari
naqadar ulkanligidan dalolatdir.

Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o‘rganish fransuz assotsiatsiyasi
bosh kotibi Frederik Bressan xonim 1997 yilda o‘zining “Samarqandning moviy
oltini” deb nomlangan ajoyib suratlar bilan bezatilgan albomining keng
jamoatchilikka xavola etgan. Nashr taqdimotida olima “dunyoda ikkita nurafshon
va olamga mashhur bo‘lsa bularning biri – Parij, ikkinchisi – Samarqand” degan
edi. 2003 yilda uning “Maxobatli Samarqand” deb nomlangan kitobi ikkinchi
marta bosmadan chiqdi.

Toshkentda 2002 yil 24 may kuni Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar
yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari yosh
tadqiqotchilarining fransuz tarixchisi Fransua Eno bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi[5].
Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Yosh olimlar milliy jamiyati hamda Markaziy
Osiyoni o‘rganish Fransiya ilmiy-tadqiqot instituti (IFEAC) tashabbusi bilan
tashkil etilgan mazkur uchrashuv Parijda chop etilgan uch jildlik “O‘rta asrlarda
(X-XV) musulmon olami” kitobining taqdimotiga big‘ishlandi. Fransua Eno

yig‘ilganlarga ushbu kitob haqida ma’lumot berar ekan, unda X-XV asrlarda
musulmon dunyosining davlatchilik asoslari va ijtimoiy-madaniy hayotidagi o‘ziga
xos rivojlanish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Ancha yillardan buyon ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan Fransua Eno
ayni paytda Xorazmning XVIII-XIX asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o‘rganish
bilan shug‘ullanmoqda.

Hukumatimiz horijda yurtimiz tarixi va madaniyati bilan shug‘ullanib
kelayotgan ko‘plab olim va adbiyotchilarni davlatimizning nufuzli mukofotlari
bilan taqdirlab kelmoqda. Uning mantiqiy davomini 2018 yil 9 oktyabrda
O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishga munosib hissa qo‘shgan
Fransiyaning taniqli adabiyot va ilm-fan namoyondalari – yozuvchi Amin Maaluf,
olimlar Frederik Bopertyui - Bressand xonim va Frans Grenelarga Samarqand
shahri faxriy fuqarosi unvonini topshirilganligida ko‘rish mumkin[6].

Ulardan biri Amin Maaluf o‘zining “Samarqand” romani bilan o‘zbek
kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lib, uning romani o‘zbek tilida 2003 yil “Jahon
adabiyoti” jurnalining 6-7, 2005 yilning 7-8 sonlarida chop etilgan. Romanda shoir
va faylasuf Umar Xayyomning Samarqanddagi hayoti, XI asrdagi ijtimoiy –
siyosiy hayot talqini aks etgan[7]. Bu albatta bir tomondan Fransiyada Sharq
tarixga qiziqish juda katta ekanligidan dalolat bersa, ikkinchidan ularning
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan rag‘batlantirilishi xorij
olimlarini yanada katta qiziqish bilan vatanimiz tarixi va madaniyatini o‘rganishga
hamda xalqaro hamjamiyatga yanada kengroq targ‘ib etishda katta turtki bo‘lishi,
shubhasiz.

O‘rta asr Sharq allomalari ilmiy merosi va faoliyatiga e’tibor Boltiqbo‘yi
davlatlarida ham kuchayib bormoqda. Buning isbotini O‘zbekistonning Birinchi
Prezidenti Islom Karimovning 2004 yil Latviyaga tashrifi asnosida Riganing eng
so‘lim go‘shalaridan biri – Kronvolda bog‘ida buyuk alloma va davlat arbobi
Mirzo Ulug‘bek haykali ochilganligida ko‘rishimiz mumkin. Latviya zaminida qad
rostlagan Mirzo Ulug‘bek haykali, 2006 yilning noyabrida esa Sharqda “Shayx urrais”, Yevropada “Avitsenna” nomlari bilan mashhur bo‘lgan mutafakkir bu Ali
Ibn Sino xotirasi uchun o‘rnatilgan yodgorlik xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi
mustahkam do‘stlikning yorqin timsolidir.

Hulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, O‘rta asr Sharq allomalari ilmiy
merosi – bu butun insoniyat kamoloti uchun xizmat qilmoqda. Ulardan qolgan
madaniy meros va ilmiy asarlar hali ko‘p asrlar davomida jahondagi xalqlarni
ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirishda davom etaveradi. Ularning asarlarini
tadqiq etish yangi-yangi ilm-ma’rifat ufqlarni ochish imkoniyatini beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Давронова З. Мозийга туташ томирлар // Мулоқот. 2002. №5. – Б.42.
2. Шамсуддинов Р., Каримов Ш. Ватан тарихи. К.1. – Тошкент.: “Шарқ”,
2010. – Б. 223 – 278.

3. Мухаммаджонов А. Ўзбекистонтарихи. Дарслик. Шарқ нашриёт –
матбаа акциянерлик компанияси. Тошкент. 2009. –Б.71-77.

4. Ўзбекистон – Франция: Ҳамкорликнинг стратегик истиқболлари //
Халқ сўзи. 2018. 11 октябрь.
5. Француз олими билан учрашув. // Ўзбекистон овози. 2002. 25 май.

6. Ўзбекистон – Франция: узоқ муддатли ҳамкорликни янада
кенгайтириш ва мустаҳкамлаш йўлида // Халқ сўзи. 2018. 10 октябрь.

7. Самарқандга ўзгача меҳр қўйган француз ёзучиси // Халқ сўзи. 2018. 11
октябрь.

SHARQ VA G‘ARB ILMIY MULOQOTINING SHAKLLANISHIDA
O‘RTA ASR ALLOMALARINING O‘RNI

Ismatullayeva Zebo Shukurjonovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti,

“Tarix va ijtimoiy fanlar”kafedrasi katta o‘qituvchisi,
zeboismatullayeva1987@gmail.com

orcid: 0009-0008-2633-4603 (+998938040098)

Annotatsiya: Maqolada Sharq va G‘arb xalqlari o‘rtasida o‘zaro madaniy
sohalarda hamkorlik rivojlanib, juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi va
turli madaniyatlarni ta’sirida o‘ziga hos noyob sivilizatsiya paydo bo‘lganligi
haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga Sharq va G‘arb ilmiy muloqotining
shakllanishida, mintaqa xalqlarini o‘zaro yaqinlashtirishda, davlatlararo
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda allomalar muxim rol o‘ynagan. Bu davrda Sharq
uyg‘onish davrining dunyo e’tirofidagi taniqli namoyondalari haqda turli ilmiy
manba va adabiyotlarga tayangan holda ilmiy xulosalarni berishga harakat
qilingan. Hozirda ham bunday ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat ko‘rsatib,
xalqimiz tarixi va uning jahon madaniyatiga qo‘shgan munosib hissasi atroflicha
o‘rganilib xulosalarni berishga harakat qilingan. Maqolada Milliy Arxiv
ma’lumotlaridan foydalangan holda tadqiq etib, ayrim masalalarda muallif o‘zining
mulohazalarini ham berib o‘tgan.

Kalit so‘zlar: Sharq va G‘arb xalqlari, O‘zbek davlatchiligi, Markaziy Osiyo,
Muso Xorazmiy, Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad
Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Motrudiy, Maxmud
Zamaxshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Baxoviddin Naqshbandiy, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek.

Abstract: The article discusses the development of cooperation between the
peoples of the East and the West in cultural spheres, the long path of development,
and the emergence of a unique civilization under the influence of different cultures.
At the same time, scientists played an important role in the formation of scientific